Birinchidan, evolyusion yo‘l inqilobni istisno qiladigan yo‘ldir. Inqilob-tarixni rivojlantiruvchi kuch, degan qoida bugungi kunda eskicha fikrlash tarzi bo‘lib qoldi. Chunki inqilob eskini zo‘rlik bilan ag‘darib tashlashni ko‘zda tutadi. Jamiyatni o‘zgartirishdagi zo‘rlik esa hamma vaqt vayronagarchilik, o‘ldirish, qon to‘kishga olib keladi. Evolyusion yo‘l « yangi uy qurmasdan, eskisini buzmaslikni» nazarda tutadi. ya’ni eski bilan yangining uzviy bog‘liqligini ta’minlaydi.
Ikkinchidan, inqilobiy yo‘l uzluksizlikning uzilishini ko’rsatadi. Bu dialektikada tan olingan tamoyil, evolyusiya esa uzluksiz rivojlanish bilan birga keskin sakrashlarsiz, portlashlarsiz boradigan tadrixiy yo‘ldir. Biz bu o‘rinda evolyusion nazariya inqilobga bog‘liq bo‘lgan juft kategoriya ekanligi to‘g‘risida emas, balki u zamonaviy vaziyatni ifoda etuvchi mustaqil metodologiya ekanligi haqida gapirmoqchimiz.
Uchinchidan, evolyusion nazariya hozirgi zamon ijtimoiy hayotidagi vaziyat va tabiiy fanlardagi fundamental o‘zgarishlarni tahlil qilish asosida paydo bo‘lgan nazariyadir.
To‘rtinchidan, evolyusion nazariya borliqni tizim, shu jumladan jamiyatni ochiq tizim deb qaraydi. Natijada, inson bilan tabiat, tabiat bilan jamiyat, inson bilan jamiyat, odamlar bilan odamlar o‘rtasidagi yangidan-yangi munosabatlar paydo bo‘ladi. Bu munosabatlar yuqorida aytganimizdek, o‘zaro hamkorlik va insoniylik munosabatlaridir.
Beshinchidan, borliqqa ochiq tizim sifatida qarash evolyusion nazariyani o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi tizim ekanligii ta’minlaydi. Taraqqiyot vertikal shakllardagina emas, balki gorizontal shaklda ham borishini ko‘rsatadi.
Oltinchidan, ochiq tizim ko‘p imkoniyatlarni vujudga keltiradi, natijada, inson uchun o‘sha imkoniyatlardan birini tanlab olish sharoiti vujudga keladi. Demak, evolyusion nazariya inson erkinligini ta’minlovchi taffakkur tarzidir. Shu bois ijtimoiy qonunlar inson erkinligi, irodasi, fikrlari orqali namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra, bu tamoyil inson erkinligini ifoda qilar ekan insonning o‘zligini ko‘rsatish uchun cheksiz imkoniyat vujudga keladi. Bu esa, jamiyatni demokratiyalashtirishning muhim sharti hisoblanadi. Demak, evolyuson nazariya inson uchun xizmat qiluvchi gumanistik ta’limotdir.
Ettinchidan, evolyusion yo‘l ko‘p modelli, ko‘p imkoniyatli davrning yangi nazariyasi. Mana shu sharoitda inson, jamiyat, millat o‘ziga maqbul yo‘lni topib olishga qodir ekanligini ko‘rsatadi. Shuning uchun «Bizning o‘zimizga xos, o‘zimizga mos» yo‘limizning nazariy asosi evolyusion ta’limotdir.
Sakkizinchidan, ilgari nazariyalar jamiyat taraqqiyoti qonunini ob’ektiv deb bilib, uni insondan tashqarida o‘rgangan, insonni jamiyatdan begonalashtirgan edi. Vaholonki, evolyusion nazariyaga ko‘ra, inson, ya’ni alohida shaxs jamiyatdan tashqarida emas, aksincha, jamiyat taraqqiyotida betakror ta’sir kuchiga ega. Shaxsning ijobiy faoliyati jamiyatni rivojlantiradi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning nazariy asosi evolyusion ta’limotdir.
To‘qqizinchidan, evolyusion nazariya «Mamlakatimizning tarixiy va milliy xususiyat» laridan, xalqimizning tabiatidan - mentalitetidan kelib chiqadi. Chindan ham Sharq va G‘arb tafakkur tarzining bir-biriga uyg‘unligi natijasi bo‘lgan ta’limot-sinergetikaning asoschilari ham evolyusion nazariya «Sharq falsafasi» ning mahsuli ekanligini maroq bilan tilga olmoqdalar.
Evolyusion yo‘lning yana bir afzalligi shundaki, butun insoniyat juda katta intellektual kamolot darajasiga ko‘tarildi, shuning bilan birga, uning ehtiyojlari ham unga mos ravishda rivojlanib bormoqda. Ana shu ikki jarayonni uyg‘un holatda rivojlantirish imkoniyatini faqat evolyusion yo‘ldan borish bilan hal qilish mumkin bo‘ladi. Bugun xuddi ana shu yo‘l fojialarga olib keluvchi qarama-qarshiliklarning oldini olishga va taraqqiyotga murosa-yu, madora yo‘li bilan erishish imkonini beradi.
Bu yo‘l bugun o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritib, endi taraqqiyot yo‘liga kirayotgan Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun ham samara beradigan yo‘l hisoblanadi. Ular hozir taraqqiyotning qaysi bosqichlarida bo‘lishlariga qaramasdan, demokratik taraqqiyot bosqichiga ham tabiiy-tadrijiy yo‘ldan borishlari pirovard maqsadda erishish demakdir. Ammo ularning ichki hayotiga aralashuv, demokratiyani tashqaridan olib kiritishga har qanday urinishlar kutilgan natija bermaydi. Bunday holat faqat mamlakatda ichki va tashqi ziddiyatlarning kuchayishiga, demokratiyaning bunyodkorlik kuchiga emas, uni taraqqiyotdan orqaga uloqtirib vayronkor kuch sifatida namoyon bo‘lishiga olib keladi. Bunday sharoitda mamlakatda fuqarolik urushi kelib chiqishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida mamlakatlararo, millatlararo qarama-qarshiliklarni kuchay tirib, demokratiyaning qaror topishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Evolyusion yo‘lning samarali rivojlanishi uchun tashqaridan bo‘ladigan har qanday «yordam» mamlakatda demokratik jarayonlar rivojlanishi uchun zarur bo‘ladigan shart-sharoitlarni yuzaga keltiradi. Demak demokratiya hokimiyat boshqaruvida xalqning ishtirok etishi bilan belgilanar ekan, uni majburlab, boshqaruv jarayoniga jalb qilib bo‘lmaydi. Ana shu jarayonning yuzaga kelishi evolyusion yo‘l bilan demokratik jamiyatga o‘tish imkonini beradi. Bu yo‘lning samaradorligini O‘zbekiston misolida ko‘rish mumkin. Shu bois, bu jarayonlarni o‘rganish zaruriy ehtiyojdir.
T a y a n ch i b o r a l a r :
O‘tish davrining o‘ziga xos xususiyatlari, mexnaizmlarini ishlab chiqish, mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlari, islohotlarni chuqurlashtirish, xalq an’analari, islom dini, milliy- ma’naviy, axloqiy qadriyat, demokratik jamiyatga o‘tishning mohiyati va zarurati, davlatning vujudga kelishi, taraqqiyot bosqichlari, rivojlanish darajasi, klassik yo‘l, inqilobiy yo‘l, evolyusion yo‘l, mintaqa, qadimiy tarix va madaniyat, avlod larning ma’naviy ruhiy ongi, xalq andozalari, urf-odatlar, O‘zbekiston tanlagan yo‘l, uch bosqich, fuqarolik jamiyati, mamlakatlar taraqqiyoti, umumiy qonuniyat, urinishlar, o‘zgarishlar, xalq boshiga tushadigan hodisa, o‘tish davri.
5- mavzu. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy va
umuminsoniy demokratik tamoyillari.
R e j a :
Demokratik jamiyatning milliy va umumbashariy tamoyillari. Qadriyat tushunchasi va uning mohiyati.
O‘zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda milliy va umumbashariy qadriyatlarning uyg‘unlashuvi.
“Milliy-ma’naviy meros” tushunchasi, uning mazmun va
mohiyati.
Agressiv millatchilik, milliy ayirmachilik, buyuk davlatchilik
shovinizmi ekstremizm va terrorizmning demokratiya va milliy-ma’naviy negizlarga zidligi.
1. Mustaqillik yillarida demokratiyaning milliy umumbashariy tamoyillarini har bir xalqning qadriyatlari bilan ug‘unlashtirish va to‘ldirish borasida bir muncha ishlar qilindi. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning metodologik asoslari, ilmiy va amaliy jihatlari Birinchi Prezident I.A. Karimov asarlarida, nutqlarida keng va chuqur yoritilgan. Biz mazkur ma’ruza matnida O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy umumbashariy tamoyillari va qadriyatlarini yoritib beramiz.
Qadriyat tushunchasining ijtimoiy-gumanitar fanlar nuqtai nazaridan ta’riflari ko‘pgina ilmiy adabiyotlarda turli xil yondashuvlarning mavjudligini, ba’zan esa ularning butunlay bir-birini inkor etishi hollari uchraydi. Rus tilida «sennost», ya’ni qadriyat tushunchasiga, kishilarning ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga, ma’naviy dunyo qarashiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadigan barcha narsa va hodisalar kiritilgan. Qadriyat, voqelikdagi muayyan hodisalarning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’rifiy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan tushuncha.
Ushbu mavzuning dolzarbligini K.X. Xonazarov o‘zining bir qator risolalarida ko‘p jihatdan qadriyatlar tushunchasi, ayniqsa milliy qadriyatlar yangi masala, yangicha jumboq lardan biri ekanligi ko‘rsatadi. X.O.Shayxova ham umuminsoniy qadriyatlar mavzusi vaqt o‘tishi bilan yangi talqinlarni, turlicha tafakkur tarzini talab qilishini alohida ta’kidlaydi. Taniqli faylasuf Jondor Tulenov: «Qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari, hodisalari majmuini tushunmog‘imiz lozim» - deydi.
Qadriyatlar – jamiyatda kishilar o‘rtasida obro‘ga, e’tiborga, hurmatga, nufuzga, ahamiyatga ega kishilar munosabatlari, holatlari moddiy narsalar va ma’naviy boylik lar majmuasidir. Qadriyatlarni bunday ta’riflash bu tushunchaning mohiyatini ancha mantiqiy ifodalasada, lekin qadriyatlarga berilgan ta’riflar ichida Q.N Nazarovning ta’rifi ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan o‘zining ilmiyligi bilan boshqa ta’riflardan ajralib turadi va asosga ega degan fikrdamiz. Umuminsoniy qadriyatlar tushunchasi butun jamiyat ahamiyatiga ega bo‘lgan, insoniyatning mavjudligi, o‘tmishi, buguni va kelajagini, yashashining asosiy yo‘nalishlari, qonun-qoidalarini, talab va tartiblarini, odamlarning eng azaliy orzu umidlari va ideyalarini o‘zida aks ettira digan umumiy faoliyatidir. Shu o‘rinda insoniyat ning eng umumiy jamoati bo‘lgan jamiyatgina, umuminsoniy qadriyat larning yaratuvchisi va saqlab turuvchisidir. Umuminsoniy qadriyatlar nihoyatda keng ko‘lamli va serqirra tushunchadir. Uning zamini eng avvalo ozodlik, tinchlik, demokratiya tufayli shakllangan inson baxt-saodati kabi umum ijtimoiy ma’no va mazmun kashf etadigan qadriyatlardan iborat deyish mumkin.
Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, o‘tmishdagi barcha sotsiologik ta’limotlarda qadriyatlarning mohiyati va ularning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni masalasiga katta e’tibor berilgan. Qadimgi dunyo ijtimoiy-falsafiy ta’limotlarda umuminsoniy qadriyatlar inson aqliy taraqqiyotning mahsuli deb qaralgan bo‘lsa, Turondagi ijtimoiy-fikrlar tarixida, Jumladan, «Avesto»dagi uchinchi davr deb atalgan insoniyat kelajak istiqboli, adolatli jamiyat haqidagi fikrlar, uning tarixiy ildizlarini tashkil etadi.
Qadriyatlarning eng muhim turlaridan biri milliy qadriyatlardir. Umuminsoniy va milliy qadriyatlar tushunchalarining demokratik uyg‘unligi dialektikasining qiyosiy tahlili Amir Temurning siyosiy-huquqiy qarashlarini o‘rganishda ham ko‘rish mumkin.
Binobarin, biron bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi.
Xalqlarning madaniy qadriyatlari ma’naviy merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qildi. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov bu borada fikr yuritib shunday deb ta’kidlaganlar: «Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston halqi avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi». Binobarin, har bir qadriyatning mohiyati va ahamiyati tabiat, jamiyat va ruhiy olam xodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotga ta’sir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi.
Mustaqillik yillarida demokratiyaning muhim umumjahon e’tirof etgan asosiy tamoyillari mavjud.
Ular quyidagilar: Erkin va adolatli saylovlar, ochiq va hisobot beruvchi hukumatning mavjudligi, qonun va inson huquqlarining ustuvorligi, hokimiyat organlarining saylab qo‘yilishi, so‘z, matbuot va vijdon erkinligining kafolatlanishi, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy huquqlari mavjudligi va tengligi ko‘ppartiyaviylik tizimining mavjudligi, mulk shakllarining xilma-xilligi va hokozalarning amal qilishi bilan ajralib turadi:
Birinchi Prezident I.A.Karimov quyidagi milliy tamoyillarga jamoatchilik diqqatini tortadi. Bu milliy tamoyillar 1992 yilda yozilgan «Istiqlol yo‘li muammolar va rejalar» hamda «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» asarlarida ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Bu xalqimiz tan olgan taraqqiyotning «O‘zbek modeli» degan nom oldi.
Birinchi tamoyil: avval iqtisod, keyin siyosat deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi nazarda tutiladi.
Ikkinchi tamoyil: davlatning bosh islohatchi ekanligi. yangilanish va o‘zgarishlar siyosatini ishlab chiqish va ularni izchillik bilan amalga oshirishni davlat o‘z zimmasiga oladi.
Uchinchi tamoyil: jamiyat hayotining barcha sohalarida qonunning ustuvorligi ta’minlandi.
To‘rtinchi tamoyil: Demografik vaziyat, aholining 60 % ko‘prog‘ini yoshlar tashkil etganligi, kam ta’minlangan oilalarni, bolalarni, nafaqaxo‘rlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish.
Beshinchi tamoyil: Xalqimiz an’analari, urf-odatlari hamda bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonun-qoidalarini hisobga olgan holda evolyusion tadrijiy asosda puxta o‘ylab bosqichma-bosqich o‘tish nazarda tutiladi
|
Demak, ushbu tamoyillar taraqqiyotning O‘zbek modeli bo‘lib, O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatiga o‘tishning hamda uning jahon hamjamiyati bilan izchillik asosida yaqinlashuv siyosatining negizini tashkil etdi. Mazkur tamoyillar, demokratik jamiyat qurishning umumbashariy tamoyillaridir. Demokratik jarayonda xalqimiz milliy madaniyatining o‘ziga xos jihatlarini, uning tabiatini umumbashariy tamoyillarda mujassam etib boradi.
2. O‘zbekistonda demokratik jamiyatni barpo etishda umuminsoniy va milliy qadriyatlarsiz barpo etib bo‘lmaydi. Qadriyat haqida fikr yuritganda, uning ikkita tarkibiy qismini nazarda tutmoq kerak. Bunda, eng avvalo, insonning ob’ektiv olamga nisbatan bo‘lgan aktiv faoliyatini alohida tahlil qilish zarur. Umuminsoniy qadriyatlar tushunchasiga moddiy va ma’naviy muhim, yashash shart-sharoitlarining rivojlanishi va vorislik sodir bo‘lib, yangidan-yangi qadriyatlarning shakllanishiga, o‘tmishdan meros bo‘lib qolganlari esa davr ruhi, yangi ijtimoiy ehtiyoj va taraqqiyot uchun asos bo‘lgan qadriyatlarga kiradi. Umuminsoniy qadriyatlarning asosiy vazifasi olamni bilish va uni amaliy o‘zgartirishning muhim omilidir.
Umuminsoniy va milliy qadriyatlar tamoyillar uyg‘unligining siyosiy tahlili uning inson ma’naviy kamolotining muhim omili ekanligidan kelib chiqishi zarur. Bunga: birinchidan, “demokratiya va ma’naviyat tushunchalarining bog‘liqligi va ular o‘rtasidagi munosabat juda murakkab ekanligini alohida ta’kidlash kerak. Ba’zi bir tadqiqotchilar” fikricha ma’naviyat demokratiya yo‘q paytda ham rivojlanishi mumkin. Masalan, demokratiyaning eshiklaridan biri hisoblangan qadimgi Rimda ham Neron, Kaligula singari zolimlar davrida demokratiya bo‘g‘ildi, boshqaruvdagi demokratik tamoyillarga barham berildi, lekin o‘sha zolim hukmdorlar davrida ham demokratiya tugatilganligi bilan ma’naviyat tugamadi. Bu fikr ancha bahsli va shuning uchun munozaraga sabab bo‘ladi. Fikrimizcha, muallifning fikrlari o‘z holicha qabul qilinadigan bo‘lsa, unda I.A.Karimovning «Mustaqillikka erishganimizdan keyingina bu buyuk ajdodlarimizning hurmatini o‘rniga qo‘ya oldik. Bizning bu intilishlarimizni Markaziy Osiyodagi qo‘shinlarimiz, madaniy xalqaro jamiyat qo‘llab-quvvatladi. Bu hol tasodifiy emas-Sohibqiron Amir Temur shaxsi uning avlodlari bo‘lmish faqat bizning emas, balki mintaqamizdagi barcha xalqlarning, butun ma’rifiy insoniyatning boyligidir.
Har bir millat rivojlanishidagi tarixiy voqealar, unga ijobiy hissa qo‘shgan shaxslar ham milliy qadriyatlar jumlasiga kiradi. Shu nuqtai nazardan Amir Temur shaxsi buning yorqin isbotidir. Binobarin, Amir Temur qanchalik taqvodor, asl musulmon bo‘lmasin, qonunchilikning turli tizimlari –diniy va dunyoviy tomonlari borligini, ularni hisobga olish kerakligini juda to‘g‘ri anglagan. Amir Temur qonunchilik deganda faqat shariat qonunchiligini emas, balki boshqa xalqlar qadriyatlari, urf odatlarini ham tushungan. «Milliy qadriyatlar - millat uchun muhim va jiddiy ahamiyat ga ega bo‘lgan jihat va xususiyatlar. O‘z milliy qadriyati bo‘lmagan millat yoki elat yo‘q. Millatning tanazzuli- milliy qadriyatlarning tanazzulidir. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, kelajagi, uni tashkil etgan avlodlar, ijtimoiy qatlamlar, milliy ong, til, ma’naviyat hamda madaniyat bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Negaki, milliy qadriyatlar nafaqat mamlaka timiz mustaqilligini mustahkamlaydigan ma’naviy asoslardan biri, balki demokratik, adolatli, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishning asosiy manbai hamdir. Markaziy Osiyo xalqlarining asrlardan asrlarga meros bo‘lib kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllangan va ko‘plab og‘ir sinovlarni boshdan kechirgan. Darhaqiqat, mintaqamiz xalqlari 3000 yildan ortiq davrni o‘zida mujassamlash tirgan Markaziy Osiyo sivilizatsiyasini yaratdi.
Markaziy Osiyo xalqlarining milliy qadriyatlariga xos
jihatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
|
a) tug‘ilgan makon va ona yurtga ehtirom:
b) avlodlar xotirasiga sadoqat:
c) kattalarga hurmat, yoshlarga izzat:
d) insoniy muomolada mulozamat:
|
Ma’lumki, demokratik qadriyatlar muayyan sharoitlarda shakllanadi.
Shu sababli ular:
mahalliy
milliy
mintaqaviy
umuminsoniy mazmunda namoyon bo‘ladi.
Milliy muhit demokratik qadriyatlarni yaratish va saralashning asosiy manbasidir. Aynan milliy muhit mahalliy qadriyatlarning ustuvorligini o‘z darajasiga olib chiqadi va ayni paytda, umuminsoniy qadriyatlarni har bir kishining boyligiga aylantiradi. «Shu bilan birga o‘tmish qadriyatlariga, an’analarga va turmush tarziga betartib ravishda orqa-ketini o‘ylamay qaytish boshqa bir keskinlikka:
hozirgi davrni qabul qilmaslikka, jamiyatni yangilash zaruriyatini inkor etishga olib kelishi mumkin» deb ta’kidlaydi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov. Biz bugungi kunda haqiqiy qadriyatlarimizni :
tadrijiylik, andishalik asosida :
bo‘hron paytida sabr-toqat, maromiylik va vazminlik asosida :
mulozamatda sertakalluflik, keksalarga munosabatda hurmat-izzat asosida :
ijtimoiy siyosiy hayotda bosiqlik, sipolik va boshqa asoslarda asrab-avaylab rivojlantirmoqdamiz degan edi.
Milliy qadriyatlar ham qandaydir o‘zgarmas xodisalar emas. Millat taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotning takomillashib borishi, yashash va mehnat qilish sharoitlar o‘zgarishi bilan milliy qadriyatlar ham rivojlanib borishiga imkon yaratildi.
Har bir qadriyat ma’lum konkret davr, sharoit va ehtiyojlarning mahsuligina emas, balki uning ko‘zgusi hamdir. Shu nuqtai nazardan qadriyatlarga baho berishdan oldin ulardan foydalanishda ikki omilga alohida e’tibor berish kerak:
Ularning birinchisi –qaysi bir qadriyatlarning yuzaga kelgan aniq tarixiy sharoitlar, ikkinchisi o‘sha davrlarga xos bo‘lgan imkoniyat va ehtiyojlarni ham bilish kerak, shuningdek, umumbashariy demokratik qadriyatlarmi, mintaqaviy qadriyatlarmi, milliy qadriyatlarmi uning qaysi zamin - ehtiyoj asosida vujudga kelganligi, ular o‘rtasida qanday uyg‘unlik mavjud bo‘lganligi, vorislik masalalarini ham o‘rganish zarur.
Ayni paytda, fikrimizcha, muayyan milliy, sinfiy, mintaqaviy, shaxsiy va boshqa xususiy qadriyatlar tizimi ham umuminsoniy qadriyatlar tizimining o‘rnini bosa olmaydi.
Fuqarolik jamiyatini barpo etishda umuminsoniy qadriyat larning namoyon bo‘lish xususiyatlari nisbiy harakterga ega bo‘lib, uning bu xusu-siyati nisbiylik ham doim ko‘zga tashlanavermaydi. Shunga ko‘ra demokratik tamoyillarni milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirishda uning quyidagi namoyon bo‘lish shakllarini alohida ta’kidlash zarur.
Demokratik adolatli jamiyat barpo etishda umuminsoniy qadriyatlar tushunchasiga xos bo‘lgan kundalik muloqotlardagi mazmun bilan falsafiy aksiologiya ma’no o‘rtasidagi farqqa e’tibor berish lozim. Shu nuqtai nazardan, bizning fikrimizcha, umuminsoniy qadriyat deganda eng avvalo, jamiyat va odamzod nasli uchun eng qadrli va uning ma’naviy kamoloti uchun xizmat qiluvchi umumijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi narsalar, hodisalar, faoliyat va boshqalarning nomi, ularni ijtimoiy ifodalash uchun ishlatiladigan falsafiy aksiologik tushunchalar nazarda tutiladi. Demak, umuminsoniy qadriyat deganda, jamiyat a’zolarining hammasi uchun umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan va har bir shaxsning hayotda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga ijobiy ta’sir etadigan, kishilarning hatti harakati, amaliy faoliyati, yashash tarzi, boshqalarga munosabati ham umuminsoniy qadriyatlarning mezoni sifatida baholanadi. Shu bilan ham umuminsoniy qadriyatlar tizimida demokratik qadriyatlarning o‘zi uning shakllanishi uchun keng maydon ochib beradi. Biroq bu degani milliy qadriyatlarning o‘rni ana shu tizimda passiv holatda ekan degan xulosani chiqarmaslik kerak. Negaki, qadriyatlar tizimida millat, unga xos bo‘lgan belgilar, jihatlar xususiyatlar, ularning vujudga kelish jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan hudud, makon va u bilan bog‘liq tuyg‘ular demokratik jamiyatni barpo etishda muhim o‘rin egallaydi.
3. Millat bir tomondan, o‘zining qadriyatlarini muttasil vujudga keltirib turganligi bilan ham u yashovchanlikka ega bo‘ladi. Demak, milliy qadriyatlarsiz demokratiya tamoyillarini hayotga joriy etish, uni har bir shaxsning turmush tarziga aylan tirish mumkin emas demokratiya nafaqat shaxs faoliyati, balki u millatning ruhiyati hamdir. Ikkinchi tomondan esa, demokratik jarayonlar davomida mavjud qadriyatlar tizimining o‘zi ham rivojlanib va o‘zgarib boradi. Demak, millat milliy qadriyatlarning haqiqiy egasi ekan, uning makon va zamondagi harakati ham o‘tmishdan kelajakka tomon yashashni ham avloddan avlodga etkazib beruvchi ham, uning asosiy ob’ekti ham millatdir. Shu ma’noda millatning milliy qadriyatlarning tanazzuli emas, balki milliy qadriyatlarnig takomillashmaganligi uning yo‘q bo‘lib ketishiga va oxir oqibatda egasiz bo‘lib qolishiga olib kelishi millatga bo‘lgan hujum eng avvalo, uning qadriyatlariga bo‘lgan hujumdan boshlangaligini tasodifiy hol deb qarash maqsadga muvofiq emas. Buning bir qator misollarini ko‘hna tarixdan ham keltirish mumkin.
Milliy qadriyatlarning saqlanib qolishi bu faqat ularning o‘zini o‘zi asrab qolishining asosiy masalasidir. Demak, har qanday milliy qadriyatlarning saqlanib qolishi uchun har bir millatning o‘zi javobgardir. Ana shu javobgarlik, mas’ullik darajasi milliy rivojlanish jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda biz K.N.Nazarov tomonidan bildirilgan ba’zi bir fikrlarni bahsli deb hisoblaymiz. «Millat ozod bo‘lmasligi, siyosiy jarayonlar natijasida biror imperiya yoki davlatga qaram bo‘lishi mumkin, ammo unda o‘z milliy qadriyatlarini saqlash tuyg‘usi yo‘qolib ketmaydi». Shu nuqtai nazardan ushbu fikrni tahlil qiladigan bo‘lsak, yaqin o‘tmishi mizda, ya’ni sobiq sho‘rolar davrida bir qator millatlar nafaqat o‘zlarining urf-odat larini, an’analarini, hattoki, tilini, dinini ham yo‘qotib qo‘yganligini isbot etishga ehtiyoj ham yo‘q.
Bu haqda qozog‘istonlik professor, faylasuf Q.Qodirjonov xalqaro konferensiyalarning birida shunday fikrni bildirdi: «Qozoq ziyolilarining o‘z ona tillarini o‘rganishlari, o‘zlashtirishi va o‘z tillarida ilmiy-falsafiy, siyosiy kitoblarni yozishi o‘ta mushkul bo‘lib qolayotganligining sababi-ular milliy ruhining erkinligiga nisbatan uzoq yillar hukmron bo‘lgan «qizil imperiya» mafkuraviy tazyiqining natijasidir. Bunday holatni Qirg‘iziston va O‘zbekiston ziyolilari o‘rtasida ham kuzatish mumkin
Milliy qadriyatlarning adolatli demokratik jamiyatni barpo etishdagi o‘rnini tahlil etish jarayonida eng avvalo, millatning o‘zini ijtimoiy qadriyat sifatida qarash zarur. Negaki, millatning o‘zi milliy qadriyatlarning ham ob’ekti va xam sub’ektidir.
Markaziy Osiyo xalqlarining asrlardan-asrlarga meros bo‘lib kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllangan va ko‘plab og‘ir sinovlarni boshidan kechirgan.
Ma’lumki, milliy demokratik qadriyatlar muayyan sharoitlarda shakllanadi. Shu sababli ular mahalliy, milliy, mintaqaviy, umumin soniy mazmunda namoyon bo‘ladi.
Demokratik tamoyillarni milliy qadriyatlar bilan o‘yg‘unlashtirishda uning quyidagi namoyon bo‘lish shakllarini alohida ta’kidlash zarur.
|
a) Demokratik jarayonlarning uzviyligi asosida milliy qadriyat sifatida shakllantirish.
b) Odamlarning tafakkuri va siyosiy saviyasi bilan demokratik o‘zgarish lar darajasining mutanosib bo‘lishiga erishish orqali,
c) «O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat» degan milliy g‘oya asosida hamjihatlik, millatlararo totuvlik, ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash.
d) Axloqiy, ma’naviy, milliy qadriyatlar ustuvorligiga erishish orqali umumbashariy demokratik tamoyillarni mamlakat fuqarosining turmush ehtiyojiga aylantirish.
e) Demokratik jarayonlar xalqimizing qonunni hurmat qilish, qonunga itoat etish kabi fazilatlariga mos ravishda rivojlanishni ta’minlash va boshqalar.
|
Umuminsoniy qadriyatlar qandaydir o‘zgarmas, aqidaviy tushunchalar emas. Davrlar o‘ti shi, sharoit, talab va ehtiyojlarning o‘zgarishi bilan ularning mazmuni, baholash mezonlari ham o‘zgarib boradi. Lekin bu o‘zgarishlardan qat’iy nazar, umuminsoniy qad riyatlar odamlarni jipslashtiruvchi,ma’lum maqsadlar, ijtimoiy kamolotning muayyan yo‘llari uchun birgalashib kurashishga, harakat qilishga chorlovchi ijtimoiy xodisalar dir.
Umuminsoniy qadriyatlar turli davrlar, xalqlar o‘rtasida ko‘prik vositasini o‘tab, odamlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, hamjihatlik va xamkorlikka chorlovchi kuch vositasini o‘taydi.
Ma’naviyat borasida ham umuminsoniy qadriyatlar xalqlarning barcha madaniyatini yaqinlash tiradi va ularning tezroq kamol topishiga imkon yaratib beradi.
Umuminsoniy qadriyatlar inson ma’naviy, ijtimoiy kamolotining qanday dir alohida, boshqalardan ajralgan tomoni emas. Umuminsoniy qadriyatlar milliy va minta qaviy qadriyat-larning umumlashgan ifodasidir.
Umuminsoniy qadriyatlar butun insoniyatga xos qadriyatlar asosida tashkil topadi va rivojlanadi, ular ayni vaqtda barcha milliy qadriyatlarning bir-biriga yaqinlashish va rivojlanishiga ham xizmat qiladi.
Insonparvarlik g‘oyalariga sadoqat, demokratiya, ijtimoiy adolat hamma erda barqa ror bo‘lishiga intilish, inson huquqlari poymol etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, hamma xalqlarning milliy mustaqillik uchun bo‘lgan kurashlarini himoya qilish kishilarni do‘stlik, hamkorlik va hamdardlikka chorlash: hamma yerda tinchlik, osoyishtalik qaror topishiga harakat qilish, atrof muhitni toza saqlash umuminsoniy qadriyatlarning hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etayotgan jihatlaridir.
Bu qadriyatlar butun insoniyat tomonidan qo‘lga kiritilgan fan, texnika, madaniyat, ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini rivojlantirish borasidagi yangi jihatlar, demokratiya, qonunchilik, adolat, barqarorlash tirish borasidagi yutuqlardan ham iborat bo‘lib, ulardan oqilona foydalanish Respublikamizni jahondagi rivojlangan mamlakat lardan biriga aylantirish ishiga ham xizmat qiladi. Bu borada biror chekinishlarga, milliy mahdudlikka va kalondimog‘likka yo‘l qo‘yish nihoyatda katta yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Umuminsoniy qadriyatlarning mahalliy sharoit, imkoniyatlar tarixiy an’analar bilan bog‘langanligi samara beradi.
4. Ma’lumki mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo etishda mintaqaviy qadriyatlar bilan umuminsoniy qadriyatlar chambarchas bog‘langan. Qadriyatlarning bu turkumi bir-biriga yaqin bo‘lgan sharoitlarda yashagan va mehnat qilgan, tarixi tutash bo‘lgan mamlakatlar va xalqlarda uchraydi. Bu qadriyatlar hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Markaziy Osiyo xalqlari ming yillar davomida bir-biri bilan yaqin iqtisodiy va siyosiy aloqalar o‘rnatganlar. Ularning turmush sharoitlari, tili, madaniyati, dini, urf-odatlari, bir-biriga yaqin bo‘lishi ko‘plab umum mintaqaviy qadriyatlar shakllanishiga olib kelgan. Bu qadriyatlar turli joylarda bir-biridan biroz farq qilsada, mohiyat jihatdan yaqindir.
Mehmondo‘stlik, bolajonlik, yaqin qo‘ni-qo‘shnichilik, kattalarni hurmat qilish, kichiklarni izzat qilish, qarindosh-urug‘lar, do‘stlar bilan yaqin aloqada bo‘lish, saxiylik, halol bilan haromni farqlash. O‘rta Osiyo xalqlarining hammasiga xos bo‘lgan ma’naviy fazilatlar majmuidir. Garchand mehmondo‘stlik bilan bog‘liq udumlar mintaqamizning hamma yerida keng tarqalgan yaxshi an’ana bo‘lsa ham ular turli joylarda bir-biridan farq qiladi.
Keksalarni, ota-onalarni hurmat qilish ham Markaziy Osiyo xalqlarining o‘ziga xos yuksak ma’naviy boyligidir. Keksalar ko‘pni ko‘rgan, aql va idrok bilan har ishda maslahat bera oladigan, yoshlarga katta tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladigan kishilardir. Keksalarni hurmat qilish, ulardan saboq olish, hayot tajribasini o‘rganish ma’naviy kamolot uchun yangi imkoniyatlar izlashga harakat qilishdir. Ota-onani hurmat qilish ularning gapiga, pand-nasixatlariga quloq solish ham katta ma’naviy qadriyatdir. Ota-ona hech vaqt o‘zining farzandiga yomonlikni ravo ko‘rmaydi. Ular hayotda ko‘p og‘ir va engilliklarni ko‘rganlik lari sababli, farzandlarining istiqbolini ham ulardan ko‘ra ko‘proq o‘ylaydilar. Ba’zan ota-onaning nasihatlari noqobil farzandlariga og‘irroq tuyuladi. Bu-hayotni chuqur bilmaslik, hayotning turli jarayonlariga engil elpi qarash ning oqibatidir. Farzandlar ota-onaning qadrini o‘zlari ota-ona bo‘lganidan keyingina fahmlab oladilar. Bu davr ichida ular ma’naviy kamolotning ko‘p imkoniyatlarini qo‘ldan berib qo‘yadilar. Shuning uchun ulkan ma’naviy qadriyat bo‘lish, ota-onani hurmat qilish odatini aslo unutmaslik kerak.
Ota-onaga bo‘lgan hurmat dunyodagi barcha xalqlarda uchraydi. Lekin bizning mintaqamizda bu qadriyatni e’zozlash boshqa hamma joylarga nisbatan ustunroq turadi. Hashar yo‘li bilan uy-joy qurishda, uy-joylarni ta’mirlashda bir-biriga yordam ko‘rsatish, etim-esirlarning, beva-bechoralarning peshonasini silash, ularni qarindosh-urug‘lar o‘z ximoyasiga olib, xoru zor bo‘lib qolish ga yo‘l qo‘ymasliklari ham mintaqamiz xalqlarining barchasiga xos qadriyatlardir.
Katta ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan mintaqaviy qadriyatlardan yana biri-jamoatchilik fikridir. Jamoatchilik fikri odamlar orasidagi bir-biriga yaqinlik, o‘zaro hurmatning ifodasi bo‘lib, keng foydalanish mumkin bo‘lgan qadriyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |