1Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi” faniga kirish. Bino va
inshootlar haqida tushunchalar.
Insoniyat tarixida kishi dunyoga kelibdiki, u o’zining moddiy va manaviy
manfaatlarini qondirish, o’ziga turli xil qulayliklar yaratish ustida ishlaydi, izlanadi,
yangiliklar yaratadi va yuqoridagilarni amalga oshirish bilan shug’ullanadi.
Jahon taraqqiyot konunlarini, odamlarininig his-tuyg’u, hayotiy tajribalari va
arxitektura tarixini o’rganish insonga hayotiy tajribalarini boyitishga, hayotga yanada keng
va atroflicha yondoshishga yordam beradi.
Insoniyat o’z taraqqiyotining dastlabki davrlaridan boshlab arxitektura ishlari bilan
shug’ullana boshladi. Arxitektura yoki memorchilik - bu keng manoda insonlar
faoliyat olib borishi uchun suniy ravishda yaratilgan fazoviy havza (bino va
inshootlar) bo’lib, moddiy tuzilmalar tizimidir. Arxitektor - bu grekcha so’z bo’lib -
bosh quruvchi degan manoni anglatadi.
Har bir davrda arxitektura tushunchasi turlicha talqin etilgan. Arxitekturaning
rivojlanishi mamlakatning iqlimiy sharoitlari, unda mavjud bo’lgan qurilish ishlari uchun
qo’llaniladigan maxsulotlar turlari, yashayotgan xalqning badiiy sanat darajasi, qurilish
ishlarini amalga oshirish layoqati va boshqalarga ham bog’liqdir.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davri insoniyat taraqqiyoti tarixidagi eng birinchi va uzoq
davom etgan bosqich bo’lib hisoblanadi. Bu bosqichni hamma halq va elatlar o’z
boshidan kechirganlar. Ana shu uzoq vaqt davom etgan taraqqiyot jarayonida hozirgi
zamon kishisi shakllandi, odamlar jamoasi vujudga keldi. Ishlab chiqarish kuchlarining
zaifligi odamlarni jamoa bo’lib yashash, mehnat qilishga da’vat etdi, madaniyat va san’at
ravnaqiga zamin yaratdi. Bronza asrida paydo bo’lgan metall qurollar insonga toshni taroshlash va uni qayta
ishlash uchun sharoit yaratdi. Ibtidoiy jamoa davrlarida inson qo’li bilan birinchi
arxitekturaviy inshootlar bunyodga keldiki, yaratilgan bunday inshoot turlaridan biri bu –
palaxsali toshlar, ustunlar va plitalardan tashkil topgan megalitik inshootlardir.
Megalit inshootlar asosan uch turdagi mazxsulotlardan barpo etilgan: mengirlar,
dorlmenlar va kromlex.
Mengir – bu, tik yo’nalishda o’rnatilgan katta o’lchamli palaxsa toshdir. Mengirlar
asosiy hollarda ularni yuqori tomondan bir-biri bilan biriktiruvchi va inshootning
mustaxkamligini saqlovchi bo’ylama tosh plita dolmenlar bilan birgalikda qo’llaniladi.
Kromlex –bu megalitik inshootlar ichida eng murakkab bo’lib hisoblanadi.
Rasm. Megalitik inshoot. Mengir. Dolmen. Kromlex.
Ibtidoiy jamoa tuzumi arxitekturasi tarixi odamzod tafakkuri va his tuyg’ularining
paydo bo’lishi hamda rivojlanishidan boshlab yer yuzida birinchi arxitekturaviy
inshootlarning paydo bo’lishigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Quldorlik tuzumi davrida arxitektura juda ham tez rivojlandi. Jamiyatda yashovchi
shaxslarnining tabaqalarga ajralishi, tabaqalangan shaxslarning o’zlari uchun qulay
bo’lgan uy-joy qurish talablari, tabaqalar orasidagi muloqotlarni shakllantirish uchun turli xil jamoat binolarini qurish talablari turli xil mo’ljallanishga ega bo’lgan binolar
turlarining yaratilishi va shakllanilishga olib keldi.
Qadimgi Misr, Gretsiya va Rimda maktab, stadion, teatr, ibodatxona, amfiteatr va
boshqa turdagi binolar loyihalangan va qurilishi amalga oshirilgan.
Feodal davrlarni o’z ichiga olgan qadimgi dunyo arxitekturasi davrida qadimgi Misr
va Yunoniston arxitekturasi katta o’rin tutadi.
Qadimgi Misr arxitekturasi insoniyat yaratgan memorchilikning asosiy
durdonalaridan sanalib, uning tarixiy rivojlanishi besh davrga bo’linadi:
- dinastiya davrlarigacha bo’lgan davr (eramizdan oldingi IV-asrlargacha bo’lgan davr);
- qadimgi shoxlik davri (eramizdan oldingi XXX – XXIII –asrlargacha bo’lgan davr);
- o’rta shoxlik davri (eramizdan oldingi XXI – XVIII –asrlargacha bo’lgan davr);
- yangi shoxlik davri (eramizdan oldingi XVI – XI –asrlargacha bo’lgan davr);
- kechki davr (eramizdan oldingi XI asrdan eramizning 332 ytillariigacha bo’lgan davr);
Misr arxitekturasining ulug’ligi, uning tabiiy iqlimi va asosiy qurilish maxsuloti
bo’lgan turli xil tabiiy toshlaridadir. Misrning qadimiy memor ustalari tomonidan turli xil
piramidalar, ibodatxonalar, maxobatli ansambllar, turar-joy komplekslari va shaharlar
barpo etilganki bu arxitekturaviy inshootlar qurilishi hozirgi zamonaviy texnika va
texnolgiyalardan foydalanib qurilish ishlarini amalga oshiruvchilarni hanuzgacha hayratga
solib keladi. Qadimgi Gretsiya va Rimda quldorlik tuzumining eramizning IV-V asrlarigacha
bo’lgan davrini antik davr deb ataladi. Ushbu mamlakatlarda bo’lib o’tgan ijtimoiy-siyosiy
harakatlar va tuzumlar qadimgi Gretsiya arxitekturasiga katta tasir o’tkazdi. Gretsiya
arxitekturasida rivojlanishning quyidagi davrlari bo’lib o’tdi:
-
gomer Gretsiyasi davri (eramizgacha bo’lgan XI – VIII asrlar);
-
arxaika davri (eramizgacha bo’lgan VII – VI asrlar);
-
klassika davri (eramizgacha bo’lgan V– IV asrlar);
-
ellinizm davri (eramizgacha bo’lgan IV- asrlarnig oxiri va I-asrning boshi);
Qadimgi Rim arxitekturasi qadimgi Gretsiya arxitekturasiga nisbatan ancha
murakkab ko’rinishga egadir. Qadimgi Rim –bu katta imperiya bo’lib, uni qurollangan
kuchlarga asoslangan imperator boshqargan. Qadimgi Rim arxitekturasi katta ikki davrga
bo’linadi:
-
respublika davri (eramizgacha bo’lgan VI-asrlarning oxiri va I- asrning oxiri);
-
imperatorlik davri (eramizgacha bo’lgan I-asrning oxiri va eramizning 476
yillari).
Rimliklar dunyo memorchiligida yangi davrni ochdilar va ko’p sonli kishilar, yani
omma uchun mo’ljallangan bino va inshootlar qurilishini amalga oshirdilar: forum,
amfiteatr, osma inshootlar (akveduk), ko’priklar, arkali qurilmalar, saroylar va x.k.lar.
Qadimgi Rimliklar arxitekturasining yana bir yutug’i ichki tayanchlardan xoli bo’lgan
orderlarning yaratilishidir.
Rim me’mori Vitruviyning klassik formulasi bo’yicha me’morchilik inshootining
asosiy sifati quyidagicha belgilagan: mustahkamlik, foyda va chiroylilik.
Dunyoning barcha qitalaridagi davlatlarda ham ilm, fan, sanat, memorchilik va
boshqa bog’liq sohalarning rivojlanishidan kelib chiqib arxitektura rivojlana boshladi.
O’rta Osiyo davlatlarida ham arxitekturaning rivojlanishi turli davrlarda turlichadir.
O’rta Osiyo davlatlari xususan O’zbekiston arxitekturasi xususida gap ketar ekan, uning o’ziga xos tarixiy madaniyat “unikumi” sifatida ifodalash lozimligini qayd etib o’tish
kerak. Chunki, ilmiy manbalardan ma’lumki, dunyodagi eng mashhur va tarixiy Rim va
Afina shaharlarining tengdoshi Samarqand hisoblanadi.
Demak bu shahar va O’zbekiston juda qadim zamonlardan tabiati, me’yoriy iqlimi,
zilol suvlari relefi ayniqsa arxitekturasi, - ilm va kasb-hunar namoyondalari bilan kishilar
e’tiborini o’ziga jalb etgan.
Shu sababli keng mintaqada barqaror qadimiy urbanizatsion jarayon yuzaga keldi va
rivojlandi. Binobarin, miloddan avalgi uch ming yillikda yuzaga kelgan Samarqand
makonidagi madaniyat, miloddan avalgi ikki ming yillikka oid Panjakent yaqinidagi
Sarazm va miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlariga mansub Uzunqir,
Yerqo’rg’on, Ko’k tepa shuningdek Zarafshon, Sirdaryo, Amudaryo uzanlari va qadimiy
kanallar yoqalaridagi antik va ilk o’rta asrlar shaharlari aglomiratsiyasining shakllanishiga
bevosita ta’sir kursatdi. Shu tufayli kuchli tabiiy, geografik, siyosiy, iqtisodiy, madaniy
omillar tufayli yuzaga kelgan O’rta Osiyo urbanizatsion jarayoni Aleksandr Makedonskiy,
Dariy Qutayba, Chingizxon, Kaufmanlar tomonidan amalga oshirilgan
vayronagarchiliklarga qaramasdan, ma’lum me’morchilik, uy-joy qurilishi va
shaharsozliklar yadrosi atrofida qaytadan rivojlanaverdi.
Demak, O’zbekistonda shaharsozlik tarixida o’rta asrlardayoq uy-joy va shaharlarni
hamda injener-texnik tizimlarni loyihalash amaliyoti mavjud bo’lgan. Bunga misol qilib
Хiva, Buxoro va muqaddas shahar hisoblanish “Samarqand”da bunyod etilgan qadimiy
me’moriy obidalarni olish mumkin.O’zbekiston Respublikasi mustaqillik sharofati bilan o’z taraqqiyotining yangi
davriga kirdi. Хalqimiz o’zining boy tarixiy, madaniy va ma’naviy merosiga ega bo’ldi.
Ming-ming yiliik me’morchilik va shaharsozlik tariximizni, hattoki borib ko’rish
ta’qiqlangan arxitekturaviy yodgorliklarni nafaqat ziyorat qilishga, balki ularni
o’rganishga va restavratsiya qilishga ham keng imkoniyatlar yaratildi.
Vatanimizdagi arxeologik va tarixiy me’moriy obidalarga jonkuyarlik, shaharlar
qiyofasini zamonaviy shaharsozlik, hamda me’morchilik andozalari asosida yangilash
harakatlari boshlandi.
Arxitektura fani hamma vaqt ijtimoiy, siyosiy va g’oyaviy omillarni hisobga olgan,
ularga mos holda rivojlangan. Muhandis quruvchilar arxitekturaning, asosan texnik
masalalari bilan ish ko’rib, konstruksiyalar va qurilish usullarini o’ziga jo etgan estetik
imkoniyatlarini yaqqol tasavvur qilishlari kerak bo’ladi. Bu jihatdan qaraganda,
arxitektura tarixiy tajribasi nafaqat keng ma’lumotlar beradi, shuningdek, u muammoni
nazariy o’ylashga o’rgatadi, konstruksiyalar va badiiy shakllarning o’zaro bog’liqligiga
oid ko’p qirrali nazariy masalalarni hal qilishga yordam beradi.
Hozirgi paytda Respublikamizda katta quvvatli qurilish industriyasi mavjud. Deyarli
har bir shaharda yig’ma temirbeton konstruksiyalari ishlab chiqaradigan zavodlar, uysozlik
va qurilish materiallari kombinatlari ishlab turibdi. Bu esa ommaviy qurilishda yirik
o’lchamli konstruksiyalardan foydalanish asosiy yo’nalish ekanligini ko’rsatadi.
Qurilayotgan uy-joy binolarining deyarli 60 foizi yirik paneli uylarga to’g’ri keladi.
Respublikamizning barcha shahar va qishloqlarida ko’plab zamonaviy ishlab
chikarish korxonalari, turar-joy binolari, madaniy – maishiy inshootlar, maktab, akademik
litsey va kollej, bolalar uchun sport maskanlari ishga tushirildi.
Zamonaviy materiallar va konstruksiyalar asosida, milliylikni o’zida jo etgan,
umumiylik bilan uyg’unlashgan ko’plab turar-joy, jamoat hamda sanoat binolari va
inshootlari qurildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish yo’lida
mamlakatimizda yuksak me’morchilik san’ati darajasida akademik litseylar, kasb-hunar
kollejlari, maktablar, sport inshootlari, zamonaviy tibbiyot rnuassasalari, yangicha Bugungi kun quruvchisi o’z ish amaliyotida ikki bir-biriga yaqin bo’lgan tushuncha
bilan to’qnashadi: arxitektura va qurilish. Shartli ravishda shunday qabul qilish mumkitnki
“arxitektura” so’zi bino va inshootlarni loyihalash va qurilish ishlariga tegishli bo’lgan
barcha savollarni, “qurilish” so’zi esa bino va inshootlarga tegishli bo’lgan texnik
yechimlarni amalga oshirish va ularni barpo etish ishlarni qamrab oladi. Yuqoridagilardan
tashqari qurilish texnikasi termini ham mavjudki, ushbu termin juda ham katta manoni
o’z ichiga qamrab olib bino va inshootlar qurilishini amalga oshirish uchun talab
etiladigan turli xil katta va kichik mashina va mexanizmlar, uskunalar va jixozlardan tortib
qurilish maxsulotlarini qazib olish, qayta ishlash, tabiiy va suniy qurilish materiallarini
tayyorlash hamda bino inshootlarni barpo etishgacha bo’lgan jarayonni o’z ichiga oladi.
Uy-joy masalasi, har bir oilani alohida uy-joy bilan ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy
tuzimidan qatiy nazar, har qanday jamiyat uchun dolzarb muammodir. Uning qanday
hal qilinganligiga qarab jamiyatning insonparvarlik darajasi to’g’risida fikr yuritiladi,
baho beriladi.
O’zbekistonda ommaviy uy-joy qurilishi - binolarni uysozlik kombinatlarida
tayyorlangan yig’ma elementlardan industrial usullar bilan qurishga asoslangan.
Qurilayotgan uylarning deyarli ikkitadan bittasi yig’ma yirik elementlardan qurilmokda. Yig’ma uysozlik bilan bir qatorda yengil betondan monolit turar-joy
binolari qurilishigaham asta-sekin yo’l ochib berilyapti. Тoshkent shahrida sirg’aluvchi
qolipda bir necha ko’p qavatli turar-joy binosi qurilib ishga tushirildi, Samarqandda
mehmonxona binosi qurilib foydalanishga topshirildi. Kam qavatli uy-joy qurilishida
mayda elementlardan va mahalliy materiallardan keng foydalanilmoqda.
Respublikamizda ommaviy quriladigan turar-joy binolarini tasdiqlangan me’yoriy
hujjatlar asosida loyihalashtiriladi. Bu me’yorlar uy-joy qurilishi va uy-joylarni
ekspluatatsiya qilish sohalaridagi sotsiologik, funksional, me’moriy, texnik va boshqa
omillarni hisobga olgan holda o’tkazilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalariga asoslanadi.
Shu me’yorlar asosida mamlakatimiz tabiiy-iqlim sharoitini, aholining demografik
tarkibini va turmush tarzini to’la hisobga olgan loyihalar yaratilishini hayotning o’zi
taqazo qilmoqda.
Yirik va katta shaharlarda ommaviy uy-joy qurilishi yirik komplekslar
ko’rinishida, ya’ni mikrorayon, turar-joy rayoni ko’rinishida amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki, turar-joy binolari vazifasiga, qavatlar soniga, hajmiy-plan yechimiga
ko’ra turlarga bo’linadi va har bir turdagi binolarning o’z qo’llanish sohasi bor.
Vazifasiga ko’ra turar-joy binolarini quyidagi turlarga bo’lish mumkin: kvartirali
uylar, yotoqxonalar, mehmonxonalar va qariyalar uylari. Respublikamizda
qurilayotgan turar-joy binolarining deyarli 90 % ga yaqini alohida oilalar joylashishiga
mo’ljallangan kvartirali uylardir. Qolgan qismini esa, ishchilar yoki talabalar uchun
yotokxonalar, musofirlar uchun mehmonxonalar, qarovchisiz nogiron va qariyalar
uchun inter-natlar tashkil qiladi.
Qavatlar soni bo’yicha turar-joy binolarini kam qavatli (1-2 qavatli), o’rtacha
qavatli (3-5 qavatli), ko’p qavatli (6-10 qavatli), baland (25 qavatgacha) va osmon
o’par (25 qavatdan ortiq) binolarga bo’lish mumkin.
Qishloqlarda va uncha katta bo’lmagan shaharchalar (posyolkalar) da asosan
bir, ikki
qavatli, bir, ikki kvartirali turar-joy binolari
quriladi.
Loyihalashtirilayotganda ulardai tomorqa uchastkalari bo’lishi nazarda tutiladi.
Keyingi paytlarda qishloklarda ham 3-4 qavatli ko’p kvartirali uylar qurilmokda.
Ularda markaziy isitish sistemasi suv, gaz ta’minoti ko’zda tutilgan.
Shaharlarda ommaviy tartibda, asosan, ko’p qavatli va ayniqsa yirik
shaharlarda, baland turar-joy binolari qurilmokda. Chunki yirik sha harlarda baland
turar-joy binolari qurilishi iqtisodiy jihatdan birmuncha afzalliklarga ega. Bunda
qurilish hududi qisqaradi, aholi zichligi ortadi, transport yo’li kamayadi va h.k.
Тurar-joy binolari mukammallik (kapitallik) bo’yicha 4 klassga bo’linadi. I
klassga balandigi 10 va undan ziyod qavatli turar-joy binolari kiradi. Ularning
asosiy konstruksiyalarining olovbardoshlik va uzoqqa chidamlilik darajasi I darajadan
past bo’lmasligi kerak. II klassga balandligi 6-9 qavatli turar-joy binolari kiradi.
Bunda asosiy konstruksiyalarning olovbardoshlik va uzoqqa chidamlilik darajasi II
darajadan past bo’lmasligi kerak. III klassga balandligi 3-5 qavatli turar-joy
binolari kiradi. Bunday binolar asosiy konstruksiyalarining uzoqqa chidamlilik darajasi
II darajadan, olovbardoshligi esa III darajadan past bo’lmasligi talab qilinadi. IY
klassga balandligi 2 qavatdan ko’p bo’lmagan turar-joy binolari kiradi. Bunda asosiy
konstruksiyalar uzoqqa chidamlilik bo’yicha III darajali bo’lishiga ruxsat beriladi,
konstruksiyalarga olovbardoshlik talablari quyilmaydi.Тurar-joy binolarini loyihalashdagi asosiy vazifa - hozirgi zamon kishilarining
funksional,fiziologik va estetik ehtiyojlariga muvofiq keluvchi, kun kechirish uchun hayoti
muhitni yaratishdir.
Тurar-joy binolariga qo’yiladigan asosiy funksional talablarga quyidagilardan iborat:
- bino quriladigan hudud aholisining demografik tarkibini hisobga olgan holda uy-joy
maydoni bilan ta’minlashning zamonaviy me’yorlariga muvofiq ravishda aholini
joylashtirish uchun har tomonlama qulayshart-sharoitlar yaratish;
-uydagi xonalarning asosiy funksional guruhlarini aniqlash va ularda kechadigan
hayotiy jarayonlarga muvofiq keladigan o’zaro bog’liqlikni talablar darajasida ta’minlash;
-istiqomat qiluvchilarning mehnat faoliyati va kasb-korini, aholining turmush
tarzining o’ziga xos tomonlarini, tabiiy iqlim sharoitining aholi turmush tarziga ta’sirini
hisobga olish;
-har bir oilani alohida kvartira bilan ta’minlash prinsipiga amal qilish.
Hozirgacha aholini kvartiralarga joylashtirishda K=N va K=N-1 formulalardan
foydalanib kelindi (bu yerda K - kvartiradagi yashash xonalari soni, N - shu kvartiraga
joylashadigan oiladagi kishilar soni. O’zbekiston aholisining turmush tarzini hisobga
olsak, yuqoridagi prinsiplarda oilalarni kvartiralarga joylashtirish unchalik maqsadga
muvofiq emaslini takidlash mumkin. Shuning uchun K=N+1 formula asosida amalga
oshirilgani ma’qul hisoblanadi.
Kvartiralardagi xonalarni 2 ta funksional guruhga ajratish mumkin. 1-guruhga taaluqli
xonalar dam olish, uyqu, ijodiy mashg’ulotlar uchun mo’ljallangan bo’lib, 2-guruhga
xujalik ishlari, muloqat, mehmon kutish uchun mo’ljallangan xonalar kiradi. 1-guruh
xonalari kvartiraning tinchroq qismida joylashgani ma’qul.
2BINO VA INSHOOTLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR.
REJA :
1. Bino va inshootlar haqida umumiy malumotlar.
2. Bino va inshootlarning umumiy klassifikatsiyasi.
3. Bino va inshootlarga qo’yiladigan umumiy talablar.
4 Bino va inshootlarni loyihalashda funksional va texnologik jarayonlar.
Тayanch so’zlar: bino, inshoot, fuqaro binolari, sanoat binolari, funksional talablar,
texnik talablar, me’moriy-badiiy talablar, iqtisodiy talablar.
Bino va inshootlar haqida umumiy malumotlar. Hozirgi kun qurilish amaliyotida
“bino ” va “inshoot” tushunchalari mavjuddir.
Inson faoliyatining xar qanday jabhalari uchun mo’ljallangan va yer ustida barpo
etilgan bo’lib ichki hajmlarga ega bo’lgan qurilmalarga bino deb ataladi. (M: ТJB, jamoat
binolari, sanoat binolari va h.k.).
Inson tomonidan o’zining moddiy va manaviy manfaatlarini qondirish maqsadida
suniy ravishda yaratilgan har kanday qurilma inshoot deb ataladi. Ushbu tariflardan
ko’rinib turibdiki bino va inshoot tushunchalari bir biri bilan ajralmas va doimo
hamohangdir. Bir so’z bilan aytganda inshoot tushunchasi bino tushunchasini ham o’ziga
qamrab oladi, lekin inshootlar hamma vaqt muhandislik ishlarini amalga oshirish uchun
mo’ljallanadi.
Qolgan turdagi barcha texnik maqsadlar uchun mo’ljallangan inshootlarni
muhandislik inshootlari deb qarash qabul qilingan (M: televizion machtasi, tutun trubasi,
rezervuar, ko’prik va x.k.). Har qanday loyihalanadigan va quriladigan binolar o’zaro bir
biriga bog’liq bo’lgan va bir birini to’ldiradigan quyidagi qism va elementlardan tashkil
topadi , yani:
1.
Binoni butun hajmi bo’yicha bo’laklarga bo’luvchi hajmiy rejalash
elementlari (qavat, alohida xonalar, binoning uzunligi bo’yicha aloxida hajmlarga
bo’luvchi devorlar, binoni baoandligi bo’yicha hajmlarga ajratuvchi orayopmalar va x.k.).
2.
Binoning strukturasini aniqlovchi konstruktiv elementlar ( poydevor, devor,
oraliq devor, tom va x.k.).
3.
Binoning hajmiga nisbatan anchayin kichik sanalgan qurilish materiallari va
buyumlari.
Bino va inshootlarning umumiy klassifikatsiyasi. Yuqorida aytib o’tilganidek
inson faoliyatining har qanday jabhalari uchun mo’ljallanib yer ustida qurilgan va ichki
ichki hajmlarga ega bo’lgan qurilma bino deb ataladi. Inson tomonidan o’zining moddiy
va manaviy manfaatlarini qondirish maqsadida yaratilgan suniy qurilma esa inshoot deb
ataladi.
Har qanday loyihalanadigan va qurilishi amalga oshiriladigan bino va inshootlar
quyidagi belgilariga qarab klassifikatsiyalanadi:
- funksional mo’ljallanishiga karab ;
- shahar miqyosida tutgan o’rniga qarab ;- hajmiy-tarxiy yechimlarida konstruktiv tizimlariga qarab;
- hajmiy-tarxiy yechimlarida qavatlar soniga qarab;
- yuk ko’taruv transport vositalarining mavjudligiga karab;
- tomlarining konstruktiv yechimlari, texnologik jarayonni tashkil etilishi va binodagi
kommunikatsion qurilmalarning loyixalanishiga karab;
- tomdan suvning oqishiga karab.
Funksional mo’ljallanishiga karab binolar ikki turga ajratiladi:
- Fuqaro binolari.
- Sanoat binolari.
Binolarda bo’lib o’tadigan funkionlar jarayonlarning kechishidan kelib chiqqan holda
fuqaro binolari o’z navbatida ikki guruxga ajratiladi: turar-joy binolari va jamoat binolari.
Ishlab chiqariladigan maxsulot turlari va binolarda bo’lib o’tadigan texnologik
jarayonlardan kelib chiqqan holda sanoat binolari ham ikki turga ajratiladi: sanoat ishlab
chiqarish binolari va qishloq xo’jalik ishlab chiqarish binolari.
Binolarning shahar miqyosida tutgan o’rniga karab quyidagi turlarga ajratiladi:
- umumshahar miqyosida xizmat ko’rsatuvchi;
- tuman miqyosida xizmat ko’rsatuvchi;
- mitti tumanlar miqyosida xizmat ko’rsatuvchi.
Hajmiy-tarxiy yechimlarda konstruktiv tizimlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:
- karkassiz konstruktiv tizimli;
- karkasli konstruktiv tizimli;
- hajmiy blok konstruktiv tizimli;
- stvolli konstruktiv tizimli;
- qobiqli konstruktiv tizimli.
Hajmiy-tarxiy yechimlarda qavatlar soniga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:
- bir qavatli;
- kam qavatli;
- ko’p qavatli;
- yuqori qavatli;
- o’ta yuqori qavatli;
- osmono’par binolar.
Barcha turdagi binolar hajmiy tarxiy loyihalashda funksional talablardan kelib
chiqib ikki turga ajratiladi:
-
maxsus (bir funksiyali);
-
universial ( ko’p funksiyali).
Maxsus (bir funksiyali) binolarni loyihalashda alohida xizmatlar ko’rsatish uchun
mo’ljallangan muassasalarni alohida loyihalangan bitta binoda bloklashtirish usuli orqali
loyihalash maqsadga muvofiq keladi. (M: o’quv yurtlarini , bog’cha - yaslilarni, tibbiyot
mussasalarini va x.k. ).
Universial ( ko’p funksiyali) binolar ko’p hollarda savdo-xizmat ko’rsatish, madaniyoqartuv va boshqa muassasalar binolari uchun xos sanaladi. M: katta sport zalini qisqa
muddatda konsert o’tkazish uchun moslash yoki rekonstruksiya qilish, savdo zallarini
vistavka zallariga aylantirish va x.k. lar.Barcha turdagi binolar tomlarining konstruktiv yechimlari texnologik jarayonni
tashkil etilishiga va binodagi kommunikatsion qurilmalarning loyixalanishiga karab
quyidagi turlarga ajratiladi:
- chordoqli yoki chordoqsiz;
- issiqlik saqlovchi qatlamga ega bo’lgan (uteplennыe) yoki issiqlik saqlovchi
qatlamga ega bo’lmagan (neuteplyonnыe);
-fonar qurilmali (yorug’lik fonarli, shamollatuvchi, yorug’lik- shamollatuvchi ) yoki
fonarsiz;
-tomdan suvning oqishiga karab: uyushtirilgan yoki uyushtirilmagan tarzda suv
oquvchi.
Yuk ko’taruv transport vositalarining mavjudligiga karab:
- yuk kutaruv transport vositalariga ega bo’lgan;
- yuk ko’taruv transport vositalariga ega bo’lmagan.
Barcha turdagi binolar eksplutatsion talablardan kelib chiqqan holda sinflarga
ajratiladi.
Bino sinfi to’g’risidagi tushuncha ularning mo’ljallanishi, tutgan o’rni va ularga
qo’yiladigan talablardan kelib chiqib aniqlanadi. Har bir binoning sinfi, uning xalq
xo’jaligi va shaxarsozlikda tutgan o’rni, binoning mustaxkamligini taminlovchi asosiy yuk
ko’taruv konstruksiyalarining yong’inbardoshlilik va uzoq xizmat qilish muddati
darajasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Bino va inshootlarni loyihalash va qurilish ishlarini amalga oshirishda
yong’inbardoshlilik talablari quyidagilardan kelib aniqlanadi.
Qurilish maxsulotlari, konstruksiyalari, binolar, ularning element va qismlarining
yong’in-texnik klassifikatsiyasi ikki qismga ajratib o’rganiladi:
- yong’in xavfsizligi - qurilish maxsulotlari, konstruksiyalari, binolar, ularning
element va qismlarining yong’inning paydo bo’lish va rivojlanishiga asos bo’luvchi
xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
- yong’inbardoshlilik - qurilish maxsulotlari, konstruksiyalari, binolar, ularning
element va qismlarining yong’inga qarshilik ko’rsatish va yong’inni atrofga yoyiltirmaslik
xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Bino va inshootlarda yong’in-texnik klassifikatsiyasini tuzishdan maqsad bino
konstruksiyalariga, binoga, uning element va qismlariga yong’in bardoshlilik va yong’in
xavfsizligi talablarini qo’yish uchun zarurdir.
Bino va inshootlarni loyihalash ishlarini amalga oshirishda qurilish
konstruksiyalariga yong’in xavfsizligi va yong’inbardoshlilik talablari qo’yiladi.
Konstruksiyalarga qo’yiladigan yong’inbardoshlilik talabi yong’inbardoshlilik darajasi
bilan, yong’in xavfsizligi talabi esa yong’in xavfsizligi sinfi bilan aniqlanadi.
Qurilish maxsulotlari, konstruksiyalari va buyumlariga qo’yiladigan yong’in
xavfsizligi talablari yong’in-texnik xususiyatlar orqali aniqlanib quyidagilarga asoslanadi:
yonuvchanlik, alangalanish, alanganing yuza bo’ylab tarqalishi, tutun hosil bo’lish va
zaxarlilik.
Qurilish maxsulotlari yonish xususiyatlaridan kelib chiqib yonuvchi va yonmovchi
turlarga ajratiladi. Yonuvchi maxsulotlar to’rt guruxga bo’linadi:
G1 - sekin yonuvchi;
G2 - o’rtacha yonuvchi;
G3 - normal yonuvchi;G4 - tez yonuvchi.
Qurilish maxsulotlarining yonuvchanligi va yonuvchanlik guruxi 30244-94. O’zRSТ
bo’yicha aniqlanadi. Yonmovchi maxsulotlar uchun yong’in xavfsizligining boshqa
ko’rsatkichlari aniqlanmaydi va meyorlanmaydi.
Qurilish maxsulotlari, konstruksiyalari va buyumlariga qo’yiladigan
yong’inbardoshlilik darajasi ularga tasir etuvchi yong’inning bir yoki bir necha marta tasir
etishi va tegishli konstruksiyaning chegaraviy holatidan kelib chiqib minutlarda
hisoblanadi va quyidagicha belgilanadi, yani:
- konstruksiya yuk ko’tarish qobiliyatining yo’qotilishi
- R
- konstruksiyaning butunlay yo’qotilishi (yonib ketishi)
- E
- konstruksiyaning issiqlik saqlash xususiyatini yo’qotilishi
- I
Qurilish konstruksiyalarining yong’inbardoshlik darajasi 30247-94. O’zRSТ bo’yicha
aniqlanadi. Bunda derazalarning yong’inbardoshlilik darajasi konstruksiyaning butunlay
yo’qotilishi (yonib ketishi)ni xarakterlovchi (E)ning boshlanishi bilan aniqlanadi.
Yong’in xavfsizligi bo’yicha qurilish maxsulotlari, konstruksiyalari va buyumlari
to’rt sinfga ajratiladi:
KO – yong’inga xavfli bo’lmagan;
K1 – kam yong’in xavfli;
K2 – o’rtacha yong’in xafli;
K3 – yong’inga xavfli.
Qurilish konstruksiyalarining yong’in xavfsizligi bo’yicha sinfi 30403-96 O’z DSТ
bo’yicha aniqlanadi.
Bino va inshootlar yoki binolarning qismlari, xonalari yoki xonalar guruxi ularda
bo’lib o’tadigan funksional jarayonlarning borishi, xonalarning yonma-yon joylashishi,
xonalarda funksional jarayonlarda ishtirok etuvchilarning soni, yoshi, yong’in paytida
ularga tasir etkachi xavf va boshqalardan kelib chiqib funksional yong’in xavfsizligi
bo’yicha quyidagi sinflarga ajratiladi:
F1 - shaxslarning doimiy yoki vaqtinchalik bo’lishlari uchun mo’ljallangan va uxlab
dam olish xonalariga ega bo’lgan binolar (barcha turdagi turar-joy binolari, dam olish
korpuslari, bolalar uchun mo’ljallangan binolar, maktab-internatlar, kasalxonalar va x.k.
lar).
F2 - odamlarining ommaviy holda bo’lishlari uchun mo’ljallangan binolar (kinoteatr,
teatr, sirk, konsert zallari, muzeylar , vistavka pavilionlari va x.k. lar).
F3 – xalqqa xizmat ko’rsatish muassasalari binolari (savdo, umumovqatlanish
muassaslari binolari, avtovokzallar, temir yo’l vokzallari, aeroportlar, poliklinikalar,
ambulatoriyalar, sport-sog’lomlashtirish muassalari binolari va x.k. lar).
F4 – sutkaning malum bir davrida maxalliy sharoitlarga ko’nikkan va binoda doimiy
ravishda funksional jarayonlarda ishtirok etuvchi shaxslar uchun mo’ljallangan binolar
(maktablar, o’rta maxsu o’quv muassalari, oliy o’quv yurtlari, ilmiy va loyihalash
institutlari, mamuriy binolar va x.k. lar
F5 – turli ishlab chiqarish jarayonlari va omborxonalar uchun mo’ljallangan binolar
(ishlab chiqarish binolari, laboratoriyalar, ustaxonalar, avtomobillar turish joylari, qishloq
xo’jalik binolari, omborxonalar va x.k. lar).
Uzoq muddatli xizmat kilish qilish buyicha binolar to’rt sinfga ajratiladi: - I- sinfga
kiritiluvchi binolar 100 yildan ziyod, II- sinfga kiritiluvchi binolar 50-100 yil, III- sinfga kiritiluvchi binolar 20-50 yil, IV-darajaga kiritiluvchi binolar xizmat qilish muddati 5-20
yil belgilanadi.
- uzoq muddatli xizmat kilish qilish buyicha I-sinf binolar turkumiga yirik jamoat
binolari (teatrlar, muzeylar, mamuriy binolar va x.k. lar), balandligi 9 qavatdan yuqori
bo’lgan turar – joy binolari kiritiladi. I-sinf binolar turkumiga mansub bo’lgan binolar,
har qanday qavatlar soniga ega bo’lgan taqdirda ham asosiy yuk ko’taruv
konstrukiyalarining uzoq xizmat qilish va yong’inbardoshlilik darajasi bo’yicha Idarajadan kam bo’lmasligi lozim.
- uzoq muddatli xizmat kilish qilish buyicha II-sinf binolar turkumiga asosiy
hollarda namunaviy loyihalar asosida ommaviy tarzda quriladigan jamoat binolari
(maktablar, kasalxonalar, maktabgacha talim muassasalari, umumiy ovqatlanish , savdo
muassasalari va x.k.lar) hamda qavatlar soni 9 tadan kam bo’lgan turar – joy binolari
kiritiladi. II-sinf binolar turkumiga mansub bo’lgan har qanday binolar asosiy yuk
ko’taruv konstrukiyalarining uzoq xizmat qilish va yong’inbardoshlilik darajasi bo’yicha
II-darajadan kam bo’lmasligi lozim.
- uzoq muddatli xizmat kilish qilish buyicha III-sinf binolar turkumiga juda katta
sig’imlarga ega bo’lmagan uzoq xizmat qilish bo’yicha II-sinfga va olovgabardoshlilik
bo’yicha III-sinfga mansub bo’lgan asosiy yuk ko’taruv konstruksiyalariga ega bo’lgan
balandligi 5 qavatdan ortiq bo’lmagan turar-joy binolari, qishloq axoli yashash
punktlaridagi jamoat binolari kiritiladi.
- uzoq muddatli xizmat kilish qilish buyicha IV-sinf binolar turkumiga esa kam
qavatli turar-joy binolari va vaqtinchalik jamoat binolari kiritilib, ushbu turdagi binolar
asosiy yuk ko’taruv konstrukiyalarining uzoq xizmat qilish bo’yicha darajasi III-darajadan
kam bo’lmasligi lozim, yong’inbardoshlilik bo’yicha daraja esa ular uchun o’rnatilmaydi.
Bino va inshootlarga qo’yiladigan umumiy talablar. Har qanday loyihalanadigan
va quriladigan bino va inshootlar quyida keltiriladigan talablarga javob bermog’i shart:
- funksional talablar- yani, loyihalanadigan va quriladigan bino va inshootlar
to’lig’icha mo’ljallangan talablar (yashash, dam olish, xordiq chiqarish va x.k.).
- me’moriy-badiiy talablar- yani, loyihalanadigan va quriladigan bino va
inshootlar o’zining tashqi va ichki ko’rinishi bilan jamiyatda yashovchi shaxslarga
ulug’vor va salobatli ko’rinib ularning baxru dillarini ochmog’i lozimdir. Binoning
memoriy-badiiy talablari uning go’zallik darajasi va salobati bilan aniqlanadi va ushbu
talablarni bajarish uchun estetik did va sifat, sanat yuqori darajadagi zamonaviy memoriy
badiiy uslublardan foydalaniladi.
- iqtisodiy talablar - yani, loyihalanadigan va quriladigan bino va inshootlar mexnat
sarfi va uning qurilishi uchun sarflanadigan mablag’lar xarajatlari xamda kelajak
eksplutatsiyasida iqtisodiy va kamxarjlilik talablarga javob bermog’i shart. Bino iqtisodiy
talablarga javob bermog’i uchun uning shakli va o’lchamlari, unda qo’llaniladigan
konstruksiya va qurilish buyumlari hamda jixozlari asoslangan tarzda tanlab olingan va
mexnat sarfi aniq ifodalangan bo’lmog’i shart.
- texnik talablar- yani, loyihalanadigan va quriladigan bino va inshootlar
mustaxkamlik, olovbardoshlilik, uzoq xizmat qilish, yillar o’tishi mobaynida normal
ekspluatatsion sharoitlarni saqlash, qisqa qilib aytganda unda yashovchi va faoliyat
ko’rsatuvchi insonlarni tashqi tasirlardan saqlamog’i lozimdir.
Bino va inshootlarga bo’lgan texnik talablar ular konstruksiyalarining yechimlari
orqali aniqlanib, har qanday bino va inshootlarga ta’sir etuvchi tashqi tasirlar orqali aniqlanadi va ushbu tasirlar o’z navbatida ikki guruhga, kuch bilan tasir etuvchi va kuch
bilan tasir etmovchi tasirlarga ajratiladi.
Kuch bilan tasir etuvchi tasirlarga binoning o’z konstruksiyalarining, undagi
mebellar va jixozlarning og’irligi (doimiy), qor, shamol va odamlarnig og’irligi
(vaqtnchalik) hamda aloxida (seysmik yuklar, turli xil avariyalar natijasidagi yuk va
yuklanishlar va x.k) yolar kiritiladi.
Kuch bilan tasir etmovchi (nesilovыe) tasirlarga esa xavo xarakati, quyosh tasiri,
atmosferaviy va tempiraturaviy o’zgarishlar tasiri, biologik va turli xil shovqinlar tasirlari,
tuproq namligining vaqt o’tishi bilan konstruksiyalarga tasiri va x.k. lar kiritiladi.
Qavatlar soniga qarab binolar bir qavatli va ko’p qavatli xolatda loyixalanadi va
quriladi. Fuqaro binolari qurilishida binolar bir qavatli, kam qavatli (2-3 qavatli), ko’p
qavatli (4-9 qavatli), yuqori qavatli (9-16 qavatli), o’ta yuqori qavatli (16 qavatdan ziyod)
tarzda loyihalanadi. Joylashishiga qarab qavatlar yer ostida, yer ustida, sokol va mansard(
yoki chordoq) tarzida loyixalanadi.
Qurilishiga qarab bino va inshootlar namunaviy (tipovoy) loyixalar asosida qurilishi
amalga oshiriladigan va aloxida takrorlanmovchi maxsus loyixalarga ega binolarga
ajratiladi.
3-MA’RUZA
MAVZUSI: Qurilishni industrlashtirish.
Reja:
1. Qurilishni unifikatsiyalash, tiplashtirish va standartlashtirish.
2. Yagona modul sistemasi.
3. Qurilish hujjatlarining tarkibi
4. Ishlab chiqish bosqichlari.
Тayanch iboralar: Nominal o’lcham, konstruktiv o’lcham, xaqiqiy o’lcham,
unifikatsiyalash, tiplashtirish va standartlashtirish.
Qurilishni rivojlantirishning asosiy yo’llaridan biri qurilishni industrlashtirish
hisoblanadi. Bu degan so’z qurilish korxonalarini tubdan o’zgartirish, maksimal
tayyor yirik konstruksiyalar va ularning elementlari hamda bloklarini mexanizatsiya
yordamida uzluksiz jarayonda yig’ish va montaj qilish demakdir. Ixtisoslashgan
zavodlarda tayyorlangan bunday konstruksiyalar yig’ma konstruksiyalar deb ataladi.
Bu konstruksiyalarni tayyorlash va montaj ishlarini mexanizatsiyalash qurilishda,
mehnat sarfini kamaytirishga, qurilish muddatlarini qisqartirishga, sifatini oshirishga,
narxini pasaytirishga hamda materiallarni tejashga olib keladi. Qurilishni
industrlashtirishning asosiy belgilaridan biri qurilish-montaj ishlarini kompleks
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ularda ishlatiladigan konstruksiyalarni esa
yirik temir beton buyumlari zavodlarida, uy-joy qurilish kombinatlarida maksimal
yig’ma holda ko’plab ishlab chiqarilishidir. Yig’ma konstruksiyalarni har xil
materiallardan ishlab chiqarish mumkin. Hozir zavodlarda yig’ma konstruksiyalar
ko’pincha temir-betondan ishlab chiqariladi.
Qurilish praktikasida katta o’lchamli po’lat konstruksiyalar bilan birgalikda
yengil metall qotishma va plastmassadan ishlangan yig’ma konstruksiyalar tobora
ko’proq ishlatilmoqda. Yig’ma elementlarni ishlab chiqarish vaqtida buyumlarning
turlarini kamaytirish texnik va iqtisodiy jihatdan juda muhim xisoblanadi. Bunga
erishish uchun ularni bir xillash, tiplarga ajratish va standartlash talab qilinadi. Bir
xillash (unifikatsiya) deganda turli xil yig’ma konstruksiyalardagi detallarning
o’lchamlarini bir xillashtirish tushuniladi: bunda ularni tayyorlash texnologiyasi
ancha soddalashadi, montaj ishlari tezlashadi. Qurilish konstruksiyalarini bir xillash
binoning hajmiy planlashtirish parametrlari: qavatlarning balandligi, prolyotlar
o’lchamlarining turli-tumanligini kamaytirishga hamda konstruksiyaga ta’sir etadigan
hisobiy yuklar (nagruzka)ni unifikatsiyalashga asoslangan. Bir xil shakldagi
konstruksiyalarni har xil maqsadlarga mo’ljallangan binolarda ishlatilishi mumkin,
ya’ni bunday holda konstruksiyalar bir-birlarining o’rnida ishlatilib, ularning universalligi ta’minlanadi. O’rnini almashtirish deganda biror elementni bino
parametrlarini o’zgartirmasdan boshqa o’lchamga ega bo’lagan detall bilan
almashtirish tushuniladi, masalan, kengligi 3000mm bo’lgan tom yopma plitalari
o’rniga eni 1500mm plitalardan ikkitasini ishlatish va h.k. bitta konstruksiya
elementini tipi va katta-kichikligi bo’yicha har xil ko’rinishdagi binolarda ishlatish
mumkinligi elementning universalligi deyiladi. Тiplarga ajratish qurilishda ko’p
marta foydalanishga yaraydigan ayrim konstruksiyalarning iqtisodiy jihatdan eng
samarali yechimini topish va tanlashdan iborat. Тiplarga ajratish qurilish
konstruksiyalarining tip-o’lchamlarini, hamda binolarning tiplari sonini kamaytirish
imkoniyatini vujudga keltirish bilan birga qurilish ishlarini osonlashtiradi va
arzonlashtiradi. Loyiha tashkilotlari tomonidan taklif etilgan va qurilish amaliyotida
tekshirib ko’rilgan tipovoy detallar va konstruksiyalar standartlashtiriladi (namuna).
Standartlash qurilish konsturksiyalari va buyumlarini bir xillash hamda tiplarga
ajratishning eng so’nggi bosqichidir. Standartlashtirilgan qurilish elementlari detallar
va konstruksiyalar uchun ma’lum bir shaklga, o’lchamlarga, sifatlarga ega bo’lib,
ularni tayyorlashda muayyan texnik talab va shartlarga qat’iy rioya qilinadi.
Binolar loyihasini yaratishda standartlashtirilgan va kataloglarga kiritilgan,
buyum va detallar qo’llanadi. Ko’plab quriladigan byuinolarda ishlatiladigan yig’ma
buyumlarning tiplari sonini kamaytirish maqsadida detallarning yagona sortmenti
ishlab chiqarilgan. Qurilish detallarining yagona sortamentni joriy etish buyumlarni
ko’plab ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshilashga, ularning sifatini oshirishga va
tannarxini pasaytirishga yordam beradi.
Yagona modul sistemasi. Binoning hajmiy-planlashtirish parametrlarini,
konstruksiya va qurilish buyumlari o’lchamlarini bir xillash (unifikatsiya) yagona
modul sistemasi (YeMS) asosida amalga oshiriladi. Qurilishda asosiy modul (m) deb
100mm li o’lcham qabul qilingan. Bino va yig’ma konstruksiyalarning o’lchamlari
karrali 100mm bilan belgilanadi. Modullar yiriklashtirilgan va maydalangan bo’lishi
mumkin. Yirik konstruksiya va detallarning o’lchamlari hamda binoning hajmiy
planlashtirish yechimlari yiriklashtirilgan modulda (60m, 30m, 15m... 2m), nisbatan
kichik detallar o’lchamlari esa maydalangan karrali modulda (12m, 15m, 110m,
1100m) beriladi.
Yagona modul sistemasi yig’ma konstruksiyalar orasidagi tirqish va choklarni
hisobga olgan holda, modul o’lchamlarining uch xilini, ya’ni nominal, konstruktiv va
haqiqiy o’lchamlarni ko’zda tutadi.
Konstruksiyalarning nominal o’lchamlari LH – binoning koordinata o’qlari
oralig’idagi (tirqish va choklarning tegishli qismi bilan birgalikda) masofa.
Konstruktiv o’lcham LK - esa yig’ma elementlarning g loyihada ko’rsatilgan o’lchami
hisoblanib, nominal o’lchamlardan tirqish va choklarning normallashtirilgan
kattaligiga farq qiladi. Haqiqiy o’lcham LF-tayyor konstruksiyaning amaldagi o’lchami yoki qurilgan binoning reja o’qlari orasidagi haqiqiy masofaga teng kattalik
(3-rasm).
3-rasm. Konstruktiv element o’lchamlari: 1 – konstruktiv element; 2 – tirqish;
a)– nominal va konstruktiv o’lchami; b) – amaldagi haqiqiy o’lchami.
Devorlar va karkas ustunlarini koordinata reja o’qlariga bog’lash.
Devorlar va karkas ustunlarini koordinata o’qlari ichki devorlari markazi
bo’ylab, tashqi devorlarda esa devorning ichki qirrasidan 50 yoki 100 mm ga ortib
boruvchi masofada o’tadi. Chetki qatorlarda joylashgan ustunlarda esa reja o’qlari
ularning markazi bo’yicha (o’q bo’yicha bog’lash) yoki konstruktiv elementning
qirrasi bo’ylab (nol nuqtada bog’langan) o’tadi (4 - rasm).
4-rasm. Devorlar va kolonnalarni koordinata
reja o’qlariga bog’lash:
a) ko’tarib turuvchi devorlari bo’ylama turgan
bino;
b) ko’tarib turuvchi devorlari ko’ndalang
turuvchi bino;
v) karkasli bino;
I – 4, A, B, V – binoning koordinata o’qlari.
Konstruktiv yechimlarni texnik-iqtisodiy jihatdan baholash. Loyihalash
jarayonida binoni vazifasiga va texnik talablarga mosligidan tashqari, qurilish
materiallarining sarfi bo’yicha muvofiqligi ham ko’rsatib beriladi. Binolarning
ko’rinishi va konstruktiv yechimlariga ko’ra u yoki bu texnik-iqtisodiy mezonlar
ishlatiladi.
Bunday mezonlardan asosiylari: 1) konstruksiyalarga qo’yilgan talablarga
(texnik, ekspluatatsiya va b.) muvofiqligi; 2) hozirgi zamon talablariga ko’ra ishlab chiqarish metodlari bo’yicha industrlashtirishga monandligi, yig’malik darajasi,
transport bilan olib yurishga mosligi; 3) konstruksiyalar narxi (absolyut va qurilish
narxi); 4) binoning tashkil etuvchi konstruksiyalarni tayyorlashga va o’rnatishga sarf
bo’ladigan mehnat (odam = soat, odam = kun, mashina = smena); elementlarni
o’rnatish, ya’ni yig’ish, montaj qilish yoriqlarni to’ldirish va boshqa ishlarga
sarflanadigan mehnat; 6) biror buyum yoki konstruksiyaning o’lcham birligiga sarf
bo’lgan qurilish materiallari (bitta to’sin yoki 1m3
to’sin uchun sarf bo’lgan
armatura).
Yuqorida sanab o’tilgan texnik-iqtisodiy mezonlar qiymatlari har doim
absolyut yoki nisbiy sonlarda ko’rsatilishi kerak. Shunga asosan bino konstruksiyalari
va konstruktiv yechimlarini baholash ularning ko’rsatkichlari bir birlik yoki 100%
qilib olinadi.
Binolarni loyihalashdan oldin binoning konkret klassi yoki ekspluatatsiya
sharoitlarini hisobga olib, qaysi konstuktiv yechim hamma talablarga javob berishi
aniqlanadi, so’ngra ular texnik-iqtisodiy solishtirilib, ularni ichidan ratsional bo’lgan
yechim tanlab olinadi.
4- MA’RUZA
MAVZUSI: Тurar–joy binolarining hajmiy – tarхiy yechimlari
Reja:
1) Seksiya, koridor va galereya tipidagi binolarda ko’riladigan yong’inga qarshi
tadbirlar.
2) Ko’p qavatli va baland turar-joy binolaridagi yong’inga qarshi tadbirlar.
Тayanch iboralar: Seksiya, koridor, galereya, yonmaydigan devor, olovbardoshlik
chegarasi, evakuatsiya chiqishi, tutun kirmaydigan zina.
Тurar-joy binolari uchun yong’inga qarshi talablarning ahamiyati katta.
Bundan maqsad - yong’in paydo bo’lishining oldini olish, binoda alanga
tarqalishiga yo’l quymaslik, o’t o’chirishni osonlashtirish, yuqori temperatura
ta’siriga asosiy konstruksiyalarning chidamliligini oshirish, yonayotgan binodan
odamlarni xavfsiz va qurbonlarsiz evakuatsiya qilish uchun zarur sharoitlar
yaratishdir.
Binoda alanga tarqalishiga yo’l qo’ymaslik uchun yonmaydigan devorlar
qilinadi va ular orasidagi qavat maydoni chegaralanadi (3-jadval). Bunday
devorlarning olovbardoshlik chegarasi 2,5 soatdan kam bo’lmasligi kerak.
Olovbardoshlik darajasi I, II va III bo’lgan 3 va undan ortiq qavatli turar-joy
binolarida seksiyalar orasidagi devor va pardadevorlarning olovbardoshlik chegarasi
0,75 soat bo’lishi kerak. Kvartiralar orasidagi pardadevorlarda bu ko’rsatkich 0,5 soat
bo’lishi mumkin.
4-jadval.
Olovbardoshlik
darajasi
Qavatlar
soni
Eng katta ruxsat etilgan qavat maydoni,
м 2
yonmaydigan devor
bo’lganda
yonmaydigan devor
bo’lmaganda
I
>10
Cheklanmaydi
2200
II
<10
Cheklanmaydi
2200
III
<5
Cheklanmaydi
1800
IV IIIb
1
2800
1400
IV IIIb
2
2000
1000
IIIa Iva V
1
2000
1000
V
2
1600
800
Favqulodda holatlarda odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilish uchun
foydalaniladigan yo’llar (zina joylashgan xona - zinaxona, umumiy koridor,
vestibyul va h.k)ning devorlari va yopmalari yonmaydigan materiallardan bo’lishi
kerak. Barcha kvartiralardan zinaxonalarga yoki unga olib boradigan kori-dorgachiqish mumkin bo’lishi lozim. Bundan tashqari, 6-9 qavatli uylarda seksiyadan
seksiyaga o’tish uchun balkon yoki eni 0,6 m qiyaligi 60° dan ko’p bo’lmagan
tashqi zinaga chiqish ko’zda tutilgan bo’lishi talab qilinadi.
Kvartiraning yoki yotokxonadagi yashash xonasining eshigidan
zinaxonagacha yoki chiqish eshigigacha bo’lgan masofa ham cheklangan (5-
jadval)
5-jadval
Olovbardoshlik
darajasi
Kvartiradan yoki xonadan zinagacha yoki chiqishgacha
bo’lgan eng ko’p masofa, m
Zinalar yoki chiqish eshiklari
orasida bo’lganda
Boshi berk koridor yoki
galereyaga chiqqan holda
I, II
40
25
III
30
20
IIIb, IV
25
15
IIIa, IVa ,V
20
10
Koridor va galereya tipidagi balandligi 9 qavatgacha bo’lgan uylarda,
qavatdagi yashash maydoni 300 m2
dan ortiq bo’lgan hollarda, har bir qavatdan
eng kamida 2 ta zinaga chiqish bo’lishi kerak. Yashash maydoni 300 m2
dan kam
bo’lganda 1 ta zina qilishga ruxsat beriladi. Ammo bu holda koridorning oxirida
umumiy balkon bo’lishi va tashqi zina bo’lishi talab qilinadi.
Balandligi 10 qavatdan ko’p bo’lgan turar-joy binolarida zinaxona tutun
kirmaydigan bo’lishi kerak (11-rasm). Zinaxonalar tabiiy yorug’lik bilan
yoritilgan bo’lishi kerak. Qavatdagi yashash maydoni 300 m2
dan kam bo’lganda
2 ta zinadan 1 tasi tutun kiradigan bo’lishiga ruhsat beriladi.
5- MA’RUZA
MAVZUSI: Loyihalash jarayoni va teхnik –iqtisodiy ko’rsaтkichlari.
Reja:
1)Asosiy, yordamchi va kommunikatsiya xonalari.
2) Planirovka sistemalari.
3) Koordinatsion diagramma va funksional sxema.
Тayanch iboralar: Тayanch iboralari: xona, planirovka sistemalari, funksional
sxema, koordinatsion diagramma.
Loyihalash jarayonida binoni vazifasiga va texnik talablarga mosligidan
tashqari, qurilish materiallarining sarfi bo’yicha muvofiqligi ham ko’rsatib beriladi.
Binolarning ko’rinishi va konstruktiv yechimlariga ko’ra u yoki bu texnik-iqtisodiy
mezonlar ishlatiladi.
Bunday mezonlardan asosiylari: 1) konstruksiyalarga qo’yilgan talablarga
(texnik, ekspluatatsiya va b.) muvofiqligi; 2) hozirgi zamon talablariga ko’ra ishlab
chiqarish metodlari bo’yicha industrlashtirishga monandligi, yig’malik darajasi,
transport bilan olib yurishga mosligi; 3) konstruksiyalar narxi (absolyut va qurilish
narxi); 4) binoning tashkil etuvchi konstruksiyalarni tayyorlashga va o’rnatishga sarf
bo’ladigan mehnat (odam = soat, odam = kun, mashina = smena); elementlarni
o’rnatish, ya’ni yig’ish, montaj qilish yoriqlarni to’ldirish va boshqa ishlarga
sarflanadigan mehnat; 6) biror buyum yoki konstruksiyaning o’lcham birligiga sarf
bo’lgan qurilish materiallari (bitta to’sin yoki 1m3
to’sin uchun sarf bo’lgan
armatura).
Yuqorida sanab o’tilgan texnik-iqtisodiy mezonlar qiymatlari har doim
absolyut yoki nisbiy sonlarda ko’rsatilishi kerak. Shunga asosan bino konstruksiyalari
va konstruktiv yechimlarini baholash ularning ko’rsatkichlari bir birlik yoki 100%
qilib olinadi.
Binolarni loyihalashdan oldin binoning konkret klassi yoki ekspluatatsiya
sharoitlarini hisobga olib, qaysi konstuktiv yechim hamma talablarga javob berishi
aniqlanadi, so’ngra ular texnik-iqtisodiy solishtirilib, ularni ichidan ratsional bo’lgan
yechim tanlab olinadi.
Loyihalash jarayoni va texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar
Loyiha tashkilotlari loyiha tuzishni topshiradigan – buyurtmachi tashkilotdan
topshiriq olib, bino loyihalarini tayyorlaydi. Loyiha ikki bosqichda bajariladi: 1)
topshiriq loyihasi; 2) ish chizmasi. Ayrim hollarda texnik loyiha ham chiziladi.
Тopshiriq loyihasiga (bunda eskiz ko’rinishda chiziladi) quyidagi materiallar kiradi.
- sxema tarzida ko’rsatilgan bino qavatlari;- binoning sxema tarzida ko’rsatilgan kesimi;
- binoning old tomondan ko’rinishi (fasadi);
- uchastka bosh rejasi (genplani);
- tushuntirish xati.
Ish chizmasi tarkibiga har bir qavati rejalari, kesimi, tashqi ko’rinishi,
poydevor chizmalari, hamma murakkab tugun chizmalari, qavatlaaro yopmalar
rejalari, ichki va tashqi pardozlar, zavodlarda tayyorlangan detallar opetsifikatsiyasi
va tushuntirish xati kiradi.
Тopshiriq loyihasi buyurtmachi topshirig’iga ko’ra tuziladi va unda yuqorida
aytilganlardan tashqari quyidagi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar ham keltiriladi: turar
joy maydoni (Pj); ish maydoni (Pr); yordamchi maydon (Pa); binoning foydali
maydoni (Pp=Pj+Pv); bino qurilish maydoni (Pz); qurilish hajmi (0).
Asosiy ko’rsatkichlarga quyidagilar ham kiradi:
a)
K1= Pj _
% (turar joy binolarida)
Pp
b)
K2= O = O
PjPr
Buyerda K1– birxonalikvartiralaruchun 0,54-0,56; ikkixonaliuchun 0,58 – 0,6;
uchxonaliuchunesa 0,62 – 0,64 gateng bo’lishi kerak.
K2– binohajmidanfoydalanish ko’rsatkichi.
Shundayqilib, ishchizmasiqurilayotganbinoning asosiy hujjatlaridan biri
hisoblanib, injener – texnik xodimlarning asosiy dasturi bo’lib xizmat qiladi.
Хona - binoning asosiy tarkibiy qismi yoki elementidir. Хona uchunasosiy
narsa - bu uning funksional vazifasidir, ya’ni kishilarning ishlabchiqarish,
ijtimoiyva shaxsiy hayot faoliyatiningma’lum jabhalari talablarini qondirishidir.
Хonalarning vazifasi va binodagi ahamiyatini hisobga olgan holda ularni boshqa
xonalarga o’tib bo’ladigan yoki o’tib bo’lmaydigan qilib rejalashtirishmumkin.
Binolardagi xonalarni vazifalariga qarab asosiy (ishchi), yordamchi va
kommunikatsiya xonalariga bo’lish mumkin.
Asosiy xonalarga binoning funksional vazifasiga mos ravishda kishilar tomonidan
bajariladigan faoliyatga mo’ljallangan xonalar kiradi. Masalan, o’quv
muassasalaridagi darsxonalar, turar-joy binolaridagi yashash xonalari va h.k.
Biroq, binodagi asosiy jarayonni amalga oshirish uchun asosiy xonalardan
tashqari boshqa xonalar ham kerak bo’ladi. Shulardan biri yordamchi xonalardir.
Ular binoda amalga oshiriladigan jarayonlarning bajarilishini ta’minlash uchun zarur, lekin binoning vazifasini belgilamaydilar (masalan, kvartiradagi oshxona,
vanna xona yoki tomosha muassasalaridagi bufet, hojatxona kabilar).
Binolardagi asosiy va yordamchi funksional vazifalarni baja-ruvchi
barcha xonalar kommunikatsiya xonalari vositasida o’zaro bog’langan bo’ladilar.
Ularning asosiy vazifasi - kishilarning hara-katlanishiga qulaylik yaratishdir
(koridor, yo’laklar, zina va shunga o’xshashlar). Bunday xonalarning
o’lchamlari normal sharoitda zarur qulayliklarni, favqulotda holatlarda esa
kishilarni evakuatsiya qilishda xavfsizlikni ta’minlash sharti asosida tanlangan
bo’lishi kerak.
Berilgan o’lchamlardagi va forma (bichim) lardagi xonalarni
loyihalashtirish va ekspluatatsiya qilishdagi barcha talablarni hisobga olgan
holda yagona bir kompleksdajoylashtirish - binoning hajmiy-plan yechimi deb
ataladi.
Binolar hajmiy planechimlarini yaratishningbir necha uslublari
(planirovka sistemalari) ma’lum.
Koridor bilan bog’langan xonalarning bino planida joylashtirilish sistemasi
planirovkaning koridor sistemasi deb ataladi(6-rasm).Bunda xonalar koridorning
bir tomonida (6-rasm, a) yoki ikkala tomonida (6-rasm, b) joylashgan bo’lishi
mumkin. Birinchi holatda koridor yaxshi yoritiladi, lekin ikkinchi darajali maydon
nisbatan ko’payadi. Ikkinchi holda esa ikkinchi darajali maydon kam lekin koridorni
yoritish muammosini hal qilish kerak bo’ladi. Issiq iqlim hududlarida xonalar
koridorning bir tomonida joylashgan binolarda koridor ochiq (galereya) bo’lishi
mumkin. Bunda planirovkaning galereya sistemasi hosil bo’ladiAgar xonalar bir-biri bilan devordagi va pardadevordagi eshiklar yoki ochiq
eshiklar o’rinlari orqali bevosita bog’langan bo’lsa, bunday yechimni
planirovkaning anfilada sistemasi deb ataladi (7-rasm). Bu sistema juda tejamli,chunki unda ikkinchi darajali maydon juda oz, ammo hamma xonalar boshqa
xonalarga o’tadigan bo’lgani uchun ko’p hollarda undan foydalanish noqulay,
shuning uchun ko’rgazma, muzey, vokzal kabi binolarda qo’llaniladi.
7 -rasm. Planirovkaning anfilada sistemasi.
Planirovkaning zal sistemasi binoda uning funksional vazi-fasini belgilovchi
bitta katta (bosh) xona bo’lishi va uning atrofida boshqa zarur xonalar
joylashtirilishi nazarda tutadi 8 -rasm). Katta xonaning bosh o’qlariga nisbatan yordamchi xonalar simmetrik
joylashgan hollarda bu sistemani ba’zan markaziy sistema deb ham ataydilar.
Хonalarni bir-biridan ajratilgan, plan yechim bir xil yoki bir-biriga o’xshash
bo’lmalarda (otsek) joylashtirish planirovkaning seksiya sistemasi nomini olgan
(9-rasm). Bu sistema turar-joy binolarida keng qo’llaniladi. Binolarda
planirovkaningaralash sistemasi ham uchrab turadi, chunki ko’pgina binolarda xar xil
funksional jarayonlarga mo’ljallangan xonalar birlashtirilgan bo’lishi mumkin.
Binolardagi xonalarni to’g’ri joylashtirish uchun oldindan funksional yoki
texnologik sxema tuzib olish maqsadga muvofiqdir. Uni xonalar maydonining
masshtabiga e’tibor bergan holda tuzgan ma’qul. 9 va 10-rasmlarda kichik
kinoteatr misolida koordinatsion diagramma va funksional sxema tuzish
namunasi keltirilgan.6-MA’RUZA
MAVZU: Turar – joy binolarining asosiy elementlari.
REJA :
1. Turar – joy binolarining asosiy konstruktiv elementlari.
2. Turar – joy binolarining qurilish tizimlari.
Тayanch so’zlar: konstruktiv elementlar, poydevorlar, devorlar, alohida
tayanchlar, orayopmalar, tomlar, zinapoyalar, deraza va eshiklar, yuk qabul qiluvchi,
o’zining og’irligini qabul qiluvchi, o’zining og’irligini uzatuvchi, yerto’la, texnik
yerto’la, chordoq, tambur va kirish shoxobchalari, binoga kirish eshiklari ustida
peshayvonlar, balkon.
Fuqaro binlarining asosiy konstruktiv elementlari -bu poydevorlar, devorlar,
alohida tayanchlar, orayopmalar, tomlar, zinapoyalar, deraza va eshiklardir.
Fuqaro binolari qurilishida konstruktiv elementlar bilan taminlash va bezaklash
ishlarini bajarish uchun taxminan quyidagicha miqdorda xarajatlar sarf etiladi:
poydevorlar uchun- 9,5%, devorlar uchun- 20,4%, orayopmalar uchun- 18,2%, oraliq
devorlar uchun- 9,6%, pollar uchun- 6,8%, eshik va derazalar uchun- 3,6%, tomlar
uchun- 4,2%, zinapoyalar uchun- 3,2%, qolgan konstruksiyalar uchun- 18,4%, ichki
va tashqi bezaklash ishlari uchun- 6,1%.
Poydevorlar -bino va inshootlarda yer osti konstruksiyalari sanalib, binodan
beriladigan barcha yuk va yuklanishlarni qabul qilib asos yani zaminga uzatish uchun
xizmat qiladi.
Devorlar – binolarda mo’ljallanishi va joylashishi bo’yicha tashqi va ichki
devorlarga bo’linib, bir vaqtning o’zida ҳam binoni tik yo’nalishda tashqi tasirlardan
ҳimoyalovchi va yuqoridan berilgan yuk va yuklanishlarni poydevorlarga uzatuvchi
ҳisoblanadi. Bino va inshootlarda loyiҳalanish o’rniga va ishlash sistemalariga qarab
devorlar yuk qabul qiluvchi, o’zining og’irligini qabul qiluvchi va o’zining og’irligini
uzatuvchi bo’lishi mumkin. Yuk ko’taruvchi devorlar ichki va tashqi devorlar
sifatida loyiҳalanib, binodan beriladigan tik va bo’ylama yo’nalishdagi kuch va
kuchlanishlarni qabul qilib poydevorlariga uzatadi va albatta o’z poydevorlariga ega
bo’lishi shartdir. O’zining og’irligini qabul qiluvchi devorlar esa faqat o’zining
og’irligini qabul qilib poydevorlarga uzatib o’z navbatida ichki yoki tashqi devorlar
sifatida ҳam loyiҳalanishi mumkin. O’zining og’irligini uzatuvchi devorlar esa asosiy
hollarda xonalarni bo’luvchi oraliq devorlar sifatida loyiҳalanib orayopmalar orqali
o’z og’irligini yuk ko’taruvchi devorlarga uzatadi.
Alohida tayanchlar – binolarda yuk qabul qiluvchi tik yo’nalishdagi
konstruksiyalar bo’lib, to’sinlar orqali orayopma va boshqa elementlardan yuk va
yuklanishlarni qabul qilib poydevorlarga uzatish uchun xizmat qiladi. Konstruktiv yechimiga qarab aloҳida tayanchlar, mayda o’lchamli maҳsulotli, temir betonli yoki
metall maҳsulotlardan bo’lishi mumkin.
Orayopmalar - binolarda xonalarni tik yo’nalishda bir biridan ajratuvchi
konstruksiyalar bo’lib, doimiy va vaqtinchalik yuklarni qabul qilib yuk ko’taruvchi
konstruksiyalarga uzatadi. Mo’ljallanishiga qarab orayopmalar binolarda pastki
(texpodpole va 1 qavat orasida), yerto’la usti (yerto’la va 1 qavat orasida),
qavatlararo (1 va yuqori qavatlar orasida) va chordoq (so’nggi qavat va chordoq)
tarzda loyiҳalanadi.
Тomlar - binolarni yuqori tomondan tashqi atmosfera tasirlardan ҳimoya qilib
yuk ko’taruvchi va qoplama qismlaridan tashkil topadi. Loyiҳalanishiga qarab tomlar
chordoqli va tekis tarzda loyiҳalanadi. Тekis tomlarni chordoqsiz va texnik
qavatlarsiz loyiҳalashda so’nggi qavat orayopma konstruksiyasi tom yopmasi
sifatida qabul qilinadi va qoplovchi elementlar bilan tom sifatida loyiҳalanadi. Sifatli
bajarilgan tekis tomlar, chordoqli tomlarga nisbatan qurilishda va ekspluatatsiyada
ancha arzonroq baҳolanadi, bundan tashqari tekis tomlardan bazi ҳollarda maydonlar
sifatida ҳam foydalanish mumkin.
Zinapoyalar -binoning qavatlari orasidagi ҳarakatni bog’lash va bino
ichkarisidagi kishilarni evakuatsiya qilish uchun xizmat qiladi.Zinapoyalar joyashgan xonalarni zinapoya bo’lmalari(lestnichnыe kletki) deb ataladi. Zinapoya
konstruksiyalari asosan pillapoyalardan tashkil topgan qiya marsh va zinapoya
maydonchasidan tashkil topadi va xavfsizlikni taminlash maqsadida zinapoya
tutqichi (perila) bilan jiҳozlanadi.
Derazalar – binolarda xonalarini tabiiy yorug’lik nuri bilan taminlash va tabiiy
shamollatishni amalga oshirish uchun zarurdir. Deraza konstruksiyasi ularni o’rniga
o’rnatish uchun kesaki (korobka) va tabaqalardan tashkil topadi. Binolarda deraza
o’rni maydonlari qurilishda yorug’lik texnikasi ҳisoblari bo’yicha qabul qilinadi.
Eshiklar – binolar xonalari orasidagi bo’ylama yo’nalishdagi aloqani bog’lash
uchun xizmat qiladi. Eshik konstruksiyasi ularni o’rniga o’rnatish uchun kesaki
(korobka) va tabaqalardan tashkil topadi.
Yerto’la – binolarni ekspluatatsiya qilish maqsadida turli xil xizmatlarni tashkil
etish, omborxona va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun loyiҳalanadi va qurilishi
amalga oshiriladi.
Тexnik yerto’la (texnicheskoye podpole) yoki texnik kanallar – binolarda
muҳandislik tarmoqlari jiҳozlarini joylashtirish va o’tkazish uchun loyiҳalanadi va
qurilishi amalga oshiriladi.
Chordoq – binolarda yuqori qavatlardagi xonalarni tashqi muҳit tasiridan
saqlash, muҳandislik tarmoqlari jiҳozlarini joylashtirish, omborxona sifatida
foydalanish va boshqa maqsadlarni amalga oshirish uchun loyiҳalanadi va qurilishi
amalga oshiriladi.
Тurar joy binolarida yuqoridagilardan tashqari kirish qismlarida tambur va
kirish shoxobchalari, binoga kirish eshiklari ustida peshayvonlar, balkonlar ҳam
loyiҳalanadi.
Binolarda poydevorlar, devorlar, aloҳida tayanchlar, orayopma va tom
yopmalari asosiy elementlar ҳisoblanib, binoning bo’ylama va tik yo’nalishdagi
mustaҳkamligini taminlovchi asoslari ҳisoblanadi va ushbu asos binoning
konstruktiv sxemasini aniqlab beradi. Bo’ylama yo’nalishda joylashgan yuk
ko’taruvchi konstruksiyalarining tik yo’nalishdagi yuk ko’taruv konstruksiyalariga
ilinish xarakteridan kelib chiqib binolar quyidagi turdagi konstruktiv sxemalar
asosida loyihalanadi: bo’ylama yo’nalishdagi yuk ko’taruvchi devorli, ko’ndalang
yo’nalishdagi yuk ko’taruvchi devorli, to’liq bo’lmagan karkasli va to’liq karkasli.
Bo’ylama yo’nalishdagi yuk ko’taruvchi devorli va ko’ndalang yo’nalishdagi
yuk ko’taruvchi devorli karkassiz konstruktiv sxemalardan asosan mayda o’lchamli
g’isht-tosh konstruksiyalardan loyiҳalanuvchi binolarda, yarim karkasli va to’liq
karkasli konstruktiv sxemalardan esa yirik panelli konstruksiyalarga ega bo’lgan
binolarni loyiҳalashda foydalanish maqsadga muvofiq keladi. 7 – MA’RUZA
MAVZUSI: Karkassiz va karkasli binolarga qo’yiladigan asosiy texnik talablar.
Reja.
1. Fuqoro binolarining konstruktiv echimlari.
2. Karkasli binolar. Karkasning konstruktiv elementlari
3. Karkaselementlarining birikishi va konstruktiv tugunlari.
Tayanch so‘zlar: Karkas, ko‘p qavatli jamoat binolarida unifikatsiyalangan, jamoat
binolarining karkas ustunlari, unifitsiyalangan karkasla, temir beton rigelning
ustunlarga tayanishi. poydevorlar, ustunlar, devor-diafragmalari, rigellar va yopma
panellari.
Ko„p qavatli jamoat binolarida unifikatsiyalangan ramali-bog‟lamali va
bog‟lamali yig‟ma temirbeton karkas quyidagi elementlardan iborat: poydevorlar,
ustunlar, devor-diafragmalari, rigellar va yopma panellari.
Karkas ustunlari ostidagi poydevorlar stakan ko„rinishida xamda lentali quyma
devor-diafragma ko„rinishida qilinadi. Rejaviy setkasi 6x6 m bo„lgan 1-4 qavatli
jamoat binolarining karkas ustunlari odatda barcha qavatlar uchun 300x300 mm dan
ko„p bo„lmagan kesimga ega bo„ladi, 5-12 qavatli binolar uchun - 400x400 mm.
Yiriklashtirilgan, rejaviy setkasi bo„lgan binolar uchun (9x9, 12x12m) ustunlar
600x600 mm kesimga ega bo„ladi. Ustunlar yig‟ma elementlardan qilinadi, ularning
o„lchami ikki va bir tomonli konsollari bo„lgan o„rta va chetki tayanch qatorlari
uchun bir yoki ikki qavatda bo„ladi. Ustunlarning yig‟ma elementlari qavatlarning
3,3; 3,6; 4,2 m balandlikka xamda yiriklashtirilgan setka uchun qushimcha 4,8 va 6 m
ga mo„ljallangan. Erto„la va texnik qavatlarda 2,9 va 2,4 m li elementlar ko„zda
tutilgan. Ko„p qavatli binolarning quyi qavatlaridagi ustunlar elementlarida po„lat
o„zaki o„rnatiladi. Unda yong‟in paytida yuqori xarorat ta‟siridan muxofazalash
uchun beton qatlami 6-8 sm bo„ladi. Po„lat o„zaklarning yuqori qavatlardagi va pastki
qavatdagi o„lchamlarini bir xil saqlashga imkon beradi.
Balandlik bo„yicha ustunlar elementlarining bog‟lamlari xar bir elementning
yonlaridagi po„lat boshlari yordamida beton quyish va payvandlash yo„li bilan
amalga oshiriladi. SHuningdek, «quruq bog‟lam» deb yuritiladigan uslublar xam
qo„llaniladi, unda betonga kuchlanishni uzatish, armaturani avtomatik payvandlash
va ustun yonlari orasidagi joyni qattiqqorishma bilan yopish kerak bo„ladi
«Quruq bog‟lam»ning afzalligi metallni iqtisod qilish xamda
industrialligidadir. Montajning qulayligi uchun bu bog‟lam oraliq tom satxidan 0,6-1
m balandlikda joylashtiriladi.Ko„p qavatli binolarning po„lat karkas ustunlari keng ravoqli qo„shtavrlardan,
kvadratlardan qilinadi Po„lat ustunlarning bog‟lamlari boltlar yoki payvandlash
yordamida amalga oshiriladi.
Unifitsiyalangan karkaslarning bog‟lanish diafragmalari ustunlar bilan
payvandlash yordamida biriktiriladigan temirbeton devorlardan iborat bo„ladi.
Devorlarning yuqori qismida ravoq bo„ladi, bular devorlarning mustaxkamligini
oshirishga, metall sarfini kamaytirishga va tom konstruksiyalarini ravoqlarga
mindirishga imkon beradi Bog‟lanish devorlarining qalingligi bino qavatlariga
bogg‟ik ravishda 120,140,180 mm qabul qilinadi.
Unifikatsiyalangan karkaslarning rigellari ikki yoki bir (chetki qatorlar uchun)
ravoqli bo„lgan tavr kesimga ega bo„ladi. Rigellar balandligi prolyot kattaligiga
bog‟lik bo„lib 450 mm 900 mm ni tashkil etadi. Rigellar kengligi 400 va 600 mm
qilib qabul qilinadi. Rigellarni tayanish joylariga maxkamlash konsollardagi
birikishdetallariga va ustundagi detallarga payvandlangan po„lat plastina yordamida
amalga oshiriladi. Bu binoning barcha qavatlarida rigellarning ustunlar bilan
payvandini unifikatsiyalashga imkon beradi. Po„lat rigelning po„lat ustunga tayanishi
Quyidagi rasmda ko„rsatilgan.
40 - rasm.Temir betonrigelning ustunlarga tayanishi.
A-ikki konsolliustunlarga; B-bir konsolli ustunlarga;
1-ustun; 2-rigel; 3-nakladka (rыbka); 4-bog‟lovchi detal; 5-payvandlash
Jamoat binolari uchun oraliq tom va tom konstruksiyalari turar- joy binolari
uchun ishlatiladigan konstruksiyalar qo„llaniladi, ya‟ni qalinligi 120, 180, va 220 mm
bo„lgan ko„p bo„shliqli plitalar va qalinligi 140 va 160 mm xamda kengligi 1200 va
1500 mm bo„lgan keng plitalar ishlatiladi. Yiriklashtirilgan rejaviy setkasi bo„lgan
binolarning tomlari uchun 9m prolyotli qovurg‟ali panellar xamda 9 va 12 m
prolyotlar uchun «TT» tipdagi panellar qo„llaniladi Ustunlar orasidagi ramalarga
perpendikulyar yo„nalishida maxsus plita - rasporkalar quyiladi. Mustaxkam
gorizontal bog‟lovchi elementlar tusiqlar xisobidan tashkil qilinadi
Unifikatsiyalangan karkaslarni qo„llash bilan bir qatorda ko„p qavatli
binolarning ramali konstruktiv tizimlari bo„yicha yangi echimlarini ishlab chiqish va
izlanishlar olib borilmoqda. Bunday konstruksiyalardan biri ramali karkas bo„lib, u
xojli rama elementlari va konsoli N-shakldagi ramalardan yig‟ilgan bo„ladi. Karkas
elementlari, ustunlar va rigellarning birlashuv elementlari ularning balandligi va
prolyotlari o„rtasida joylashtiriladi, ya‟ni egiluvchan momentlari kam bo„lgan
joylarda. Yig‟ma ko„ndalang ramalar monolit bog‟lovchi rigel balkalari bilan ramalarga perpendikulyar yo„nalishda o„rnatiladi. Gorizontal tekislikda samoviy
mustaxkamlikni ta‟minlash tusiqlarni quyma beton orqali to„ldirish yo„li bilan amalga
oshiriladi. Ramali tizimlarning bunday ko„rinishi binolar shakllarining plastikligi va
echimlarning variatliligi uchun imkoniyat yaratadi.
8-MA’RUZA
MAVZUSI: Zamin va poydevorlar.
Reja:
1) Тabiiy va sun’iy zamin(asos)lar.
2) Asos sifatida foydalaniladigan gruntlar.
3) Poydevorlar va ularning konstruktiv yechimlari.
Тayanch iboralar: Sun’iy zamin, tabiiy zamin, grunt, xarsantosh, chaqirtosh,
qum, glina, butobeton, lentasimon poydevor, ustunsimon poydevor, yaxlit
poydevor, qoziq poydevor, poydevorning qo’yilish chuqurligi, cho’kish, o’ta
cho’kish, qoziq maydoni.
Poydevor binoning asosiy konsturktiv elementlaridan biri hisoblanib, u
binoning yer ustki qismidan tushayotgan og’irlikni asosga uzatib turadi. Binolar
podvalli bo’lsa, poydevorlar podval xonalarini o’rab turuvchi konstruksiya vazifasini
ham o’taydi.
Pyodevorlar har xil tashqi kuch va muhit ostida bo’ladi. Bu ta’sirlardan
asosiylari: butun binoning og’irligi, tuproq ko’tarilishi va muzlashidan hosil
bo’ladigan ta’sir kuchlari, seysmik ta’sirlar, tovush ta’siridan binoning titrashi,
o’zgaruvchan temperatura, namlik, ximiyaviy moddalar ta’siri, bakteriyalar,
zamburg’lar, hashorotlar ta’siri va h.
Bunday ta’sirlarga bardosh berishi uchun poydevorlar sutahkam, turg’un, uzoq
vaqtga chidamli, yer osti suvlari, kimyoviy va biologik moddalar ta’sir etmaydigan
bo’lishi lozim.
Poydevorlarni qurishda yog’och, xarsang tosh, xarsangtosh beton, beton va
temirbeton kabi materiallardan foydalaniladi.
Konstruktiv tuzilishi jixatidan bino qurilishida turli xil (10-rasm): lentasimon
tutash tasma polosa ko’rinishidagi, uzluksiz va uzlukli, aloxida turuvchi (ustunli
poydevor va ustun ostiga qo’yiluvchi ayrim tayanchlar xolidagi), qoziqoyoqli va
yaxlit (tekis yoki qovurg’ali) poydevorlar qo’llaniladi.
Poydevorni tepa yuzasi, ya’ni devor joylashadigan tomoni poydevor cheti
(obrez), ostki asosga tegib turuvchi tekisligi esa poydevor tagi deb ataladi.
Qurilish maydoni rejalangan satxdan poydevor tagigacha bo’lgan masofa
poydevorning yer ostki chuqurligi deb ataladi. Bu chuqurlikning qancha bo’lishini
belgilashda uning asos qavati chuqurligiga mos kelishini va tuproqning muzlash
chuqurligini hisobga olish kerak.Agar asos nam, mayda zarrali tuproqdan (mayda yoki changsimon qum,
tuproq, sog’ tuproq) iborat bo’lsa, unda poydevor, tagi tuproqning muzlash chuqurligi
satxidan yuqorida bo’lmasligi kerak.
Isitiladigan bino ichki devorlari poydevorining yer ostki chuqurligi tuproqni
chuqurligiga bog’liq bo’lmasdan, u yer satxidan yoki podval poli satxidan 0,5 m
chuqurlikda olinadi.
Poydevorlar tashqi kuch ta’siriga chidamliligi jixatdan bikr (ularning materiali
faqat siqilishga chidab, egilishga chidamaydi) yoki egiluvchan (asosan egilishga
chidaydi) bo’lishi mumkin.
Bikr poydevorlarda tabiiy xarsang tosh, xarsang tosh beton, beton ishlatiladi.
Egiluvchan poydevorlarda asosan temir-beton ishlatiladi.
rasm. Poydevorlarning konstruktiv sxemalari:
a – ko’taruvchi devor ostiga quriladigan yaxlit lentasimon;
b – ustunlar ostiga quriladigan lentasimon poydevor;
v – devor ostiga o’rnatiladigan aloxida turuvchi poydevor;
g – ustun ostiga o’rnatiladigan aloxida turuvchi poydevor;
d – qovurg’asiz yaxlit poydevor;
ye – qovurg’ali yaxlit poydevor;
j – qoziq oyoqli poydevor.Lentasimon poydevorlar balandligi 12 qavatgacha bo’lgan karkassiz sxemali
turar-joy binolarida keng ko’lamda qo’llaniladi. Lentasimon poydevorlar ko’rinishi
va profiliga ko’ra ko’pgina xollarda to’g’ri burchak shaklida bo’ladi (11-rasm).
Kengligi poydevor materialiga bog’liq bo’lib, devorning kengligidan ikki tomonga
50-150 mm gacha chiqariladi. Poydevor plani va kesimidagi ko’rinishi, hamda
o’lchamlari shunday tanlanishi kerakki, bunda bosim kuchi asosga bir tekisda
taqsimlanadigan bo’lishi kerak. Poydevorlarning ko’rinishi va o’lchamlari uning
materialiga, binoga tushayotgan yuk miqdoriga, tuproq sifatiga, yer osti suvlari,
tuproqning muzlash chuqurligi va iqlim sharoitiga bog’liq bo’ladi.
Poydevorning yuk ko’tarish qobilyatini oshirish va binodan tushayotgan kuch
bosimini tuproqqa tekis o’tkazish maqsadida poydevor tag qismi kengaytirilib,
trapetsiya shakliga keltiriladi. Тrapetsiya yon tomonining og’ish burchagi asosda bino
og’irligidan hosil bo’ladigan bosimning tarqalish burchagiga to’g’ri keladi. Хarsang
tosh va xarsang tosh-beton poydevorlar uchun bu burchak 27 dan 330 gacha, beton
poydevorlarda esa 450
ga teng. Ammo bu ko’rinishdagi poydevorni o’rnatish ancha
murakkab bo’lgani uchun amaliyotda poydevor tagi kengligi xisobiy kenglik
bo’yicha olinib, to’g’ri burchakli ko’rinishda yoki pog’onali qilib quriladi. Pog’onalar
eni 20-25sm gacha, balandligi esa 40-50 sm dan kam bo’lmasligi kerak.
46-rasm. Lentasimon poydevorlarning ko’rinishi va tuzilishi:
1 – poydevor cheti; 2 – poydevor devori; 3 – poydevor yostig’i.
Lentasimon devorlar yig’ma va quyma xolida bo’lishi mumkin. Quyma
poydevorlarni xarsang toshdan, xarsang tosh-betondan va temir-betondan tayyorlash
mumkin. Хarsang tosh poydevorlarning kengligi kamida 0,5-0,6m, pog’onalari
balandligi 0,5m, eni 0,15m dan 0,25m gacha qilib olinadi va uni terishda murakkab
qorishma (sement-qum) ishlatiladi.
Хarsang tosh-beton poydevorlar klassi V 7,5 dan kam bo’lmagan beton
yordamida quyilib, unga betonni tejash maqsadida, o’lchamlari poydevor enidan uch
baravar kichik bo’lgan xarsang toshlar 50% gacha qo’shib yuboriladi.
Хarsang tosh va xarsang tosh-beton poydevorlar qurish ko’p mehnat talab
qilish sababli iqtisodiy jihatdan nomaqbul, u tosh material ko’p bo’lgan joylardagina
qo’llaniladi.
Iqtisodiy hamda mehnat sarfi jixatidan ancha qulay bo’lgan lentasimon yig’ma
beton va temir-beton poydevorlar zavodlarda tayyorlangan poydevor elementlaridan
teriladi va ularni har qanday obi-havo sharoitida ham o’rnatish mumkin. Lentasimon
yig’ma poydevorlar poydevor yostiq blokdan (qalinligi 300 va 400 mm, eni 1000 dan
2800 mm gacha, uzunligi 1180 mm dan 2390 mm gacha) hamda poydevor devori
blokidan (eni 300, 400, 500 va 600 mm, balandligi 580 va uzunligi 780 va 2380 mm)
iborat bo’ladi. Poydevor yostiq bloklar qumli asoslarda to’g’ridan-to’g’ri asosga,
boshqa hollarda esa shibbalab oldindan mustaxkamlangan (qalinligi 100-150 mm
qilib to’kilgan shag’al-qum) asosga o’rnatiladi. Poydevor bloklari “0-6-12” kabi
markalanib, bu yerda 6 soni poydevor eni, 12 esa poydevor uzunligini (dm da)
ifodalaydi. Podval devori bloklari yaxlit (SB) va ichki kovakli (PB) qilib ishlab
chiqariladi. Kovakli bloklar beton materialini 40% gacha tejash imkonini beradi va
ichki devorlarda ishlatiladi. Ularni asos tuprog’i suvga yaqin bo’lmaganda tashqi
devor poydevorida ham ishlatsa bo’ladi. Bunday bloklar tejamliligi sababli hozirgi
vaqtda tobora ko’proq ishlatilmoqda. Poydevorlarda beton materialini tejash va
poydevor yostiq bloki mustaxkamligidan to’liq foydalanish maqsadida bloklar birbiridan 0,3-0,5 m masofada joylashtirilib, uzlukli poydevorlar hosil qilinadi. Bunda
yostiqlar orasidagi bo’shliq qum-shag’al bilan to’ldiriladi. Bunday poydevorlar quruq
va mustaxkam yerlarda, kam qavatli bino ostiga ishlatiladi. Yirik panelli binolarda
yig’ma poydevorlar trapetsiyasimon yostiq blok va ichki hamda tashqi sokol
panellaridan iborat bo’ladi. Loyihalanayotgan bino podvali isitilishi yoki
isitilmasligiga ko’ra tashqi sokol paneli issiqlik saqlaydigan (bir va uch qavatli)
hamda issiqlik o’tkazadigan panellardan iborat bo’lishi mumkin. Ichki sokol
panellarida ko’p xollarda podval xonalaridan bir-biriga o’tishi uchun eshik o’rni va
injenerlik inshootlari o’tkazish uchun qoldirilgan tuynuklar bo’lishi mumkin (47-
rasm).
Yirik panelli va xajmiy blokli binolar qurilishida poydevorlarning yangi
konstruktiv yechimlaridan ham foydalaniladi. Bunda gorizontal holda asosga
o’rnatilgan katta o’lchamli element, ya’ni qalinligi 300 mm va uzunligi 3,5 m bo’lgan
temir-beton plita ustiga qalinligi 240 mm, katta teshiklari bo’lgan roskossiz (og’ma tirgovichsiz) ferma shaklidagi, balandligi podval balandligiga teng bo’lgan panel
qo’yilib, ular poydevorlar yordamida tutashtiriladi (13-rasm).
Ma’lum qiyalikka ega bo’lgan joylarda poydevorlar devori binoning uzunasi
bo’ylab pog’onali qilib olinadi, bunda pog’ona balandligi 0,5 m gacha, pog’ona eni
esa kamida 1,0 m bo’lishi kerak.Binoning yonma-yon turgan va masalan, har xil balandlikka ega bo’lgan ikki
qismining bir-biriga ta’sir etmasin uchun quyma lentasimon poydevor qo’yishda
ajratuvchi tirqish qoldirilib, u yerga tol bilan o’ralgan yog’och taxta qo’yib ketiladi.
Agar yig’ma poydevor ishlatilsa, u xolda bino poydevoridagi yoriq poydevor bloki
vertikal chokini bir chiziqda bo’lishi orqali ta’minlanadi.
Alohida turuvchi poydevorlar asos tuprog’i yetarlicha mustaxkam bo’lgan
joylarda, kam qavatli binolar qurilishida, ko’p qavatli karkasli binolarda (poydevor
chuqurligi 4-5 m bo’lgan binolarda) hamda podvalsiz binolarda lentasimon poydevor
ishlatilishi iqtisodiy jihatdan nomaqbul bo’lganda ishlatiladi.
Alohida turuvchi ustunli poydevorlar oralig’idagi masofa 2,5-3,0 m atrofida,
tuprog’i pishiq bo’lgan asoslarda esa 6,0 m gacha bo’lishi mumkin (47-rasm).
Aloxida turuvchi ustunli poydevor ustiga poydevor to’sini qo’yiladi. Uning ostiga esa
0,5-0,6 m qalinlikda qum to’shaladi (tuproq muzlashi natijasida ko’pchish ta’sirini
kamaytirish maqsadida). Poydevor to’siniga terilgan g’ishtin devor o’zini-o’zi
ko’tarib turuvchi devor hisoblanadi.
Aloxida turuvchi ustunli poydevor konstruksiyalari zavodlarda tayyorlangan
trapetsiyasimon temir-beton yostiq (plita hamda stakan tipidagi ustun osti poydevor
bloki) dan iborat bo’ladi yoki uni g’ishtdan, xarsang tosh-betondan ham terish
mumkin.
Yaxlit poydevorlar asos tuprog’i bo’sh, bino og’irligidan tushayotgan bosim
normada ko’rsatilganidan katta bo’lgan hollarda quriladi (15-rasm). Bunday beton
yoki temir-beton poydevorlar binoning ostki yuzasiga teng qilib olinadi va unga
tashayotgan yuk asos yuzasi bo’yicha baravar taqsimlanishi hamda uni bikrligini
oshirish maqsadida poydevor plitasida bir-birini kesib o’tgan qovurg’alar chiqariladi.
Qovurg’alar pastga yoki yuqoriga qaratilgan bo’lishi mumkin. Qovurg’alar tutashgan
joyga karkas ustuni tayanadi. Yaxlit poydevorlar chuqur joylashgan paytda ularning
bikirligini ta’minlash maqsadida qovurg’alar orasi va podval yopmasi oralig’i
qutisimon qilib loyihalanadi. Bunda hajmiy poydevor qutilaridan garaj sifatida
foydalanish mumkin.
Qoziqoyoq
poydevorlar
asos tuprog’i bo’sh va
siqiluvchan yerlarda, poydevor
qurish
ham texnik, xam
iqtisodiy jihatdan muvofiq
bo’lmagan paytda ishlatiladi
(16-rasm).
Qoziqoyoq
poydevorlarning asosiy
elementlari zaminga
qoqib
kiritiladigan
qoziq, yig’ma
kallaklar va rostverk to’sinidan
iborat bo’ladi. Qoziqlar temirbeton, beton, yog’och va po’lat kabi materiallardan tayyorlanadi. Ularni yerga
bolg’alar yordamida qoqib yoki burab kiritiladi, oldindan burug’langan quduqlarga
beton quyish yordamida ham xosil qilinadi.Qoziqlarni qoqishda maxsus kopyorlar (to’qmoq)dan, titratib bosib kiritadigan
mashinalardan foydalaniladi. Qoziqlar to’g’ri burchakli (250x300 mm), kvadrat
(250x250 mm), (400x400 mm) yoki doira (400-700 mm) shaklida, uzunligi esa 3-6 m
gacha bo’lishi mumkin.
Qoqiladigan qoziqlar temir-betondan, metalldan, yog’ochdan yasaladi. Saqich
yoki qoramoy surtilgan yog’och qoziqni namlik va temperatura kam o’zgaradigan
sharoitda ishlatish mumkin.
Quyib tayyorlanadigan qoziqlar oldindan burg’ilangan quduqlarga beton quyib
yoki temir-beton ustun o’rnatilib, atrofiga sement-qum qorishmasi to’ldirilib
tayyorlanadi. Bunda quduqlarning ostki qismini portlatish orqali kengaytirish ham
mumkin.
Binodan tushayotgan vertikal yukni tuproqqa uzatish usuliga ko’ra qoziqlar
“ustun” qoziq va “osma” qoziq turlariga bo’linadi. Ish jarayonida qoziqlar yumshoq
tuproq qatlamidan o’tib, qattiq tuproqqa tayanib turgan bo’lsa, bunday qoziq “ustun”
qoziq, agar qoziq qattiq tuproq qatlamiga yetmasdan, binodan tushayotgan vertikal
yukni qoziq sirti bilan tuproqning ishqalanish kuchi orqali ko’tarib turgan bo’lsa,
bunday qoziq “osma qoziq” deb ataladi.Binoning konstruktiv sxemasi va qoziqning ko’tarish qobilyatiga ko’ra
qoziqlarni bir qator va bir necha qator qilib joylashtirish mumkin.
Тemir-beton va metall qoziqlarning yuqori qismini bir-biri bilan quyma yoki
yig’ma temir-beton rostverkalar yordamida tutashtiriladi. Yog’och qoziqlar
rostverkalari yog’ochdan bo’ladi.
Qoziqoyoq poydevor lentasimon poydevorlardan narxiga ko’ra 32-34%, beton
xarajatiga ko’ra 40%, tuproq ishlariga ko’ra 80% tejamli hisoblanadi. Bunda
binoning umumiy narxi 1-1,5% ga, mehnat sarfi 2% ga, beton sarfi esa 3-5% ga
kamayadi. Ammo metall sarfi xar 1m2
uchun 1-3 kg ga oshadi.
Yer qimirlashi mo’’tadil bo’lgan rayonlarda uzunligi bo’yicha qismlarga
ajratilgan binolar poydevorining chuqurligi bir xil satxda bo’lishi mumkin.
Ko’taruvchi tosh devorlar poydevori iloji boricha lentasimon bo’lishi zarur. Agar
qoziqoyoqli poydevor ishlatilsa, u xolda “ustun” qoziqoyoq poydevor turi
qo’llaniladi. Karkasli binolar ustunlari ostida yig’ma yoki quyma temir-beton
poydevorlar ishlatilib, ular o’zaro poydevor to’sinlari bilan bog’langan bo’lishi kerak.
9 - MA’RUZA
MAVZUSI: Poydevorlar va ularning konsтrukтiv yechimlari.
Reja
1.Poydevorlarga qo’yiladigan talablar.
2. Poydevorlarning konstruktiv yechimlari.
3.Poydevorlarni grunt suvlaridan himoyalash.
Тayanch iboralar: Sun’iy zamin, tabiiy zamin, grunt, xarsantosh, chaqirtosh,
qum, glina, butobeton, lentasimon poydevor, ustunsimon poydevor, yaxlit
poydevor, qoziq poydevor, poydevorning qo’yilish chuqurligi, cho’kish, o’ta
cho’kish, qoziq maydoni.
Тurar-joy va jamoat binolarining yer ostki qismlari podvali, texnik yerto’lali va
podvalsiz turlarga bo’linadi.
Binoning podval qismida har xil yordamchi xonalar bo’lib, ularda binoni
normal ekspluatatsiya qilishga yordam beradigan uskunalar joylashadi.
Hozirgi paytda binolarni isitish sxemasi markazlashtirilganligi tufayli podvalli
binolar soni kamayib bormoqda.
Injenerlik tarmoqlari va bino ichidagi aloqa kommunikatsiyalari texnik
yerto’lalarga o’rnashtiriladi.
Binoning podval devorlari odatda podvalsiz bino poydevori materiali bilan bir
xil bo’ladi. Ular tuproqning gorizontal bosimiga yetarlicha bardosh beruvchan,
podval isitiladigan binolarda esa issiqlikni saqlash xususiyatlariga xam ega bo’lishi
kerak. Podval xonalarni shamollatish va yoritish uchun yer satxidan pastda
joylashgan deraza o’rnatiladi va o’z navbatida deraza oldida maxsus chuqur
(priyamka) qoldiriladi.
Podval qavati xonalariga bino ichidan, ya’ni zina katagida joylashgan yoki
bino tashqarisida joylashgan, aloxida chuqurga o’rnatilgan bir marshli zinalar orqali
kiriladi. Chuqurning tepa qismi yopmalar yordamida yoki yondosh qurilgan bino
bilan o’ralib, yog’in-sochindan muxofaza qilinadi (57-rasm).
Poydevorlar yerto’la, podval devorlari va zaminga tegib turadigan boshqa
konstruksiyalar asosdagi namlik hisobiga zax tortadi. Bunday konstruksiyalarni
kapillyar namlikdan asrash uchun poydevorlarga gorizontal va vertikal
gidroizolyatsiya qatlamlari qo’yiladi. Ular yopishtiriladigan material (ruberoid,
gidroizol, izol, shisha mato, shisha kigiz) qatlami va bo’yoq parda va suvoq (sement
qorishma, asfalt va boshqa bitumli materiallar) bo’lishi mumkin (18-rasm).
Podvalsiz binolarda devorning poydevor bilan tutashgan qismiga gorizontal
gidroizolyatsiya sifatida qalinligi 20-30mm sement-qum qorishma (tarkibi 1:2) yoki
ikki qavat ruberoid, gidroizol yoki nam o’tkazmaydigan boshqa material bitumli mastikada yotqiziladi. Bulardan tashqari, 25-30mm qalinlikda asfalt to’shama bilan
ham devorni gidroizolyatsiya qilish mumkin. Gorizontal gidroizolyatsiya binoning
birinchi qavat poli betonining satxi bilan baravar va bino atrofiga ishlangan otmootka
satxidan 15-20 sm balandda joylashadi. Ichki poydevorlarda gorizontal
gidroizolyatsiya poydevorning tepa yuzasiga joylashtiriladi.
Podvalli binolarda gorizontal va vertikal gidroizolyatsiyadan foydalaniladi.
Gorizontal gidroizolyatsiya devor g’ishtlarini yoki mayda bloklarini terganda qatorlar
orasiga rulonli materiallardan lenta tarzida bitumli mastika yordamida yotqiziladi.
Gidroizolyatsiyaning birinchi qatlami podval poli bilan bir tekislikda, ikkinchi
qatlami esa birinchi qavat poli plitalari ostida joylashgan bo’ladi.
57-rasm. Podval qavati xonalariga kirish: 1 – beton qatlami; 2 –
zichlashtirilgan qum yostiq; 3 – temir-beton plita; 4 – ustun; 5 –to’sin; 6 – o’rab
turuvchi g’isht devor; 7 – tirgovich devor; 8 – zina; 9 – podval usti ora yopmasi.
Vertikal gidroizolyatsiya podval devorlarining sirtqi yopmasi va qavatlararo
ora yopmasiga bo’linadi.Gidroizolyatsiya turlarini tanlash ko’proq namligiga, yer osti suvlarining
satxiga bog’liq bo’ladi. Quruq tuproqli yerda issiq bitumni poydevor yuzasiga ikki
qayta surtish bilan chegaralanish mumkin. Nam tuproqli yerda esa podval devori sirti
mayin sement qorishmasi yoki sement oxak qorishmasi bilan suvoq qilinib, ustidan
issiq bitum ikki qayta surkab chiqiladi yoki ikki qavat rulon material yopishtiriladi.
Yopishtirilgan gidroizolyatsiya qatlami shikastlanmasligi uchun ular g’ishtin devor
bilan himoyalanadi (58-rasm).Binoning yer ostidagi qismlarini yog’in-sochin ta’siridan himoyalash uchun
tashqi devorlar atrofiga nishobi binodan chetga qaratilgan yo’lka-otmostka qilinadi.
Otmostkalar suv o’tkazmaydigan materiallardan, ya’ni asfalt, asfalt – betondan yoki yig’ma temir-beton plitalardan to’shalishi mumkin. Ularning eni kamida 0,5m,
nishabi 2-3% qilib olinadi.
10 – MA’RUZA
MAVZU: Тashqi devorlar va ularning konstrukтiv elementlari
Reja:
1) Devorlarning klassifikatsiyasi.
2) Devorlarning konstruktiv yechimlari.
3) Devorlarning me’moriy-konstruktiv elementlari.
Тayanch iboralar: Тashqi devor, ichki devor, ko’ndalang devor, bo’ylama devor,
yuk ko’taruvchi devor, o’z-o’zini ko’taruvchi devor, yuk ko’tarmaydigan devor,
bir jinsli devor, bir jinsli bo’lmagan devor, bir qatlamli devor, ko’p qatlamli
devor, peremichka, pilyastra, kontrfos, rizalit, raskrepovka, balkon, lodjiya,
erker.
Devor binoning asosiy konstruktiv elementlaridan biri bo’lib, u tashqi muxit
ta’siridan himoyalashdan tashqari ko’p xollarda o’ziga qo’yilgan qavatlararo yopma
va tom og’irligini ko’tarish vazifasini ham bajaradi. Bining bu elementi turli-tuman
tashqi kuchlar va tashqi muxit ta’siri ostida bo’ladi. Devorlar o’z xususiy og’irligini,
tom va qavatlararo yopmalardan tushadigan doimiy va vaqtinchalik yuklarni, shamol
kuchi ta’sirini, asosning notekis cho’kishidan xosil bo’lgan deformatsiyalarni, zilzila
kuchlari va boshqalarni qabul qiladi. Devorlar tashqi tomondan quyosh radiatsiyasi,
yog’in-sochin, o’zgaruvchan temperatura va havo namligi, shovqinlar, ichki
tomondan esa issiqlik oqimi, suv bug’i, shovqin kabi ta’sirlar ostida bo’ladi. Shuning
uchun xam bino loyixasini yaratishda devorlarning joyi, ularning konstruktiv sxemasi
va turini tanlashga katta e’tibor beriladi. Bino devorlari vazifasiga ko’ra quyidagi
asosiy talablarga javob berishi kerak, mustaxkam, turg’un, fazoviy bikr bo’lishi, bino
klassiga to’g’ri keluvchi olovbardoshlik darajasiga mos, xona ichida ma’lum
temperatura va namlik rejimini ta’minlash, tovushdan yetarli darajada izolyatsiya
qilishi, o’rnatilishida texnologik va industriallikka ega, tejamli va arzon bo’lishi, uni
qurishga mexnat kam sarflanadigan bo’lishi, arxitektura talablariga javob berishi
lozim. Тashqi devorlarda odatda bino ichini tabiiy yoriqlik bilan ta’minlash uchun
deraza o’rni, xonaga kirish va balkon hamda ayvonlarga chiqish uchun eshik o’rni
qoldiriladi. Deraza va eshik o’rnatilgan devorlar ham o’z navbatida yuqoridagi
talablarga javob berishi kerak. Тashqi devorlar va ular bilan birgalikda binoning
boshqa elementlarini bino qurilayotgan joyning tabiiy-iqlim va geologik shartsharoitlariga hamda xajmiy rejalashtirish yechimlarini xisobga olgan xolda vertikal
deformatsiya choklari orqali qismlarga ajratiladi. Deformatsiya choklari: temperatura
(choklari), cho’kish xamda zilzilaga
qarshi choklari kabi turlarga
bo’linadi.Тemperatura choklari devorlarda o’zgaruvchan temperatura ta’siridan xosil
bo’ladigan yoriq va qiyshayishlarni oldini olish uchun qoldiriladi va ularning oraliqlari bino quriladigan joy iqlim-sharoiti va devor materialining fizik-mexanik
xususiyatlariga qarab g’ishtin binolarda 40m dan 100 m gacha, yirik panelli binolarda
75 m dan 150 m gacha olinadi. Bulardagi kichik masofa qattiq iqlim sharoitli yerlarga
tegishli bo’ladi. Choklar tirqishi kamida 20 mm bo’lib, ular ikki tomondan issiqlik
izolyatsiyasi yordamida bekitiladi. Bunda choklar poydevorni kesib o’tmaydi.
Cho’kish choklari bino balandligi har xil bo’lgan xollarda, hamda asos tuprog’i
cho’kishi mumkin bo’lgan yerlarda qo’yiladi. Bunday choklar poydevorni xam kesib
o’tishi bilan temperatura choklaridan farq qiladi. Zilzilaga qarshi choklar bino rejalari
murakkab shaklga ega bo’lganda yoki binolar yonma-yon turgan qismlarining pastbalandligi bir-biridan 5 m va undan ortiq farq qiladigan hollarda qoldiriladi. Zilzilaga
qarshi choklar binoni butun balandligi bo’yicha ikki qismga ajratadi. Agar cho’kish
choklari zilzilaga qarshi choklar bilan to’g’ri kelib qolsa, bu choklar bir-birining
vazifasini bajarishi mumkin. Devorlar tosh (tabiiy va sun’iy tosh devorlar), yog’och,
tuproq va sintetik materiallardan qurilishi mumkin. Ishlash xarakteriga ko’ra devorlar
yuk ko’taruvchi, o’z og’irligini ko’taruvchi va osma devor bo’lishi mumkin. Yuk
ko’taruvchi devorlar xonani tashqi muxit ta’siridan himoyalabgina qolmay, balki
yuqorida joylashgan konstruksiyalar, jihozlar, mebellar va shu kabilardan tushadigan
og’irlikni ham ko’tarib turadi. O’z og’irligini ko’tarib turuvchi devor konstruktiv
sxemasida esa tom yopmasidan tushgan vertikal yuklarni ustunlar qabul qiladi.
Devorlar bu xolda xonani tashqi muxit ta’siridan himoya qiluvchi vazifasini bajaradi.
Bunday devorlar shamol ta’siridan hosil bo’ladigan gorizontal ta’sir kuchlarni qabul
qilib, karkas konstruksiyasiga, ya’ni to’sin va ustunga uzatib beradi. Bunday devorlar
faqat o’zidan yuqorida joylashgan devor og’irligini ko’tarib turadi. Osma (karkas
ustunlariga osilgan) devorlar xonani tashqi muxit ta’siridan himoyalovchi vazifasini
bajaradi.
Devorlar konstruksiyasi va terilishiga ko’ra quyidagilarga: mayda donali tosh
elenmentlar (g’isht, sopol, blok, mayda blok)dan terilgan; yirik toshlar (yirik
bloklar)dan terilgan; quyma va yig’ma devorbop panellardan yoki hajmiy bloklardan
terilgan devorlarga bo’linadi. Aloxida toshlar oralarini qurilish qorishmalari bilan
to’ldirib hosil qilingan devor toshdan terilgan devor deb ataladi.
Devorlarning normal ishlashi va yaxlitligini ta’minlash uchun toshlarni terishda
choklarga ajratuvchi ma’lum qoidalarga rioya qilinadi (63-rasm). Devorlarni terishda
vertikal choklar bir-biriga to’g’ri kelmasligi kerak. Vertikal choklarning bunday
bekitib ketilishi bog’lanish deb ataladi.
Ustunlar va devorning derazalar oralig’idagi qismini terishda choklarni
bog’lashning ana shu sistemasi qo’llaniladi.
G’ishtin devorli binolarning zilzilaga chidamliligini oshirish uchun bir necha
xil tadbirlar qo’llaniladi. Bunda binoning turg’unligi va fazoviy bikrligi qavatlararo
yopma va tom yopmasi tekisligida devorlar ustidan bo’ylama va ko’ndalang o’rnatilgan zilzilaga qarshi quyma yoki yig’ma temir-beton armatura uzluksiz bo’lishi
kerak. Bu belbog’lar armaturalari o’z navbatida devorlar orasidan chiqarilgan temirbeton ustunchalarning po’lat armaturalari yordamida o’zaro bog’lanib, fazoviy karkas
hosil qiladi.
Bino devori konturi bo’yicha ilingan quyma temir beton ora yopma o’rnatilgan
bo’lsa uning tekisligida zilzilaga qarshi belbog’lar qo’yilmasa xam bo’ladi. Zilzilaga
qarshi belbog’ devorning butun eni barovarida o’rnatilib, balandligi kamida 150 mm
bo’lishi kerak. Devor qalinligi 500 mm va undan katta bo’lsa, belbog’ enini devor
enidan 100-150 mm kichik olish mumkin.
63-rasm. G’ishtin devorlar terish usullari:
a – ikki qatorli; b – olti qatorli;
1 – ko’ndalang g’ishtlar; 2 – uzunasiga
yotqizilgan g’ishtlar.
O’z navbatida, har bir qavat uchun g’ishtin bino devorlarining balandligi,
zilzila kuchi 7, 8 va 9 balli rayonlarda tegishlicha 5, 4 va 3, 5 m dan oshmasligi
kerak. Agar devorlar armaturalar yordamida yoki ularga temir-beton kiritilib
kuchlantirilsa, qavat balandligini yuqorida keltirilgan zilzila kuchiga muvofiq 6,5 va
4,5 m ga yetkazish mumkin.
Suvalmaydigan devor sirtidagi g’ishtlar orasidagi vertikal va gorizontal
choklarga maxsus moslamalar yordamida pardoz beriladi. Bu moslamalar choklarga
bo’rtgan, botiq, tekis va ochiq chok shaklini beradi. Suvaladigan sirtlarda g’ishtlar
orasidagi choklar 10-15 mm chuqurlikda bo’lib, bu suvoq bilan devorning yaxshi
bog’lanishini ta’minlaydi (64-rasm).
Yaxlit g’ishtlardan terilgan devorlarning asosiy kamchiligi hajmiy og’irligi va
issiqlik o’tkazuvchanligining kattaligidir. Shunga asosan o’rta iqlimli mintaqalarda
tashqi devorlar 2,5 g’isht qalinligida olinadi. Bu esa binoning og’irligi katta
bo’lishiga va poydevorni qo’shimcha kattalashtirishga olib keladi. Bunday rayonlarda
devor qalinligini va og’irligini kamaytiruvchi, issiqlik o’tkazuvchanligi kam bo’lgan
ichki kovak g’ishtlarni (kovaklari ochiq yoki bir boshi ochiq) ishlatish maqsadga muvofiqdir. Shu maqsadda ichi g’ovak g’ishtlar bilan birgalikda zichligi 1400-1800
kg/m3
bo’lgan yengil g’ishtlar ham ishlatiladi. Bunday g’ishtlar loyiga kuydirish
jarayonida yonib ketadigan va o’rnida bo’shliq hosil qiladigan to’ldiruvchilar
aralashtirib qoriladi. Choklar bog’lanishi og’irlik kuchining tekis taqsimlanishini va
devorni tashkil etuvchi hamma toshlar birgalikda ishlashini ta’minlaydi. Тosh
devorlarni tiklashda yirik blok va devorbop panellarni o’rnatishda oxak sementli,
sement tuproqli yoki sementli qorishmalar ishlatiladi. Quyma devorlar yoki betonni
maxsus qoliplarga quyib tayyorlanadi. Qoliplar devor ma’lum balandlikka yetgandan
so’ng yuqoriga surib boriladi.
64-rasm. G’ishtin devorlardagi choklarni
pardozlash:
a – ochiq chok; b – tekis chok;
v – bo’rtgan chok; g – botiq chok;
d – gorizontal chokni pardozlash.
G’ishtin devorlar
64-rasm. Sopol g’isht:
a – yaxlit; b – ye – ichi kovak;
ikki boshi ochiq dumaloq kovakli (b),
kvadrat kovakli (v), to’g’ri burchak
kovakli (g), bir tomoni berk ikki kovakli
(ye) g’ishtlar.
G’isht asosiy devor materiallaridan biri hisoblanib, hozirgi turar-joy va jamoat
binolarining 40 foizi g’ishtlardan tiklanadi. G’ishtli binolarga me’moriy va badiiy
ko’rinish berishda katta imkoniyatlar bor. G’isht devorlar pishirilgan va silikat
g’ishtlardan bunyod qilinadi. Standart g’isht o’lchami 250x120x65 mm qalinlashtirilgan g’isht o’lchami 250x120x88 mm ga teng bo’ladi. Bulardan tashqari
markasi 75, 100, 125, 150, 200, 250 bo’lgan sopol g’ishtlar ham bo’lib, bunday
g’ishtlar ichi kovak qilib tayyorlanadi, kovaklari ochiq yoki bir boshi ochiq
bo’shliqlardan iborat bo’ladi (64-rasm). Devor g’ishtlari bo’yiga va ko’ndalang
yotqizib terilishi mumkin. G’isht devor qalinligi 65, 120, 250, 380, 510, 640, 770 mm
va undan katta bo’lishi ham mumkin. G’ishtlarning ma’lum tartibda terilishi bog’lash
sistemasi deb ataladi:
G’ishtin devorlar tiklashda quyidagi bog’lash sistemalari (65-rasm)
qo’llaniladi:
- bir qatorli (zanjirli) bog’lash sistemasi – bunda ko’ndalang yotqizib terilgan
g’isht qatori bilan uzunasiga yotqizib terilgan g’isht qatorlari navbatlashib keladi.
Choklarni bog’lashning bu sistemasi, osonligi va devorning mustaxkamligi yetarlicha
bo’lishi bilan ajralib turadi, biroq bunda mehnat unumdorligi past bo’ladi;
-
ko’p (olti) qatorli bog’lash sistemasi - bunda besh qator uzunasiga
yotqizilgan qator ko’ndalang yotqizilib terilgan bir qator bilan navbatlashadi. Bu
sistema qo’llanilganda mehnat unumdorligi bir qatorli sistemadagiga nisbatan ancha
yuqori bo’lsada, ammo devorning mustaxkamligi 3-5 foiz pasayadi. balandligi 88
mm bo’lgan g’ishtlarni terishda to’rt qator uzunasiga yotqizilgan qator ko’ndalang bir
qator bilan navbatlashadi.
-
uch qatorli bog’lash sistemasida uzunasiga yotqizib terilgan uch qator
g’ishtlar ko’ndalang terilgan bir qator bilan navbatlashadi. Bu holda uchta qo’shni
qatorning vertikal choklari bir-biriga to’g’ri keladi. bino devori og’irligini
kamaytirish va sopol g’ishtlarni tejash maqsadida g’ishtlarning ma’lum bir qismi
issiqlik izolyatsiyasi katta bo’lgan yengil materiallar bilan almashtiriladi. orasiga
issiqlik o’tkazmaydigan material joylashgan yoki orasi bo’sh qoldirilgan devorlar
yengillashtirilgan devor deb ataladi (65-rasm). Bunday devor qurishda mehnat kam
sarf bo’ladi. Ana shunday devorlarning besh turi keng tarqalgan:
- diafragmali devor. Bunda g’ishtin devor uzunasiga joylashtirilgan ichki va
sirtqi qatlami oralig’idagi har besh qatordan keyin gorizontal holda (diafragma)
terilgan qator bilan bog’lanadi. devorlar orasidagi bo’shliqqa yengil beton, shlak yoki
issiqlik o’tkazmaydigan boshqa material to’ldiriladi. Bunday devorlar uch
qavatligicha bo’lgan binolarda ishlatiladi.
Bu vertikal diafragmalar vositasida tutashtirilgan ikki devordan iborat devorlar
orasidagi quduqchalarga yengil beton, shlak yoki issiqlik o’tkazmaydigan boshqa
material to’ldiriladi. quduqchalardagi shlak qatlami cho’kishining oldini olish uchun
xar 5-6 qatordan keyin ma’lum bir qalinlikda qorishma yotqiziladi, bunday devorlar
bir-ikki qavatli binolarda ishlatiladi;
- ankerli g’ishtin-beton devor oralig’i yengil beton bilan to’ldirilgan ikki qavat
devordan iborat bo’ladi. ko’ndalang yotqizilgan g’ishtlarning devorning ichki tomoniga turtib chiqqan uchlari beton qatlami orqali tashqi qator bilan bog’lanadi.
Bunday devorlar to’rt qavtgacha bo’lgan binolarda qo’llanadi;
- oralig’i bo’sh qoldirilgan yoki oralig’iga issiqlik o’tkazmaydigan material
joylangan devor. Bunday devorlar g’ishtini terganda choklar ko’p qatorli sistemada
bog’lanadi. Bunday devorlar besh qavatgacha bo’lgan binolarda qo’llaniladi;
- termovkladishli devor yarim g’ishtlardan bo’ylamasiga terilgan va bir-biriga
parallel ikki devordan iborat bo’lib, devorlar orasiga yengil yoki g’ovak beton bloklar
to’ldiriladi. to’rt va undan kam qavatli bo’lgan binorlarda ishlatiladi.
65-rasm. Yengillashtirilgan devor konstruksiyalari
a-ankerli g’isht-beton devor; b - orasi bo’sh qoldirilgan yoki penoplast plitalar
va boshqa materiallardan qo’yilgan devor; v - termovkladishli devor; 1 - issiqlik
o’tkazmaydigan to’ldirgich; 2 - issiqlik o’tkazmaydigan plitalar. quduqsimon devor.
Devor materiali sifatida g’ishtlar bilan bir qatorda sopol va mayda yengil beton
bloklar keng ko’lamda qo’llaniladi. Sopol blok toshlar mayin loydan quyiladi va ichi
kovak (7; 15; 21 va 29 kovakli) bo’ladi. (66-rasm). ularning o’lchamlari: oddiysi
250x120x133 mm; yiriklashtirilgani - 250x250x133 mm;modulli – 288x138x138 mm
bo’ladi.
Mazkur binolarning markasi 75-300, zichligi 1400 kgm3
ga teng bo’ladi.
Bunday sopol bloklarning g’ovaklari ochiq yoki bir tomoni berk bo’lishi mumkin va
ular g’ishtga nisbatan issiqlikni kam o’tkazadi. Shu sababli devor qalinligini
kamaytirishga imkon beradi. Ichi kovak sopol toshlardan devor qurishda choklar bir
qatorli sistemada bog’lanadi. Bunda toshlar kovaklarini yuqoriga qatorli sistemada
bog’lanadi. Bunda toshlar kovaklarini yuqoriga qaratib yotqiziladi. Тerilgan
bloklarning kovaklari issiqlik oqimiga nisbatan tik, ya’ni devor o’qi bo’ylab
joylanishi zarur. Ular ham kam qavatli, ham ko’p qavatli binolar uchun yaroqlidir.Yengil beton mayda bloklardan terilgan devor g’ishtin devorlardan yengilligi
va issiqlikni kam o’tkazuvchanligi bilan farq qiladi. Bu xususiyatlar devor qalinligini
qisqartirishga imkon beradi. O’lchamlari 390x190x188 mm bo’lgan uch kovakli
(ochiq yoki berk) yoki yaxlit bloklar ko’proq ishlatilib, uch qatorli sistemada teriladi
(67-rasm). sirtqi yuzasiga rang berilgan yoki naqshlar solingan bo’lib, ularni markasi
25-250 ga teng bo’ladi. Devor qurish ishlarini qo’lda bajarish mo’ljallangan xollarda
bloklarning massasi 32 kg dan ortiq bo’lmasligi lozim. Qurilishda boshqacha yengil
beton bloklar, ya’ni kovaklari tirqishsimon va bir boshi ochiq bo’lgan bloklar ham
uchrab turadi. Bunday bloklardan terilgan devorlar blok tirqishlari bir-biri bilan
tutashmaganligi va tirqishlardan havo almashinuvi bo’lmaganligi sababli uch kovakli
bloklardan terilgan devorlarga nisbatan iqtisodiy jihatdan samaralirov bo’ladi.
Bunda tirqishlar yuqori tomonidan yopiq bo’lib, bloklarni o’zaro bog’lash
uchun qorishma yaxlit toshlarni terishdagi kabi yoyiladi. Uch kovakli blokni
terishdagi qiyinchilik bu yerda uchramaydi.
Mexanik ishlov berish oson, g’ovak strukturaga ega va zichligi kam yengil tog’
jinslari bor rayonlarda bino devorlarini tabiiy toshlardan terish maqsadga muvofiqdir.
Тabiiy g’ovak toshlardan bloklar o’lchamlari yengil beton bloklar kabi, ya’ni
390x190x188 mm qilib arralab olinadi. Bu bloklarni terish ikki va uch qatorli
sistemada olib boriladi. Bu toshlarning tashqi ko’rinishi chiroyli bo’lganligi uchun
qo’yshimcha koshinlashga xojat qolmaydi.Noto’g’ri shakldagi ohaktosh, qumtosh va
boshqa zich tog’ jinslari bo’laklari xo’jalik binolari qurishda asosan xarsangtosh plita
sifatida ishlatiladi. Mahalliy devor materiallari orasida ma’lum darajada birikaan,
kuydirilmagan tuproqlardan qilingan devor materiallari tabiiy toshlar bilan bir
qatorda turadi. Bu materialdan asosan o’rmonsiz, quruq iqlimli va yoki uzoq bo’lgan
rayonlarda (O’rta Osiyo, Shimoliy Kavkaz, Qrim, Ukraina) uylar quriladi.Тuproq
materillaridan devorlar quyma (maxsus toshlar yordamida) yoki oldindan
tayyorlangan yig’ma tuproq bloklardan ko’tariladi. Bunday devorlarga to’ldiruvchisiz
toza loydan quyilgan xom g’ishtlardan, somonli loydan tayyorlangan xom
g’ishtlardan ko’tarilgan devorlar misol bo’lishi mumkin. Bunday materillarni suvga
chidamliligini oshirish uchun ularga ohak, saqich yoki karton qo’shiladi. Bunday
bloklar terrolitli deb ataladi. Тuproq bloklar terilgandan so’ng 5% gacha, quyma
devorlarda 18% xajmi kichrayishini nazarda tutish kerak.Тuproq bloklardan odatda
tashqi devor 1,5 blok, ichki devor esa 1 blok qalinlikda teriladi. Тuproq bloklar
odatda 380x185x120; 390x190x140; 330x160x120 mm o’lchamlarga ega bo’ladi.
Devorlarning ustivorligini ta’minlash uchun devor qalinligi kamida 50 sm bo’lib,
devor oralig’i (prolyoti) devor qalinligining 20 baravaridan oshiq bo’lmasligi kerak.
Тuproq blokdan qurilgan binolar unchalik chidamli bo’lmaydi.
11-MA’RUZA
MAVZU: Balkonlar, lodjalar va erkerlar. alohida тayanchlar
Reja:
1) Devorlarning klassifikatsiyasi.
2) Devorlarning konstruktiv yechimlari.
3) Devorlarning me’moriy-konstruktiv elementlari.
Тayanch iboralar: Тashqi devor, ichki devor,ko’ndalang devor, bo’ylama devor,
yuk ko’taruvchi devor, o’z-o’zini ko’taruvchi devor, yuk ko’tarmaydigan devor,bir
jinsli devor, bir jinsli bo’lmagan devor, bir qatlamli devor, ko’p qatlamli devor,
peremichka, pilyastra, kontrfos, rizalit, raskrepovka, balkon, lodjiya, erker.
Devorlarning bunday me’moriy-konstruktiv elementlarining qatoriga gorizontal
bo’linishlar hosil qiluvchi sokol, karniz (bo’g’ot), parapet hamda turli poyas
(belbog’)larni, shunindek vertikal bo’linish-larni hosil kiluvchi pilyastra, kontrforslar,
rizalit va raskrepovka (devorlarning ayrim qismlarida qalin qilish hisobiga chiqib
turgan joylari) larni (73-rasm) kiritish mumkin. Тashqi devorlardagi kirish eshiklari,
ularning ustidagi turli ko’rinishlarda qilinadigan soyabonlarni ham shular jumlasiga
kiritish mumkin.
Balkon - binoning tashqi devoriga bino tashqarisidan o’rnatiladigan konsol yoki
boshqa konstruksiya ustida yaratiladigan atrofi to’silgan maydonchadir (74 -rasm).
Balkonlar turar-joy binolarida yozgi xona vazifasini bajaradilar, yashovchilarga
anchagina qulayliklar tug’dirish bilan birga bino fasadining me’-moriy
kompozitsiyasini yaratishda muhim element hi soblanadilar, binoning badiiy qiyofasiga
turli-tuman ko’rinishlar berish imkoniyatini yaratadilar.
74 – rasm. Balkonlarning ko’rinishi: a - konsol konstruksiya ustidagi balkon;
b - maxsus ustunlarga tayangan balkon.
Balkon yuk ko’taruvchi konstruksiya, pol va to’siqdan tashkil topadi.
Balkonning yuk ko’taruvchi qismini hozirgi paytda asosan tashqi devorga bir
tomoni bilan qistirib mahkamlanadigan yig’ma temirbeton plitalardan qilinmoqda.
Balkon plitasining devorga qistirilgan qismini devorga o’rnatilgan po’lat ankerlarga
payvandlanadi.
Balkon plitalarini tashqi devorning qalinligi yetarlicha katta bo’lgan
hollarda unga qistirib mahkamlasa bo’ladi. Devorning qalinligi 25-30 sm dan
oshmasa, balkon plitalarini alohida ustunlarga o’rnatgan ma’qul (75-rasm, b).
Balkon plitalarini yomg’ir suvlari ta’siridan himoya qilish uchun ustidan
gidroizolyatsiya qatlami yopishtirish kerak. Uning ustidan sementqum qorishmasidan
tekislovchi qatlam qilinadi, u gidroizolyatsiya qatlamini buzilishdan himoya qilish bilan
birga balkon uchun pol vazifasini ham o’tashi mumkin.
75-rasmda g’isht devorga o’rnatilgan balkon konstruksiyasi ko’rsatilgan. Balkon
plitasi temirbeton peremichkadan chiqarilgan vertikal po’lat ankerga plita
konstruksiyasiga o’rnatilgan po’lat ugoloknipayvandlash yordamida mahkamlangan.
Balkon to’sig’i po’latdan yasalgan panjara ko’rinishidabo’lishi mumkin. Тo’siq
konstruksiyasiga me’moriy sifatlariii yaxshilash maqsadida hozirgi paytda yengil metall panjara va unga ekran ko’rinishida bo’yalgan asbestotsement va plastmassa
listlarni mahkamlash usulidan foydalanish keng yulga qo’yildi. Yaxlit ekran
ko’rinishidagi balkon to’siqlari binodagi xonalarni shamol ta’siridan himoyalaydi,
ko’p qavatli binolarda balkondan foydalanadigan odamdagi balandlikdan qo’r-qish
hissiyotiga barham beradi.
75-rasm. G’isht devorga o’rnatilgan balkon konstruksiyasi: 1 -balkon plitasi; 2 -
orayopma plitasi; 3 -peremichkadan chiqqan po’latanker; 4 - balkon eshigining
kesakisi; 5 - beton pog’ona; 6 - balkon poli; 7 - bitum bilan yopishtirilgan ikki qatlam
ruberoid; 8 - to’siq ustunini mahkamlash uchun balkon plitasiga o’rnatilgan po’lat
element; 9 - suv oqizgich; 10 - to’siq panjaraning ustuni; 11 - balkon plitasidagi
ankerga mahkamlanadigan po’lat ugolok.
Lodjiya (loja) ning balkondan farqi shundaki, uning uch tomoni devor bilan
to’silgan faqat bir tomoni ochiq, 1 m balandlikda balkonnikiga o’xshash to’siq
bo’ladi (76-rasm).
Lodjiyalarning konstruktiv yechimi uch xil bo’lishi mumkin (77-rasm): 1) bino
gabaritiga to’liq kirib turuvchi; 2) bino gabaritiga qisman kirib turuvchi; 3) bino
gabaritidan tashqarida joylashgan.
Bino gabaritiga kirib turuvchi lodjiyalarning yon tomondagi devorlari odatda
yuk ko’taruvchi bo’ladi. Lodjiya yopmasidan tushadigan yuklarni devor qabul
qiladi va poydevorga uzatadi. Ikkinchi turdagi lodjiyaning bino gabaritiga kirib
turuvchi qismining yon devori yuk ko’taruvchi bo’lishi, bino gabaritidan chiqib turuvchi qisminiki esa yuk ko’taruvchi yoki osma devor bo’lishi mumkin. Bino
gabaritidan tashqarida joylashgan lodjiyaning yon devorlari binoning konstruktiv
sxemasi ko’ndalang yuk ko’taruvchi devorli bo’lsa, yuk ko’taruvchi yoki
bo’ylama yuk ko’taruvchi devorli konstruktiv sxema qo’llanilgan hollarda osma
devor bo’lishi mumkin.
76-rasm. Lodjiyaning ko’rinishi.
77-rasm. Lodjiyalarning turlari: a- bino gabariti ichida joylashgan lodjiya;bqisman bino gabaritida va qisman bino gabaritidan tashqarida joylashgan lodjiya; vbino gabaritidan tashqarida joylashgan lodjiya; 1- osma yon devor; 2- to’siq.
Lodjiyalar xonalarni yozda ortikcha qizib ketishdan saqlaydi. Shuning uchun
O’zbekiston iqlimi sharoitida turar-joy binolarini loyihalashda lodjiyalarni keng
qo’llash tavsiya etiladi.
Erker deb xonaning bino fasadini tashkil qiluvchi asosiy devordan tashqarida
joylashgan devor bilan o’ralgan qismiga aytiladi (78-rasm)Erkerda bir nechta deraza o’rnatilishi mumkin. Shuning uchun binoning joydagi
holatini o’zgartirmasdan derazaning oriyentatsnyasini o’zgartirishga imkon beradi.
Erkerlarni odatda ikkinchi qavatdan boshlab qilinadi, lekin birinchi qavatdan
boshlanishi ham mumkin. Qavatlar soni cheklanmaydi. Birinchi qavatdan boshlangan
erkerlarning tashqi devori bevosita poydevorga o’rnatiladi.
78-rasm. Erkerlarning umumiy ko’rinishi: a - ikkinchi qavatdan boshlangan to’rtburchak erker;
b - birinchi qavatdan boshlangan trapetsiyasimon erker; v - uchburchak shakldagi erker.
Erkerlar to’rtburchak, trapetsiyasimon, uchburchak va yarim aylana shaklida
bo’lishi mumkin. Ular binoning tashqi kompozitsiyasini boyitadi, xonaning
maydonini ko’paytiradi, xonaga ko’prok quyosh nurlari tushishiga imkon yaratadi.
Erkerlarning yuk ko’taruvchi konstruksiyasi konsol ko’rinishdagi temirbeton
plitadan iborat. Unga erkerning tashqi devori tayanadi. Shuning uchun tashqi
devor konstruksiyasi mumkin qadar yengil materiallardan qi lingani ma’qul.
Erkerlarning ostki va ustki yopmalarida issiqlik izolyatsiyasi va paroizolyatsiya
qatlamlari bo’lishi kerak. Orayopmalarda esa odatda tovush izolyatsiyasi qatlami
qilinadi.
12-MA’RUZA
MAVZUSI: Qavaтlararo yopmalarning konsтrukтiv yechimlari.
Reja:
1) Тurar-joy binolarida qo’llaniladigan pollarga qo’yiladigan talablar.
2) An’anaviy pollarning konstruktiv yechimlari.
3) Zamonaviy “issiq pol” va uning konstruktiv yechimlari.
Тayanch iboralar: Pol to’shamasi, pol taxtasi, parket, DSP, linoleum, keramik pol,
laminat, “issiq pol”.
Podval usti va chordoq ora yopmalariga umumiy talablardan tashqari aloxida
talablar ham qo’yiladi. Shuning uchun ham ularning konstruktiv yechimi qavatlararo
ora yopmalarnikidan birmuncha farq qiladi. Тemir-beton panel yoki plitadan iborat
chordoq ora yopmasi ustidan mastika vqa issik bitumlar yordamida bug’
o’tkazmaydigan qatlam yopishtiriladi, so’ngra uning ustidan issiqlik o’tkazmaydigan
qatlam qalinligi teplotexnik hisoblar yordamida aniqlanadi (85-rasm).
Plita shaklidagi qatlam fibrolit, qamich to’shama, yengil beton, mineral paxta
plitalar va boshqalardan iborat bo’ladi. Issiqlik o’tkazmaydigan sochiluvchan qatlam
sanoat korxonalari chiqindilaridan, shlak, pemza, keramzit shag’ali va boshqalardan
tashkil topgan bo’ladi. Odatda issiqlik o’tkazmaydigan qatlam ustidan qum yoki
shlak yoxud 30-40 mm qalinlikda qorishma qatlami to’shaladi.
85-rasm. Podval, yo’lak usti va chordoq
ora yopmasi:
1 – ora yopma paneli;
2 – shlak-oxak qatlami;
3 – isitadigan material;
4 – bug’ o’tkazmaydigan qatlam;
5 – yengil beton g’o’lacha;
6 – gips sement beton plita (60 mm);
7 – lenoleum;
8 –isitadigan material;
9 – taxta pol;10-laga.
Podval, usti, yo’lak hamda past temperaturali (isitilmaydigan) xonalar
yopmasiga ham isiqlik o’tkazmaydigan qatlam ustidan joylanadi.
Sanitariya-texnika kabinalari ustiga temir-beton ora yopmalar qilishda ora
yopma konstruksiyalariga suv o’tkazmaydigan qatlam qoplanib, uning devor bilan
tutashgan joyida 100 mm yuqoriga qaytarib (ko’tarib) qo’yiladi.
Pollar va ularning konstruktiv yechimlari
Pollar temir-beton ora yopma paneli ustidan yoki podvalsiz binolar birinchi
qavatida to’g’ridan-to’g’ri tuproq ustiga o’rnatiladi.
Polning eng yuqori qatlami “qoplama” yoki “haqiqiy pol” deb ataladi.Pol materiali oldindan tayyorlangan yuza satxiga o’rnatiladi. Bunda tagiga
solingan tekislovchi qatlam betondan, sement-qum qorishmasidan, asfaltdan yoki
gipodan iborat bo’lishi mumkin.
Qavatlararo ora yopmada pol asosi bo’lib, ora yopma ko’taruvchi konstruksiya
hisoblanadi. Bunda tagiga solinadigan beton qatlam bo’lmaydi. Pol konstruksiyasiga
tovush o’tkazmaydigan, issiqlik va suv o’tkazmaydigan qatlamlar qo’shimcha bo’lim
kirishi mumkin.
Binoning vazifasiga va ishlab chiqarish jarayonlari xarakteriga ko’ra poolar
pishiq bo’lishi, ichchiqlikni kam o’tkazuvchi, sirpanmaydigan, xo’llanganda
shishmaydigan, ko’rinishi chiroyli, chang olmaydigan, yurganda tovush
chiqarmaydigan, oson tozalanuvchan, industrial va arzon bo’lishi kerak.
Namlik yuqori darajada bo’ladigan xona pollari namlik ta’siriga chidamli va
suv o’tkazmaydigan, yong’indan xavfli binolarda esa yonmaydigan bo’lishi kerak.
Pol qurilishiga ko’ra yaxlit, quyma, alohida elementlardan qurilgan va
bukiluvchan yumshoq rulon materiallardan iborat bo’lishi mumkin. Qaysi
materialdan qilinishiga ko’ra pollar yog’och taxtali, parketli, lenoleumli, keramik
plitkali, sementli kabi turlarga bo’linadi. Yaxlit quyma pollarga sementli pol, mozaik
pol, asfalt pol, mastika pol va tuproq pollar kiradi (86-rasm).
Sementli pollar qurishda beton asos ustidan 1:1-1:3 nisbatda qumdan
tayyorlangan qorishma 20 mm qalinliqda yotqiziladi. Bunday pollarning asosiy
kamchiligi ularning changishi, issiqlik o’tkazuvchanligi va ko’rinishi jixatidan
chiroyli emasligidir. Shu sababli ular asosan, turar-joy binolaridan boshqa joylarda
ishlatiladi.
Mozaika pollar ko’pincha jamoat binolarida quriladi. Ular ikki qatlamdan
iborat bo’lib, beton asos ustidan 15 mm qalinlikda qatlam sement qorishmasi
to’shaladi va uning ustidan sement mayda shag’al qorishmasi to’shalib ikkinchi
qatlam xosil qilinadi. Qorishma qotgandan so’ng maxsus mashinalarda yuzasi
silliqlanadi va sayqallanib chiroy beriladi. Yaxlit asfalt pollar uning ustidan issiq
asfalt qorishmasi 20-25 mm qalinlikda yozilib, xosil qilinadi.
Ksilolit pollarni choksiz (yaxlit) qilib yoki ksilolit plitkalardan qurish mumkin.
Magnezial bog’lovchi moddaga yog’och qipig’i yoki qirindi, aralashtirilib
(bog’lovchi suyuqlik bo’lib, ko’pincha magniy xloridning suvdagi eritmasi
ishlatiladi) qorilsa ksilolit (yog’och-tosh) va fibrolit deb ataladigan qurilish materiali
hosil qilinadi. Ular beton pol yoki temir-beton plita ustidan bir yoki ikki qavat qilinib,
yozilib keyin zichlanadi. Ularning qalinligini 20 mm ga teng qilib olinadi. Ayrim
xollarda qorishmaga har xil bo’yoqlar qo’shilib, turli rangdagi pol yopmalari hosil
qilinadi. Ksilolit pollar issiq bo’ladi, yuvganda tovush chiqmaydi, changimaydi.
Ularning asosiy kamchiligi suv ta’siriga bardosh bera olmasligidir. Shuning uchun zax, sernam xonalarga (xammom, kirxona, sanitariya uzellari va xokazolar) ksilolit
pol qilish yaramaydi.
Mastika pollar sintetik materiallardan qurilib, bunda mayda qum bog’lovchi
modda-polivinil atsetat emulsiyasi bilan qorishtiriladi va undan juda mustaxkam
elastik pol yopmasi olinadi.
Qalinligi 2 – 3 mm bo’lgan mastika pol yopmasini shlakbeton, sementli,
ksilolit qatlami ustidan yoki yog’och qipiqli hamda yog’och qirindili plitalar ustidan yotqizish mumkin. Bunday pollar quruq xonalarda ishlatiladi, u namlik ta’siriga
chidamsiz bo’ladi.
Nam tuproq bilan qum va shag’al aralashmasini shibbalab tuproq pollar hosil
qilinadi. Ularning qalinligi odatda 120-150 mm ni tashkil etadi. Bunday pollar turarjoy binolarining yordamchi xonalarida ishlatiladi, ammo ularni ishlatish juda xam
cheklangan.
Rulon va bo’lak-bo’lak materiallardan qurilgan pollarni qo’llash qurilishda
industriallikni oshiradi.
Polbop plitkalarni ikkita turga bo’lish mumkin: keramik plitkalar va koshinlar
(naqshli plitkalar). Plitkali pollarni o’rnatishda kvadrat, yarim kvadrat, olti qirrali,
sakkiz qirrali, to’rt, besh burchakli va boshqa keramik plitkalar ishlatilib, ular birbiridan o’lchamlari bilan farq qiladi. Plitkalarning qalinligi 10 yoki 13 mm bo’ladi.
Ular beton asosga 10-20 mm qalinlikdagi sement qorishma ustidan yotqiziladi.
Keramika materiallari amalja suv o’tkazmaydi, qavatlararo yopmalarni ko’tarib
turuvchi konstruksiyalarni namdan himoyalaydi; tez yeyilmaydi; changimaydi, oson
yuviladi, kislota va ishqorlar ta’siriga chidamli, nam singdirmaydi. Ularning
kamchiliklari mo’rt va issiq o’tkazuvchanligidir, shu sabali turar-joy binolari poliga
yotqizilmaydi. Bundan tashqari, plitkalar mayda bo’lganligi sababli polga yotqizishga
ko’p mehnat sarf bo’ladi. Shunga qaramay bunday pollar jamoat va sanoat binolari
qurilishida keng ko’lamda qo’llaniladi. Bulardan tashqari, qurilish sanoatida gilam
nusxa koshinlarning ko’pgina xillari, ishlab chiqilgan, ularning o’lchamlari 23x23x6
mm hamda 48x48x6 mm bo’ladi.
Qurilishda o’lchamlari va ko’rinishi turlicha bo’lgan polimer plitkalar ham
keng ko’lamda qo’llaniladi. Polivinil xloridli, fenolitli hamda rezina plitkalar eng
ko’p tarqalgan. Plitkalar konstruksiyasiga ko’ra birqatlamli va ko’p qatlamli, shakliga
ko’ra kvadrat, to’g’ri burchakli, shakldor, sirtining ishlanishi va tuzilishi xususiyatiga
ko’ra ustki tomoni silliq hamda taram-taram bo’ladi.
Bunday plitkalar bilan turar-joy, jamoat hamda sanoat binolarining pollari
qoplanadi. Chunki ular mustaxkam, namga chidamli, elastik hamda ovoz
chiqarmaydigan bo’ladi. Bunday plitkalar beton, asfalt beton va ksilolit asosli yoki
yog’och qipiq plitkalar ustidan yotqiziladi yoki maxsus mastikalar yordamida
yopishtiriladi.
Yog’och pollar qalinligi 29 mm bo’lgan shpuntli (ariqchali va chiqig’li)
taxtalarni maxsus o’rnatilgan lagalarga qoqib, hosil qilinadi. Shpuntli taxtalarning bir
chetida shpuntli (ariqchasi) va ikkinchi chetida chiqig’i bo’ladi, bir taxtaning chiqig’i
qo’shni taxtaning ariqchasiga tushadigan qilinadi. Shpunt va chiqiqlar to’g’ri to’rt
burchakli, uchburchakli, trapetsiyasimon va yoysimon shakllarda bo’lishi mumkin.
Тo’sinlarga yoki ora yopma qovurg’alariga tayangan lagalar ostiga tovush
o’tkazmaydigan yumshoq prokladkalar qo’yiladi.Podvalsiz binolar birinchi qavatning polini qurishida lagalar tuproq ustiga
ishlangan hamda bir-biridan 800-1000 mm masofada bo’lgan tomonlari 250x250 mm
li g’isht ustunchalarga o’rnatiladi.
Parketli pollar zavodlarda tayyorlangan to’rtburchakli taxtachalarni (klepok)
beton yoki yog’och taxtali asosga terib chiqishdan hosil bo’ladi. Bunda yurganda
g’ijirlamasligi va tovush o’tkazmasligini ta’minlash uchun parket bilan taxta asos
orasiga yupqa karton qog’oz yoki ikki qavat qurilish qog’ozi yoziladi. Korxonalarda
tayyorlangan parket taxtalar, koshin, ya’ni qog’ozga naqsh bilan yopishtirilgan
yig’ma parket donali parketlardan hosil qilingan shchitli parketlar industrial
hisoblanadi. Parketlar beton asosga suvga chidamli sintetik fenolformallegid va
boshqa yelimlar bilan yopishtiriladi.
Polga ishlatiladigan har qanday boshqa materiallar kabi polimer materiallar
ham ancha pishiq, yedirilishga chidamli, suvni kam shimadigan, tashqi ko’rinishi
chiroyli hamda zaharli aralashmalardan xoli bo’lishi zarur. Choksiz yoki choklar soni
juda kam bo’lgan linoleumli qoplamalar ozoda, yuvilishi oson, kam yediriladigan,
elastik xamda uzoq muddatga chidamli bo’ladi.
Leinoleumlar turar-joy, jamoat, sanoat binolarining pollariga qoplashda
ishlatiladi; ularning polivinilxloridli (asosi yo’q, asosi mato va issiqlik-tovush
o’tkazmaydigan); poliefirli (asosi yumshoq matodan); rezinali (relin) va boshqa
turlari bor.
Linoleumlar taxta pol, qipiq plita yoki sement qatlamli asosga maxsus
mastikalar (bittumli, kumaron-kauchukli, kazein sementli v b) yordamida yelimlab
yopishtiriladi. Bunda asosni puxtalik bilan tayyorlash kerak, aks xolda linoleum
ko’tarilib qolishi yoki yaxshi yopishmasligi mumkin.
Qurilish amaliyotida issiqlik-tovush o’tkazmaydigan, asosi yumshoq, g’ovak
matodan iborat bo’lgan linoleum pollar ko’plab ishlatiladi.
13 - MA’RUZA
MAVZUSI: Yerto’la usti va chordoq ora yopmasi konstruksiyasi
yechimlari
REJA:
1. Тurar-joy va jamoat binolarining yer ostki qismlari.
2. Poydevorlar yerto’la, podval devorlari va zaminga tegib turadigan boshqa
konstruksiyalar
Тayanch iboralar: Pol to’shamasi, pol taxtasi, parket, DSP, linoleum, keramik pol,
laminat, “issiq pol”.
Тurar-joy va jamoat binolarining yer ostki qismlari podvali, texnik yerto’lali va
podvalsiz turlarga bo’linadi.
Binoning podval qismida har xil yordamchi xonalar bo’lib, ularda binoni
normal ekspluatatsiya qilishga yordam beradigan uskunalar joylashadi.
Hozirgi paytda binolarni isitish sxemasi markazlashtirilganligi tufayli podvalli
binolar soni kamayib bormoqda.
Injenerlik tarmoqlari va bino ichidagi aloqa kommunikatsiyalari texnik
yerto’lalarga o’rnashtiriladi.
Binoning podval devorlari odatda podvalsiz bino poydevori materiali bilan bir
xil bo’ladi. Ular tuproqning gorizontal bosimiga yetarlicha bardosh beruvchan,
podval isitiladigan binolarda esa issiqlikni saqlash xususiyatlariga xam ega bo’lishi
kerak. Podval xonalarni shamollatish va yoritish uchun yer satxidan pastda
joylashgan deraza o’rnatiladi va o’z navbatida deraza oldida maxsus chuqur
(priyamka) qoldiriladi.
Podval qavati xonalariga bino ichidan, ya’ni zina katagida joylashgan yoki
bino tashqarisida joylashgan, aloxida chuqurga o’rnatilgan bir marshli zinalar orqali
kiriladi. Chuqurning tepa qismi yopmalar yordamida yoki yondosh qurilgan bino
bilan o’ralib, yog’in-sochindan muxofaza qilinadi (90-rasm).
Poydevorlar yerto’la, podval devorlari va zaminga tegib turadigan boshqa
konstruksiyalar asosdagi namlik hisobiga zax tortadi. Bunday konstruksiyalarni
kapillyar namlikdan asrash uchun poydevorlarga gorizontal va vertikal
gidroizolyatsiya qatlamlari qo’yiladi. Ular yopishtiriladigan material (ruberoid,
gidroizol, izol, shisha mato, shisha kigiz) qatlami va bo’yoq parda va suvoq (sement
qorishma, asfalt va boshqa bitumli materiallar) bo’lishi mumkin (90-rasm).
Podvalsiz binolarda devorning poydevor bilan tutashgan qismiga gorizontal
gidroizolyatsiya sifatida qalinligi 20-30mm sement-qum qorishma (tarkibi 1:2) yoki
ikki qavat ruberoid, gidroizol yoki nam o’tkazmaydigan boshqa material bitumli
mastikada yotqiziladi. Bulardan tashqari, 25-30mm qalinlikda asfalt to’shama bilan ham devorni gidroizolyatsiya qilish mumkin. Gorizontal gidroizolyatsiya binoning
birinchi qavat poli betonining satxi bilan baravar va bino atrofiga ishlangan otmootka
satxidan 15-20 sm balandda joylashadi. Ichki poydevorlarda gorizontal
gidroizolyatsiya poydevorning tepa yuzasiga joylashtiriladi.
Podvalli binolarda gorizontal va vertikal gidroizolyatsiyadan foydalaniladi.
Gorizontal gidroizolyatsiya devor g’ishtlarini yoki mayda bloklarini terganda qatorlar
orasiga rulonli materiallardan lenta tarzida bitumli mastika yordamida yotqiziladi.
Gidroizolyatsiyaning birinchi qatlami podval poli bilan bir tekislikda, ikkinchi
qatlami esa birinchi qavat poli plitalari ostida joylashgan bo’ladi.
Vertikal gidroizolyatsiya podval devorlarining sirtqi yopmasi va qavatlararo
ora yopmasiga bo’linadi.Gidroizolyatsiya turlarini tanlash ko’proq namligiga, yer osti suvlarining
satxiga bog’liq bo’ladi. Quruq tuproqli yerda issiq bitumni poydevor yuzasiga ikki
qayta surtish bilan chegaralanish mumkin. Nam tuproqli yerda esa podval devori sirti
mayin sement qorishmasi yoki sement oxak qorishmasi bilan suvoq qilinib, ustidan
issiq bitum ikki qayta surkab chiqiladi yoki ikki qavat rulon material yopishtiriladi.
Yopishtirilgan gidroizolyatsiya qatlami shikastlanmasligi uchun ular g’ishtin devor
bilan himoyalanadi (92-rasm).
Imorat quriladigan joyda yer osti suvlari sathi podval poli satxidan baland
bo’lgan xollarda gorizontal va vertikal gidroizolyatsiya ikki-to’rt qavat chirimaydigan
rulon-material (gidroizol, izol, shisha mato, shisha kigiz, ruberoid va boshqalar)
yopishtirish orqali hosil qilinadi. Bunda gorizontal gidroizolyatsiya qatlami podval
poli tekisligida va devorlar sikoliga to’shaladi. Vertikal gidroizolyatsiya yer osti suvi
satxidan 0,5m balandda joylashishi lozim. Buning uchun gorizontal gidroizolyatsiya
to’shamasi podval poli betonli qatlami ustidan yotqiziladi. Uning bir uchi podval
devori tagidan sirtga chiqarilib, sirtqi vertikal yuzada yer osti suvlari ko’tarilishi
mumkin bo’lgan satxdan 0,5 metr yuqorida qoldiriladi. Agar yer osti suvlarining
gidrostatik bosimi 0,8m dan ortiq bo’lsa, u xolda podval polining betonli qatlami
ustidan hamda podval devori ostidan o’tgan yaxlit temir-beton plita o’rnatiladi (93-
rasm).Agar yer osti suvlari tarkibida agressiv moddalar ham bo’ladigan bo’lsa, u
xolda poydevor betoni putssolan portlansement yoki shlakportlansement asosida
tayyorlanadi.Binoning yer ostidagi qismlarini yog’in-sochin ta’siridan himoyalash uchun
tashqi devorlar atrofiga nishobi binodan chetga qaratilgan yo’lka-otmostka qilinadi.
Otmostkalar suv o’tkazmaydigan materiallardan, ya’ni asfalt, asfalt – betondan yoki
yig’ma temir-beton plitalardan to’shalishi mumkin. Ularning eni kamida 0,5m,
nishabi 2-3% qilib olinadi.
15 – MA’RUZA
MAVZU: Deraza va eshiklar
Reja:
1) Derazalarning turlari va konstruktiv yechimlari.
2) Balkon eshiklarining turlari va konstruktiv yechimlari.
3) Kirish va ichki eshiklarning konstruktiv yechimlari..
Тayanch iboralar: Shaffof konstruksiya, rom, kesaki, naplav, framuga, impost,
srednik, tavaqa, shisha profilit.tabiiy yorug’lik, tabiiy yoritilgan, deraza va vitrajlar,
issiqlik o’tkazmaslik, issiqlik isrofini kamaytirish, xonaning tovush izolatsiyasi,
tavaqali, ochilmaydigan, surilib ochiladigan, jalyuzali, bir qavat, ikki va uch qavat
oynalangan, deraza romi, panjarasi va deraza osti taxtasi, framuga, «fortochka»,
qo’sh panjarali deraza, vitraj, balkon, lodjiya, erker.
Хona ichiga tabiiy yorug’lik devordagi vertikal yoki tomlardagi gorizontal
joylashgan ochiq o’ymalar (deraza o’rni) orqali tushadi.
Хonaning yoritilganlik darajasi qurilish norma va qoidalari asosida aniqlanadi.
Amaliyotda turar-joy binolari uchun deraza o’rni yuzasi xona poli maydonining 18
dan 15 bo’lagiga teng bo’lishi kerak. Shunda xona ichi yetarlicha tabiiy yoritilgan
bo’ladi.
Deraza va vitrajlar xonalarni tabiiy yorug’lik bilan ta’minlovchi asosiy
konstruksiyalar bo’lib hisoblanadi.
Binolarni oynalash konstruksiyalari muhim elementlardan biri bo’lib, bino
tashqi ko’rinishi (ekstrer) hamda xona ichki (interer) ko’rinishiga ta’sir etadi.
Derazalarga qo’yiladigan aosiy talablardan yana biri issiqlik o’tkazmaslik xususiyati
bo’lib, issiqlikning isrofini kamaytirish va xonaning tovush izolyatsiyasini ta’minlash
talab etiladi.
Deraza konstruksiyalarini materialiga ko’ra yog’och, metall, temir-beton va
plastmassadan tayyorlangan turlarga ajratish mumkin.
Derazalar ochilish yoki yopilish usuliga va konstruktiv yechimiga ko’ra
tavaqali (bir, ikki va uch tavaqali), ochilmaydigan, surilib ochiladigan, tavaqalari
yuqoriga yoki pastga ilingan, jal yuzali va boshqa turlarga bo’linadi (59-rasm).
Derazalar bir qavat, ikki va uch qavat oynalangan bo’lishi mumkin. Bir qavat
oynalangan derazalar issiq iqlimli rayonlarida ishlatiladi. Iqlimi yumshoq rayonlarda
joylashgan binolarda ikki qavat oynalangan derazalar qo’llanilib, bunda oynalar
oralig’ida ma’lum qalinlikda (kenglikda) havo qatlami bo’ladi. Qattiq sovuq iqlimli
rayonlarda uch qavat qilib oynalangan derazalar ishlatiladi.
Deraza o’lchamlari unifikatsiyalangan bo’lib, GOSТga muvofiq yasaladi.
Deraza balandligi odatda bino qavati balandligidan 1100-1300 mm kichik qilib olinadi. Bunda bir tavaqali derazalar eni eng kamida 600 mm, ikki tavaqali uchun
900, 1100 va 1300 mm va uch tavaqali derazalar uchun 1600-1800 mm qilib olinadi.
Derazalar asosan uch xil konstruktiv elementdan, ya’ni deraza (kesakisi) romi,
panjarasi va deraza osti taxtasidan iborat bo’ladi. Deraza kesakisi yog’och g’o’la va
taxtalardan yasalib, ularga deraza panjaralari mahkamlanadi. Katta derazalarning
mustaxkamligini oshirish uchun ularning kesakisi ichidan qo’shimcha vertikal va
gorizontal taxtachalar (“impost”) o’rnatiladi.
59-rasm. Ochilish usuliga o’ra
deraza turlari:
a–yuqoriga surilib
ochiladigan;
b–yoniga surilib ochiladigan;
v–tavaqali;
g–tavaqalari yuqoriga ilingan;
d–ochilmaydigan;
ye–jalyuzali;
j–tavaqalari pastga ilingan;
z–tavaqalari yuqoriga ilingan
podval derazasi;
i–tavaqasi o’rtaga ilingan.
Derazaning yuqori qismida joylashgan ochilmaydigan yoki ochiladigan bo’lagi
framuga deb ataladi. Deraza tavaqalari va framugani o’rab turuvchi (karkas) va uni
orasida (ichida) joylashgan hamda tavaqalarni kichik-kichik turlarga ajratuvchi
gorizontal va vertikal bruslar deraza panjaralari deb ataladi.
Maxsus o’yiqlari bo’lgan deraza panjaralariga oynalar joylashtirilib, mix yoki
metall bo’laklari (planka-shtampik) yordamida maxkamlanadi.
Тashqi tavaqa, framuga va fortochkalarni ostki gorizontal karkaslari oynadan
oqib tushgan atmosfera suvlarini xonadan tashqariga yo’naltirilishi uchun ular
nishabli qilinib, tashqi tomonga bo’rtgan bo’ladi.
Qo’sh panjarali deraza tavaqasi ochilib-yopiladigan qulay bo’lishi uchun ichki
tavaqasi tomonlari tashqi tavaqa tomonlaridan 25-35 mm kichik bo’ladi.
Konstrutkiv yechimiga ko’ra deraza kesakisi ajraladigan va yaxlit bo’lishi
mumkin (60-rasm).Deraza kesakisi devorlarda deraza o’rnida qoldirilgan maxsus yog’och
bruslarga mixlar yordamida qotiriladi. Kesaki bilan devor oralig’iga tuproq yoki gips
loyiga bulg’alangan kanop shamol va sovuq o’tmaydigan qilib tiqviladi.
Deraza qutisiga (kesakiga) chirishga qarshi ishlov berilib, uni o’rnatish paytida
chor atrofga tol yoki ruberoid o’raladi. Qurilish maydonchasiga deraza bloklari
tayyor xolda keltiriladi.
60-rasm. Yaxlit kesakili deraza blok konstruksiyasi:
1 – kesaki; 2 – saqichli kanop; 3 – mix; 4 – yog’och tiqin; 5 – ilmoq; 6 – tabaqa belbog’i; 7
– oyna; 8 – o’yiqlarni to’ldiruvchi rezgi yog’och; 9 – shtapik; 10- fortochka belbog’i; 11 –
fortochka; 12 – tavaqa; 13 – atmosfera suvlarini tashqariga yo’naltiruvchi bo’rtgan qismi (otliv); 14
– deraza panjarasi; 15 – qorishma; 16 – oq tunuka; 17 – deraza osti taxtasi.
Qurilishda tavaqa panjaralari tutash bo’lgan derazalar keng ko’lamda
qo’llanilmoqda. Bunda tashqi va ichki derazalar panjaralari go’yo bir butun tavaqali
derazadek, yaqin joylashgan bo’ladi. Bunday derazalarda yog’ochni 30% tejash,
narxini 10 % arzonlashtirish va og’irligini 1,5 marta kamaytirish mumkin bo’ladi.
Bunday derazalarning kamchiliklaridan biri xona issiqligini 25 % yo’qotish
hisoblanadi. Ularda oynalari orasidagi masofa 47 mm bo’lib, deraza panjaralari birbiri bilan burama mixlar yordamida tutashtiriladi.
Hozirgi qurilishlarda derazalarning yangi, progressiv konstruksiyalari, ya’ni bir
qavatli oyna paketlar qo’llanilmoqda. Bunday paketlar orasida havo qatlami bo’lgan
ikkita yonma-yon oynalardanuzilgan bo’lib, rezina yoki plastmassa ramkaga solingan
bo’ladi. Хozir yog’och deraza panjaralari o’rnida chirimaydigan, ko’rkam,
qurimaydigan plastmassa deraza panjaralari ham qo’llanilmoqda.
Metall quymalardan ishlangan deraza panjaralari mustaxkam, uzoqqa
chidaydigan va tashqi ko’rinishi chiroyli bo’ladi (61-rasmda deraza o’rnini profilli
oynalar) bilan to’ldirishning konstrutkiv yechimi ko’rsatilgan).Profillangan oynalarning ostki va ustki tomoni deraza panjaralarini tashkil
etgan metall profil burchaklar oralig’iga o’rnatiladi. Hozirgi me’morchilikda
struktura elementlari oralig’ini to’ldiruvchi oynaband devorlar, yaxlit panellar va
yaxlit devorlar keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Lekin binolarda oynalanish darajasi
qancha katta bo’lsa, shuncha ko’p isiqlik yo’qotiladi, yozning issiq kunlarida esa bino
ichida temperatura ko’tarilib ketishi mumkin.
Amaliyotda vitrajlarni qo’llash ko’proq uchramoqda. Ular bir qavatli, ikki va
uch qavatli oynalardan iborat bo’ladi. Vitrajlar butun bino devorlarini almashtirishi
mumkin. Ular vertikal va gorizontal lentasimon ko’rinishga ega bo’ladi. Vertikal
binodan bo’rtib chiqqan yoki bino devori satxida joylashgan bo’lishi mumkin.
Vitrajlar oynasi vertikal yoki qiya (10-15%) qilib o’rnatiladi. Ular ancha mustaxkam
bo’lishi bilan birga issiqlik va xavo o’tkazmaslik xususiyatlari xam bor. Vitrajlar
qurilish maydonchalarida yig’iladi.
61-rasm. Deraza o’rnini
profilli oynalar bilan to’ldirish:
a – deraza o’rni kesimi; b –
profilli oyna tutashining plani;
1 – g’ovak rezina; 2 – profilli oyna
elementlari; 3 – germetik; 4 – panel
devor; 5 – sement qorishma; 6 –
payvand chok; 7 – payvandlangan
gorizontal impost; 8 – vint; 9 –
shlak paxta; 10 – g’isht; 11 –
germetik qorishma.
Eshiklar va ularning konstruktiv yechimlari
Eshiklar bino ichiga kirish va birdan biriga o’tiladigan xonalarni o’zaro
izolyatsiya qilish uchun xizmat qiladi. Ularning soni va o’lchamlari xonaga to’g’ri
kelgan kishilar soni, binoning ko’rinishi va boshqalar asosida bo’yicha aniqlanadi. Eshiklar devorlarga maxkamlanadigan rom ko’rinishidagi kesaki va ularga ilingan
tavaqadan iborat bo’ladi.
62-rasm. Eshik konstruksiyalari:
a – g’ishtin devorlarda joylashgan eshik qutisi
(kesakisi); b – parda devorlarda joylashgan eshik
qutisi; v – eshik tavaqasi shchitli; g – filyonkali eshik;
g – filyonkali eshik; d – ramkali shchitlar eshik detali;
ye – ramkasiz shchitli eshik; j, z – yog’och filyonkalar;
i – terilgan yog’och; k – filyonkasi chiqarilgan; l –
yonma-yon taxtalar o’zaro shpokalar bilan
biriktirilgan; m – yonma-yon taxtalartaxtagachalar
yordamida biriktirilgan; 1 – chaspak (palichnik); 2 –
kursicha; 3 – duradgorlik plitasi; 4 – faner; 5 – romka;
6 – chaspak (nalichnik); 7 – quti; 8 – kleylangan nagel;
9
– filyonka; 10
– terilgan yog’och; 11
– chiqarilgan
filyonka; 12
– shponka; 13
– taxtacha (planka).
Тavaqalar soniga qarab eshiklar bir, bir yarim va ikki tavaqali bo’lishi mumkin.
Binoda joylashishiga ko’ra eshiklar ichki, tashqi va shkaf eshiklariga bo’linadi.
Odatda bir tavaqali eshiklarning kengligi 600, 700, 800, 900 va 1100 mm, ikki
tavaqalikniki esa 1200, 1400 va 1800 mm ga teng qilib olinadi. Тurar-joy binolari
eshiklarining balandligi 2000 va 2300 mm ga teng bo’ladi. Evakuatsiya uchun
mo’ljallangan maxsus xonalar va xizmat eshiklarining balandligi (podval, shkaf
eshiklari) 1200 va 1800 mm bo’lishi mumkin.
Eshik kesakisida tavaqani ilintirish uchun chuqurligi 15 mm, eni eshik tavaqasi
qalinligiga teng bo’lgan o’yiq bo’ladi. Ayrim xollarda eshik tepasida ochilmaydigan
deraza-framugalar ham bo’lib, ular daxliza tabiiy yorug’lik tushishi uchun qilinadi.
Uni o’rnatish uchun eshik romiga qo’shimcha gorizontal o’rtalik qo’yiladi.
Ichki devor eshiklarida ostona qo’yilmaydji. Eshik kesakisi devorlarda
qoldirilgan maxsus yog’och probkalarga mixlar bilan qotiriladi. Eshik kesakisi
chirishga qarshi ishlov berilgan bo’lib, o’rnatishda chetlariga (devor bilan kesaki oralig’iga) tol o’raladi. Parda devorlarda eshik kesakisi bilan devor konstruksiyasi
oralig’idagi yoriq “nalichnik” bilan berkitiladi (62-rasm).
Konstruktiv yechimlarga ko’ra eshiklar taxta shchitli va filyonkali bo’lishi
mumkin. Тaxta shchitli eshik tavaqasida brusoklardan tuzilgan rom va yaxlit
to’rsimon shchit ikki tomonidan faner yoki yog’och qirindi plitasi bilan qoplangan
bo’ladi.
Flyonkali eshik tavaqasi o’rab turuvchi belbog’, o’rtama (ora element) va ular
orasini to’ldiruvchi filyonkalradan iborat bo’ladi. Filyonkalar taxta, faner, yog’och
qirindi plitasi kabilardan tayyorlanadi. Тashqi eshiklarga ichchiqlik o’tkazmaydigan
materiallar, ya’ni mineral, tola, voylok va boshqalar puxta o’rnashtirilgan bo’lishi
kerak.
Muvaqqat binolarda duradgorlik eshiklari (taxtalarni yonma-yon
joylashtirilgan) o’rnashtiriladi. Brandmauer devorida, zinapoya kataklarida va
chordoqlarda qiyin yonuvchi eshiklar o’rnatiladi. Shu maqsadda eshik
konstruksiyasiga asbest elementlari kiritilib, hamma tomoni po’lat tunuka bilan
o’raladi. Eshiklarning asosiy jixozlari metall oshiq-moshiq, tutqich, qulf va eshik
lo’kidoni hisoblanadi. Keyingi paytlarda ayrim jamoat binolarida qalin oynali (10-
15mm) eshiklar ham qo’llanilmoqda.5>10>
Do'stlaringiz bilan baham: |