1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni


CHor Rossiyasining Turkistonni bosib olishi



Download 0,6 Mb.
bet45/103
Sana24.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#219603
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   103
Bog'liq
2 5242666810708332222

45. CHor Rossiyasining Turkistonni bosib olishi.
XIX asr ikkinchi yarmiga kelib O`rta Osiyo xonliklaridagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy ahvol tang darajada bo`lganligi bu paytda jahondagi eng agressiv davlatlar qatoriga kirgan, Evropa davlatlariga nisbatan iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolayotgan Rossiyaning O`rta Osiyoni o`ziga bo`ysundirish niyatini r´yobga chiqarishni tezlashtirdi. Bu niyat Rossiya imperatori Pyotr I (1672-1725) davrida tuQilgan bo`lib, u Xiva xonligini bo`ysundirish uchun hatto 1717 yilda Bekovich-CHerkasskiy boshchiligida O`rta Osiyoga harbiy ekspedisiya uyushtirgan edi. Lekin bu harakat, undan keyingi boshqa harbiy harakatlar: jumladan, 1839-40 yillarda Perovskiy boshchiligidagi harbiy yurish ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. XVIII-XIX asrning birinchi yarmi davomida rus hukumati Pyotr I orzularini amalga oshirish yo`lida uning vasiyatlarini bajarib, Qipchoq dashtlarini o`ziga bo`ysundirdi va u erda harbiy istehkomlar bunyod etdi. Bu davrda Rossiya uchun sanoatni rivojlantirish, uni xom-ashyo bilan ta`minlash va ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish uchun yangi bozorlar izlash kechiktirilmas vazifa bo`lib qoldi.
Rossiyaning agressiv tashqi siyosati davomida uning kelajakda imperiyani kengaytirish uchun Xitoy, O`indiston, AfQoniston, Eronga uyushtiradigan harbiy yurishida, janubdagi dengizlar, ular orqali okeanga chiqishida O`rta Osiyo platsdarm vazifasini bajarishi kerak edi.
YAna shuni ko`rsatib o`tmoq joizki, chorizmning Turkistonga bo`lgan qiziqishi bu o`lkadagi katta er osti boyliklarini o`zlashtirishga intilish bilan bog`liqdir. SHu bilan birga XIX asr o`rtalarida O`rta Osiyoda Rossiya va Angliya manfaatlari to`qnashdi. Bu hol Rossiyaning O`rta Osiyo xonliklarini bosib olish rejasini ishlab chiqish va harbiy yurishlarni tezlashtirishiga sabab bo`ldi.
SHu sabablarga ko`ra chor Rossiyasi o`zining tish-tirnoQigacha qurollangan qo`shinlari bilan Turkiston xalqlarini bo`ysundirish va jonajon Vatanimizni bosib olib, unga egalik qilish maqsadida harbiy yurishlarini boshladi.
Oldindan belgilangan reja asosida rus qo`shinlarining hujumi Qo`qon xonligiga qaratildi. Zamonaviy qurollar bilan to`la ta`minlangan 2850 kishilik rus qo`shini bir yil oldin maQlubiyatga uchragan general Perovskiy boshchiligida 1853 yil iyul oyida Oqmachit qal`asiga hujum qildi. Oddiy qurollar bilan qurollangan 400ga yaqin qal`a himoyachilari 20 kun davomida dushman hujumini qaytarib, mardlik, jasurlik, vatanparvarlik timsoli bo`lib tarixga kirdilar.
1853-1856 yillardagi Qrim urushi sababli Rossiya O`rta Osiyodagi harbiy harakatlarini to`xtatishga majbur bo`ldi. U Qo`qon xonligidagi faol harakatini 1860 yil yozidagina qayta tashkil qila oldi. Xalqimizning qahramonona qarshiligiga qaramasdan yangi harbiy texnika bilan qurollangan rus qo`shinlari 1860-1864 yillarda Pishpak, To`qmoq, Avliyo ota, Turkiston, CHimkent shaharlari va ular atrofidagi qishloqlarni bosib oldilar. Bu janglarda ko`ngilli himoyachilar, Qo`qon xonligi sarkardasi mulla Alimqul va boshqalar o`z qahramonliklari bilan vatanparvarlik namunalarini ko`rsatdilar.
1864 yil oktyabrida general CHernyaev boshchiligidagi rus qo`shinlarining Toshkentga hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, ular Niyozbek qal`asini egallab, CHirchiq daryosidagi to`Qonni buzib tashladilar va shaharga suv chiqmay qoldi. 1865 yil may oyida ruslar Toshkent shahriga yangitdan hujum boshladilar. O`imoyachilarning fidokorligi, Mulla Alimqulning tadbirkorligi yangi harbiy qurollar va muntazam harbiy qo`shin oldida ojiz edi. Toshkentni ruslar 42 kun deganda bosib oldilar.
1865-1866 yillarda rus qo`shinlari Qo`qon xoni va Buxoro amiri o`rtasida hamisha qo`ldan-qo`lga o`tib turgan Xo`jand, O`ratepa, Jizzax shaharlarini qattiq janglardan keyin egalladi.
Buxoro amiri Muzaffarning ko`rgan tadbirlariga, xalqning qahramonona qarshiliklariga qaramasdan 1868 yilgi CHo`ponota va Zirabuloq janglarida ruslarning qo`li baland keldi. Natijada amir Muzaffar Qo`qon xoni Xudoyorxon (1864-1879) kabi Rossiya bilan noteng sulh shartnomasini imzolashga majbur bo`ldi. Qo`qon xonligiga va Buxoro amirligiga tegishli bo`lgan erlarning katta qismi Rossiya tasarrufiga o`tkazildi. Katta miqdorda tovon puli to`landi.
Olinmas qal`a hisoblangan Xiva xonligiga ruslar qattiq tayyorgarliklardan keyin 1873 yilda hujum qildilar. Xonlikdagi qoloqlik, harbiy texnika va san`atning pastligi bu erda ham ruslarning Qolib kelishiga asos bo`ldi. Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruz (1864-1910) Gandimiyon shartnomasiga asosan 2200000 oltin so`m to`ladi hamda Amudaryoning o`ng qirQoQidagi erlaridan va mustaqil tashqi siyosat yurgizishdan mahrum bo`ldi. Ruslarning O`rta Osiyodagi harbiy harakatlari XIX asrning 80-yillari o`rtalarigacha chorvador ko`chmanchi turkmanlarni bo`ysundurgunga qadar davom etdi. Rossiya o`lkamiz xalqlarini kuch, qurol, talonchilik va vayronagarchiliklar yo`li bilan bosib oldi.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish