5
shuningdek kadrning hamma baytlarini ma'lum usul bilan qayta ishlash va kadrga
nazorat summasini qo‘shish orqali nazorat summasini aniqlaydi. Tarmoq bo‘ylab
kadr kelganida, qabul qilib olgan olingan ma’lumotlarning nazorat summasini qayta
hisoblaydi va natijani kadrdagi nazorat summasi bilan solishtiradi. Agar ular mos
kelsa, kadr to‘g‘ri hisoblanadi va qabul qilinadi. Agarda nazorat summalari mos
kelmasa, u holda xatolik qayd etiladi. Kanal sathi nafaqat xatolarni topa oladi, balki
shikastlangan kadrlarni qayta jo‘natish hisobiga ularni to‘g‘irlaydi. Shuni ta’kidlab
o‘tish kerakki, xatolarni to‘g‘irlash funksiyasi
kanal sathi uchun zaruriy
hisoblanmaydi, shu sababli bu sathning ayrim protokollarida u bo‘lmaydi, masalan,
Ethernet va Frame relay da.
Lokal tarmoqlarda ishlaydigan kanal sathi protokollarida kompyuterlar
orasida va ularni adresatsiyalash usullarida ma’lum bir aloqa strukturasi qo‘yilgan.
Kanal sath lokal tarmoqning ikki tuguni orasida kadrni yetkazib berishni
ta'minlasada, u buni faqat aynan qaysi topologiya uchun ishlab chiqilgan bo‘lsa
aloqaning aniq topologiyali tarmog‘ida qiladi. Lokal
tarmoqlarning kanal sath
protokollarini qo‘llovchi bunday namunaviy topologiyalarga umumiy shina, xalqa
va yulduz, hamda ko‘prik va komutatorlar yordamida olingan strukturalari kiradi.
Kanal sathi protokollariga misol bo‘lib: Ethernet, Token Ring, FDD, 100VG-Any
LAN protokollari kiradi.
Lokal tarmoqlarda kanal sath protokollari kompyuter, ko‘prik kommutator va
marshrutizatorlarda ishlatiladi. Kompyuterlarga kanal sath funksiyalari tarmoq
adapter (moslashtirgich) lari va ularning drayverlari yordamida amalga oshiriladi.
Kamdan-kam doimiy topologiyaga ega bo‘lgan global tarmoqlarda kanal sathi
ko‘pincha individual aloqa liniyalari bilan bog‘langan ikki qo‘shni kompyuter
orasida xabar almashinuvini ta'minlaydi. “Nuqta-nuqta” protokollariga misol bo‘lib
PPP va LAP-B keng tarqalgan protokollar xizmat qilishi mumkin. Bunday hollarda
ikki chekki tugun orasida habarlarni butun tarmoq bo‘ylab yetkazib berish uchun
tarmoq sathi vositalaridan foydalaniladi. Aynan shunday X25
tarmoqlari tashkil
topgan. Ba’zan global tarmoqlarda kanal sath funksiyalarini ajratish qiyin, sababi
bitta protokolning o‘zida ular tarmoq sathi funksiyalari bilan birlashadi. Bunday
6
yondashuvga misol bo‘lib ATM va frame relay texnologiya protokollari xizmat
qilishi mumkin.
Umumiy holda kanal sathi tarmoq tugunlari orasida xabarlarni jo‘natish
(uzatish) bo‘yicha ancha quvvatli va tugallangan funksyailar to‘plamini o‘zida aks
etadi. Ba’zi hollarda kanal sathi protokollari yetarlicha transport vositasi bo‘la oladi
va tarmoq hamda transport sath vositalarini jalb qilmasdan amaliy sath protokollari
yoki ilovalardan bevosita ular ustida ish olib borish imkonini beradi. Masalan, garchi
standartga ko‘ra IP tarmoq protokoli va UDP transport protokoli ustida boshqarish
protokoli ishlamasa ham, Ethernet ustidan bevosita SNMP tarmoqni bu protokolni
amalga oshirish mavjud. Tabiiyki, buni amalga oshirish chegaralangan bo‘ladi - u
turli texnologiyani tarmoqlarning tarkibi uchun mos kelmaydi, masalan, Ethernet va
X25 va xatto barcha segmantlarida Ethernet qo‘llaniluvchi tarmoqlarga ham, biroq
segmentlar orasida zanjirsimon aloqa mavjud. Ko‘prik bilan qo‘shilgan ikki
segmentli Ethernet tarmoqlarida esa SNMP ni kanal
sathida amalga oshirsak
yetarlicha ishlash qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: