2)
Bojxona rasmiylashtiruvi, Yukni yo‘lga jo‘natish.
O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga binoan, Siz transport xohlagan vositasining
turiga qarab bojxona rasmiyatchiligini o‘zingizga qulay va hohlagan bojxona postida
amalga oshirishingiz mumkin.
Yuk olib chiqish sharti, bu bojxona deklaratsiyasini
taqdim qilishdan iborat. Mahsulotlarni bojxona hududidan olib chiqish uchun siz
oldindan bojxona toshkilotlarini ogohlantirishingiz kerak.
Bojxona toshkiloti bojxona
rasmiyatchiligini amalga oshirish uchun vaqt va mahsulotni olib kelish joyini belgilaydi.
Bojxona toshkilotlari yuk va u bilan birga tegishli hujjatlar bojxona postiga olib
kelingandan so‘ng ogohlantiriladi. Yuk bojxona deklaratsiyasi bojxona inspektoriga
taqdim qilingandan so‘ng, u BYUD ning to‘g‘ri to‘ldirilganligini, bojxona
rasmiylashtiruvi uchun berilgan hujjatlar sonini tekshiradi. Agar tekshiruv natijasida
kamchiliklar aniqlansa, bu holatda bojxona inspektori kamchiliklarni
bartaraf qilish
uchun mutaxassisga axborot beradi. Agar tekshiruv natijasida kamchiliklar chiqmasa, u
holda bojxona organining mutassadi shaxsi BYUD ni rasmiylashtirish uchun qabul
kiladi.
BYUD ro‘yxatga olingandan so‘ng 1 kun mobaynida rasmiylashtiriladi.
Bojxona
toshkiloti 7-grafani (ustun yoki qatorni) to‘ldirish orqali BYUD ni ro‘yxatga oladi, ya’ni
unga ro‘yxat raqamini taqdim etadi. Bojxona hududidan o‘tadigan yuklar bojxona
nazorati va rasmiylashtirilishi lozim. Bojxona nazorati
BYUD raqami taqdimotidan so‘ng amalga oshiriladi. YUk nazoratida kinolog
qatnashadi. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun to‘lov amalga oshiriladi:
• bojxona tartibi uchun (bojxona qiymatining 0,1 %, lekin minimal ish xaqqining 50%
kam bo‘lmasligi kerak);
• bojxona nazorati uchun (bir xodimning 1 soat ish hisobidan 0,5%
minimal ish xaqi
hisobidan). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida
investitsiya iqlimi va biznes muhitini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi 2014 yil 7 apreldagi PF -4609 sonli Farmoniga binoan, bojxona
inspektorlari quyidagi hujjatlarni TSOYAEAT ga kiritishadi:
• tovar nomi va TIF TN kodi;
• tovar soni;
• tovarning kelib chiqish davlati;
• BYUD ro‘yxat raqami va sanasi;
• tovar yuklash sanasi;
• tovarning bojxona hududini kesib o‘tish sanasi;
• bojxona rasmiylashtiruvi sanasi;
• tovarning xaqiqiy, bojxona va statistik qiymati;
• yuklangan tovarning bojxona rejimi;
• qo‘shimcha o‘lchov birligining qo‘shimcha kodi (zarur bo‘lganda);
• tovarning og‘irligi.
Tovarning elektron formadagi deklaratsiyasida bojxona toshkilotlari BYUD ni qog‘ozga
tushirmaydilar va BYUD nusxasiga muhr va imzo qo‘ymaydilar.
Bojxona inspektori tovar bilan ketadigan hujjatlarga «YUk chiqarishga ruhsat berildi»
belgisini qo‘yadi va ularni deklarantga qaytarib beradi. Bojxona eksport rejimidagi tovar
bojxona deklaratsiyasi ro‘yxatga olingan vaqtdagi holati bo‘yicha
bojxona hududidan
olib ketilishi lozim. Kerakli ma’lumotlarni olish uchun Davlat Bojxona Qo‘mitasining
www. customs.uz sayti yoki bojxona postiga murojaat qilishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: