1. Shahar ko‘chalarida tramvay yo‘llarini joylashtirish. 2. Tramvay yo‘llarining gabaritlari. 3. Tramvay yo‘llarining ko‘ndalang va bo‘ylama profillari. 4. Tramvay yo‘llarining konstruksiyalari. 5. Tramvay yo‘llaridan suvni qochirish. 6. Tramvay izlarini qurish. 7. Avtomobillar turar joylari, velosiped yo‘llari, yo‘lovchilar yo‘llari va trotuarlar qurilishi. 8. Avtomobillar turar joylari, velosiped yo‘llari, yo‘lovchilar yo‘llari va trotuarlar konstruksiyalari. 9. Trotuarlar va yo‘lakchalar qurish texnologiyasi.
Tramvay yo‘li bir nechta usullar bilan joylashtirilishi mumkin: ko‘chaning o‘rtasida, ko‘chaning bir tomoniga yoki xiyobonning ikki tomoniga surib (xar qaysi tomonida bitta iz bo‘ladi). Tramvay yo‘lini qatnov qismi bilan bir sathda yoki mustaqil yo‘lda joylashtirish mumkin . Keyingi holda tramvayning tezligi va harakat xavfsizligi ortadi. Mustaqil tramvay yo‘lini qurish va undan foydalanish qiymati qatnov qismi bilan bir sathda joylashtirilgan yo‘lnikidan kam.
Biroq bunday yo‘l bir ko‘chadan ikkinchi ko‘chaga o‘tishni qiyinlashtiradi va undan transportning boshqa turlari foydalana olmaydi. Shuning uchun mustaqil tramvay yo‘lini har qaysi harakat yo‘nalishida qatnov qismi kengligi kamida 6 m bo‘lgan, tramvay yo‘llari esa boshqa harakat oqimlari bilan kamida 300 m oralatib kesishadigan yo‘llarda qurishga ruxsat etiladi.
Ko‘cha qatnov qismining kengligini belgilashda tramvay vagoni bilan avtomobil kuzovi orali\ini 0,4 m qabul qilinadi. Yo‘l o‘qidan yo‘lkagacha bo‘lgan eng masofa 2 m ga teng bo‘lishi kerak.
Tramvay yullari inshootlarga nisbatan kuyidagi masofalarda joylashtirilishi zarur:
- turarjoy binolaridan 20 m;
- noturarjoy binolaridan 2,8 m;
- daraxtlardan 5 m;
- butazorlardan 1,5 m.
Tramvay yullarini aloxida yulaklarda loyixalash zarur.
Tramvay izi (polotnosi) ning o‘lchamlari: a-markaziy machtalarda; b-ikki tomonlama machtalarda (qavs ichidagi raqamlar aloxida tramvay polotnosi qurishga taalluqlidir)