Tana harorati oshishi va ich ketishi (diareya). Tana harorati oshishi va ich ketishi holatlari oshqozon ichak tizimining backerial infeksiyalanganidan darak beradi. Masalan:
Bunday holatlar inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi, mustaqil ravish o‘z boshimchalik bilan davo choralarini ko‘rmaslik kerak. Ayniqsa bolalarda shunday holat kuzatilsa, shifoxonaga yoki tez tibbiy yordamga murojaat etish kerak. Tana harorati oshishi va ich ketishi – bu organizmning suvsizlanishiga olib keladi demakdir. Ularning birgalikda namoyon bo‘lishi, qisqa muddat ichida ko‘p suyuqlik yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi. buni bartaraf etish uchun organizm ko‘proq suyuqlik qabul qilishi kerak, agar suv ichishga qarshiliklar bo‘lsa (qayt qilish yoki ich ketish kuchli bo‘lsa) vena ichiga eritmalar quyiladi. Aks hollarda organizm suvsizlanishi hisobiga o‘lim holati ham qayd etilishi mumkin.