2- kurs “farmakologiya” fanidan oraliq nazorat biletlari. 1-bilet


-bilet 1.a-b-adrenoblakatorlarning farmakologik xossalari



Download 173,39 Kb.
bet23/57
Sana14.07.2022
Hajmi173,39 Kb.
#795251
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57
Bog'liq
oraliq javoblari farma. 2022-retseptlarsiz

11-bilet
1.a-b-adrenoblakatorlarning farmakologik xossalari.
Javob: Fentolamin, tropafen, digidroergotoksin, digidroergotamin,Prazozin Moddalar qon tomirlar va a‘zolardagi-adrenoretseptorlami falajlab, ekzogen va Endogen katexolaminlar ta‘siriga to’sqinlik qiladi. M oddalar postsinaptik a-hamda Presinaptik a 2 -adrenoretseptorlami falajlaydi. Qon tomirlarda joylashgan postsinaptika Adrenoretseptorlar falajlanishi tufayli qondagi adrenalin, mediatoradrenalin Adrenoretseptorlami qo’zg’ata olmaydi tomirlar kengayadi.Tomirlaming kengayishi Qisqa muddat davom etadi, chunki presinaptik joylashgan a, - adrenoretseptorlar Falajlanishi tufayli mediator noradrenalinning erkin holda ajralishi oshib boradi — Adrenergik o’tkazuvchanlik tez tiklanadi, qon bosimi yana ko’tarilishi, taxikardiya paydo Bo’lishi mumkin.Agar adrenalin a adrenolitiklardan keyin yuborilsa, uning ta‘siri Butunlay o’zgaradi, qon bosimi ko’tarilish o’miga pasayib ketadi. Bunda a Adrenoretseptorlar falajlanishi tufayli adrenalin tomirlaming P – adrenoretseptorlarini Qo’zg’atadi, ulaming silliq mushaklari bo’shashadi,tomirlar kengayadi, qon bosimi pasayadi.a-adrenoblokatorlar me‘da-ichak adrenoretseptorlarini falajlashi tufayli Oshqozon sekretsiyasi, ichak peristaltikasi oshadi; moddalar miotrop, spazmolitik Ta‘sirga ham ega. A-adrenolitiklar tibbiyotda qon bosimini tushirish, gipertoniya Kasalligini davolash uchun qo’llaniladi.Moddalar ayniqsa qo’l, oyoqlardagi tomirlami Kengaytiradi, endoarterit, Reyno kasalliklarini davolashda qo’llaniladi.Fentolamin Buyrak usti bezining o’smalari tufayli kelib chiqqan gipertenziyani aniqlash va Davolash uchun venalarga yuboriladi, gipotenziv ta‘siri qisqa muddat davom etadi. Fentolamin prekapillar sfinkterlar, arteriolalaming qisqarishiga to’sqinlik qiladi, ichki A‘zolamibuyrak, o’pka, yurakning qon aylanishiga ijobiy ta‘sir ko’rsatadi, yurak Faoliyatini oshiradi, shuning uchun shoklami, ayniqsa, kardiogen shokni davolashda Qo’llaniladi.Tropafen davomli ta‘sir etadi, moddaning atropinga o’xshash ta‘siri ham bor. Digidroergotoksin, digidroergotamin qoramug’ alkaloidlari unumlaridan bo’lib, qon Bosimini muntazam ravishda pasaytiradi, arteriolalami kengaytiradi, venalar tonusini Oshiradi, ular gipertoniya kasalligining boshlang’ich bosqichlarida, miya tomirlari Qisqarganda migren, endoarterit, Reyno kasalliklarida qo’llaniladi.a -adrenolitiklardan Prazozin postsinaptik joylashgan a adrenoretseptorilami tanlab falajlaydi muttasil Gipotenziv ta‘sir ko’rsatadi, arteriolalami hamda venalami kengaytiradi, yurakka Venalardan qonning qaytishini kamaytiradi, yurak faoliyati yengillashadi,chunki chetda Joylashgan tomirlar qarshiligi ham kamayadi. Prazozin gipertoniya kasalligini, ayniqsa, O‗smirlardagi gipertoniyani davolashda qo’llaniladi, og’iz orqali yuboriladi.Pfizer fiimasi Chiqaradigan kardura (doksazolin mezOat) tanlab postsinaptik a,- adrenoretseptorlami Falajlaydi, chetda joylashgan qon tomirlami kengaytiradi, periferik bosim pasayadi. Shu Bilan birga kardura gipolipidemik ta‘sirga ham ega, gipertoniya kasalligini davolashda Qo’llaniladi.Yurak va qon tomirlarda organik o’zgarishlar bo’lsa, a – adrenolitiklami Qo’llash man etiladi. Gastrit kasalligida (bolalarda) bular ehtiyotlik bilan qo’llaniladi. Fentolamin davomli qo’llanganda og’ir gipoglikemiya ro’y berishi mumkin.

Download 173,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish