2- Laboratoriya mashg‘uloti.
Mavzu: Qobiq dasturlar va arxivatorlar
Ishning maqsadi: a) Talabalarda qobiq dasturlar, Norton, Windows va Total Commander
dasturi haqida qisqacha nazariy ma’lumotlar va Total Commander qobiq dasturida ishlash
ko‘nikmalarini hosil qilish.
Masalaning qo‘yilishi:
a) bеrilgan topshiriqlarni ketma-ketlik asosida bajarish.
Topshiriqlar.
1. Total Commander ni yuklash.
2. Total Commander da yordam olish.
3. Faylni qayta nomlash.
4. Fayl mazmunini ko‘rish.
5. Faylni tahrir qilish.
6. Fayldan nusxa ko‘chirish.
7. Katalog (papka) yaratish. Katalogga kirish va undan chiqish.
8. Fayl yoki papkani o‘chirish.
9. O‘ng yoki chap darchaga disklar ro‘yxatini chiqarish.
10. Diskdan biror faylni qidirib topish.
11. Papka hajmini (yoki diskdagi bo‘sh joyni) aniqlash.
12. Fayllar ro‘yxatini qisqa yoki to‘liq ko‘rsatish.
13. Fayllar ro‘yxatini alifbo (nomi), turi, hajmi, sanasi bo‘yicha tartiblash.
14. Total Commander da boshqa buyruqlar bilan tanishish.
15. Total Commander dan chiqish.
Amaliy topshiriqlar
1.
Total Commanderda papka ochish va uni nomlash.
2.
Papkaga 3 xil fayldan nusxa ko‘chirish.
3.
Ushbu fayllardan birini nomini o‘zgartirish.
4.
Rasm faylni qidirib toping papkaga joylash.
5.
Papka hajmini aniqlash.
6.
Disk hajmini va bo‘sh joyini aniqlash.
Masalaning qo‘yilishi:
a) bеrilgan 1-topshiriq savollariga javob bering.
b) bеrilgan 2-topshiriqni har bir talaba alohida va amalda bajarsin.
1-topshiriqlar:
1. Arxivlangan fayl – bu …?
2. Fayllarni arxivlash nima uchun kerak?
3. Arxiv fayllar yaratish usuli va uni ochish?
4. Arxivlash natijasida fayl necha foizga ixchamlanadi?
5. Arxiv sarlavhasida nimalar mavjud?
6. Arxivatorlar nima?
7. Qanday arxivator dasturlarini bilasiz?
8. Arxivlangan fayl kengaytmasi ko‘rinishi.
2-topshiriqlar:
Biror faylni biror ko‘rinishda arxivlang.
1.
Turli arxivatorlar orqali faylni arxivlang.
2.
Papkani virusga tekshirtiring va natijani yozing.
3.
Arxivlangan biror faylni oching.
Total Commander dasturi
Ushbu dastur foydalanuvchi uchun fayl va papkalar bilan ishlashda bir qator qulayliklar
yaratadi, ya’ni tezkor tugmalardan foydalanib fayl va papkalar bilan ishlash tezligini oshirishga
imkon beradi.
F1 – Dasturdan yordam olish. Shuningdek, dastur yuqori o’ng qismi «справка»
bo’limida: «Содержание» – yordam olish; «Горячие клавиши» – tezkor
tugmalar ro’yxati mavjud.
F2 – Fayl (papka)ni qayta nomlash. Bunda kerakli fayl tanlanib (KFT), F2 bosiladi,
belgilangan fayl nomi o’chirilib, yangi nom yoziladi va Enter tugmasi bosiladi.
Shuningdek, fayl menyusidan «переименовать» bandi bosiladi.
F3 – Fayl mazmunini ko’rish, ya’ni fayl mazmunini matn muharririda (matnli
redaktorda) ko’rsatish
F4 – Faylni tahrirlash. Gipermatnli fayllar kodini tahrirlash.
F5 – Fayl (papka)dan nusxa ko’chirish. Bunda bir darchaga kerakli joy tanlanadi,
ikkinchi darchadan ko’chirilayotgan KFT, F5 bosiladi. Agar bir nechta fayldan
nusxa ko’chirmoqchi bo’lsak, Shift + [↑] [↓] orqali; oralatib bo’lsa, Insert orqali
fayllar belgilanadi, F5 bosiladi va Enter (yoki OK) tugmasi bosiladi.
F6 – Fayl (papka)ni joyida qoldirmay ko‘chirish. Bunda ham bir nechta faylni bo‘lsa,
yuqoridagidek bajariladi.
F7 – Katalog (papka) yaratish. Buning uchun kerakli joyda F7 bosilib hosil bo‘lgan
oynachaga yangi papka nomi yoziladi va Enter.
F8 – Fayl (papka)ni o‘chirish. Buning uchun KFT, F8, Enter bosiladi. Shuningdek,
klaviaturadan Del tugmasi yoki fayl menyusidan «удалить» bandi bosiladi.
Shift+F8 – Fayl (papka)ni «Корзина»ga joylamasdan o‘chirish. Shift+Del
Alt+F1 – Chap darchaga disklar ro‘yxatini chiqarish
Alt+F2 – O‘ng darchaga disklar ro‘yxatini chiqarish
Alt+F4 – Total Commander dasturidan chiqish. Boshqa dasturlardan ham.
Alt+F5 – Fayl (papka)ni arxivlash – fayl hajmini siqish, ixchamlash. Bunda matnli fayllar
80-90% gacha ixchamlanadi; rasm, musiqa, video fayllar ixchamlanmaydi.
Buning uchun KFT, Alt+F5, hosil bo‘lgan oynadagi Архиватор bo‘limidan
kerakli dastur tanlanib, Enter bosiladi. Arxivator – fayllarni ixchamlovchi dastur.
Arxivatorlar: ZIP, RAR, WinRAR, 7-Zip, …
Alt+Shift+F5 Faylni arxivlash (faylning o‘zini o‘chirgan holda).
Alt+F7 – Biror diskdan kerakli fayl (papka)ni qidirish. Bunda tugma bosilgach, 1- oynaga
qidirilayotgan fayl nomi yoziladi, 2-siga joyi ko‘rsatiladi, Enter bosiladi.
Alt+Enter – Fayl (papka)ning svoystvasi (hajmi)ni ko‘rsatish. Shuningdek, sichqoncha
yordamida tanlangan papka (disk)ning menyusidan «свойства» bandi orqali
hajmi (bo‘sh joyi)ni aniqlash mumkin
Alt-Shift-Enter Joriy katalog (papka)dagi barcha ichki papkalarni hajmini aniqlash.
Ctrl+F1 – Fayllar ro‘yxatini qisqa (faqat nomi) holatda ko‘rsatish.
Ctrl+F2 – Fayllar ro‘yxatini kengroq (nomi, turi, o‘lchami, sanasi) holatda ko‘rsatish.
Ctrl+F3 – Fayllarni nomi (alifbo) bo‘yicha tartiblash (to‘g‘ri/teskari)
Ctrl+F4 – . . . tip (turi) bo‘yicha tartiblash (to‘g‘ri/teskari tartibda).
Ctrl+F5 – . . . sanasi/vaqti bo‘yicha tartiblash (to‘g‘ri/teskari tartibda).
Ctrl+F6 – . . . o‘lchami (hajmi) bo‘yicha tartiblash (to‘g‘ri/teskari)
Ctrl+F7 – Fayllarni tartibsiz holatga keltirish.
Ctrl+F8 – Kataloglar daraxti holatida ko‘rsatish.
Ctrl+F10 – Darcha panelida barcha fayllarni ko‘rsatish.
Ctrl+F11 – Darcha panelida faqat dasturlarni (sistemali fayllar va papkalarni) ko‘rsatish,
boshqa fayllar ko‘rinmaydi.
Ctrl+A – Barcha fayl (papka)larni belgilash.
Ctrl+H – Yashirin (скрытие, системные) fayl (papka)larni ko‘rsatish yoki bekor qilish
(yashirish).
Ctrl+L – Egallangan joyni (hajm; papka va fayllar sonini) aniqlash.
Ctrl+M – Fayllarni guruhlab (birdaniga) nomlash panelini chiqarish.
Ctrl+Q – Tezkor ko‘rish. Tanlangan papka (fayl) ichidagi ma’lumotlarni ikkinchi darchaga
ko‘rsatish (bekor qilish).
Ctrl+W – Qo‘shimcha ochilgan darcha panelining joriysini yopish.
Shift+Esc – Total Commander dasturini vaqtincha yopish (vazifalar satriga tushirish).