Tana haroratining yuqori ko‘rsatkichlarda bo‘lishining boshqa sabablari
Termoregulyatsiya jarayonining buzilishi, boshqa ko‘zga tashlanmaydigan kasalliklarda ham kuzatiladi. Yana bir xavfli sabab, organizmning haroratni tashqi muhitga ajrata olmay qolishidir. Bunday holat juda issiq va dim ob havoda yoki xonada uzoq muddat bo‘lganda namoyon bo‘ladi. Bolalarda tana harorati ularni juda qalin kiyimlar bilan kiyintirganda ham oshadi. Bunday holat yurak va nafas olish tizimi bilan bog‘liq kasalliklari bor insonlar hayoti uchun katta xavf tug‘diradi, hatto o‘lim bilan tugashi ham mumkin. Juda issiq sharoitda sog‘lom odam a’zolari ham qiynaladi, birinchi navbatda uning miyasi. Bundan tashqari tana harorati juda emotsional insonlarda stress va depressiya vaqtlarida ham ko‘tariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |