2.Dori moddalarning organizmda taqsimlanishi.
Javob: Dori moddalari organizmda tekis va notekis taqsimlanishi mumkin. Ingalyatsion narkotiklar (lipoidlarda yaxshi eriydi, elektrolit emas) tekis Taqsimlanadi, ko’pchilik moddalar esa notekis taqsimlanadi. Moddaning Organizmda taqsimlanishi bilan ko’rsatadigan ta’siri o’rtasida bevosita Bog’lanish bo’lmasligi ham mumkin, ya’ni moddaning biror a’zoda To’plamshi hamisha ham uning aynan shu a’zoga ta’sir ko’rsatishiga olib Boravermaydi.Moddalarning taqsimlanishiga yo’llarda uchraydigan biologik To ‘siqlar ta’ sir ko’rsatadi. Bular kapillarlar devori, hujayramembranalari, Gematoensefalik to’siqlar, seroz bo’shhq pardalaridir. Kapillar devorlardan Ko’pchilik moddalar oson o’tadi. Qon bilan miya o’rtasidagi to’siqdan (gematoentsefalik) moddalarning o’tishi qiyinroq bo’ladi, yog‘da (lipoidlarda) eriydigan moddalar tez va oson o’tadi, suvda eriydigan Moddalar shu to’siqlardan deyarli o’tmaydi. Patologik holatlarda, xususan Miya pardalari shamollaganda to’siqning o’tkazuvchanligi oshib boradi. Yosh bolalarda gematoentsefalik to’siq yaxshi rivojlanmagan bo’ladi, Shuning uchun o’tkazuvchanligi kattalarga nisbatan kuchliroq, ko’p dori Moddalaiga (morfin, uxlatuvchi, gistaminga qarshi) sezuvchanroq bo’ladi.Dori moddalari homilador ayollarga yuborilganda platsentar to’siq O’tkazuvchanligini e’tiborga olish kerak. Lipoidlarda eriydigan moddalar Platsentar to’siqdan oson o’tadi. To’rtlamchi azot birikmalaridan iborat Moddalar (miorelaksantlar), pH yuqori bo’lgani uchun platsentar to’siqdan O’tolmaydi. Homiladorlik toksikozida, gipoksiyada, endokrin O’zgarishlarda platsentar to’siq o’tkazuvchanligi ortib boradi, hatto ushbu To’siqdan o’tolmaydigan moddalar ham o’tib, homilaga noxush ta’sir Ko’rsatishi mumkin.
3.Yuza anesteziyada qo’llaniladigan dori vositalari ,qo’llanilishi.
Javobv Yuza terminal anesteziya. Mahalliy anestetiklar shilliq pardalar, yaralar, jarohatlar Yuzasida joylashgan sezuvchan nerv tolalarining oxirida anestetik ta‘sir ko’rsatadi. Bu xil Anesteziya oftalmalogiya* stomatologiya, otorinolaringologiya, urologiya, xirurgiyada Yaralarni, kuygan joylarni davolashda qo’llaniladi. Terminal anesteziya uchun kokain, Dikain„ lidokain qo’llaniladi, bu moddalar shilliq qavatdan sezuvchan nervlar oxiriga Osongina o’tadi. Terminal anesteziya uchun suvda erimaydigan anestetik — anestezin Ham qo’llanadi, bu modda jarohatlangan, yaralangan yuza joylarga qo’yiladi. Oshqozon Yarasida kukun shaklida ichishga hamda to’g’ri ichak kasalliklarida — bavosilda Shamchalar shaklida to’g’ri ichakka qo’yiladi. Pediatriyadayuza anesteziya ko’zning Rangdor pardasini, burun yo-‘llarini (intranazal) intubatsiya qilishda, oshqozonni, Uretrani zond bilan tekshirishda, kuygan yuzalami davolashda qo’llaniladi.Kokain— kuchli anestetik ta‘sir ko’rsatadi, shu bilan birga qonga so’rilish xususiyati bor. Yuzaga anesteziya uchun qo’llanganda shilliq pardalardan qonga so’rilib, zaharli ta‘sir Ko’rsatishi mumkin. Kokain qonga so’rilgandan keyin asosan markaziy nerv Sistemasiga ta‘sir ko’rsatadi — eyforiya (kayf), psixomotor qo’zg’alish paydo qiladi, Toliqishni yo’qotadi. Kokainning qonga so’rilishi davom etsa, uzunchoq miya Markazlari (nafas, qon tomir, qusish markazi)ni qo’zg’atadi, spinal reflekslar tonusi Oshib, talvasa ro’y berishi mumkin. Agar kokain miqdori oshsa, nerv sistemasiga Rag’batlantiruvchi ta‘siri tormozlovchi ta‘sirga aylanadi, hayot uchun o’ta zarur Bo’lgan markazlar (nafas markazi) falajlanishi mumkin. Kokain adrenergetik Innervatsiyani qo’zg’atishi, adrenomimetiklar ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.Kokain Bilan o’tkir zaharlanganda (agar u ichilgan bo’lsa) oshqozon kaliy permanganat Eritmasi bilan chayiladi, adsorbsiyalovchi va surgi moddalar yuboriladi. Shilliqlardan Yuborilgan bo’lsa, ular izotonik eritma bilan yuvib tashlanadi, to’qimalar orqali Yuborilgan bo’lsa, so’rilishni to’xtatish uchun yuborilgan joyidan yuqoriroqdan tasma Bog’lanadi. Og’ir zaharlanishda traxeotomiya qilinadi, sun‘iy nafas beriladi, agar Talvasalar bo’lsa, venalarga seduksen yuboriladi.Kokain surunkali qo’llanilsa (burun Orqali yuborilsa, kola o’simligi barglari chaynalsa, kokain venalarga yuborilsa), unga Qaramlik paydo bo’ladi, kokainizm degan narkomaniya vujudga keladi. Kokainizmning paydo bo’lishiga kokain ta‘siridagi eyforiya, kayfiyatning ko’tarilishi, G’am-tashvishlar, salbiy his-tuyg’ulaming kamayishi, kuch-quvvatning oshganday Tuyulishi sabab bo’ladi. Eyforiya holati ikki soatcha davom etib, bundan keyin kuchquwat keskin pasayib, depressiya ro’y beradi. Giyohvandlarda xotira susayib ketadi, Apatiya bo’lib, hech narsa qiziqtirmasligi tufayli ular odamgarchilikdan chiqib ketadi. Giyohvandlarda kokain qo’llanish to’xtatilsa, ularda ruhiy o’zgarishlar paydo bo’ladi (ular O’ta bezovta bo’lib qoladi, yurak tez uradi, ter chiqadi, ko’zlar olazarak, bejo bo’ladi), abstinentsiya holati ro’y beradi. Kokain yetishmochiligidan kelib chiqqan abstinentsiya Narkotik analgetiklarga (morfinga) nisbatan yengilroq o’tadi, chunki kokainga jismonan Qaramlik paydo bo’lmaydi, asosan bu moddaga ruhiy qaramlik paydo bo’ladi.Anestezin suvda erimaydi, mahalliy sepmalar, pasta, malhamlar sifatida, ichish uchun Kukun, tabletkalar holida, to’g’ri ichakka shamchalar shaklida yuborilganda yuza Anesteziya paydo qiladi.Dikainning anestetik faolligi, zaharliligi kokainga nisbatankuchliroqdir. Asosan ko’z Shilliq pardasining sezuvchanligini yo‗qotish uchun qo’llaniladi, lekin uning Kokaindan farqi — ko’z ichki bosimiga, akkomodatsiyaga ta‘sir ko’rsatmaydi, rangdor Pardani Ozroq ta‘sirlaydi, yuborilgan joyida qon tomirlami kengaytiradi, shuning uchun uni Adrenalin bilan qo’shib yuboriladi. Dikainning qonga yaxshi so’rilishini miqdori Oshsa, kuchli zaharlanish ro’y berishini esda tutish kerak. Dikain kuchli zahar bo’lgani Uchun uni 10 yoshgacha bo’lgan bolalarga qo’llash man etiladi.
4.Naftizin (Naphthyzinum) 0,5 % li eritma 10 ml flakonda
5.Furasillin 1:1500 eritma yaralarni yuvish uchun.
6.”Essensiale forte H” 30 ta kapsulaga resept yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |