1.2.O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o’rganishdan maqsad – talabalarni neft va gaz quduqlarini tadqiqotlash, ularni ishlatishning texnologik rejimini tuzish quduqlarni ishlatish usullari va ularni ta’mirlash bilan tanishtirishdan iborat. Konlarni ishlatishni optimizatsiyalash, tahlil usullari, elektron hisoblash texnikasini qo’llash usullari va neft uyumlari ishini loyihalashtirish masalalarini echishda hisoblash komplekslaridan foydalanish masalalari ham o’rgatiladi.
Fanning vazifasi – talabalarga konlarda qo’llaniladigan zamonaviy texnologiya va texnikalarni xususiyatlarini o’rganishdan iborat.
1.3.Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar
«Murakkab sharoitlarda neft va gaz uyumlarini ishlatish» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
neft va gaz uyumlariga ta’sir etish usullari;
gaz bosimi rejimida neft konlarini ishlatish;
darzli kollektorlarda neft konlarini ishlatish;
neftning anamal xossalari sharoitida konlarni ishlatish xususiyatlari;
gaz uyumlarini ishlatishda sodir bo’ladigan asosiy jarayonlar;
tabiiy gaz konlarini ishlatishda quduqlarni ishlatishning texnologik rejimi;
neft beraolishlikni oshirish texnologiyalarini bilishi kerak;
ishlatish jarayonini tahlil etish;
tabiiy gaz konlarini ishlatishda quduqlarni joylashtirish tizimi;
tabiiy gaz konlarini ishini tahlil etish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
suv bosimi rejimida ishlatish ko’rsatkichlarini hisoblash;
texnologiyalarni tadbiq qilish;
texnologik jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan texnikalarni tanlash malakalariga ega bo’lishi kerak.
1.4. Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
«Murakkab sharoitlarda neft va gaz uyumlarini ishlatish» fani asosiy iqtisoslik fani hisoblanib, 8- semestirlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan matematika va tabiiy-ilmiy (oily matematika, fizika, kimyo), umumkasbiy (termodinamika, neft va gaz koni geologiyasi, neft va gaz ishi asoslari, neft va gaz qatlami fizikasi, kon geofizikasi, er osti gidravlikasi) fanlaridan etarli bilim va ko’nikmaga ega bo’lishlik talab etiladi.
Neft va gaz sanoati rivojlanishi, mamlakatni yoqilg’i bilan ta’minlash konchilar oldidagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Jumladan neft konlarini ishlatish samaradorligini oshirish alohida o’rin egallaydi.
Bu fanni o’rganmasdan turib, konni ishlatishning nafaqat sanoat-sinov muddatiga mo’ljallangan boshlang’ich, balki keyingi loyihalarni ham tuzish qiyin. Shuning uchun ushbu fan asosiy iqtisoslik fani bo’lib, ishlab chiqarish texnologik tuzilishining ajralmas qismi hisoblanadi.
Talabalarning « Murakkab sharoitlarda neft va gaz uyumlarini ishlatish » fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanishi, yangi informatsiyon-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilishi muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matinlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, vertuval stendlar hamda ishchi holatdagi mashina va mexanizmlarning ishlab chiqarishdagi namunalaridan foydalaniladi. Maruza va amaliy mashg’ulot darslarida mos ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
Tekshirish uchun savollar
1.1. O’zbekistonda neft va gaz sanoati qachondan rivojlana boshlagan?
1.2.O’quv fanining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
1.3.Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar nimalardan iborat?
1.4. Fanning ishlab chiqarishda o’rni qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |