Tana haroratining o‘zgarib turishi
Yuqorida keltirilganidek, sog‘lom odam tana harorati sutka davomida turli xil tashqi omillar ta’sirida o‘zgarib turadi. Inson yoshiga bog‘liq holda tana harorati normal ko‘rsatkichlarini bilib olishi zarur.
Masalan:
1 yoshgacha bo‘lgan bolalar – normal tana harorati 37-38 °C;
5 yoshgacha bo‘lgan davrda – 36,6-37,5 °C;
O‘smirlik davrida – tana haroratining sezilarli o‘zgarib turishi kuzatiladi. Chunki bu davrda insonda gormonal yetilish holatlari kechayotgan bo‘ladi. qizlarda tana harorati 13-14 yoshlarida stabil holatga keladi, o‘g‘il bolalarda esa 18 yoshdan keyin;
Kattalarda – 36-37,4 °C;
65 yoshdan katta insonlarda – 36,3 °C;
Erkaklar tana harorati ayollarnikidan 0,5 °C ga pastroq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |