Qo‘shimcha simptomlarsiz tana harorati o‘zgarishi
Hech qanday simptomlarsiz tana haroratining oshishi yoki pasayishi o‘tkir infeksion kasalliklarga xos. Ular quyidagilar bo‘lishi mumkin:
Surunkali piyelonefrit;
Sil;
Yaxshi va yomon sifatli o‘smalar;
A’zolar infarkti (to‘qimalar nekrozi);
Qon kasalliklari;
Tireotoksikoz, gipotireoz;
Allergik kasalliklar;
Revmatoid artritning erta davrlarida;
Bosh miyadagi o‘zgarishlarda, ayniqsa gipotalamusda;
Psixik o‘zgarishlar;
Bundan tashqari aktiv jismoniy harakat, sovuq qotish yoki issiq havoda, stress va zo‘riqishlarda ham tana harorati o‘zgarishlari mumkin. ammo, bunday holda tana harorati normal holatga qaytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |