2- laboratoriya mashg’ulot. Sut o‘rtacha namunasini tanlash, tarkibidagi yot mikroflorani inaktivatsiya qilish Mashg‘ulot maqsadi



Download 22,79 Kb.
Sana15.07.2022
Hajmi22,79 Kb.
#802624
Bog'liq
2 лаборат иши


2- laboratoriya  mashg’ulot. Sut o‘rtacha namunasini tanlash, tarkibidagi yot mikroflorani inaktivatsiya qilish
Mashg‘ulot maqsadi: Sut tarkibidagi yot mikroflorani inaktivatsiya qilish jarayonlarni o‘rganish.

Jihoz va materiallar: Adabiyotlar, sut mahsuloti, jadval ma’lumotlari, texnik


Sutning tarkibida inson organizmining normal rivojlanishi uchun zarur bo’ladigan oqsil, yog‘, sut shakari, mineral tuzlar, suv, organik kislotalar, vitaminlar, fermentlar mavjuddir.
Sutlarning sifatiga talablar. Pasterizasiya qilingan tabiiy sigir sutining sifati GOST 13277-85 talabiga javob berishi kerak. Mazkur standart talabi bo’yicha sutning sifati organoleptik va fizik-kimiyoviy ko‘rsatkichlari asosida baholanadi. Organolpetik ko’rsatkichlari bo’yicha sut oq yoki oq-sarg’ishroq rangi, bir xil konsistesiyali, cho’kindisiz, o’ziga xos toza ta’m va hidga ega bo’lishi, begona ta’m va hidlarsiz bo’lishi kerak. Sterilizasiya qilingan sutlarda esa qizdirilgan sutga xos hid va ta’m yaqqol sezilib turadi va rangi sal qo‘ng‘irroq bo‘lishi mumkin. Pasterizasiyalangan sutlar yuzasida qaymog’i to’planib qolishi ham salbiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Yuzasida qaymog’i to’planib qolishlik faqatgina gomogenizasiya jarayonini o‘tmagan yoki uzoq saqlangan sutlardagina bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Standart talabi bo‘yicha sutlarning fizik-kimiyoviy ko’rsatkichlaridan yog‘ miqdori, yog’siz quruq modda miqdori, nordonligi, tozalik darajasi va harorati tekshiriladi. Sutlarda yog‘ miqdori ularning turiga qarab 2,5% dan 6% gacha, yog‘siz quruq modda miqdori 7,8-8,1% dan kam bo’lmasligi, nordonligi kichik idishlarga qadoqlangan pasterizasiya qilingan sutda 21T dan, sterilizasiya qilingan sutda esa 20T dan ko’p bo’lmasligi talab etiladi. Aholiga sotilayotgan sutlarning hamma turi tozaligi bo’yicha 1-darajali tozalikdan kam bo’lmasligi kerak.
Savdo tarmoqlariga flyaga, sisterna, konteynerlarda keltirilgan sutlar iste’mol qilishdan oldin albatta qaynatilishi kerak.
Sutlarni qadoqlaganda idishlar toza, sizib chiqayotgan joylari bo‘lmasligi, paketlarda bo’lsa paketlar ivib, deformasiya bo’lib qolmagan, aniq va to‘g‘ri tamg’alangan bo’lishi kerak.
Taxir, achchiq, yem-xashak ta’mli, metal, moy, mog‘or, molxona hidi kelib turadigan, konsistensiyasi cho’ziluvchan va boshqa kamchiliklarga ega bo’lgan sutlar sotuvga chiqarilmasligi kerak.
Pasterizasiya qilingan sutlarning kafolatlangan saqlash muddati tayyorlangan vaqtidan boshlab 36 soat, sterilizasiya qilingan sutlarniki esa 10 kun qilib belgilangan.
Sut haroratini pasaytirish yoki oshirish yo‘li bilan yot mikroflorani inaktivatsiya qilish eng keng tarqalgan usul bo'lib, tejamkor, ishonchli va qulaydir.
Sutda uchraydigan mikroflora yashashi uchun maqbul o‘rtacha harorat, asosan, sut emizuvchilar tana haroratiga teng. Harorat pasayishi modda almashinuvini dastlab sekinlatadi, so'ngra to'xtatadi.
Ko‘pchilik hollarda sutni va sut mahsulotlarini 4-6 °C haroratgachna sovitish mikroorganizmlar rivojlanishini to'xtatishi uchun yetarlidir.
Birinchi marta sut fermada sovitiladi. Sutning bakteritsid sifatlarini bir necha kun davomida saqlab turish uchun mahsulot ishlab chiqarish maqsadida texnologik jarayonlar kechadigan sharoit yaratish uchun, sut olingandan keyin haroratni 18-20 0C gacha, so'ngra 1-3 soat ichida 4-10 0C haroratgacha pasaytirish lozim. Bunday sovitish sutda zararli stofilokokk va boshqa infeksiyalarning xavfli miqdorda ko'payib ketishi oldini olishning yaxshi usuli.
Sut mahsulotlari ishlab chiqarish davrida shunday texnologik sharoit yaratilishi lozimki, sut va sut mahsulotlari, odatda, 15 dan 450C gacha haroratda bir minutdan ortiq turmasin. Fermentatsiya yordamida tayyorlanadigan mahsulotlar bundan mustasnodir, chunki bu harorat diapazonida sut kislotali bakteriyalar rivojlanishi kerak.
Ko'pincha sut zardob va zardobni sovitish plastinkali apparatlarda amalga oshiriladi. Qovushqoqligi yuqori bo'lgan sut mahsulotlarini (tvorog laxtasi, qaymoq va h.k.) sovitish uchun, issiqlik almashinuv yuzidan mahsulot maxsus qirg'ich yoki shneklar yordamida uzluksiz sidirib olinib turadigan, silindir shaklidagi apparatlardan foydalaniladi.
Texnologiya talabiga ko'ra, mikroflora faoliyatini keskin ravishda to'xtatish talab etilsa, sut haroratini ko'tarish qo'l keladi. Bu jarayon fransuz olimi Lui Paster nomi bilan pasterlash deb yuritiladi. Mikrob hujayralariga yuqori haroratning bakteritsid ta'siri asosida ribos yordamida parchalash, fermentli va membranali oqsillarni denaturatsiyalash yotadi.
Mikroorganizmlarni inaktivatsiyalash haroratdan tashqari suvning faolligiga bog'liq. Sut yog'sizlantirilgan sut zardob va zardobda suv faolligi yuqori darajada bo'ladi. Shu mahsulotlar quyuqlashtirilgandan keyin, muzqaymoq uchun tayyorlangan aralashmada, cheddarizatsiyalangan pishloq massasida, eritilgan pishloqda, qand qo'shib quyultirilgan sutda namlik (suv) asosiy qismi bog'langan holatda va suvning faolligi past. Bu mikroorganizmiarning yuqori haroratiga qarshilik ko'rsatishini oshiradi.
Yuqoridagi omillardan tashqari pasterlash samaradorligiga sutning mexanik ifloslanish darajasi katta ta'sir ko'rsatadi. Mexanik zarrachalar qanchalik yirik va ko'p bo'lsa, mikroorganizmlarning issiqlikka qarshi himoyalanish samaradorligi shuncha past bo'ladi.
Pasterlash rejimini ishlab chiqarishda tanlashda mikroflorani yo'q qilishdan tashqari u yoki bu mahsulot texnologiyasi xususiyatlari ham hisobga olinishi lozim. Shirdon fermentli pishloqlar ishlab chiqarishda, zardob oqsillarining denaturatsiyalanib, pishloq massasiga o'tib ketmasligi uchun, pasterlash harorati 72-76 0C olib boriladi. Achitqili sut mahsulotlari ishlab chiqarishda, aksincha, oqsil ta'sirini ko'rsatish uchun pasterlash harorati 95 0C gacha oshiriladi. Har bir sut mahsuloti uchun aniq pasterlash (harorati) rejimi tegishli texnologik instruksiyalarda ko'rsatiladi.
Pasterlash jarayoni bajarilib, mikroflora talab darajasida inaktivatsiyalangandan so'ng ko'pincha sut darhol sovititadi. Mikroflorani inaktivatsiyalashning fizik va kimyoviy usullari.
Sut va sut mahsulotlaridagi bakteriyalarning nobud bo'lshi ba'zi fizik omillar ta'sirida ham ro'y beradi. Jumladan, shundaylar qatoriga ultrabinafsha nurlari kiradi. Spektrning ultrabinafsha qismi kvantlari katta energiyaga ega, shuning uchun mikroorganizmlar hujayrasida kechadigan biokimyoviy o'zgarishlar xarakterini o'zgartirib, ularni inaktivatsiyalashga olib keladi: DNK ning shikastlanishi bakteriyalarning ultrabinafsha nurlari ta'sirida ingibirlanishning asosiy sababidir. Sut sanoatida UB nurlaridan foydalanish sutni pasterlash va sanitar-gigiyena talablari yuqori darajadagi xonalar atmosferasi havosidagi muallaq vegetativ va sporali shakllarini parchalash uchun yo'lga qo'yilgan (ish lab chiqarish tomizg'ilari xonasi, pishloq yetiltirish karnerasi, sut mahsulotlarini qadoqlash va aseptik sharoitda qo'yish uchastkalari).
Inaktifatsiyiltsh omilltrining sut komponentlariga ta'siri. Mikrofloraga bakteritsid ta'sir ko'rsatish natijasida sutning tar­kibiy qismi o'z fizik kimyoviy va biokimyoviy xususiyatlarini o'zgartiradi. Mikroorganizmlar faoliyati qanchalik keskin ravishda to'xtatilsa, sut komponentlari o'zgarishi ham shunchalik sezilarli darajada bo'ladi.
Sutning oqsilli qismi eng ta'sirchan deb hisoblanadi, Qizdirish oqsil m oddalari strukturasini sezilarii o'zgarishlarga olib keladi. Bu o'zgarishlar masshtabi birinchi navbatda faol kislotalilik darajasi bilan aniqlanadi, sutning zardob oqsillari harorat ta'siriga anchagina ta'sirchandir. Bu oqsillarning to'rtlamchi va uchlamchi strukturalari qizdirilganda shunchalik o'zgaradi, issiqlik o'tkazadigan yuzada 66—70°C haroratdayoq oqsil qatlami (yopisha) o'tira boshlaydi. Zardob oqsili struktura qoblg'ini parchalash, aniqrog'i, tarqatib yuborish uchun ma'lum vaqt talab etiladi.
Buni shundan ko'rishimiz mumkinki, agar sut bufer hajmlarda 72°C daraja haroratga yetgach 7 minut ushlab turilsa, sut kontaktda bo'lgan yuzada qizdirish davom ettirilsa, oqsil cho'kmalari deyaril hosil bo'lmaydi. Bu vaqtda zardob oqsillarining yangi molekular strakturasi kazein mistsellari bilan shakllanadi va hosil bo'ladi,
Sut oqsillarining issiqlikka chidamliligiga atrofdagi ionlar ham ta'sir ko'rsatadi. Bu birinchi navbatda kazeinli molekular struktura tarkibiga kalsiy va fosfor ionlariga tegishli kalsiy konsentratsiyasini oshirish kazein kompleksining haroratga chidamliligining pasayishiga olib keladi.
Issiqlik bilan ishlov berish vaqtida eruvchan kalsiy sitratlari va fosfatlar konsentratsiyasi pasayadi va shunga, asosan, oqsil strukturasining minerallashishi kuzatiladi.
Uzoq muddat yuqori harorat ta'sirida bo'lgan sut rangi to'q tusga kiradi va qizdirilgan sutga xos ta'm paydo bo'ladi. Bu o'zgarishlar -- sut oqsili va laktozaning kompleks birikmasidan hosil bo'lgan melonoidlar deb ataladigan Mayyar reaksiyasi natijasidir.
Issiqlik bilan sutga ishlov berish, ayniqsa yuqori haroratda uzoq muddat ushlab turish, sut vitamin tarkibini sezilarii o'zga­rishlarga olib keladi. Oddiy pasterlash rejimida 12% gacha, yuqori haroratli pasterlashda esa 40% gacha vitaminlar yo'qoladi deb hisoblanadi.
Haroratni oshirish molekular tarkibda oqsil strukturasi fazoviy o'zgarishlarga olib keladi. Bunda sut fermentlarining katalitik faolligi yo'qolishi tabiiy holdir.


Nazorat savollari:

  1. Mikroflorani inaktivatsiyalashning fizik kimyoviy usullarini ayling.

  2. Sut va sut mahsulotlaridagi bakteriyalarning nobud bo'lshi qanday omillar

ta'sirida ham ro'y beradi.

  1. Issiqlik bilan sutga ishlov berish, ayniqsa yuqori haroratda uzoq muddat ushlab turish qanday holatga olib keladi.

Download 22,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish