Uning samarali bo'lishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq:
1) maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi lavollaming mazmunini aniqlash hamda savollar o'rtasidagi mantiqiylik va ichiliikni ta’minlash;
2) suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;
3) suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma’lum to'xtamga kelish;
4) suhbatdosh to'g'risida awaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo'lish;
5) suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo'lish;
6) suhbatdoshning o'z fikrlarini erkin va batafsil bayon etishi uchun sharoit yaratish;
7) savollaming aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;
8) olingan ma’lumotlami o'z vaqtida tahlil qilish.
47. Og‘zaki bayon metodlarining afzalliklari
og‘zaki bayon metodlarining afzalliklari nimalarda ko‘rinadi ?
Materialni og`zaki bayon qilish (hikoya, suhbat. tushuntirish. maktab ma`ruzasi). O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish o’qituvchining tushuntirishini faol qabul qilish va puxta o’ylash evaziga amalga oshiriladi. Bilimlarni uzatish vositasi sifatida o’qituvchi nutqi muhim ahamiyatga ega. Bu o’rinda o’qituvchining o’quvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo’yish, rejani e’lon qilish, o’quvchilar faoliyatini boshqarishdan iborat bo’ladi. O’qitish metodlari tasnifiga asos qilib olingan bilim manbalari ichida o’qituvchining jonli so’zi, nutqi asosiy ahamiyatga ega bo’ladi.
Jonli nutq o’quvchi ongiga tez yetib boradi. Uni ma’lum xulosalarga olib keladi. O’qituvchining jonli nutqi puxta bilim, ko’nikma va malaka manbai bo’lish bilan birga juda katta tarbiyalovchi kuchga ham ega. O’qituvchi nutqidagi mantiq, intonatsiya, urg’uning kuchi dalillarning jonli va ishonarli bo’lishi o’quvchilarning ongiga, his - tuyg’ulariga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Ularni fikrlashga o’rgatadi, ma’lum xulosalarga olib keladi. Jonli nutq o’quvchilarning bilim olishdagi boshqa manbalar: ko’rsatmali qurollar va matnlar mazmunini tushunish, ular ustida mustaqil ishlash, fikr yuritishga ham yo’l ochib beradi.
O’qituvchi dars jarayonida o’quv materiallarini og’zaki bayon qilib berish bilan chegaralanib qolmasdan, har xil ko’rsatmali qurollardan foydalanadi.
O’qituvchining og’zaki bayonini keng ma’noda tushunmoq kerak.
48. Ko‘rgazmali metodlar turkumi
Ko’rgazmali qurollardan foydalanish metodi qadim zamonardan beri ishlatilib kelinayotgan eng qulay, samarali va tushunarli metod hisoblanadi.
Zero, ko‘rish orqali eshitishga nisbatan 5 marta ko‘proq va 13 marta ko‘proq taktik organlarga nisbatan ko‘proq ma’lumotni miyaga yetkazadi. Bu ma’lumotlar tez, oson va mustahkam o‘rnashib qoladi.
Ko‘rgazmalilik metodi o‘ziga xos tamoyillarga asoslanadi.
Ko’rgazmali qurollardan foydalanish qoidalari juda ko‘p bo‘lib, ayrimlarini ko‘rsatib o‘tamiz:
1. So‘z bilan emas, namoyish bilan ko‘proq, tez va oson tushunib olish mumkin.
2. Shuni unutmangki bola rang, shakl, tovush(ohane) orqali tezroq tushunadi.
3. Ko‘rgazmalilik maqsad emas, vosita ekanligi unutmang.
4. Tushuncha, bilim aniq dalil va ko‘rgazma bilan samarali ekanligi unutmang.
5. Ko‘rgazmalilik faqat tomosha emas, balki bilim olishning manbai, izlanuvchanlik, ijodkorlikka o‘rgatuvchi omildir.
6. Ko‘rgazmali qurollardan foydalaning, ammo jtsda ko‘p emas, chunki bu o‘quvchi diqqatini bo‘lib, charchatib, asosiysidan chalg‘itadi.
7. Ko‘rgazmali qurollarni o‘quvchilar bilan birga tayyorlash samarali natija beradi.
8. O‘zingiz bilmagan ko‘rgazmali qurolini ishlataman deb ovora bo‘lmang, uyalib qolasiz. Oldin o‘zingiz yaxshilapb o‘rganing.
9. Axborot texnologiyalari va ta’limning texnik vositalaridan foydalanishni biling.
10. Ko‘rgazmali qurol ishlata turib diqqat, kuzatuvchanlik, tafakkur madaniyati, loyihiyalash, ijodkorlik va o‘qishga qiziqishga o‘rgating.
11. Ko‘rgazmalilikning yoshga, nafosatlilikka, ilmiylikka mosligiga e’tibor bering.
12. Ko‘rgazmalilikning hayot bilan bog‘liqligiga e’tiborni qarating.
13. Ularni kerak bo‘lganda, navbat kelganda ishlating. Oldindan hammasini ochiq qo‘yib diqqatni bo‘lmang.
14. Ko‘rgazmalilik harakatli, animatsion bo‘lishiga e’tibor bering.
15. Elektron darslik, multimediya, videotasma, kodoslayd va hokazolardan foydalanishga harakat qiling.
49. Amaliy metodlar mazmuni va mohiyati
Amaliy ishlar metodlari o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan nazariy bilimlar yordamida ularda amaliy ko’nikma va malakalarni hosil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Amaliy ishlar metodi – o’zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo’naltirilgan jarayonda qo’llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash ko’nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar – maktab yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o’qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo’riqnoma yoki maxsus ko’rsatmani o’quvchilar e’tiboriga havola etadi.
Qayd etilganidek, ushbu metodlar o’quvchilarda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yordam beradi. Aynan amaliy faoliyat jarayonida nazariy bilimlar harakatdagi shaklga ega bo’ladi.
Mashq - aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko’nikmalarini egallash yo’lidagi ko’p marta takrorlanishlar bo’lib, mashqsiz ko’nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar og’zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa turlarga bo’linadi.
Yozma mashqlar – ta’limning tarkibiy qismi sifatida zaruriy ko’nikma va malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida qo’llaniladi. Diktant, insho, masala, misol, shuningdek, referat yozish va tajriba mohiyatini yoritish ham yozma mashqlar sirasiga kiradi.
Grafikaviy ishlar ham yozma ishlar bilan o’xshash jihatlarga ega bo’lib, ulardan asosan texnik jarayonlar (jumladan, geografiya, fizika, matematika, chizmachilik, rasm hamda texnologik ta’lim)da keng ko’lamda foydalaniladi.
Mashqlarning bajarilish samarasi quyidagi shartlar hisobga olinganda birmuncha yuqori bo’ladi:
mashqlarni bajrishga nisbatan ongli yondashish;
bajarish qoidasini bilish;
vaqt bo’yicha takrorlanishning to’g’ri taqsimlanishi.
Mashqni bajarishni tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat:
o’qituvchining faoliyat maqsadi va mazmunini tushuntirishi;
topshiriqni bajarish ketma-ketligini ko’rsatishi;
o’qituvchi nazorati ostida o’quvchilar tomonidan o’quv harakatining dastlabki bajarilishi;
zarur ko’nikma va malakalar shakllangunicha o’quv harakatlarning ko’p bora takrorlanishi.
Ayrim holatlarda o’quvchilar ovoz chiqarib o’quv harakatlarini takrorlashlari va bajarishlari lozim bo’ladi. Ular izohli mashqlar deb nomlanadi va bajariladigan harakatlarning mohiyatini anglagan holda ko’nikma va malakalarni egallashga imkon beradi.
50. Didaktik o‘yinlar va uning maqsadi
Do'stlaringiz bilan baham: |