2.Dori moddalarning organizmda taqsimlanishi.
Javob: Dori moddalari organizmda tekis va notekis taqsimlanishi mumkin. Ingalyatsion narkotiklar (lipoidlarda yaxshi eriydi, elektrolit emas) tekis Taqsimlanadi, ko’pchilik moddalar esa notekis taqsimlanadi. Moddaning Organizmda taqsimlanishi bilan ko’rsatadigan ta’siri o’rtasida bevosita Bog’lanish bo’lmasligi ham mumkin, ya’ni moddaning biror a’zoda To’plamshi hamisha ham uning aynan shu a’zoga ta’sir ko’rsatishiga olib Boravermaydi.Moddalarning taqsimlanishiga yo’llarda uchraydigan biologikTo ‘siqlar ta’ sir ko’rsatadi. Bular kapillarlar devori, hujayramembranalari, Gematoensefalik to’siqlar, seroz bo’shhq pardalaridir. Kapillar devorlardan Ko’pchilik moddalar oson o’tadi. Qon bilan miya o’rtasidagi to’siqdan (gematoentsefalik) moddalarning o’tishi qiyinroq bo’ladi, yog‘da (lipoidlarda) eriydigan moddalar tez va oson o’tadi, suvda eriydigan Moddalar shu to’siqlardan deyarli o’tmaydi. Patologik holatlarda, xususan Miya pardalari shamollaganda to’siqning o’tkazuvchanligi oshib boradi. Yosh bolalarda gematoentsefalik to’siq yaxshi rivojlanmagan bo’ladi, Shuning uchun o’tkazuvchanligi kattalarga nisbatan kuchliroq, ko’p dori Moddalaiga (morfin, uxlatuvchi, gistaminga qarshi) sezuvchanroq bo’ladi.Dori moddalari homilador ayollarga yuborilganda platsentar to’siq O’tkazuvchanligini e’tiborga olish kerak. Lipoidlarda eriydigan moddalar Platsentar to’siqdan oson o’tadi. To’rtlamchi azot birikmalaridan iborat Moddalar (miorelaksantlar), pH yuqori bo’lgani uchun platsentar to’siqdan O’tolmaydi. Homiladorlik toksikozida, gipoksiyada, endokrin O’zgarishlarda platsentar to’siq o’tkazuvchanligi ortib boradi, hatto ushbu To’siqdan o’tolmaydigan moddalar ham o’tib, homilaga noxush ta’sir Ko’rsatishi mumkin.
3.Kokain preparatining ta’sir mexanizmi qo’llanilishi.
Javob:Kokain— kuchli anestetik ta‘sir ko’rsatadi, shu bilan birga qonga so’rilish xususiyati bor. Yuzaga anesteziya uchun qo’llanganda shilliq pardalardan qonga so’rilib, zaharli ta‘sir Ko’rsatishi mumkin. Kokain qonga so’rilgandan keyin asosan markaziy nerv Sistemasiga ta‘sir ko’rsatadi — eyforiya (kayf), psixomotor qo’zg’alish paydo qiladi, Toliqishni yo’qotadi. Kokainning qonga so’rilishi davom etsa, uzunchoq miya Markazlari (nafas, qon tomir, qusish markazi)ni qo’zg’atadi, spinal reflekslar tonusi Oshib, talvasa ro’y berishi mumkin. Agar kokain miqdori oshsa, nerv sistemasiga Rag’batlantiruvchi ta‘siri tormozlovchi ta‘sirga aylanadi, hayot uchun o’ta zarur Bo’lgan markazlar (nafas markazi) falajlanishi mumkin. Kokain adrenergetik Innervatsiyani qo’zg’atishi, adrenomimetiklar ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.Kokain Bilan o’tkir zaharlanganda (agar u ichilgan bo’lsa) oshqozon kaliy permanganat Eritmasi bilan chayiladi, adsorbsiyalovchi va surgi moddalar yuboriladi. Shilliqlardan Yuborilgan bo’lsa, ular izotonik eritma bilan yuvib tashlanadi, to’qimalar orqali Yuborilgan bo’lsa, so’rilishni to’xtatish uchun yuborilgan joyidan yuqoriroqdan tasma Bog’lanadi. Og’ir zaharlanishda traxeotomiya qilinadi, sun‘iy nafas beriladi, agar Talvasalar bo’lsa, venalarga seduksen yuboriladi.Kokain surunkali qo’llanilsa (burun Orqali yuborilsa, kola o’simligi barglari chaynalsa, kokain venalarga yuborilsa), unga Qaramlik paydo bo’ladi, kokainizm degan narkomaniya vujudga keladi. Kokainizmning paydo bo’lishiga kokain ta‘siridagi eyforiya, kayfiyatning ko’tarilishi, G’am-tashvishlar, salbiy his-tuyg’ulaming kamayishi, kuch-quvvatning oshganday Tuyulishi sabab bo’ladi. Eyforiya holati ikki soatcha davom etib, bundan keyin kuch-Quwat keskin pasayib, depressiya ro’y beradi. Giyohvandlarda xotira susayib ketadi, Apatiya bo’lib, hech narsa qiziqtirmasligi tufayli ular odamgarchilikdan chiqib ketadi. Giyohvandlarda kokain qo’llanish to’xtatilsa, ularda ruhiy o’zgarishlar paydo bo’ladi (ular O’ta bezovta bo’lib qoladi, yurak tez uradi, ter chiqadi, ko’zlar olazarak, bejo bo’ladi), abstinentsiya holati ro’y beradi. Kokain yetishmochiligidan kelib chiqqan abstinentsiya Narkotik analgetiklarga (morfinga) nisbatan yengilroq o’tadi, chunki kokainga jismonan Qaramlik paydo bo’lmaydi, asosan bu moddaga ruhiy qaramlik paydo bo’ladi.Anestezin suvda erimaydi, mahalliy sepmalar, pasta, malhamlar sifatida, ichish uchun Kukun, tabletkalar holida, to’g’ri ichakka shamchalar shaklida yuborilganda yuza Anesteziya paydo qiladi.
4.Baxorgi Adonis (Adonis vernalis) o’ti damlamasi 1:30
5.Skopolamin gidrobromid (Scopolamini hydrochloridum) 0,05 % eritma 1 ml ampulada teri ostiga .
6..”Kanefron”N.60 tabletka.
Do'stlaringiz bilan baham: |