1,Ta’lim tizimi va turlari


Yan Amos Komenskiyning pedagogik tizimi. K.D. Ushinskiyning pedagogik tizimi



Download 0,99 Mb.
bet88/148
Sana22.06.2022
Hajmi0,99 Mb.
#692179
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   148
Bog'liq
1,Ta’lim tizimi va turlari

113. Yan Amos Komenskiyning pedagogik tizimi. K.D. Ushinskiyning pedagogik tizimi
Yan amos Komenskiy 1592 yil martda Chexoslovakiyaning ugorskiy Brod" degan joyida tegirmonchi oilasida tug‘iladi. Uning oilasi ruxoniy «Chex qardoshlari» jamoasiga tegishli bo‘lib, o‘zlarini YAn Tusning davomchisi deb xisoblar edilar. Yan Tus katolik cherkoviga qarshi chiqqanligi uchun uni gulxanda yoqib o‘ldiradilar. Shuning uchun bu jamoa uning g‘oyasini amalga oshirishni maqsad qilib oladi.
Ularning maqsadi demokratik g‘oyani ilgari surib, Chexiyaning ozodligi uchun kurashuvchi vatanparvarlarni o‘z atrofiga yig‘ishdan iborat edi.
Komenskiy ota - onasidan juda yosh etim bo‘lib koladi. Shuning uchun u 16 yoshgacha o‘kiy olmaydi. 16 yoshida «Chex qardoshlari» jamoasining yordami bilan lotin maktabiga o‘qishga kiradi.
Bu erda u tarbiya tizimining yomonligini, o‘qitish uslublariningya yaxshi emasligini ko‘radi.U «Men o‘sha vaqtdayoq tarbiya masalasida mamlakatimiz orqada ekanligini ko‘rdim. Fan va tarbiya xammaga tegishli bo‘lishini o‘yladim» - degan edi.Komenskiy maktabni tugatgach Gerbern universitetiga (Germaniya)da o‘qishga kiradi, uni tugattach Geydelberg universitetida leksiya kurslarini tinglaydi. U erda ilg‘or professorlar ishlar edilar.
U Avstriya, Gollandiyada bo‘lib, u erdagi iktisodiy, siyosiy va madaniy turmush bilan tanishadi, o‘rganadi va o‘zining ilmiy dunyo qarashini kengaytiradi. U xorijiy mamlakatlardan qaytib kelgach, chex qardoshlari jamoasida ruxoniy bo‘lib ishlaydi. Shu bilan birga maktab ochib, o‘zi unga raxbarlik qiladi.
O‘sha davrda urush aloxida knyazliklar orasida tez - tez bo‘lib turar edi. Chex qardoshlari jamoasi o‘zining mustaqilligi uchun nemis dvoryanlari tomonidan xaydaladi. Haydalish natijasida Komenskiy xotini va bolasidan judo bo‘ladi. Qo‘lyozmalari esa yo‘koladi. Jamoa Polshaning Leshko shaxrida yana tiklanadi. Komenskiy u erda gimnaziya tashkil etadi. U o‘zining kariyb 80 yillik umri
davomida xalq ta’limining turli masalalariga bag‘ishlangan asarlar, darsliklar yaratadi.Masalan: 1631 yil «Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi», 1632 yilda «Buyuk didaktika», 1632 yilda maktabgacha tarbiya masalalariga bag‘ishlab, «Ona maktabi», 1648 yilda «Xislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari» nomli asarlar, shuningdek Pan Sofiya, logika, fizika, lotin tili, grek tili kabi dasrliklar yozadi. Pan Sofiya darsligida u tabiat va jamiyat bilimlarining yig‘indisini ifodalab beradi.
Komenskiyning dunyo qarashida stixiyali materializm va realizmning ba’zi belgilari bilan dindorlik g‘oyalarini bog‘lanib ketganligini ko‘ramiz. Bu uning pedogogik nazariyasida ham o‘z aksini topadi. U bir tomondan tabiiy bilimlarini egallashga undasa, ikkinchi tomondan dinni o‘rganishga, diniy axloqni yoqlashga undaydi.
Komenskiy shuningdek o‘zini pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi to‘g‘risidagi tushunchasini ilgari suradi. Masalan: Bog‘bon daraxtlarini parvarish qiladi, uning o‘sish xususiyatlarini xisobga oladi. Uqituvchi xam bolani tarbiyalash bilan undagi xususiyatni xisobga oladi. Bog‘bon o‘sish qonuniyatini xisobga olsa, o‘qituvchi tarbiyalash qonuniyatiga bo‘ysunadi, o‘qitish jarayoni tabiatga o‘xshab sekinlik bilan amalga oshadi deydi. Komenskiy bolani yosh xususiyatlarini tabiiylik prinsipiga amal qilib davrlarga bo‘ladi.
1.Tug‘ulgandan 6 yoshgacha. Ona maktabi - bunda bolani mexnatga o‘rgatish, o‘z - o‘ziga xizmat qilishiga jalb etish kerak. Ona bolada axloqiy - tarbiyaning asoslarini to‘g‘rilik, xaqqoniylik, mexnatni sevish va xokozolarni vrkudga keltiradi. Ona maktabi bog‘cha yoshidagi bola tarbiyasini ko‘zda tutadi.
2.6-12 yoshgacha - xalq maktabi yoki ona tili maktabi. Bunda o‘quvchi eslashi, so‘zlashga o‘rganishi, yozishi, boshlang‘ich maktab ko‘nikmasini xosil qilishi kerak bo‘lib, buning uchun geometriya, geografiya, tabiyot, fanlarini o‘rganishi kerak bo‘ladi.
3.12-18 yoshgacha gimnaziya. Bunda bola tushunchasini, tafakkurqobiliyatini o‘stirish kerak, klassik tillar, tabiyot bilimlari, axloq,xudogo‘ylik fanlari o‘qitilishi kerak.
4.18-24 yoshgacha universitet, Akademiya. Bu o‘quv yurtlari o‘quvchiningirodasi, kishi shaxsini bir butun o‘stirishi kerak. SHunday qilib yuqoridagi biz ko‘rib o‘tgan to‘rt maktab Komenskiyning qarashicha o‘quvchilarni o‘ylashga mexnat qilishga, masalalarni mustaqqil echa bilishga, so‘zlashga, o‘z fikrlarini to‘g‘ri ifoda qilishga va isbotlab berishga o‘rgatishi kerak deydi.
"Mexnat kishini ulug‘laydi" - deydi Komenskiy. SHuning uchun bolani mexnatga yoshlikdan o‘rgatish kerakligini isbotlab beradi.
Komenskiyning pedagogik nazariyasida talim - o‘qitish katta o‘rin egallaydi. Bunda u tabiylik usulini asos qilib oladi. Bu usulning moxiyati shundan iboratki, bunda bolaning yoshi, bilim darajasi, psixologik xususiyatlari xisobga olinib darsni tabiat borlig‘iga moslab olib borish kerak degan goya ilgari suriladi. Komenskiy bolani yosh xususiyatlarini tabiiylik prinsipiga amal qilib davrlarga bo‘ladi.
1.Tug‘ulgandan 6 yoshgacha. Ona maktabi - bunda bolani mexnatga o‘rgatish, o‘z - o‘ziga xizmat qilishiga jalb etish kerak. Ona bolada axloqiy - tarbiyaning asoslarini to‘g‘rilik, xaqqoniylik, mexnatni sevish va xokozolarni vrkudga keltiradi. Ona maktabi bog‘cha yoshidagi bola tarbiyasini ko‘zda tutadi.
2.6-12 yoshgacha - xalq maktabi yoki ona tili maktabi. Bunda o‘quvchi eslashi, so‘zlashga o‘rganishi, yozishi, boshlang‘ich maktab ko‘nikmasini xosil qilishi kerak bo‘lib, buning uchun geometriya, geografiya, tabiyot, fanlarini o‘rganishi kerak bo‘ladi.
3.12-18 yoshgacha gimnaziya. Bunda bola tushunchasini, tafakkurqobiliyatini o‘stirish kerak, klassik tillar, tabiyot bilimlari, axloq,xudogo‘ylik fanlari o‘qitilishi kerak.
4.18-24 yoshgacha universitet, Akademiya. Bu o‘quv yurtlari o‘quvchiningirodasi, kishi shaxsini bir butun o‘stirishi kerak. SHunday qilib yuqoridagi biz ko‘rib o‘tgan to‘rt maktab Komenskiyning qarashicha o‘quvchilarni o‘ylashga mexnat qilishga, masalalarni mustaqqil echa bilishga, so‘zlashga, o‘z fikrlarini to‘g‘ri ifoda qilishga va isbotlab berishga o‘rgatishi kerak deydi.
"Mexnat kishini ulug‘laydi" - deydi Komenskiy. SHuning uchun bolani mexnatga yoshlikdan o‘rgatish kerakligini isbotlab beradi.
Komenskiyning pedagogik nazariyasida talim - o‘qitish katta o‘rin egallaydi. Bunda u tabiylik usulini asos qilib oladi. Bu usulning moxiyati shundan iboratki, bunda bolaning yoshi, bilim darajasi, psixologik xususiyatlari xisobga olinib darsni tabiat borlig‘iga moslab olib borish kerak degan goya ilgari suriladi. Tarbiyaning xalqchilligi xaqidagi g‘oya Ushinskiyning pedagogik nazariyasidagi eng asosiy g‘oyadir. "Xar bir mamlakatda bolalarni tarbiyalash tizimi", deb aytgan edi u, "Xalkning rivojlanish sharoitlari, uning extiyoj va talablari bilan belgilangan". «Hamma uchun umumiy bo‘lgan birgina tug‘ma moyillik borki, tarbiya xamisha shunga tayanishi mumkin: bu biz xalqchillik. deb atagan narsadir. Xalqning o‘zi tomonidan yaratilgan va xalqchillik asosiga qurilgan tarbiya shunday tarbiyaviy kuchga egaki, bunday kuch abstrakt g‘oyalarga asoslangan yoki boshqa xalqlardan olingan, eng yaxshi tizimlarda xam yo‘qdir».
Ushinskiy xalq manfaatlariga muvofiq tuzilgan tarbiya tizimi bolalarda vatanparvarlik va milliy iftixor, mexnatga muxabbat kabi qimmatli psixologik tuyg‘ularni va axloqiy sifatlarni rivojlantirishi va mustaxkamlashini isbotlar edi. U bolalarning ilk yoshlik chog‘idan boshlab xalq madaniyati bilimlarini o‘zlashtirishini, ona tilini egallab olishini, xalq og‘zaki ijodi asarlari bilan tanishishini talab kilar edi.
Ushinskiy xalqchillik deb xar bir xalqning o‘ziga xosligini tushunar ediki, bu o‘ziga xoslik, o‘sha xalq yashashi va mexnat qilishi lozim bo‘lgan tarixiy taraqqiyot, geografik va tabiiy sharoitlar bilan ifodalanadi.
U «Ijtimoiy tarbiyada xalq ruxi xaqida» sarlavxali maqolasida tarbiyaning xalqchillik ruxida bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi taxlilni turli xalqlarda tarixan tarkib topgan alomatlarni xarakterlashdan boshlaydi. Ushinskiy fransuz, ingliz, nemis va amerika tarbiyasini to‘g‘ri deb xisoblaydi va uni chukur taxlil qiladi. Ayniqsa o‘sha zamondagi reaksion nemis pedagogikasini tanqid qilishga mufassal to‘xtaydi. CHorizm shu pedagogika muxlisi adi. Bu pedagogikani mexanik suratda rus tuprog‘iga ko‘-chirishning aqlga mutlaqo muvofiq emasligini Ushinskiy isbot qiladi.
K. D. Ushinskiy, rus xalqi tarbiyasining asosiy tomoni bolalarni vatanparvarlik, Vatanga chuqur muxabbat ruxida o‘stirishdan iboratdir, deydi. Ushinskiy tarbiyada xalq ruxining eng yaxshi ifodasi ona tili ekanligini, rus bolalarini o‘qitishda rus tili asos bo‘lishi kerakligini, boshlang‘ich maktablardagi ta’lim xam bolalarni rus tarixi, Rossiya geografiyasi va uning tabiati bilan muntazam tanishtirilib borilmog‘i kerakligini bir necha bor aytib o‘tadi va buni aniq misollar bilan isbotlab boradi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish