Gyandja zilzilasi Gyandja zilzilasi — hozirgi Ozarbayjon hududining Gyandja shahri yaqinidagi 1139-yili 30-sentabr kuni bo'lgan 11 ballik zilziladir. Oqibatda 230 ming kishi halok bo'ldi, 8 ta ko'l hosil bo'ldi (Geygel ko'li). Bu zilzila tarixdagi eng falokatli 5 zilzilalar toifasiga kiradi.
Buyuk Xitoy zilzilasi Buyuk Xitoy zilzilasi (xit. 嘉靖大地震) — Shensi provinsiyasida 1556-yil 23-yanvar kuni sodir bo'lgan. Salkam 830 000 kishi halok bo'ldi. Epetsentr Vey daryosi vodiysida bo'lib, Xuasyane shahri butkul yo'q bo'ldi. 20 mlik yoriqlar paydo bo'ldi, 500 kmlik hududga zilzila ta'sir ko'rsatdi. Zilziladan so'ng ancha vaqt aftershok holati kuzatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |