"Geosiyosat" (" Geosiyosat asoslari") sozi garchi yunon tilidagi "geo" (er) va "politicos" (davlatni boshqarish sanati) jumlalaridan olingan bolsada, ozbek siyosiy lugatiga nemis tilidagi "geopolitik" sozidan kirib kelgan desak togri bolar. Qolaversa, bahs etayotganimiz geosiyosat nazariyasi ham avvalo nemis geosiyosiy maktabida tugal shakllanganligi barchaga malum.
Geosiyosat asoslari davlatga turgun, statik xoldagi hodisa sifatida emas, balki dinamik ozgaruvchan hodisa sifatida qaraydi. «Geosiyosat» sozini asarlarida ishlatmasada, geosiyosat fanining «otasi» deb nemis olimi Fridrix Rattselni aytish mumkin. Olim siyosiy geografiyadan bahs etadi va ozining 1897 yilda chop etilgan asosiy ishini ham «Siyosiy geografiya» («Politische Geographie») deb nomlagan. Garchi F.Rattsel` siyosiy geografiya haqida subektiv fikrlarini ortaga tashlasada, uning mulohazalari bevosita geosiyosiy ahamiyatga molik edi. Jumladan, olim davlatda geografik omillarning ustuvorligini va ularning ozgarmasligi borasidagi fikrlarni yoqlamaydi. Uningcha, davlat doimo joshqinlikda hayot kechiruvchi «tirik organizmdir». F.Rattsel` fikricha, geosiyosat siyosiy geografiyadan farqli tarzda, davlatning joylashishi, uning iqlimi va shakllari bilan birlamchi darajada qiziqmaydi.
Ilmiy doirada birinchi bolib "geosiyosat" atamasini shved olimi Rudol`f CHellen (1864-1922) ozining «Davlat hayotning bir shakli sifatida» («Der Staat als Lebensform», 1916) nomli asarida qollagan. Olim geosiyosatga quyidagicha tarif beradi, yani «geosiyosat bu borliqdagi davlatlarni geografik organizm, yoki makondagi fenomen sifatida organuvchi fandir». Shuningdek, geosiyosat "... makonni fundamental asosda tadqiq qilish bolib, tadqiqot Er va undagi foydali qazilmalar bilan bogliq. Bu esa oz navbatida imperiyalarning tashkil topishini, mamlakatlarning yozaga kelishini va davlatlar hududlarini organish demakdir".1
Geosiyosatga oziga xos tarif oz vaqtida «Zeitschrift feur Geopolitik» nomli nemischa jurnalda berilgan: Geosiyosat er va siyosiy jarayonlar ortasidagi munosabatlarni organuvchi fandir. U geografik fundamentga ega. Shuningdek, geosiyosat borliqdagi siyosiy organizmlar va ularning tozilishini organuvchi fan siyosiy geografiyaga asoslanadi. Geosiyosatning maqsadi siyosiy harakatlarni kerakli vositalar bilan taminlash va umuman siyosiy hayotga yonalishni korsatadi. Bu jihatdan geosiyosatni amaliy siyosatni boshqarish haqidagi fan deyish mumkin. Geosiyosat davlatning geografik aqlidir.2 Rus geosiyosatchisi N.Nartov fikricha geopolitika oraliq fan bolib maxsus oziga xos tadqiqot maydoniga emas. Siyosatga, siyosiy hodisalarga koproq etiborini qaratsada, ularni geografik omillar, aspektlar asosida umumlashtiradi. Oz navbatida geopolitika davlatning ichki, tashqi siyosatini tushuntirishda, asoslab berishda bir qator geografik omillardan keng foydalanadi: chegara tafsili, tabiiy va qazilmalar resurslarga boyligi, u joylashgan orol yoki quruqlikning qulayligi, iqlimi, rel`efi va boshqalar. Ozoq yillar davomida geopolitikada hal etuvchi omil metropoliyaning geografik makonda kengayib borishi asosiy ahamiyat kasb etib kelgan edi. Vaqt otishi bilan bu omil oz ahamiyatini davlatlar ortasidagi hamkorlikka, tenglikka asoslangan ozaro hamkorlikka asoslangan munosabatlarga boshatib bera boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |