1O`quvchilar bilan ishlashda guruhlarga bo`lib olaman.O`quvchilarni o`zlashtirishiga qarab yashil,sariq va qizil guruhlarga bo`lib , qizil guruhdagi o`quvchilar bilan ko`proq shug`ullanib sariq guruhga o`tkazishga harakat qilaman .O`quvchilarni qiziqishiga qarab turli didaktik o`yinlardan foydalanaman.O`quvchilarga bilimni o`yin orqali yetkazish natijasida sinfdagi o`quvchilarimni samaradorligi 86% ga yetdi.
2.Pandimiya davrida o`quvchilar bilan mustaqil ishlash va ko`proq kitob bilan ishlashni tadbiq qildim.O`quvchilar bilan “Xotira mashqi”,”Xatosini top” ,”Jadvalni to`ldir ” kabi ta`limiy o`yinlar orqali o`quvchilar bilimini oshirib bordim.
3.Hamkasblarim bilan suhbatlashganimda o`quvchilar bilimida paydo bo`lgan bo`shliqlarni qanday to`ldirish,o`quvchilar bilim sifatini oshirish haqida suhbatlashib,fikr almashaman.
4.O`z ustimda ishlab ko`proq bolalalarni bo`sh vaqtidan unumli foydalanishga,yoshiga mos kitoblar o`qishga,erkin fikrlashga o`rgataman.Ta`limda o`qituvchi bilan ko`proq shug`ullansa,o`quvchini qiziqishi bo`yicha turli to`garaklarga jalb qilinsa,o`quvchilarni bilimida paydo bo`lgan bo`shliqlarni to`ldirib borilsa hamda ota-onalar bilan hamkorlikda ishlansa yaxshi natijaga erishiladi.
5.Xalqaro tadqiqotlarga yo`naltirilgan tayanch maktablar uchunPIRLS tadqiqoti bo`yicha tumanda trening o`qituvchiman.Viloyatda ”Umumiy o`rta ta`limning milliy o`quv dasturini amaliyotga joriy etish” bo`yicha o`tkazilgan treningda ishtirok erdim.Tumanda ”Umumiy o`rta ta`limning milliy o`quv dasturini amaliyotga joriy etish” bo`yicha trening mashg`ulotlari tashkil qilganman.Chortoq tuman xalq ta`lim bo`limida boshlang`ich sinflar bo`yicha metodkengash kotibi sifatida ish olib boraman.
6. 2020 йил 14-январ Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан ўтказилган диктантлар танловида ўқувчиси Тошпўлатова Саида туманда фахрли 1-ўринни эгаллаган.
2020-йил 6-феврал куни Ўзбекистон Гастрономик Туризм ассоциацияси томонидан ташкил етилган танловда ўкувчиси Акрамов Бобур Энг билимдон укувчи номинацияси буйича такдирланди.2021-yil sentabrda o`quvchisi Murodullayeva Oyshaxon “Oq xalat kiygan fidoiylar”mavzusida o`tkazilgan bayonlar tanlovida tumanda faxrli 1-o`rinni egalladi.2021-yil aprelda o`tkazilgan “Muhammad Yusuf izdoshlari”ko`tik tanlovida o`quvchim Muhammadjonova Odina viloyatda faxrli 1-o`rinni egalladi
7.Hozirgi kunda AKT ,internet ma`lumotlaridan,o`qituvchi uchun metodik qo`llanmalardan ,audio va video kitoblardan foydalanamiz.Hozirgi kunda boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun har bir darslik bilan birga mashq daftari joriy etildi.Bu o`qituvchilar uchun ham o`quvchilar uchun ham qulay. 10 yil oldin bunday o`zgarishlar bo`lishini o`ylamaganmiz.Boshlang`ich ta`limga bunday e`tibor berilishini kutmagan edim.
Do'stlaringiz bilan baham: |