129. Ta’lim turlarining o’ziga xos xususiyatlari
Ta’lim tizimi davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida faoliyat yurituvchi barcha turdagi ta’lim muassasalari majmui demakdir. Har bir mamlakatning ta’lim tizimi uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari, ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini boshqaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar, ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek, ularga qarashli korhonalar, muassasalar va tashkilotlarni o‘z ichiga oladi. Respublikaning ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
Respublika «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:
Maktabgacha ta’lim – bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlovchi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otuvchi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlovchi hamda bola olti-etti yoshga etguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriluvchi ta’lim bosqichi.
mumiy o‘rta ta’lim ikki bosqichda amalga oshiriladi. Ular quyidagilardir:
1) boshlang‘ich ta’lim (1-4-sinflar);
2) umumiy o‘rta ta’lim (1-9-sinflar).
Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarga murakkab bo‘lmagan ilmiy bilimlarni berish asosida ularda o‘qish, yozish va hisoblashga oid dastlabki bilim, ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish asosida ularda shaxsiy gigiena va sog‘lom turmush tarzi elementlarini hosil qilish bosqichi.
Umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarning fan asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lishni va kasb tanlash ko‘nikmalarini shakllantirish1 bosqichi. Umumiy o‘rta umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amalga oshirilib, o‘quvchilarga I-IX sinflar hajmida davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq fan asoslari bo‘yicha majburiy ta’lim beriladi.
Akademik litsey o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
Akademik litseylar asosan oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etiladi.
Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
Oliy ta’lim - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriyat hamda magistratura)da tashkil etiladigan hamda mutahassisliklar yo‘nalishlari bo‘yicha halq ho‘jaligining turli sohalariga oliy ma’lumotli mutahassislarni tayyorlab beruvchi ta’lim bosqichi.
Bakalavriat – mutahassislik yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’limdir. Bakalavrlik dasturi tugatilgandan so‘ng bitiruvchilarga «bakalavr» darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huququini beruvchi diplom topshiriladi.
Magistratura – aniq mutahassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
Magistr» darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik dasturining intihosidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta’lim – kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida aspirantura, ad’yunktura va doktoranturada ta’lim olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladigan ta’lim bosqichi.
130. Pedagogik texnologiyalar
Do'stlaringiz bilan baham: |