1,Ta’lim tizimi va turlari


XVII asrdan XIX asrning birinchi yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji



Download 0,99 Mb.
bet54/148
Sana22.06.2022
Hajmi0,99 Mb.
#692179
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   148
Bog'liq
1,Ta’lim tizimi va turlari

75. XVII asrdan XIX asrning birinchi yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji
XVII-XIX asrlarda markaziy osiyoda maktab va pedagogik fikr
Qaryib 150 yil xukmdorlik qilgan Temuriylar inqirozga uchradi. Uning o’rniga Shayboniylar hukmdorligi o’rnatildi. Shayboniyxon (1451-1510) Movarounnahrda kuchli markazlashgan davlat barpo qilishga o’ringan bo’lsa ham, uning uchta xonlik, avvalo Buxoro va Xorazm XVIII asr oxiriga kelib, Qo’qon xonligi qaror topdi. Ammo xonliklar o’rtasidagi beto’xtov o’zaro urushlar mamlakatni ma’lum darajada xarob eta boshladi, fan va madaniyat sohasida turg’unlik yuz berdi.
Mamlakat iqtisodiy ahvolini mustahkamlash maqsadida, 1502 yilda Zarafshon daryosiga suv ayirgich qurildi. 1507-1508, 1529-1530, 1583-1598 yillarda pul islohati o’tkazildi.
Buxoro xoni Abdullaxon davrida davlatlar o’rtasida har tomonlama aloqalar o’rnatilishiga erishildi. Jumladan Hindistonda shoh Akbar, Sharqiy Ovro’poda Ivan Grozniy bilan do’stona munosabatlar o’rnatildi.
Markaziy hokimiyatning mustahkamlanishi ko’plab ijtimoiy binolar qurish imkoniyatini berdi. Abdullaxon 1001 ta rabot va sardoba, ko’plab madrasa, masjid, xonaqo, ko’prik, suv ombori va boshqa inshootlarni qurdirdi.
Abdullaxon o’z atrofida yozuvchi, shoir va olimlarni to’plab, ularga homiylik qildi. Shoirlar orasida ayniqsa, Mushfiqiy o’z madhiyallari, lirik she’r va hajviyalar bilan shuhrat topdi. Abdullaxonning topshirig’i bilan turli binolar uchun tarixlar bitdi.
Saroy muarrixlaridan Hofiz Tanish dalillar asosida «Abdullanoma» nomli katta tarixiy kitob yozdi.
Tibbiyot sohasida Sultonali Samarqandiy «Dastur al-iloj» Muhammad Yusuf mahhol «Taxqiq al-xumoyyot», «Zubdat ul-kahholi» asarini shoir adiblardan Bobur, Solih, Majlisiy, Hasan Nisoriy, Binoiy, Vasofiy, Ubaydiy, G’oyibiy Samarqandiylar esa barakali ijod qilganlar.
Shayboniyxonning «Tavorixi g’o’zidayi nusratnoma», Boburning «Boburnoma», Vosifiyning «Badoe’ ul-vaqoe’», Fazlulloh ibn Ro’zbexonning «Mehmonnomayi Buxoro» kabi yirik badiiy asarlarda o’sha davr ijtimoiy, mafkuraviy, adabiy, ma’rifiy hayoti o’z aksini topgan.
XVII-XVIII asrlarda me’morchilik sohasida ko’plab inshootlar bunyod etildi. Buxoroda Imomqulixonning nufuzli katta amaldorlaridan Nodir Devonbegi shahar ko’rkiga ko’rk qo’shuvchi masjid, hovuz, madrasalardan iborat katta me’moriy ansambl qurildi. Nodir Devonbegi bunday tashqari, Samarqanddan 4 chaqirim, janubdan Xo’ja Ahror qabri oldiga madrasa va Nomozgoh ham bino qildirdi.
Mazkur davrda Muhammad Balxiyning 5000 baytdan iborat «Subhonqulixonnoma», Mirmuhammad Vali Samarqandiyning 200 nafar adabiyot arboblari tarjimai holiga ma’lumotlar beruvchi «Muzakkirul asxob» nomli asari Sayido Nasafiyning Naqshbandiyga bag’ishlab yozgan she’rlar, qasidalari, So’fi Olloyor va Boborahim Mashrabning tangriga bo’lgan muhabbatlarini ifodalovchi she’rlari, borliq, mavjudot, inson, mahbub, moddiy dunyo, noz-ne’matlardan bahramand bo’lish, shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqatga amal qilish haqidagi asarlari yuzaga keldi.
Bu davrda ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida diniy mafkura hukmron edi. Turmushda ham, oilada ham, har bir kishi axloqida, xulq-atvorida diniy talablarga rioya etdilar. Madrasalarda asosan ilohiy ta’lim asoslari o’rnatilgan edi.
Madrasalarni bitirganlardan mudarris, mutavali, qozi, imomlar, shuning bilan birga fan arboblari, adiblar, shoirlar ham etishib chiqardi. Chunonchi: Boborahim Mashrab, Muhammad Amin Kosoniy-Namagoniy, Fazliy Namagoniy, Shavqiy Namagoniy, Sayido Nasafiy, So’fi Olloyor, Zebuniso, Dilshod-Barno, Uvaysiy, Muhammad Mir Olim Buxoriy, Abulg’ozi Bohodirxon kabilar ana shunday ilm sohiblaridandirlar.
Bu davrda ko’proq adabiyot, tarix, me’morchilik, tasviriy san’at rivojlandi. Tabiiy fanlarga oid yaratilgan asarlarni ko’paytirish usullarini ifoda etuvchi «Hisoblash usullari haqida traktat» nomli matematikaga oid asar yuzaga keldi.
Bu davrda Abulg’oziyning «Shajarai turk» asari ayniqsa mashhur bo’ldi. Abulg’oziy 1603 yili Xiva xoni Arabmuhammad oilasida dunyoga keldi va 1645-1663 yillarda kelib hukmronlik qilgan Abulg’oziyning «Shajarai turk» asari ayniqsa mashhur. U sipoxilik, shoirlik, tarixnavislik sohalarida shuhrat topgandir.
Abulg’oziy barcha Sharq hukmdorlari kabi Sharq xalqlari tarixini, madaniy merosini o’rgangan, ilm-fanga e’tiqod qo’ygan, olim, tarixchi va adib bo’lgan edi.
Abulg’oziy Xorazmda ilm-fanni taraqqiy ettirish va madaniyat yaxshilash maqsadida o’z saroyiga binokorlar, tabiblar, shoirlar, tarixnavislar, adib, hattot va boshqa kasb egalarini to’playdi. Abulg’oziy ota-bobolarining quntsizliklari tufayli yozilmay qolib ketayotgan xonlik tarixini yaratishga qat’iy kirishdi va qobiliyatli hattotlarni bu ishga jalb etdi. Xorazmning o’tmish madaniyati Abulg’oziyda katta ishtiyoq va qiziqish o’yg’otgan edi. Abulg’oziy «Shajarai tarokima» (1661), «Shajarai turk» (1664) va tabobatga oid «Manofe’ ul-inson» (1664) kabi nodir asarlar yozdi va Xorazm tarixchilik maktabiga asos soldi.
Abulg’oziy asarlari Sharq tarixchilarining olimlarininggina emas, balki 1880 yillardan boshlab rus va G’arbiy Ovro’po olimlarining ham diqqat-e’tiborini o’ziga torta boshladi. Muallifning «Shajarai turk» asari 1825 yilda Qozonda Rumyantsev, 1854 yilda G.S. Sablyukov, 1871 yilda P.I. Demizonlar tomonidan «Shajarai tarokima» asari esa, 1898 va 1966 yillarda bir necha marotaba rus tilida nashr etildi. G’arbiy Evropada esa nemis, ingliz, frantsuz tillarida hatto Amerikada ham tarjima qilinib nashr ettirildi.
Ko’rinib turibdiki, O’zbekiston hududidagi xonlik va amirliklar davrida fan, adabiyot, san’at, ma’rifat bir muncha rivojlangan. Ko’proq xon saroylari doirasida ham diniy ham dunyoviy adabiy asarlar yozilgan. O’zbek tilida yozilgan asarlar orasida muallifi haligacha noma’lum «Tavorixi g’uzi» da turkiy qabilalar tarixi va nomlari keng yoritiladi. Bu davrda boshqa ko’plab tarixiy, asarlar yaratilganki, biz ularni o’rganishimiz orqali o’tmishni to’g’ri tasavvur qila olish imkoniyatiga ega bo’lamiz ...
Jumladan, bu paytda Muhammad Yoqubning «Gulshan ul-muluk», Muhammad Mir Olimning «Tarixi amir Nasrullo», Mulla Ibodulla va Mulla Muhammad Shariflarning «Tarixi amir Haydar», Muhammad Hakimxon To’raning «Muntaxabut tavorix», Mulla Avaz Muhammadning «Tarixi jahonnumoyi», Mulla Niyoz Muhammadning «Tarixi Shohruhi», Abdurahmon Tolening «Abulfayzxon tarixi», Muhammad Vafo Kirmoniyning «Tuhfai xoniy» kabi asarlari diqqatga loyiqdir.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish