2- Amaliy mashgʻulot. Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi.
Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi.
Mavzuning maqsadi:
Shaxs, individ, barkamol shaxs, o'quvchilarning yosh davrlari to‘g‘risida ma’lumot berish hamda ularda dunyoqarash, axloq, intizo’ni shakllantirish.
Mavzuning vazifalari:
Shaxs va individ tarbiya jarayonini obyekti va subyekti ekanli- gi, shaxs rivojlanishining biologik va ijtimoiy asoslari hamda jihatla- rini yoritish;
Shaxsni kamol toptirishda ta’sir etuvchi o’illarning rolini ko‘rsatish;
Shaxs shakllanishini yosh xususiyatlariga ko‘ra davrlarga bo'lish;
Barkamol shaxs tarbiyasida ma’naviy-ma’rifiy asoslarini ko'rsatish
Masalaning qo’yilishi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya fanidan talabalaraga “Tushunchalar tahlili“ organayzeri, “Birgalikda o’qiymiz” texnikasi interfaol usullarini dars jarayoniga qo’llash lozim. Mashg’ulot kichik guruhlarda ishlash uchun guuhlarda bo’lib olib boriladi.
Tayanch tushunchalar: pedagogik antropologiya, individ, shaxs, individuallik, o’sish, rivojlanish, ijtimoiylashuv, irsiyat, muhit, tarbiya, yosh davrlari.
Mashg’ulot rejasi:
Shaxs tushunchasining mazmuni va mohiyati.
Shaxs rivojianishining umumiy qonunlari, uning tashxisi to’g'risida g'oyalar.
Shaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta`sir kuchi.
Umumiy ma'lumot:
Shaxs haqida umumiy tushuncha. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi.
Dunyoga kelgan go‘dak ma’lum yoshga qadar individ hisobla- nadi. «individ» lotincha «individium» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «bo‘linmas», «alohida», «yagona» ma'nolarini anglatadi. Individ bio- logik turga kiruvchi alohida tirik mavjudotdir.
Shaxs deganda, muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Odam (inson individi) shaxsga aylanmog‘i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyati va sifatlari bilan farq qilishi lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. U o‘zining xususiyati, qizi- qishi, qobiliyati, aqliy jihatdan rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji, meh- nat faoliyatiga munosabati bilan boshqalardan farqlanadi. Bular shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bo’ib. Mazkur xususiyatlar rivojlanib, ma’lum bir bosqichga yetsagina, u kamol topgan shaxs sifatida namoyon bo’adi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida qaror topadi.
Shaxsning rivojlanishi, avvalo, uning shaxsiy xislatlarining shakllanishidan boshlanadi.
Shaxs no’ini olish uchun nimalar kerak? — degan savolning tug'ilishi tabiiydir. Odam ijtimoiy mavjudot sifatidan shaxsga ayla- nishi uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitlari, muhit va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular hamda shaxsning nasliy xususiyatlarining tako’illashib borishi odamning rivojlanishi, shaxs sifatida namoyon bo’lishini ta’minlaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishini, uning har to’onlama kamolga yetishi uchun pedagogika fani shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, unga ta’sir etadigan o’il- larni, rivojlanish jarayoniga aloqador bosqichlarni aniqlashi kerak. Shuningdek, bola shaxsning rivojlanishida faoliyatinig o‘rni va aha- miyatini ham o‘rganishi lozim.
Biz yuqorida «rivojlanish» tushunchasini ishlatdik. Endi ush- bu tushunchaga atroflicha yondashib, ta’rif berishga harakat qilaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |