transport vositasining egasining yaqin qarindoshlari — transport vositasi egasining transport vositasidan foydalanish va uni boshqarish uchun notarial tasdiqlanadigan ishonchnoma rasmiylashtirilishi talab qilinmaydigan yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar);
haydovchi — transport vositasini boshqaruvchi shaxs. Transport vositasini boshqarish o‘rgatilayotganda o‘rgatuvchi shaxs haydovchi hisoblanadi;
ransport vositasidan foydalanish — transport vositasidan uning yo‘llarda (yo‘l harakatida), shuningdek ularga tutash, transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan hududlarda harakatlanishidan iborat bo‘lgan foydalanish. Transport vositasiga o‘rnatilgan va transport vositasining harakatlanishda ishtirok etishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lmagan uskunalardan foydalanish transport vositasidan foydalanish hisoblanmaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: |