YER MAGNIT MAYDONI KUCHLANGANLIGINING GORIZONTAL TASHKIL ETUVCHISINI ANIQLASH VA TANGENS-GALVANOMETR DOIMIYSINI ANIQLASH
Ishning maqsadi: Yer magnit maydon kuchlanganligining gorizontal tashkil etuvchisini aniqlash orqali magnit maydonining хossalarini o‘rganishdan iborat.
Kerakli asboblar: Tangens-galvanometr, milliampermetr, reostat, o‘zgarmas tok manbai.
Ishni bajarish uchun asos 1. Nazariy qism va qurilmaning tuzilishi bo‘yicha qisqa, ishni bajarish tartibi va jadval to‘liq bo‘yica to‘liq konspekt.
2. Ishni bajarish tartibini bilish.
Ishni himoya qilish uchun asos 1. Xalqaro birliklar sistemasi (XBS) da amalga oshirilgan hisob-kitob va rasmiylashtirilgan hisobot.
2. Sinov savollariga javob berish.
NAZARIY QISM Yerni katta sharsimon magnit deb faraz qilsak bo‘ladi. Yerni o‘ragan fazoda magnit maydoni mavjud. Bu maydonning kuch chiziqlari 5.1-rasmda ko‘rsatilgan. Shimoliy geografik qutb yaqinida janubiy magnit qutbi Sjoylashgan, janubiy geografik qutb yaqinida – shimoliy magnit qutbi N joylashgan.
Yerning istagan nuqtasidagi mavjud bo‘lgan magnit maydonni magnit nayzacha yordamida aniqlash mumkin. Agar NSmagnit nayzachasini L ipga osib (5.2-rasm), osish nuqtasini nayzachaning og‘irlik markazi bilan moslashtirilsa, nayzacha Yerning magnit maydoni kuch chizig‘iga urinma bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi. Shimoliy yarim sharda nayzaning janubiy uchi Yerga engashadi va nayzachaning gorizontga nisbatan enkayish burchagi ni tashkil qiladi. (Magnit ekvatorida enkayish burchagi nolga teng). Nayzacha joylashgan vertikal tekislik magnit meridianining tekisligi deyiladi. Hamma magnit meridian tekisliklari NS to‘g‘ri chiziq uchlarida kesishadi. Magnit meridianlarining Yer yuzidagi izlari magnit qutblari N va S da uchrashadilar.
Magnit qutblari geografik qutblarga mos tushmagani uchun nayzacha geografik meridiandan og‘gan bo‘ladi. Nayzacha orqali o‘tayotgan vertikal tekislikning (ya'ni, magnit meridiani) geografik meridian bilan tashkil qilgan burchagi magnit og‘ish burchagi deb ataladi (5.2-rasm).
Yer magnit maydonining to‘la kuchlanganlik vektori H ni ikki: gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarga ajratish mumkin (5.3-rasm). Og‘ish va enkayish burchaklarining hamda gorizontal tarkibiy qismning qiymatlari berilgan nuqtadagi magnit maydon yo‘nalishi va kattaligini aniqlash imkoniyatini beradi.
Agarda magnit nayzacha faqat vertikal o‘q atrofidagina erkin aylana oladigan bo‘lsa, u Yer magnit maydonining gorizontal tarkibiy qismi ta'sirida magnit meridiani tekisligida joylashadi.
Tajriba qismi Tajriba 5.4-rasmda keltirilgan elektr sxema yordamida o‘tkaziladi va quyida o‘lchash uslubining qisqacha nazariyasi keltirilgan. Bu yerda R – reostat, A – ampermetr, TG –tangens-galvanometr, K – qo‘shkalit, uning vazifasi tangens-galvanometr orqali o‘tayotgan tokning yunalishini o‘zgartirishdan iborat.