Akademik qobiliyatlar – pedagogning boshqa fanlar sohasiga xos bo‘lgan chuqur va keng bilimlarga ega bo‘lish qobiliyatidir.
Akademik qobiliyatli pedagog faqat o‘z sohasi doirasidagina emas, balki atroflicha keng, chuqur bilimlarga ega bo‘lib, bu sohalar da erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzata borib, ulardan dars jarayonida o‘quv materiali sifatida qo‘llay oladi, hamda kichik tadqiqot ishlarini olib boradi. Ko‘pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, pedagog o‘z sohasi bo‘yicha bunday yuksak bilim saviyasiga erishishi, boshqalarni qoyil qilib hayratda qoldirishi, bolalarda katta qiziqish uyg‘ota olishi uchun yuksak madaniyatli, har tomonlama mazmunli keng dunyoqarashli odam bo‘lmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |