1,Ta’lim tizimi va turlari


O’quv va tarbiya jarayonida pedagog mahorati



Download 0,99 Mb.
bet116/204
Sana31.12.2021
Hajmi0,99 Mb.
#247915
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   204
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA

109. O’quv va tarbiya jarayonida pedagog mahorati

O'quv-tarbiya  ishlari  jarayonida  eng  yuksak  natijalarga  erishib,  faoliyatiing yuksak darajada  baholanishini  va  hamma tomondan  tan olinishini  istamaydigan o’qituvchi   topilmasa   kerak.    Bunga   erishishini,   ana   shu   xil   orzuning   ushalishini  pedagogik  mahorat  deymiz.  Xo'sh  pedagogik  mahorat  nima?  Uning mohiyati nimadan iborat? Unga qanday erishsa bo'ladi? Hozirgi zamon pedagogika   va   psixologiya sohasidagi   adabiyotlarda   «Pedagogik mahorat»  tushunchasiga doir turlicha izohlarga duch kelamiz. Bu tushunchaning   mohiyatini bir   muncha   to'laroq, aniqroq ta'rifi «Pedagogak   endiklopediya»da   berilgan deyish   mumkin.  Bizningcha,  boshqalarga  nisbatan  bu  ta'rif  pedagogik  mahorat  mazmunini  va 

mohiyatini  bir  muncha  to'g’ri  yoritadi:  “Tarbiya  berish  va  o'qitishda  yuqori darajaga erishish va uni doimo takomillashtirib borish imkoniyatini   ta'minlovchi san'at  bo'lib,  bolaga  mehr  qo’ygan  va  o'z  kasbini  sevgan  har  bir  o'qituvchinnng qiladigan  ishidir. O'z  ishining  mohir  ustasi  bo'lgan  pedagog  -  bu  yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, fanning yoki san'atning tsgishli sohalarini 

yaxshi  tahlil  eta  olaadigan,  tarbiyalash  va  o'qitish  uglubiyotini  mukammal egallagan mutaxassisdir”. 

Bu  ta'rifni  yaxshi tushunib, uning  ma'no mohiyatini tahlil  etadigan bo'lsak, ushbu ta'rifda Pedagogik mahorat tushunchasi mazmuniga kiradigan quyidagi masalalarni ajratish mumkin bo'ladi: 1. Umumiy madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko'rsatkichi; 2. O'zi o'qitayotgan faniga doir keng va chuqur bilim;  3.  Pedagogika,      umumiy,      yosh      va      pedagogik-psixologiya  kabi      fanlar sohasidagi bilimlar bilan q 

urollanganlik,  ulardan  o'qitish  va        tarbiyalash ishlari tajribasida erkin va ustalik bilan foydalana bilish; 4. O'quv-tarbiya shlari metodikasini mukammal egallaganlik. Pedagogik  mahoratning  mazmunida  quyidagi  o'zaro  bog’liq  bo'lgan  asosiy qismlarini ajratish mumkin: 

1. Pedagogik insonparvarlik yo'nalishi; 

2. Mutaxassislikka doir bilimlar; 

3. Pedagogak qobiliyat; 

4. Pedagogik texnika (ko’nikma-iqtidor)   

O’qituvchilik  dunyodagi  eng  qadimgi  kasblardan  biridir.  Uiing  ijtimoiy ahamiyati  hech  qachon  kamaymaydi,  so'nmaydi.  O’qituvchilik  kasbi  bir  qator muhim talablarga javob berishi kerak. Hozirgi davrda, biz mustakil O'zbekistonda qurayotgan demokratik xuquqiy 

davlatda  faoliyat  ko'rsatadigan  o'qituvchi  qanday  bo'lishi  kerak?  Hozirgi  zamon o'qituvchisining  shaxsi  uchun  eng  muhim  asos  -  bu  insopparvarlik  yo'ialishidir. O’qituvchi  juda  yuksak  darajada  umumiy  madaniyatga  ega  odam.  U  juda  ko'p narsani bilishi kerak, hozirgi zamonda o'zi o’qiyotgan fan sohasidagi yutuqlardan, yangiliklardan xabardor bo'lishi, o'z o'quvchilarini har kuni o'qishga o'rgatib borish 

uchun o'zi muntazam o'qib o'rganishi, o'z bilimini to'ldirib, chuqurlashtirib borishi kerak. Demak,  o'qituvchi  pedagogik  mahoratining  asosi  o'z  ustida  ishlab  borish  – mustaqil o'qishdir. Fan  va  madaniyat  rivojlanishi  ta'lim-arbiya  ishlarining  qay  yo'sinda  olib borilishidan  kelib  chiqadi.  Bu  falsafiy  aqida  davlat  ahamiyatiga  ega  bo'lgan ijtimoiy  qonuniyat  hisoblanadi.  O’zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  keyin 

ta'lim-tarbiya  sohasida,  milliy  axloq-odobni  qayta  tiklash  borasida,  milliy  urf-odatlar,  turli-tuman  an'analarni  joyiga  qo'yish,  milliy  qadriyatlarni  yanada rivojlantirish xususida juda keskin va buyuk burilishlar bo'lgani barchaga ayondir. Davlatning  buyuk  kelajagi  -  yoshlarni  chuqur  bilimli  va  pokiza  axloq-odob,  qalb egasi qilib tarbiyalash lozimligini yoddan chiqarmaslik lozim. Bu katta muammoda 

mahoratli,  bilimli  pedagoglarni  o'rni  muhim  va  pedagogik  mahorat  fanining  roli ulkan.  

«Pedagogik  mahorat»  fanining  predmetini    psdagogning  faoliyati  tashkil etadi.  «Pedagogik mahorat» kursining maqsadi esa - mahoratli pedagogni tarbiyalashdan iborat. Pedagogik mahorat fanining vazifalari:  - tarbiyaning mohiyatini va shaxsni har  tomonlama taraqqiy ettirishda tarbiyaning rolini ochib boradi;  - tarbiyaning maqsadi, mazmuni, usullari, uni tashkil etishdagi shakllari o'rtasidagi bog’lanishlarni ko'rsatadi;  

-  shuningdek  pedagogik  mahorat  fani  o'z  taraqqiyoti  davomida  ta'lim-tarbiya 

sohasidagi  tajribalarni  umumlashtiradi,  tarbiyaning  kelgusidagi  rivojlanish 

istiqbollari yo'llarini yoritib beradi, tarbiyaviy ishlarning shakllarini ko'rsatadi.  


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish