2- kurslar uchun tarix fanidan test topshiriqlai.( majburiy) I- variant.
1.Margiyonada forslarga qarshi hal qiluvchi jang qachon bo’lib o’tgan?
A)m. avv530- y. B)m.avv 522-y. S)m.avv 544-y. D)m.avv 330-y.
2.Qangdez Xitoy manbalarida qanday nomlangan? A)Davan. B)Ershi. S)Qanqa. В) Bityan.
3.” Marhumlar kitobi” …… xalqlari xaqida ma’lumot beradi? A) Misr. B) Xitoy. S)Rim. В) Eron.
4.Skunxa ……ga qarshi kurashgan xalq qahramoni? A) Kir II. B)Iskandar. S)Doro I. D)Doro III.
5.”avesto”ga ko’ra hududiy qo’shnichilik jamoasi bu-? A)Vis. B) Varzana. S)Daxyu. D) Zantu.
6……… mohir quruvchi va hunarmand bo’lganlar?A)Saklar. B)So’g’diylar. S)Xorazmliklar.D) Massagetlar.
7.Mirxondning ota- bobolari asli qayerlik edi?
A) Buxoro.B) Xorazm. S)Toshkent.D)Balx.
8.Buxoroda Abbosiylarga qarshi xalq qo’zg’oloni qachon yuz bergan? A)749-y. B) 750-y. S)751-y. D)755-y.
9.YII asrning 1- choragida G’arbiy Turk xoqonligining sharqiy chegarasi…… ga yetgan?
A)Hind daryosi. B)Oltoy. S)O’tukan vodiysi. D)Yettisuv.
10.Manbalarda ta’rif etilishicha Toxariston aholisi qaysi dinga etiqod qilgan?
A)Xrestian. B)Zardo’shtiylik. S)Budda. D)Islom.
11.Sulton Jaloliddin ning hayotligi davrida mo’g’ullar O’rta Osiyoning ….ni bosib ololmadilar?
A) Shimol. B) Janub. S)G’arb. В) Sharq.
12.Jaloliddin Gurjistonni qachon to’liq egalladi? A) 1225 y. B)1228y. S) 1227 y. D) 1230 y.
13.”Kitob at- tavhid” asarining muallifi?
A) Beruniy. B)Zamaxshariy. S)Moturudiy.D) Farg’oniy.
14.Amir Temur qaysi xalqlar tarixini chuqur o’rgangan? A) Turk, arab, fors. B) Xitoy, Turk, fors. S) Mo’g’ul, turk, arab. D)Arab, fors.
15.Somoniylar hukmronligi qachon butunlay barham topdi? A) 992- y. B)999-y. S) 947- y. D)996-y.
Javoblari: 1-b,2-a,3-a,4-s,5-d,6-s,7-a,8-b,9-b,10-s,11-d,12-s,13-s,14-a,15-b
2- kurslar uchun tarix fanidan test topshiriqlari.(majburiy). II- variant.
1.O’rta paleolit davri madaniyatining jahonga mashhur yodgorligi bu-?
A)Maykop qo’rg’oni. B) Altamir g’ori. S) Teshiktosh g’ori. D)Obishir manzilgohi.
2.Xudo Axuramazdaning saroy devoridagi tasviri qayerdan topilgan? A) Suza. B) Persepol.S) Kirmonshox. D)Ansi.
3. Buyuk ipak yo’li orqali Hindistondan O’rta Osiyo viloyatlariga nimalar olib kelingan?
A) Qimmatli tohlar. B)Paxta chigiti va ip-gazlama.S) Ip-gazlama va jun. В) La’l va dur.
4.Kushon hukmdorlari saroyi qaysi yodgorlikdan topilgan? A)Xolchayon. B) Fayoztepa. S) Zartepa. D)Dalvarzintepa.
5.Quyidagi qaysi asarda O’rta Osiyo xalqlari madaniyati haqida ma’lumotlar keltiriladi?
A)”Tarix”. B) “Bibliya”. S)”Rigveda”. D) “Geografiya”.
6.Tarixchi Poliyen qachon yashagan? A) m.avv I-asr. B) m.avv II asr. S)m.avv I asr boshi. D)m.avv III asr.
7.A. Navoiy ……. badiiy asarlar yozadi? A)20 ga yaqin. B)50 ta. S) 30 dan ortiq. D) 40 ga yaqin.
8.Temuriylar davrida ….larda maxsus saroy kutubxonalari tashkil etilgan?A)Hirot va Balx. B)Samarqand va Buxoro. S) Balx va Samarqand. D)Samarqand va Hirot.
9.M. Qoshg’ariy o’zining mashhur “ Devoni-lug’otit turk asarini qayerda yozib tugatadi?
A) Bag’dod. B) Nishopur. S) Qoshg’ar. D)Marv.
10.Mog’ullar davrida savdogarlardan olinadigan soliq? A) Targ’u. B) Tamg’a. Shulen. D) Qopchur.
11. “ Chek” so’zi qaysi tildan olingan? A) So’g’d. B)Fors. S) Arab. D) Urdu.
12.Qarluqlar davlati qayerda tashkil topgan? A)Oltoyning g’arbida. B)Dashti Qipchoqda. S)Yettisuv o’lkasida. D) O’tukan vodiysida.
13.Qaysi Xorazmshoh hukmronligi davrida Sulton Sanjarga qarshi ko’chmanchi o’g’uzlar isyoni ko’tarilgan? A)Otsiz. B) Elarslon. S)Takash. D)Alouddin Muhammad.
14.Bundan buyon yangi yerlarni zabt etishni to’xtatish haqida farmon bergan xalifa? A) Muoviya I. B)Marvon II. S)Qutayba. D) Umar ibn Abdulaziz.
15.Toxar yozuvi qaysi yozuv asosida shakllangan? A)Xorazm yozuvi. B) Baqtriya yozuvi.S) Oromiy yozuvi. D)Kushon yozuvi.
Javoblari:1-s,2-b,3-b,4-a,5-d,6-b,7-s,8-d,9-a,10-a,11-b,12-s,13-s,14-d,15-b.
Do'stlaringiz bilan baham: |