2- amaliy mashg‘ulot (2-soat) Mavzu: Jismoniy mashqlar Reja



Download 174,42 Kb.
bet7/8
Sana17.09.2021
Hajmi174,42 Kb.
#177374
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 - mavzu amaliy

Kuchlilik-bu mushaklarni ma’lum darajada zо‘riqtira olish qobiliyati bо‘lib,chaqqonlik va epchillikni tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolaning mushaklari hali yaxshi rivojlanmagan bо‘ladi, uning asab harakati ham hali yetarli darajada takomillashmagan, bog‘cha bolalari mushaklarni kuch bilan ishga solishda aniq farq qilish qobiliyatiga ega emaslar.

Bog‘cha bolalari uchun, ayniqsa, kichik guruhdagilar uchun shu narsa muhimki,ularda rostlovchi mushaklarning hayotiy faoliyatidan kо‘ra, bukish mushaklarining hayotiy faoliyati ortiqroq bо‘ladi, bolalar yurish va yugurish vaqtida oyoqlarini yarim bukik holda tutib harakat qiladilar, о‘yinlar о‘tkazish vaqtida esa engashib о‘tiradilar va hokazo. Shu sababli, bolaning kuch-quvvat sifatlarini rivojlantirayotganda rostlovchi mushaklar kuchini kо‘paytirishga alohida e’tibor berish, bola gavdasi va oyoq-qо‘llarini rostlaydigan, tо‘g‘ri turishga о‘rgatadigan mashqlarni bajartirish muhim ahamiyatga egadir.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda kuch-quvvatni tarbiyalashga qaratilgan mashqlar, asosan, dinamik harakterga ega bо‘lishi kerak. Ayni vaqtda, bu uzoq vaqt davom etib, asablarni ancha tarang holga keltiradigan bir xildagi zо‘riqishlar bilan bog‘liq, bо‘lmasligi lozim. Bundan tashqari, kuchni rivojlantirishda zо‘r berib, kuchlanish talab etiladigan mashqlar qо‘llanmasligi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalarning kuch-quvvatini tarbiyalash uchun qisqa muddat davom etadigan va tezlik hamda kuch talab qiladigan mashqlar (masalan, bir joyning о‘zida turib uzunlikka sakrash, uzoqqa uloqtirish mashqlari), shuningdek, о‘z og‘irligini kо‘tarish bilan bog‘liq bо‘lgan ba’zi bir mashqlar (engashtirib qо‘yilgan va tikka turgan narvonlar, taxtalarga tirmashib chiqish mashqlari, gimnastika taxtasida о‘z qо‘llari, kuchi bilan tortilish va shunga о‘xshash mashqlar)ni bajarish о‘rinlidir.



Matonatbu jismoniy ishni imkoni boricha uzoq vaqt davomida yetarli darajadagi jadallikni saqlagan holda bajara olish qobiliyatidir. Matonatni tarbiyalash organizmturli sistemalarining miqdoriy imkoniyatlarini oshirib borish, asta-sekin sharoitga moslashib borish bilan, oqibat natijada charchashga olib keladigan va kuchli zо‘riqish bilan uzoq vaqt davom etadigan faoliyat natijasida organizmda yuzaga keladigan kо‘nikish, ya’ni chiniqish sanaladi. Shuning uchun bolalarda matonatni tarbiyalashda, ularga о‘zlarida kо‘nikma hosil qilgan vazifaga qaraganda yuqoriroq jismoniy ta’sir kо‘rsatadigan mashqlar va о‘yinlar qо‘llaniladi.

Maktabgacha yoshdagi kichik guruhlarda matonatni tarbiyalash bilan bog‘liq maxsus mashqlar amalga oshirilmaydi. Katta yoshdagi bog‘cha bolalarida matonatni tarbiyalash uchun о‘yin va mashqlardan foydalaniladi. Bunday о‘yin va mashqlarda ancha og‘ir, lekin qisqa muddatli jismoniy zо‘riqish talab qilinadi. Bunday mashqlarda bolalar diqqat-e’tiborni bir yerga jamlab, mashqlarni takrorlashda yetarli darajada uzoq tanaffuslar berib, ularga nafas rostlashiuchun vaqt ajratish lozim. Bu yoshdagi bolalarda matonat, avvalo, yurish, yugurish, sakrash, chang‘ida yurish, raqsga tushish, suzish va harakatli о‘yinlarni о‘ynash va mustaqil faoliyat kо‘rsatish vaqtida rivojlanadi.

Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bolalarni jismoniy mashqlarga muntazam о‘rgatishning asosiy shaklidir.

Mashg‘ulotlarning ahamiyati harakatlar madaniyatini mujassam shakllanishi, sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir.

Mashg‘ulotlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda yaxshi harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan va maqsadga yо‘nalgan holda faoliyat kо‘rsata oladigan, shuningdek, axloqiy sifatlar va ijodiylikni namoyon eta oladigan shaxslarni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Jismoniy mashg‘ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq havoda о‘tkaziladi. Yoz paytida о‘yinlar, mashqlar ochiq havoda, jismoniy tarbiya maydonchasida о‘tkaziladi.

“Ilk qadam” dasturida har bir yosh guruhi uchun belgilangan jismoniy mashqlar mashg‘ulotlarning mazmunini tashkil etadi. Mazmuniga kо‘ra xilma-xil mashg‘ulotlarni о‘tkazishda vazifalarning aniq va oydin bо‘lib qolishi, dasturni о‘tishda izchilikka rioya qilish, shuningdek, bolalarning yosh va о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish shartdir.

Mashg‘ulotlarning tuzilishi jismoniy mashqlarni bolalar tomonidan izchil bajarilishini ta’minlaydi. U qо‘yilgan vazifalar, nerv tizimining ish qobiliyati va bola organizmining har bir alohida yosh bosqichidagi xususiyatlari bilan belgilanadi. Mashg‘ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biri sanaladi. Ular quyidagilardan iborat:

1. Kirish – tayyorgarlik.

2. Asosiy qism.

3. Yakuniy qism.

Ta’limiy, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalari mashg‘ulotning har bir qismi uchun baravar muhim ahamiyatga egadir.

Mashg‘ulot kirish qismining mazmuni va vazifalari.

Jismoniy tarbiya mashg‘ulotining birinchi qismi kо‘yilgan vazifalar va uning asosiy qismidagi mashqlar mazmuniga kо‘ra turlicha bо‘lishi mumkin.

Mashg‘ulot kirish qismining vazifasi bolalarda unga nisbatan qiziqish va emotsional kayfiyat paydo qilish, diqqatning tayyorgarlik darajasini tekshirish, ayrim harakat kо‘nikmalarini aniqlashtirish, bola organizmini asta-sekin mashg‘ulotning asosiy qismida kechadigan birmuncha intensiv tez faoliyatga tayyorlashdan iboratdir.

Shu maqsadda bolalarga tо‘g‘ri qad-qomatni tarbiyalashga, yassi tovonlikni oldini olishga yordam beradigan, fazoda hamda jamoada mо‘ljal olish bilan bog‘liq, bajarilishi kо‘p vaqtni talab qilmaydigan tanish mashqlar va ularning variantlarini bajarish taklif etiladi.

Bunday mashqlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

- saflanish mashqlari: turlicha saflanishlar va qayta saflanishlar;

- turli topshiriqlar bilan bajariladigan yurish va yugurish;

- tarqalib yengil yugurish hamda keyinchalik katta va kichik davra, kolonna va hokazo bо‘lib saflanish;

- turli kо‘rinishdagi va yassi tovonlikning oldini olish maqsadidagi yurishlar: tovonda, oyoq uchida, poldagi qalin shnur ustida, narvonda yurish va boshqalar.


Download 174,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish