2- Amaliy mashg’ulot
1..Qadimgi nemis poeziyasi qaysi manbalarda tilga olingan ?
2. "Xildebran haqida qo`shiq" qanday asar?
3. "Nibelunglar haqida qo`shiq" asari-chi?
4. Nemis bolalar adabiyotining fol'klorga munosabati?
5. Olmoniya Uyg`onish davrini boshlab bergan omillar?
6. Nemis adabiyoti rivojiga hissa qo`shgan buyuk shoir va yozuvchilarni sanab bering?
7. Aka-uka Grimmlarning adabiy-ilmiy ijodi va tadqiqotchilik faoliyati haqida nimalarni bilasiz?
8. Grimmlarning ertaklar to`plami va folklorshunoslikka oid asarlarini sanang?
9. Ikki buyuk olim, tilshunos va adabiyotshunos, ertakchilarning nemis bolalar adabiyotiga qo`shgan ulkan hissasi nimalardan iborat?
1. Qadimgi nemis poeziyasi haqida qadimgi Rim yozuvchilari va keyingi davr yozma yodgorliklari yordamida mushohada qilish mumkin. Rim tarixchisi Tatsita tomonidan qadimgi olmonlarning jangovor va g`arbiy yurishlari haqida esga olinadi. Bunga qadimgi olmon yodgorliklarining epik she`riyati, 800 yilga qadar yozilgan "Xildebran haqida qo`shiq" asari misol bo`la oladi. "Qo`shiq"da (V-VI asrlarda) "xalqlarning buyuk ko`chishi" haqidagi voqealar tasvirlangan.
"Nibelunglar haqida qo`shiq" asari adabiy jihatdan XVIII asr boshlarida qayta ishlangan, va albatta ritsarlar, saroy hayoti tavsilotlari, ritsarlik sha`niga muhabbat bilan xizmat qilish va unga sodiqlik motivlari yotadi. Lekin shu qolip orasidan feodallikkacha bo`lgan davr olmon hayoti chizgilari bo`rtib chiqqan hikoyalar asosida yosh, navqiron Zigfridning ajdarni engishi, Nebilunglar xazinasini topishi, buyuk Ditrix Bernskiy va uning drujinasi haqidagi afsonalar ham o`rin topgan.
2. Aka-uka Yakob (1785-1863), Vilgelm (1786-1859) Grimmlar. Ikki yuz yildan ko`proq vaqt ilgari ovloq Gessenning Xanau shaharchasida, hurmatli byurgaerlar oilasida (bu nasldan ko`pgina taniqli huquqshunoslar va ruhoniylar yetishib chiqqan) Filipp Vilgelm Grimm va uning ayoli Doroteyalar nikohidan katta o`g`illari Yakob, bir yildan so`ng esa uning ukasi Vilgelm dunyoga keldi. Tez orada butun oila o`rmonli tog`lar bilan o`ralgan, tinch osuda shaharcha - Shtaynauga ko`chib o`tishdi.
Oila kattagina edi: besh bola va bir qiz - Lotti ismli kichik qizaloq. Bu oilada barcha g`ayritabiiy ravishda mehnatsevar edi. Va barcha bir -birini sevar, hurmat qilardi. Lekin ular orasida bir yashar farq bilan Yakob va Vilgelm o`zgacha mehr bilan bir-biriga bog`langan edilar. Yoshlik chog`laridanoq aka-uka Grimmlar juftligi tug`ilgan edi. Taqdir ularga uzoq hayotni o`lchab bergan edi. Va ular o`zlarining qarilik chog`larigacha bu mustahkam bog`liqlik hamda mehr -oqibatni tark etishmadi.
nemis adabiyotining birinchi yodgorligi "Xil'debran haqida qo`shiq" asarini o`rganib, qadimgi nemis she`riyati to`plamlarini chop etishdi. Bu bilan ular xalq yuragining tubida mudrab yotgan qadimgi hikmatlarni uyg`otish kabi maqsadlarini amalga oshirishdi. Ammo bular faqat yozma manbalar bilan bog`liq edi. Ularni esa yana yiroqroq manzillar - xalq qalbining tubi, zamonlarning eng qadimi qiziqtirayotgan edi. Va ular folklorga murojaat qilishdi. Aka-uka Grimmlar o`zlarining harakatdagi faoliyatlari- ertaklar to`plash bilan mashg`ul bo`ldilar.
Birinchi mustaqil topilmalar 1807 yilga taalluqli bo`lib, ular kasseldagi ikki oila: Vil'dlar va Xassenpfluglar bilan bog`liq. "Boshmaldoq - bola", "Aqlli Gretel", "Navqiron Pahlavon", "Oq kabutar", "Mushuk va sichqonning do`stligi", "It va chumchuq" kabi ertaklar Vildlar va Xassenpfluglar oilasi a`zolarining og`zidan yozilgan to`plamlar sirasiga kiradi. To`plamlarning jamlanishida o`zining katta qissasini qo`shgan dorifurush (aptekachi) Vil'dning beshinchi qizi Ganriett Doroteya Vild, kelajakda Vilgelmning turmush o`rtog`i (Yakob umrining oxirigacha ham uylanmagan) haqida albatta aytib o`tish joiz. Doroteyadan aka-uka Grimmlarga "Ganzel' va Gritel'", "Yerto`la Bekasi", "Kuylaydigan danakcha"kabi erataklarni taqdim etdi. Askarlarning achinarli, nochor-kambag`allikdagi hayotlari, kamsitilgan shaxsiyatlari haqida so`zlab beruvchi Grimmlarning qayg`uli ertaklari qariya Krauze bayonidan yozib olingan.
Germanistika maktabi asoschilari hamda bolalarning eng mashhur yozuvchilarigà aylangan bu ikki buyuk shaxs yashab o`tgan Kassil shahrida muzey tashkil qilinib, ularning shaxsiy buyumlari, kitoblarining yuzdan ortiq dunyo tillariga tarjima qilingan nusxalari, ukalari Lyudvigning san`at asarlari ehtiyotkorona saqlanib kelinmoqda. Ularning asarlari boshqa tillarga tarjima qilingandan keyin Yevropa bo`ylab sayohatni boshlab yuborishdi: 1824 yilda fransuz tiliga tarjima qilindi, 1826 yilda fransuz tilidagi nusxasi rus kitobxonlariga yetib keldi (19 asr Rossiyada fransuz madaniyati, tili va adabiyoti ustuvor edi), rus tiliga Pushkinning do`sti va ustozi V.A. Jukovskiy tomonidan tarjima qilinib, "Bolalarning suhbatdoshi" ("Detskiy sobesednik") jurnalida chop etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |