1.3. SogMiqni saqlash va farniatsevtika faoliyati xizmatini boshqaruvchi tashkilotlarning asosiy vazifalari va funksiyalari
0 ‘zbekiston Respublikasi SSV va farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish ishlari o‘zining ma’lum taitibdagi o'ziga xos boshqarilish tizimiga ega bo'lib. bu tizim aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishda va dori vositalari bilan aholini tegishli tartibda taminlashda muhim o‘rin egallaydi. Respublikada sog'liqni saqlash tizimiga rahbarlik qilish SSV ga yuklatilgan bo‘lib, vazirlik, asosan, quyidagi masalalami hal etadi: - aholi sog‘ligini va unga bog‘liq ravishda xalq xo‘jaligini, uning mudofaa faoliyatini yaxshilash va sog‘liqni saqlash ishlarini rivojlantirish; - aholiga yuqori malakali va uning hamma qatlami uchun muqobil tibbiy yordamni tashkil etish;
10
- aholi sogMigini muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish chora- tadbirlarini rivojlantirish; - onalik va bolalikni muhofaza qilish; - respublika sanitariya-epidemiologiya holatining yaxshi bo‘lishini ta’minlash; - aholini va davolash-profdaktika muassasalarini dori vositalari, virusga qarshi va tashhis vositalari, tibbiyotda ishlatiladigan hamda boshqa buyumlar bilan ta’minlash; - davlat rejalariga asoslanib, davolash-profdaktika muassasalari va dorixona tizimini rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘rish; - tibbiy va farmatsiya sohasidagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirib, uning samaradoligini oshirib, ularni sogMiqni saqlash va farmatsiya amaliyotida qoMlash chora-tadbirlarini ko‘rish; - tibbiyot va farmatsevt kadrlar tayyorlashni, ular malakasini oshirish borasidagi nazariy va amaliy bilimlarni yuqori saviyaga ko‘tarish; - mehnatni ilmiy asosda tashkil etilgan, boshqarish asosida sogMiqni saqlash muassasalarini tegishli yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlab, aholi sogMigMni tiklashda yuqori natijalarga erishish; - hukumat tomonidan sogMiqni saqlash ishlariga ajratilgan byudjet mablagMaridan samarali fovdalanib, sogMiqni saqlash binolarini ta’mirlash va yangidan quriladiganlarini o‘z vaqtida ishga tushirish ishlarini amalga oshirish. Bu ishlami amalga oshirish uchun ma’lum bir boshqaruv tizimi shakllangan boMib, u ma’lum boshqarma, boMim va tashkilotlar orqali amalga oshiriladi. Vazirlik qoshida hay’at (kollegiya) tashkil etilgan bo‘lib, unga sogMiqni saqlash tizimidagi dolzarb muammolami vazirlikning kollegiya a’zolari bilan birgalikda hal qilish vazifasi yuklatilgan. Ilmiy, amaliy, klinik va epidemiologik muammolami muhokama qilish, ularni reja asosida amalga oshirish, tibbiyot va farmatsiyadagi ilmiy va amaliy ish natijalarini respublika tibbiyotida qoMlash va shu yoM bilan sogMiqni saqlash sohasidagi amaliy va ilmiy yo’nalishlarni rivojlantirish uchun vazirlik qoshida Olimlar tibbiyot ilmiy kengashi tashkil qilingan. Bu kengash tarkibiga jamoatchilik asosida respublikaning ko‘zga ko‘ringan yirik olimlari kiritilgan boMib, ular tibbiyotga va farmatsiyaga oid ilmiy yo‘nalishni rivojlantirish bilan birga uni sogMiqni saqlash va farmatsiya amaliyotida qoMlash ishlari bilan shug‘ullanadilar. Bundan tashqari, Davolash-profdaktika yordami ko’rsatish bosh boshqarmasi, Onalik va bolalikni muhofaza qilish bosh boshqarmasi, Davlat
il
sanitariya-epidemiologiya nazorati departamenti, Iqtisodiyot va mablag1 bilan ta’minlash bosh boshqarmasi, Kadrlar va o'quv yurtlari bosh boshqarmasi, Ma’muriy xo'jalik boshqarmasi, Nazorat inspeksiyasi, Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi, Dori vositalari siyosati markazi va boshqa bolimlar sog‘liqni saqlash ishlarini respublika miqyosida boshqarishda muhim vazifalarni bajaradilar. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25- maydagi 181-sonli Qaroriga va (Yzbekiston Respublikasi SSVning 1995- yil 2-iyundagi 250-sonli buyrug'iga asosan vazirlik qoshida Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tashkil etildi. SSV ning Dori vositalarini va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasida Dori vositalari ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat markazi, Farmakopeya, Farmakologiya, Yangi tibbiy texnikalar kabi qo‘mitalar, Giyohvandlar nazorati qo'mitasi, Dori vositalari va tibbiy texnikani qayd etish bo‘limi hamda nazorat qilish bo'yicha Farmatsevtik inspeksiyasi mavjud. Dori vositalari ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat markazi qoshida: - vaksina, zardob vositalari va mikrobiologik tadqiqotlar o‘tkazish laboratoriyasi; - dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlash laboratoriyasi; - tibbiy texnika sifatini nazorat qilish laboratoriyasi; - farmako-toksikologik tadqiqotlar laboratoriyasi; - ilmiy uslubiy va axborot bo'limi tashkil etilgan. Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - O'zbekiston Respublikasi korxonalarida ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan dori vositalari sifatini nazorat qiladi; - isfemolchilar va ta’minotchilar o‘rtasida dori vositalari sifati masalasida anglashilmovchilik, kelishmovchilik va baxs boiib qolgan taqdirda, dori vositalari sifatini arbitraj analizi o'tkazib oxirgi yakunlovchi xulosa beradi; - 0 ‘zbekiston Respublikasiga chet eldan sotib olib keltirilayotgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini Davlat ro'yxatidan o‘tkazishdan avval ulaming sifatini har taraflama nazorat qiladi; - yangi dori vositalariga ishlab chiqilgan me’yoriy texnik hujjatlar loyihasiga xulosalar beradi; - dori vositalari sifatini nazorat qilishning amalda qo‘llanilayotgan usullarini takomillashtiradi va yangi usulni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi
- yangi dori vositalarini yaratish bo‘yicha ilmiy ishlar bilan shug'ullanadi; 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilayotgan, saqlanayotgan, qo‘llanilayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlari sifatini dastlabki davlat nazoratidan o‘tkazadi; - eskirib qolgan dori vositalarini Davlat reestridan chiqarish to‘g‘risida tavsiyanomalar tayyorlaydi. Bosh boshqarmaga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun unda ekspertlar kengashi tashkil qilingan
Do'stlaringiz bilan baham: |