2.Dori moddalarning nojo’ya ta’siri.
Javob: Keyingi vaqtda ilmiy adabiyot sahifalarida dori vositalarining zararli ta‘sirlari haqida Ko‗plab ma‘lumotlar uchramoqda.Tayyor dorilarni sanoat miqyosida ko‘plab ishlab Chiqarish, ularni nazoratsiz qo‗llanishi, xonadon “dorixonalari”ning boyib borishi va Kattalar e‘tiboridan chetda qolishi zaharlanishning asosiy sabablaridir. Dori vositalarini Vrach maslahatisiz iste‘mol qilish turli ko‗ngilsiz holatlarga olib kelayotganini alohida Ta‘kidlab o‗tish darkor.Dori preparatlarining zararli ta‘siri o‗tish davriga ko‗ra qisqa, o‗rta Va uzoq muddatli bo‗ladi. Ular qisqa muddatli og‗riq, dermatitlar, shilliq qavat Yallig‗lanishi yoki og‗ir karaxtlik (shok) ko‗rinishida bo‗lib, ba‘zan esa a‘zo va To‗qimalarda chuqur o‗zgarishlarga va hatto fojiaga sabab bo‗ladi. Ko‗pincha bu Ko‗rinishlar dori vositalarini takror qo‗llash oqibatida ro‗y beradi. Organizm tomonidan Sezuvchanlikning asta-sekin osha borishi va kutilmagan holatlarning yuzaga kelishi bunga Sabab bo‗ladi. Dori vositalari ta‘siri natijasida kuzatiladigan javob reaksiyasining Sinonim atamalari ko‗p bo‗lib, ular zaharli, ikkilamchi, salbiy va nojo‗ya ta‘sirlar, Yatrogen kasalliklar, dorilar bilan muolaja qilish asoratlari deb yuritiladi.Laboratoriya sharoitida kimyoviy sintez yo‗li bilan olingan dori vositalarining nojo‗ya Ta‘sirlari dorivor o‗simliklardan olingan fitopreparatlarning zararli ta‘sirlariga qaraganda Nisbatan ko‗proq uchrab turadi. Ko‗pchilik dorivor o‗simliklarning nojo‗ya ta‘sirlari aniqlanmagan. Hozirgi kunda 500 Dan ortiq dori vositalari jigar, buyrak, qon yaratuvchi a‘zolar faoliyatini pasaytirishi Aniqlangan. Bularga sulfanilamid va ayrim antibiotiklar (tetratsiklin, streptomitsin) misol Bo‗la oladi.Dorilar salbiy ta‘sirlarining turlari quyidagicha:Mahalliy salbiy ta‘sir – dori moddasining to‗qimalar (ayniqsa oshqozon-ichak shilliq Pardasi) bilan munosabati, tufayli yuz beradi, natijada to‗qima zararlanib, yaralar, Eroziyalar, yallig‗lanish kuzatiladi. Ushbu ta‘sirni dori moddalarini suyultirib yoki Qobiqqa (kapsulaga) o‗rab, ba‘zan oqsil, sut, kraxmal shilimshig‗I bilan qo‗shib yoki Ovqatdan keyin iste‘mol qilish bilan bartaraf etiladi (xloralgidrat, butadion, rezerpin, Atsetilsalitsil kislota va boshqalar).Reflektor salbiy ta‘sir – bu ta‘sir tufayli a‘zolar faoliyati susayishi yoki, aksincha, Kuchayishi mumkin. Ushbu ta‘sir ba‘zan ijobiy tusda bo‗ladi. Masalan, novshadil Hidlanganda susaygan nafasning jonlanishi (ijobiy), narkoz moddalari hidlanganda Bronxlar qisqarib nafas to‗xtashi (salbiy).
Do'stlaringiz bilan baham: |