1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni


Turkistonda mustabid Sovet hokimiyatining o‘rnatilishi



Download 0,6 Mb.
bet54/103
Sana24.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#219603
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   103
Bog'liq
2 5242666810708332222

52.Turkistonda mustabid Sovet hokimiyatining o‘rnatilishi.

1917 yil sentyabr oyida bolsheviklashgan Toshkent Soveti soldatlarni va asli rossiyalik ishchilarni o`z tomoniga torta olgan edi. Oktyabr oyida Rossiyada t´ntarish b´lib ´tgandan c´ng, uning ta`siri tez orada mustamlaka ´lkaga ham yoyildi. Toshkentdagi Oktyabr to`ntarishi qatnashchilari 1 noyabrda Bosh komissar general Korovichenko va Muvaqqat hukumatning Turkiston qo`mitasini qamoqqa oldilar va shu kuni Turkistonda Sovet hokimiyatini o`rnatilganligi e`lon qilindi. Qurollangan evropali ishchilar, asosan temiryo`lchilar, Toshkent garnizonining soldatlari davlat to`ntarishini o`tkazdilar.


Turkiston bolsheviklari o`lkadagi butun hokimiyatni o`z qo`llariga olish uchun shafqatsiz kurash olib bordilar.
1917 yil 15-22 noyabrda Toshkent shahrida bo`lib o`tgan ishchi, soldat va dehqon deputatlarining III o`lka s`ezdida hokimiyat masalasi hal qilindi. Bunda 15 kishidan iborat Turkiston Xalq komissarlari soveti tuzildi (8 so`l eser va 7 bolshevik). O`ukumatga mahalliy aholidan bironta ham vakil kiritilmadi. S. Lapin boshliq «ulamochi»lar, menshevik va so`l eserlarning o`lka Soveti tarkibiga musulmon vakillarini ham kiritish borasidagi takliflari inobatga olinmadi. Bu esa bolsheviklarning milliy masalada yo`l qo`ygan katta siyosiy xatosi bo`lib, bunda sovet rahbarlarining shovinistik kayfiyatlari ochiq namoyon bo`ldi. O`ukumatning bunday ziddiyatli tarkibi o`lkada evropali aholi hukmronligini mustahkamladi.
Rossiya Xalq Komissarlari Soveti 2 noyabrda «Rossiya xalqlari huquqlarining deklaratsiyasi» va 20 noyabrda «Rossiya va SHarqning barcha musulmon mehnatkashlariga» murojaatnomasini e`lon qildi. Ushbu dabdabali hujjatlarda xalqlarning o`z taqdirini o`zi belgilash huquqi rasmiy ravishda tan olindi; hattoki ajralib chiqish va mustaqil davlat tuzish huquqi; hamma va har qanday milliy, diniy imtiyozlar va cheklashlar bekor qilindi.
Taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan tashkil qilingan "Turon" jamiyati tashabbusi bilan 1917 yil mart oyida vujudga kelgan yirik milliy tashkilotlardan biri-"SHo’roi Islomiya" edi. Tashqilot nega bunday nom oldi? 1917 yilda Sovetlar ( sho’rolar) tashkil qilish-g’oyasi keng tarkalgan edi. Joylarda "Hamma hokimiyat Sovetlarga" degan shior ostida namoyishlar o’tkazila boshlandi. Odamlar "Endi xalq Sovetlar orqali o’z taqdiri va kelajagini hal eta oladi", deb uylay boshladi. Tashqilotning 1917 yil 14 martdagi yig’ilishda shunday taklif kiritildi: "Nega rus ishchi va askarlarida o’z sho’rolari Sovet ma’nosida bor, biz musulmonlarda esa xech qanday sho’ro yo’q. Keling biz ham bugungi majlisda tashkilotimiz nomini "Musulmonlar sho’rosi" yoki chiroyli qilib aytganda "SHo’roi Islomiya" deb aytaylik. SHunday qilib, Toshkent shahrining mahalliy aholisi o’zi saylangan va unga ishonch bildirgan milliy tashkilotga ega bo’ldi.
15 martda Munavvar qori hovlisida I idora majlisi bo’lib o’tdi, unda doimiy rais, kotib, sarkotib, xazinador va ularga muovin saylandi. Raislikka Abulvoxid qori Abdurauf qori o’g’li, muovinlikka Munavvar qori Abdurashidxon o’g’li, sarkotiblikka Katta xo’ja Boboxo’ja o’g’li, xazinadorlikka mulla Rizo Oxun Yo’ldosh xo’ja o’g’li, muovinlikka Abdusamin qori Xidayotboy o’g’li saylandi. "SHo’roi Islomiya" tashkiloti o’z oldiga qo’ygan asosiy maqsad va vazifalarni muvaqqat qonunning quyidagi bandlarida bildirgan:
1. Turkiston musulmonlari orasida siyosiy, ilmiy va ijtimoiy jihatdan zamonaga muvofiq islohot fikri tarqatmoq.
2. Butun Turkiston musulmonlarini bir fikr va bir maslakka kelturmoqqa tadbir va harakatlar qilmoq.
3. Mamlakatlarning usul idoralari haqida ma’lumot yig’ib, Ta’sis majlisiga hozirlanmoq.
4. Turkistonning har bir shahar, qishloq va ovullarida mitinglar yasab, siyosiy, ilmiy va ijtimoiy xutbalar o’qitmoq.
5. Eski ma’murlarni o’rindan qoldirib, o’rniga yangi ma’murlar qo’ymoq yo’llarini xalqqa ko’rsatmoq.
6. Turkistondagi turli millatlar orasida bo’lgan va bo’ladurg’on ixtilof va shubhalarni bitirib, bir-birlariga yaqinlashtirib, birlashtirmoq uchun tadbir va harakatda bo’lmoq.
7. Turli millat va firqalarning komitetlari ila aloqada bo’lib, o’z vakillari vositasi ila musulmon extiyojlarini ul komitetlarga bildirmoq va lozim topganda ulardan yordam so’ramoq.
Aprel oyining boshlarida o’lkaning boshqa shaharlarida ham «SHuroi Islomiya» tashkilotlari barpo etildi. Ularning asosiy vazifasi-kelajakda Turkiston avtonom ( mustaqil) jumhuriyatini barpo etish edi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish