3. O’zb. Resning ta’lim to’g’risidagi qonuni va “kadrlar tayyorlash milliy dasturida” pedagogic
faoliyatni tashkil etishga qo’yilgan talablar.
O’zbekiston Respublikasida o’qituvchi kadrlarning
ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo’yilmoqda.
Chunonchi, bu borada O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etib
o’tadi: “Tarbiyachi – ustoz bo’lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o’stirish, ma’rifat ziyosidan
bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib etishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining
ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatga ega bo’lishi kerak”.
4.qadimgi yunoniston faylasuflari tarbiya to’g’risida. Qadimgi rimda pedagogik g’oyalar.
Qadimgi
Yunoniston faylasuflari tarbiya to’g’risida.Yunоnistоndа mаktаb vа mаdаniyatning tеz rivоjlаnishi
pеdаgоgikа nаzаriyasining hаm tug’ilishigа imkоniyat yarаtdi.Pеdаgоgikа nаzаriyasigа оlim vа
fаylаsuflаrdаn Suqrоt, Plаtоn, Аrаstu vа Dеmоkritlаr аsоs sоddilаr. Ulаr o’z qаrаshlаri bilаn tа’lim-
tаrbiya rivоjlаnishigа judа kаttа хissа qo’shdilаr.Suqrоtning fikrichа tаrbiyadаn kutilgаn mаqsаd,
buyumlаr tаbiаtini o’rgаnish bo’lmаy, bаlki kishining bilim оlishi, ахlоqni kаmоl tоptirishi bo’lmоg’i
lоzim edi. Suqrоt fаylаsuf bo’lishi bilаn birgа аjоyib nоtiq hаm edi. U kеng mаydоnlаrdа so’zgа
chiqib, ахlоqqа dоir mаsаlаlаr yuzаsidаn suhbаtlаr o’tkаzаr, tinglоvchilаrni sаvоl-jаvоb yo’li bilаn
hаqiqаtni tоpishlаrigа undаr edi. Suhbаtning bu usuli «Suqrоt usuli» dеb аtаlgаn.
5.Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asar- pandnoma asar sifatida.
«Qutadg’u bilig» - baxt-
saodatga eltuvchi bilim, ta’lim degan ma’noni bildiradi. Demak asar nomidan ham uning pand-nasixat,
ta’lim-tarbiyaga oid etuk didaktik asar, xar tomonlama etuk insonni tarbiyalaydigan darslik ekanligi
yaqqol ko’rinib turibdi. «Qutadg’u bilig» asari Sharqda pandnoma turkumidagi an’anaviy kitob tuzish
tartibiga rioya kilingan xolda tuzilgan. Avval nasriy muqadddima, so’ng 73 bobdan iborat kitobning
mundarijasi beriladi. Dastlabki o’n bir fasli debocha bo’lib, xamda, na’t va Qoraxonni madh etish, ta’lim
maqsadi, o’n ikki burj, tilning axamiyati, muallifning uzri, ezgulik xaqida, bilim olishning axamiyati,
kitobga nom berilishi, keksalikdan afsuslanish kabi fasllardan iboratdir. O’n ikkinchi fasldan boshlab
asosiy voqea bayoni e’tirof etiladi. Lekin asarda to’rt qaxramon – Kuntug’di – adolat ramzi, vazir —
Oyto’ldi – davlat va baxt ramzi, vazirning o’g’li O’g’dulmish – aql ramzi, sifatida, O’zgurmish –
vazirning qarindoshi – qanoat timsoli o’rtasidagi munozara asosida xayotiy masalalar bir-biriga
bog’langan xolda bayon etilib, kitobni yozishdan o’z oldiga ko’ygan maqsadga bo’ysundirilad
Do'stlaringiz bilan baham: |