1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni


Mahalliy boshqaruv Turkiston general-gubernatorligi



Download 0,6 Mb.
bet47/103
Sana24.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#219603
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103
Bog'liq
2 5242666810708332222

Mahalliy boshqaruv Turkiston general-gubernatorligi (rus. Туркестанское генерал-губернаторство) — maʼmuriyhududiy birlik. Rossiya Imperiyasi bosib olgan Gʻarbiy Turkiston hududida Rossiya imperatori Aleksandr II farmoni bilan tashkil etilgan (1867-yil 11-iyul).
Xuddi shu yili Turkiston harbiy okrugi ham tuzilgan. Turkistonning birinchi general-gubernatori etib rus podshosining yaqin mulozimi generaladʼyutant K.P.fon Kaufman tayinlandi. U 14 yil mobaynida (1867—1881-yillarda) Turkiston oʻlkasini qattiqqoʻllik bilan boshqargan. Kavkaz, Boltiqboʻyi oʻlkalaridagi ozodlik harakatlarini bostirishda tajribali maʼmur va usta siyosatchi ekanligini koʻrsatgan fon Kaufmanni "Turkistonning Bunyodkori" deb ulugʻlashgan. U Toshkent jamoatchiligi vakillari yigʻilishi (1868-yil 22-yanvar)da birinchi bor ruslarni Turkiston xalqlarining "Katta Ogʻasi" deb atagan. Turkiston 19-asrning boshlarida Britaniya Imperiyasi va Rossiya Imperiyasi orasida tortishuvlarga sabab boʻlgan
Rossiya imperatori fon Kaufmanga oʻlkani boshqarishda cheklanmagan huquq va vakolatlar bergan, natijada uni xalq "Yarim Podsho" deb bilgan. Ichki va tashqi siyosatda uning erkin ish yuritishi mumkinligi imperator tomonidan berilgan "Oltin Yorliq"da oʻz aksini topgan.
1868—1880-yillar davomida harbiy istilolar natijasida dastlab 2 viloyatdan iborat generalgubernatorlikka yana 3 viloyat qoʻshildi. 19-asrning oxirlarida Turkiston general-gubernatorligiga Sirdaryo, Yettisuv, Samarqand, Fargʻona va Zakaspiy kabi 5 viloyatdan iborat boʻlib hududi Yevropa Rossiyasining U3 qismiga teng edi. Turkiston general-gubernatorligining barcha hududi 1.779.618 chaqirimga teng boʻlgan. Rossiya hukmdor doiralari Turkistonni imperiyaning tarkibiy qismiga aylantirish va xalqlarini ruslashtirish uchun barcha vositalarni ishga soldi. Oʻlkadagi siyosiy, maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy islohotlar ana shu maqsadga qaratilgan edi.
Asriy milliy davlatchilikni yoʻqotib ruscha idora usulini qoʻllash uchun Sankt-Peterburgning oliy siyosiy doiralari qonunlar majmuasini ishlab chiqdi. U tarixga "Turkiston oʻlkasini boshqarish haqidagi Nizom" nomi bilan kirgan. Nizomga koʻra, oʻlka hokimiyati "harbiyxalq boshqaruvi" deb nomlandi. Turkiston general-gubernatorligi viloyatlar (oblast), tuman (uyezd), jabhalar (uchastka), boʻlislar (volost) va oqsoqolliklarga boʻlindi.
Viloyatlar, tumanlar va jabhalarni rus ofitsergenerallari, boʻlis va oqsoqolliklarni esa mahalliy xalq vakillari boshqargan. Viloyatlarga harbiy gubernatorlar, tuman — uyezd boshliqlari, jabhalarga esa uchastka pristavlari tayinlangan.
Mustamlakachilar mahalliy boshqaruv idoralariga maʼsul shaxslar tayinlanishida nihoyat hushyor ish tutib, ilgʻor, taraqqiyparvar va millatparvar kishilar boʻlis boshqaruvchisi, oqsoqol, yuzboshi yoki qozi sifatida saylanib qolsa, ularni lavozimga tasdiqlamaslik uchun turli hiylanayranglarni ishga solganlar.
Turkistonda mustamlaka idorasi 1898-yilgacha "harbiyxalq", undan keyin esa "maʼmuriypolitsiya boshqaruvi" deb atalgan boʻlsa ham uning mohiyati mazmunan oʻzgarmagan, barcha vakolatlar rus maʼmuriyati qoʻlida jamlangan.



Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish