2- амалий машғулот мавзу: Ўзбекистоннинг ҳайвонот олами 1-топшириқ



Download 0,5 Mb.
bet1/7
Sana31.12.2021
Hajmi0,5 Mb.
#267996
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 амалий машғулот Ўлкашунослик фани


2- АМАЛИЙ МАШҒУЛОТ

МАВЗУ: ЎЗБЕКИСТОННИНГ ҲАЙВОНОТ ОЛАМИ

1-топшириқ: Ўзбекистоннинг ҳайвонот дунёси картасини таҳлил қилинг?

O‘rta Osiyoning tabiiy sharoiti xilma-xil bo‘lganligi tufayli uning hayvonot dunyosi ham o‘ziga xos va rang-barangdir. O‘rta Osiyo hayvonlari chalacho‘llarda, cho‘llarda, tog‘oldi va tog‘lar oralig‘idagi tekisliklarda, tog‘larda hamda suv havzalarida yashaydi.

Chalacho‘llarning hayvonot dunyosi mavsumlar bo‘yicha o‘zgarib turadi. Yozda janubdan issiqsevar hayvonlar, ya’ni kaltakesaklar va ayrim qushlar (to‘rg‘ay, loyxo‘rak) kirib kelib, chalacho‘llarning ichkari qismlariga yetib boradi. Kaltakesaklar bu yerlarga moslashib, rangini o‘zgartiradi. Qish juda sovuq bo‘lganligi tufayli yozda kelgan hayvonlar janubga yana qaytib ketadi, ko‘p hayvonlar (qo‘shoyoq va boshqalar) uyquga ketadi, qishga oziq-ovqat yig‘uvchi turli xil sichqonlar va kalamushlar inlariga kirib ketadi. Shimoldan qishda punochka, oq kaklik, qutb boyqushi uchib keladi. Bulardan tashqari, qishda bu yerlarda chopqir hayvonlardan oqquyruq ham yashaydi. Bu yerda eng ko‘p tarqalgan hayvon turi yumronqoziqlardir. Yumronqoziq bilan birga, chalacho‘llarda qo‘shoyoqlar, cho‘l olasichqoni, dala sichqoni, qum sichqoni, kalamush va ko‘rsichqon ham tarqalgan.

Chalacho‘llarning o‘zlashtirilmagan joylarida, Betpaqdala, Orolbo‘yi, Shimoliy Ustyurt, To‘rg‘ay o‘lkasi, Balxashbo‘yida tuyoqli hayvonlar: oqquyruq, jayron, yovvoyi qo‘y, morxo‘r, qulon va boshqalar yashaydi. Hasharotlardan chayon, qoraqurt va boshqa o‘rgimchaksimonlar ko‘p.

Сhalacho‘llardagi hayvonot olami issiqqa va suvsizlikka turlicha moslashgan. Ba’zilari, umuman, suv ichmaydi, ba’zilari kechasi hayot kechiradi, ba’zilari salqin joylarda yashaydi, ba’zilari ildizlarni yeb, undagi suv bilan qanoatlanadi.

Sudralib yuruvchilardan toshbaqa va kaltakesak nihoyatda ko‘p. Kaltakesaklardan dumaloqbosh kaltakesak, qum kaltakesagi, echkemar, agama kaltakesagi yashaydi. Ilonlardan bo‘g‘ma ilon, o‘qilon, zaharli charxilon va ko‘lvorilon, ko‘zoynakli ilonlar ko‘p.

Yirtqich hayvonlardan tulki, chiyabo‘ri, qum mushugi va boshqalar yashaydi. Qizilqumdagi saksovulzorlarda Buxoro kiyigi — xongul bor.

Qushlardan saksovul to‘rg‘ayi, cho‘l moyquti, cho‘l qarg‘asi, cho‘l qarqunog‘i, saksovul chumchug‘i va boshqalar uchraydi.

Тog‘ hayvonlari balandlik mintaqalariga bog‘liq holda tarqalgan. Chalacho‘l balandlik mintaqasining hayvonot dunyosi chalacho‘l hayvonot dunyosi bilan bir xil (kemiruvchilar, yirtqichlar). Тog‘ quruq cho‘llarida tulki, bo‘ri, jayron, sirtlon yashaydi, ammo bu mintaqada cho‘lga xos bo‘lgan hayvonlar (qo‘shoyoq, qum sichqoni, ingichka barmoqli yumron- qoziq) uchramaydi.

Keng bargli o‘rmonlarda jayron, ayiq, to‘ng‘iz, bo‘rsiq uchraydi. Тo‘ng‘iz, asosan, daryo bo‘ylarida ko‘proq tarqalgan. Bu mintaqada qushlardan jannat hasharotxo‘ri, kabutar, mayqut, oq boshli sa’va, bulbul va boshqalar bor.

Ignabargli o‘rmonlarda elik (kiyik), Jung‘oriya Olatovida maral (bug‘u), yirtqich hayvonlardan silovsin, O‘rta Osiyo latchasi, ayiq, manul (Yettisuvda) uchraydi. Archazorlarda o‘rmon sichqonlari, tog‘ sichqonlari, qushlardan boltatumshuq, tog‘ sariq chumchug‘i, chittak va tog‘ kakligi mavjud.

Baland tog‘ yaylovlarida (subalp va alp mintaqasi) tog‘ takasi, tog‘ kiyigi, tog‘ qo‘yi (arxar), qor qoploni, kemiruvchilardan sug‘ur tarqalgan. Qushlardan Himolay qorakurkasi, tog‘ zog‘chasi, tog‘ to‘rg‘ayi, alp chumchuqsimon qushi va boltayutar tarqalgan.

Тo‘qay hayvonlari Sirdaryo, Amudaryo, Ili, Chu va boshqa daryolar qayirlaridagi to‘qaylarda va daraxtzorlarda yashaydi. Asosiy hayvonlari to‘ng‘iz, bug‘u, to‘qay mushugi, quyon, o‘rdak, g‘oz, qirg‘ovul, loyxo‘rak, qoravoy (baklan), birqozon, saqoqush, flamingo va boshqalardir.

O‘rta Osiyoda chalacho‘l va cho‘llarning o‘zlashtirilishi, tog‘ va tog‘oldi mintaqalarida tog‘-kon sanoatining rivojlanishi, buning oqibatida ekologik sharoitning o‘zgarishi hamda ovchilik xo‘jaligi ishlarida qat’iy tartibning bo‘lmaganligi natijasida hayvonot olamiga zarar yetdi. Ko‘p hayvonlar kamayib qoldi. Bu ahvol tabiatni, shu jumladan, hayvonot olamini muhofaza qilishni qat’iy talab qiladi.




Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish