1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni


Buyuk Ipak yo‘li, shakllanishi va rivojlanish bosqichlari



Download 0,6 Mb.
bet9/103
Sana24.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#219603
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103
Bog'liq
2 5242666810708332222

9. Buyuk Ipak yo‘li, shakllanishi va rivojlanish bosqichlari.
Qadimgi xalqlarning turli tomonlama rivojlanishida savdo va tranzit yo`llarning ahamiyati nihoyatda kattadir. Mil. avv. III ming yillikka kelib, O`rta Osiyoning ko`pgina hududlari qadimgi aholi tomonidan o`zlashtirib bo`lingan edi. CHo`l va dasht hududlardagi ko`chmanchi chorvador aholi vohalardagi o`troq aholi bilan o`zaro aloqalarni bronza davriga kelib yanada rivojlantiradilar. Tarixiy adabiyotlardan ma`lum bo`lishicha, Buyuk ipak yo`li tashkil topmasdan ancha ilgariyoq Qadimgi SHarq va O`rta Osiyo hududlarida o`zaro almashinuv yo`llari mavjud edi.
Bronza davridagi (mil. avv. III—II ming yilliklar) ana shunday yo`llardan biri «Lojuvard yo`li» deb atalib, uning bir tarmoQi Badaxshon, Baqtriya va MarQiyona hududlarini Xorazm, So`Qd, Markaziy Qozog`iston va Ural bilan boQlagan. YAna bir tarmoQi esa, Baqtriya va MarQiyonani Mesopotamiya bilan boQlagan. Bu yo`l Pomir tog’laridan boshlanib, Eron, Old Osiyo, Misr orqali o`tgan. Badaxshon Lojuvardining O`ind vodiysi, Mesopotamiya va Misrdan topilishi bu qimmatbaho toshning Qadimgi SHarqda nihoyatda qadrlanganligidan dalolat beradi.
Qadimgi yo`llardan yana biri, Eron ahmoniylarining yo`li bo`lib, bu yo`lning bir tarmoQi mil. avv. VI—IV asrlarda kichik Osiyo shaharlarini hamda O`rta Er dengizi bo`yidagi Efes, Sardi shaharlarini Eronning markazlaridan biri Suza bilan boQlagan bo`lsa, yana bir tarmoQi Eron-Baqtriya orqali So`Qdiyona, Toshkent vohasi va Qozog`iston hududlaridan o`tib Oltoygacha borgan. Tarixiy adabiyotlarda bu yo`l «shoh yo`li» deb ataladi.
Mil. avv. 138 yilda Xitoy imperatori U-Di CHjan Syanni O`rta Osiyo erlariga jo`natadi. Elchi CHjan Syan (mil. avv. 138-126 yillarda) Xitoyning xunnlarga qarshi kurashi uchun ittifoqchi izlab kelgan edi. Mil. avv. II-I asrlarga kelib, CHjan Syan yurgan yo`llarda Xitoyni O`rta va o‘arbiy Osiyo bilan boQlayigan karvon yo`li paydo bo`ladi. Bu yo`l Buyuk ipak yo`li deb atalib, umumiy uzunligi 12 000 km dan iborat edi. Ilk o`rta asrlarga kelib, Ipak yo`lining yanada rivojlanganligini kuzatish mumkin. O`z davrida nihoyatda katta ahamiyatga ega bo`lgan bu yo`lning dastlabki tarmoQi Xitoydagi Sian shahridan boshlanib, SHarqiy Turkiston, O`rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O`rta Er dengizigacha cho`zilgan.
Xitoyning Anosi shahriga kelib, Ipak yo`li bir necha tarmoqlarga bo`linib ketgan. Xususan bir tarmoq Anosi-Xami-QoshQar orqali Qo`qonga, undan esa Toshkentga o`tgan. Bu erdan Jizzax va Samarqand orqali Buxoroga kelgan yo`l Urganch orqali Gurevga, u erdan Oqsaroy orqali Qora dengiz bo`ylariga chiqqan. YAna bir tarmoq esa Dunxuan orqali Xo`tanga, undan Loxurga o`tib ketgan.
Undan tashqari Buxoroga kelib, bu tarmoq ikkiga bo`lingan. Janubiy yo`nalish Buxoro-Qarshi-Termiz orqali Nishopurga o`tgan va O`irot orqali O`indistonga o`tib ketgan. Nishopurdagi tarmoqlardan biri Tehron-Qazvin-O`amadon-BoQdod-Palmira yo`nalishi bo`ylab O`rta Er dengizi bo`yidagi Tir shahrigacha cho`zilgan. Umuman olganda Ipak yo`lining janubiy tarmoQi O`zgan orqali O`shga o`tib, Quva — MarQilon-Qo`qon orqali Xo`jand, Samarqand, Buxoroga o`tgan. SHimoliy yo`nalishi esa, Xazar xoqonligi va BulQor davlati orqali Kiev Rusi va Evropa mamlakatlariga borib, bu tarmoq VI asrdan boshlab rivojlana boshlagan. Ipak yo`lining asosiy karvon yo`llaridan tashqari ichki savdo yo`llari ham mavjud edi.
Xitoy yilnomalarida Fi Gi nili hunarmandning miloddan avvalgi 3400 yilda musiqa asbobi yasab, uni Gorlarini ipakdan qilganligi haqida ma`lumot bor. Xullas ipakning vatani Xitoydir. “Ipak yo`li” Xitoydagi ana shu ipak savdosi bilan bog`langan yo`ldir. Bu yo`l Buyuk Ipak yo`li deb atalib, umumiy uzunligi 12000 km.dan iborat bo`lgan.
Bundan tashqari So`g`dlar IV-V asrlarda tarkib topgan va Turfondan Shimoliy mo`g`iliston tomon va Sharqiy Turkistondan Jungoriya orqali Xakasiyaga borib yetgan.
Xitoyning Dunxuan shahrida III-IV asrlardan ming xo`jalikdan iboart So`g`d qishloqlari qad ko`targan.
Shimoliy G`arbiy ipak yo`li faqat iqtisodiy jihatdagina ahamiyatli bo`lib qolmasdan, ayni payda u diniy madaniy meros yutuqlarini tarqatuvchi, mamlakatlararo diplomatik aloqalarni ta`minlovchi yo`l ham edi. Budda dini xuddi shu yil bilan Xitoyga Markaziy Osiyo orqali kirib kelgan.
Yozma manbalardagi ma`lumotlarga ko`ra III-VII asrlarda Markaziy Osiyo va O`rta Sharq orqali o`tgan ipak yo`lining nazorati So`g`dlarning qo`lida bo`lgan bo`lsa, VIII asrga kelib «Ipak yo`li”ning G`arbiy qismi arablar nazoratiga o`tdi. XIII asrda esa “Ipak yo`li”ning barcha tarmoqlari bo`ylab Chingizxon o`z nazoratiga oldi. So`ng “Ipak yo`li” Temur va Temuriylar nazorati ostiga o`tdi. XVI asrda jahonga mashhur afsonaviy ipak yo`lining ahamiyati keskin tushadi.
Buyuk iapk yo`li ahamiyatining pasayib ketishiga ko`plab omillar sabab bo`ldi. 1453 yilda Shimoliy Turkistonning Anqara yonidagi qattiq mag`lubiyatdan keyin o`zining avvalg qudratini tiklab olib, Konstantinapolni bosib oldilar va yarim asr mobaynida ulkan imperiyalarini barpo qildilar. Ular butun Yaqin Sharqni o`zlariga bo`yso`ndirdilar. Buyuk iapk yo`li bo`ylab olib borilayotgan butun savdo o`tadigan O`rta dengiz portlarini bosib oldilar. Shunday qilib, Xitoy bilan YEvropa o`rtasida asosan O`rta Osiyo orqali olib boriladigan butun savdo munosabatlariga qaqshatqich zarba berildi. Bu esa Yevropaliklarni bosh savdo yo`llarini izlashga majbur qildi. 1499 yilda Portugaliya dengiz sayyohi Vasko Da Gamma yaxshi umid burnini aylanib o`tib, Hindiston va Xitoy yo`lini kashf etdi. 1515 yilda portugallar Ormuzni qo`lga qiritdilar, 1516 yilda esa Xitoyga yetib borganlar. Eron Hindiston va Xitoyga olib boradigan dengiz yo`li karvon yo`liga nisbatan arzon, oson, qulay yo`l bo`lib, Xitoy bilan savdo tez orada butunlay dengiz yo`llariga ko`chirildi.
YuNESKO tomonidan «Buyuk ipak yo`li – muloqot yo`li” dasturining ishlab chiqilishi YEvroosiyodagi 30 dan ortiq yetakchi davlatlarning 2000 yilga qadar ilmiy madaniy faoliyati uchun yo`nalish bo`ldi. Respublikamiz hududlarida ham bir qancha ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etildi. Buning natijasida ko`pgina tarixiy madaniy obidalar o`rganildi, qadimgi yo`llar va yo`nalishlar aniqlandi, Moddiy va ma`naviy boyligimiz hamda an`analarimiz o`rganildi. Juda ko`pchilik tadqiqotchilar ishtirok etayotgan “Buyuk ipak yo`li-muloqot yo`li” dasturining asosiy vazifasi Sharq va G`arb xalqlari o`rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar o`rnatgan hamda rivojlantirgan, bu yo`lni xalqlarning birodarlik o`zaro hamkorlik va samimiy muloqot yo`liga aylantirishdan iboratdir.



Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish