1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni


Movarounnahrning mug‘ullar bosqinidan keyingi ijtimoiy- iqtisodiy ahvoli



Download 0,6 Mb.
bet29/103
Sana24.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#219603
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   103
Bog'liq
2 5242666810708332222

28. Movarounnahrning mug‘ullar bosqinidan keyingi ijtimoiy- iqtisodiy ahvoli.

Asrlar davomida moddiy va ma’naviy madaniyati rivojlanib kelgan O‘rta Osiyodagi ko‘pgina shaharlar- Buxoro, Samarqand, Xo‘jand, Termiz, O‘tror, O‘zgan, Urganch, Kesh kabilar vayronaga aylayatirildi. Dehqonchilik vohalari xarobalarga aylandi. Mo‘g‘ul bosqinchlari mahalliy aholiga hamda ularning madaniyatiga hech bir shafqat qilmadilar. Arab tarixchisi Ibn al-Asir (1160-1214) O‘rta Osiyodagi mo‘g‘ul bosqini haqida shunday yozadi: «...Xitoy chegaralaridan bir xalq chiqib, Turkistondagi Kashg‘ar va Balasog‘un kabi viloyatlarni, Movarounnahrdagi Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarni... vayron etib, qirg‘in qilib, talon-toroj qilib egalladi. Tatarlar (mo‘g‘ullar) hech qaysi shaharni omon qoldirmadilar, ketayotib vayron etdilar. Ular nimaniki yonidan o‘tgan bo‘lsalar, uzlariga yoqmagan narsalarga o‘t qo‘ydilar».


O‘rta Osiyo xalqlari mo‘g‘ul bosqinchlariga qarshi qahramonona kurash olib bordi. Xususan, O‘tror hokimi Inalxon, Buxoro mudofaachilari Ixtiyoriddin Qushlu, Hamid Pura Qoraxinoy, Suyunchixon, Xo‘jand hokimi Temur Malik, Urganch shayxi Najmiddin Kubro, shahzoda Jaloliddin kabilar Vatan mustaqilligi va ozodligi uchun qon tukib kurashdilar. Ammo ular ona-yurt ozodligini saqlab qolisha olmadi. Mo‘g‘ullar istilosi oqibatida Movarounnahr va Xurosoning obod viloyatlari, shaharlari xarobazorga aylantirildi.
Zarafshon, Marv, Xorazm vohalarida sug‘orish tarmoqlari buzib tashlanishi natijasida yam-yashil dalalar, bog‘-roklar xarobazorga aylandi. Bu davrda ilm-fan va ma’rifatga etkazilgan jarohat ham oz bo‘lmadi.
Bosqinchilar to‘s-to‘poloni vaqtida Buxoroda, Samarqandda, Urganchda bir nechta kutubxonalar yonib ketdi. Misol uchup Buxoroda «Mas’udiya» madrasasi va katta kutubxona yonib ketdi. Faqat XIII asrping 70-80- yillariga kelib O‘rta Osiyoda asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, shahar hasti, hunarmandchilik jonlana boshlandi. Mo‘g‘ul bosqini davrida inqirozga yuz tutgan v fan-adabiyot, ma’rifat va madaniyatning ayrim tarmoqlari ham tiklana boglaydi. XIII asrda Buxoroda «Mas’udiya» va «Xoniya» madrasalari qurildi. Jaloliddin Rumiy, Sa’diy SHeroziy, Amir Xusrav Dexlaviy kabilar adabiyot sohasida ijod etdilar. Undan tashqari Abu Umar Mirxojiddin Jusjoniyning «Tabaqoti Nosiriy», Alouddin Otamalik Juvayniyning «Tarixi jahon gushay» («Jahon fotihlari taraxi»), Fazlullloh Rashididdinning «Joms at-chavorix» («Tarixlar to‘plami») kabi tarixiy asarlari yaratiladi.
XIV asr o‘rtalarida CHingizxon egallab olgan erlar uning merosxo‘rlari qul ostida bo‘lsa ham, bu erlar mayda bo‘laklarga bo‘linib ketib, ularda toju taxt, hokimiyat uchun o‘zaro nizolar kuchayib ketgan edi. 1348 yilga kelib SHarqiy Turkiston erlarida Mo‘g‘uliston feodal davlati tashkil topdi, uning xoni etib CHig‘atoy avlodidan Tugluq Temur ko‘tarildi. Tug‘luq Temur dastlabki davrlardanoq o‘z erlarini kengaytirish maqsadida Movarounnahr erlariga bir necha harbiy harakatlar uyushtirdi. XIV asr o‘rtalariga kelib, chig‘atoy ulusidagi barqarorlik Qozonxon vafotidan so‘ng (1336-1347) barxam topdi. Siyosiy va iqtisodiy inqiroz Amir Qozag‘on (1347-1357) davrida yanada avj oldi. Amir Qozag‘on fitna natijasida o‘ldirilgach, CHig‘atoy ulusi beklari o‘zlarini mustaqil deb e’lon qildilar: Keshda Amir Xoji Barlos, Xo‘jandda Boyazdi jaloyir, Balxda O‘ljoy Bug‘o Suldus, SHibirgonda Muxammad Xoja Aperdi nayman, Xuttalonda Amir Kayxusrav va O‘ljoy Aperdi, Totkand va Saripulda Xizr YAsovuriy, Ko‘xistonda Amir Sotilmish xukmronlikni qo‘lga kiritdilar. 1348 bil taxtni egallagan Tug‘luq Temur Movarounnaxrda o‘z mavqeini tiklash uchun ikki marta (1360-1361) yurish qildi. SHu vaqtda Tug‘luq Temur xizmatiga kirgan Amir Temur SHaxrisabz xokimi etib tayinlandi.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish