2. Quloq qaysi qismga kiradi
A) periferik B) o`tkazuvchi D) analiz qiluvchi D) markaziy
3. Eshitish nervlari qaysi qismga kiradi
A) periferik B) o`tkazuvchi D) analiz qiluvchi D) markaziy
4. Bosh miya yarimsharlari eshitish zonasi qaysi qismga tegishli
A) periferik B) o`tkazuvchi D) analiz qiluvchi D) markaziy
5. Odam va boshqa sutemizuvchilar qulog'i ……… bo'limga ajratiladi
A) old, o'rta va ichki B) tashqi, old va ichki
C) tashqi, o'rta va oraliq D) tashqi, o'rta va ichki
6. …… quloq quloq suprasi va tashqi eshitish yo‘lidan iborat
A) tashqi, B) o'rta C) ichki D) oraliq
7. Nima tovush to‘l qinlarini kuchaytiradi va eshitish yo‘liga yo‘naltiradi.
A) nog`ora parda B) quloq suprasi C) eshitish yo`li D) chig`anoq
8. …….. quloq nog`ora parda bilan tugaydi
A) tashqi, B) o'rta C) ichki D) oraliq
9. …….. bo‘shlig‘ida o‘zaro ketma-ket birikkan uchta eshitish suyakchalari: bolg‘acha, sandoncha va uzangicha joylashgan.
A) tashqi, B) o'rta C) ichki D) oraliq
10. Suyakchalarning birinchisi - bolg‘acha (a) yopishgan. Ikkinchi suyakcha - sandonchaning bir tomoni (b) dastasiga, ikkinchi tomoni (c) yuqori qismiga tutashgan. Uchinchi suyakcha - uzangichaning yuqori qismi (d), kengaygan ikkinchi uchi ichki quloqning oval teshikchasini yopib turadigan elastik pardaga yopishgan.
A) a- nog`ora parda b- bolg‘acha c- uzangichaning d- sandonchaga
B) a- bolg‘acha b- nog`ora parda c- uzangichaning d- sandonchaga
C) a- nog`ora parda b- bolg‘acha c- sandonchaga d- uzangichaning
D) a- nog`ora parda c- bolg‘achabc- uzangichaning d- sandonchaga
11. Qaysi qism eshitish naychasi orqali halqum bilan tutashgan.
A) tashqi, B) o'rta C) ichki D) oraliq
12. Qaysi qism bo'shliq, yarimdoira kanalchalar va chig‘anoqdan iborat.
A) tashqi, B) o'rta C) ichki D) oraliq
13. Qaysi qismda tashqi tomondan suyak labirint, uning ichida parda labirint bo`ladi.
A) tashqi, B) o'rta C) ichki D) oraliq
14. Suyak va parda labirint orasida (a) suyuqligi, parda labirint ichida esa (b) suyuqligi bo'ladi.
A) b- perilimfa a- perilimfa B) a,b - perilimfa
C) a- endolimfa b- perilimfa D) a- perilimfa b- endolimfa
15….. suyuqligida eshitish retseptorlari joylashgan.
A) perilimfa B) endolimfa
C) hammasi D) perilimfa va endolimfa
16. Tovush to'lqinlari tashqi quloqning eshitish yo‘li orqali o‘tib, (1), so‘ngra o‘rta quloq (2) tebratadi. (3) tovushni ichki quloqning oval teshikchasiga o‘tkazadi. Tovush to‘lqinlari (4)quloq suyuqligiga ham o'tadi Tovush tebranishlarini (5) quloq retseptorlari nerv impulslariga aylantiradi. Impulslar eshitish nervlari orqali miya yarimsharlarining (6) qismidagi eshitish markaziga o‘tadi. Bu yerda tovushning xususiyati, kuchi va balandligi tahlil qilinadi.
A) 1- nog‘ora pardani 2- suyakchalarini 3- Suyakchalar 4- ichki 5- o`rta 6- chakka
B) 1- nog‘ora pardani 2- suyakchalarini 3- Suyakchalar 4- ichki 5- ichki 6- chakka
C) 1- nog‘ora pardani 2- suyakchalarini 3- Suyakchalar 4- o`rta 5- ichki 6- chakka
D) 1- nog‘ora pardani 2- suyakchalarini 3- Suyakchalar 4- o`rta 5- o`rta 6- chakka
17. Tashqi quloqa xos xususiyatlarni aniqlang. 1)quloq suprasi va tashqi eshitish yo'lidan iborat 2)yevstaxiy naychasi yordamida burun-halqumga tutashgan 3)bo'shliq va yarim doira kanalchalar sistemasidan, ya'ni suyak labirintdan iborat 4)oxirida biriktiruvchi to'qimadan tashkil topgan 0,1 mm qalinlikdagi nog'ora parda bor 5)bir -biri bilan ketma-ket birikkan uchta eshitish suyakchalari bor 6)suyak labirintda chig'anoq bo'lib, uning ichida tovushni sezuvchi hujayralar, ya'ni eshitish retseptorlari joylashgan
A)3,6 B)2,5 C)1,4 D)barchasi
18.O'rta quloqa xos xususiyatlarni aniqlang. 1)quloq suprasi va tashqi eshitish yo'lidan iborat 2)yevstaxiy naychasi yordamida burun-halqumga tutashgan 3)bo'shliq va yarim doira kanalchalar sistemasidan, ya'ni suyak labirintdan iborat 4)oxirida biriktiruvchi to'qimadan tashkil topgan 0,1 mm qalinlikdagi nog'ora parda bor 5)bir -biri bilan ketma-ket birikkan uchta eshitish suyakchalari bor 6)suyak labirintda chig'anoq bo'lib, uning ichida tovushni sezuvchi hujayralar, ya'ni eshitish retseptorlari joylashgan
A)1,4 B)2,5 C)3,6 D)barchasi
19.Ichki quloqa xos xususiyatlarni aniqlang. 1)quloq suprasi va tashqi eshitish yo'lidan iborat 2)yevstaxiy naychasi yordamida burun-halqumga tutashgan 3)bo'shliq va yarim doira kanalchalar sistemasidan, ya'ni suyak labirintdan iborat 4)oxirida biriktiruvchi to'qimadan tashkil topgan 0,1 mm qalinlikdagi nog'ora parda bor 5)bir -biri bilan ketma-ket birikkan uchta eshitish suyakchalari bor 6)suyak labirintda chig'anoq bo'lib, uning ichida tovushni sezuvchi hujayralar, ya'ni eshitish retseptorlari joylashgan 7)vestibular analizator retseptorlari joylashgan
A)1,4 B)2,5,6 C)3,6,7 D)barchasi
20.Quloqning qisimlari va ularning vazifalarini juftlab ko'rsating. a)tashqi quloq b)o'rta quloq d)ichki quloq 1)nog'ora parda tovush ta'sirida tebranib, uning tebranishi eshitish suyakchalari orqali perilimfa va endolimfa suyuqliklarini to'lqinlantiradi 2)tovush to'lqinlarini to'plab, quloqning tashqi yo'liga yo'naltiradi 3)perilimfa va endolimfa suyuqliklarini to'lqinlanishi chig'anoq ichidagi eshitish retseptorlarni qo'zg'atadi.
A)a-2; b-1; d-3 B)a-2; b-3; d-1 C)a-1; b-3; d-2 D)a-3; b-2; d-1
56-mavzu
1…….. tananing fazodagi holatini sezish va tana muvozanatini saqlash funksiyasini bajaradi.
A) miya ko`prigi B) Muvozanat organi, ya’ni vestibular apparat
C) Miyacha D) uzunchoq miya
2. Vestibular apparat ichki quloqda joylashgan nechta ovalsimon xaltacha va nechta halqasimon naychalardan iborat
A) 2.5 B) 3.2 C) 2.3 D)5.2
3. …….. - muvozanat toshchalari bo'ladi.
A) Otolitlar B) Orbitallar C) chig`anoq D) kanalcha
4. Odam harakatlanganida yoki boshini burganida xaltacha va naychalar ichidagi suyuqlik hamda ……. holati o‘zgarib, retseptorlarda qo‘zg‘alish paydo bo‘ladi.
A) Otolitlar B) Orbitallar C) chig`anoq D) kanalcha
5. Vaznsizlik holatida nima retseptorlarga ta’sir qilmay qo‘yishi tufayli odam o‘zini tubsiz jarga qulayotgandek his etib, ko‘ngli ayniydi.
A) Otolitlar B) Orbitallar C) chig`anoq D) kanalcha
6. Vestibulyar analizator - ...
A)ko'rish organi B)eshitish organi C)hid bilish organi D)muvozanat organi
7.Vestibular analizator ... tananing muvozanatini ta'minlaydi. 1)tik turganda 2)yugurganda 3)sakraganda 4)raqsga tushganda 5)narvondan yuqoriga ko'tarilganda va pastga tushganda 6)arg'imchoq uchganda 7)suvda suzganda 8)daraxtga chiqqanda 9)turnikda gimnastika mashqlari bajarganda 10)har xil transportda yurganda
A)1,3,5,7,9 B)2,4,6,8,10 C)1,3,5,6,8,9 D)barchasi
8. Vestibular analizator ... joylashgan.
A)dahliz va yarimaylana kanalchalar ichida B)nogora parda oldida
C)yevstaxiy naychasi ichida D)parda labirintda
9. Muvozanat organining funksiyasi ... tufayli buziladi. 1)har xil kasalliklar 2)shikastlanish 3)yoshlikdan chiniqtirilmaganligi
A)1,2 B)3 C)2,3 D)barchasi
10. Sechenov ... sezuvchanlikni qorong'i yoki yashirin sezgi deb atagan.
A)ichki organlardagi B)eshitish organidagi C)teri orqali D)muskul va paylardagi
11. Terida uch xil: ... retseptorlar bor. 1)og'riqni 2)haroratni 3)siypalash va bosimni 4)taktil
A)1,3,4 B)2,3,4 C)1,2,3 D)1,2
12. Quyidagilardan qaysi biri burun bo‘shlig‘ining yuqori bo‘limida joylashgan
A) tam B) hid C) muvozanat D) vestibular
13. Odamda bunday hujayralar soni 30-40 mln. gayetadi.
A) tam bilish retseptorlari B) hid bilish retseptorlari C) teri analizatorlari D)hid bilish analizatorlari
14. Hid bilish hujayralar yuzasi nima hisobiga juda kengaygan bo'ladi.
A) mayin tuklar B) hid bilish retseptorlari C) teri analizatorlari D)hid bilish analizatorlari
15. Hidning ta’siri (a) da, ayniqsa, (b) havoda kuchayadi.
A) a- yozda b- issiqda B) a- bahor va yozda b- namda
C) a- issiq b- nam
D) a- bahor va yozda b- issiq va nam
16. Ta’m bilish organi og‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan ta’m bilish ……… iborat
A) retseptorlaridan B) tolalaridan
C) so‘rg‘ichlaridan D) analizatorlardan
17. Nima bir-biriga taqalib turadigan ellipssimon ta’m bilish retseptor hujayralari va tayanch hujayralardan iborat.
A) retseptorlaridan B) tolalaridan
C) so‘rg‘ichlaridan D) analizatorlardan
18. …… tilning uchi, ikki yoni va keyingi qismida, halqum devori va yumshoq tanglayda ko‘p bo‘ladi.
A) retseptorlaridan B) tolalaridan
C) so‘rg‘ichlaridan D) analizatorlardan
19. Tilning oldingi qismi asosida joylashgan so'rg'ichlar (a) , orqa qismi – (b), ikki yoni – (c), oldingi uchi – (d) ta’mdan qo‘zg‘aladi
A) a- shirin b- achchiq c- nordon d- sho‘r
B) b- shirin a- achchiq c- nordon d- sho‘r
C) a- shirin b- achchiq d- nordon c- sho‘r
D) a- shirin c- achchiq b- nordon d- sho‘r
20. Ovqatning harorati …… C bo‘lganida ta’mi yaxshi bilinadi.
A) 25-30° B) 10-30° C) 15-20° D) 15-30°
21. Odam ... kabi ta'mlarni bilish qobilyatiga ega. 1)sho'r 2)nordon 3)shirin 4)achchiq
A)1,2 B)3,4 C)1,3,4 D)barchasi
22. Odamning ta'm bilish qobilyati va ularning retseptorlari joylashgan o'rnini juftlab ko'rsating. a)shirin b)sho'r d)nordon e)achchiq 1)tilning yon tomoni 2)tilning orqa qismi 3)til uchi
A)a-3; b-2; d-2; e-1 B)a-1; b-3; d-1; e-2 C)a-3; b-1; d-2; e-2 D)a-3; b-1; d-1; e-2
57-58-59-60-61 mavzu
1. ……. tufayli organizm o‘z tuzilish belgilari va hayotiy xususiyatlarini saqlab qolib, naslga o'tkazadi.
A) Ko‘payish B) o`sish C) rivojlanish D) retseptorlar
2. Urug‘lanish natijasida ikkita jinsiy hujayradan bitta uruglangan hujayra …… hosil bo‘ladi.
A) spermatozoid B) zigota C) tuxum hujayra D) sistola
3. …… da ota va ona organizm belgilari mujassamlashgan bo‘ladi.
A) spermatozoid B) zigota C) tuxum hujayra D) sistola
4. …… ning ketma-ket bo'linishi natijasida ko‘p hujayrali organizm shakllanadi.
A) spermatozoid B) zigota C) tuxum hujayra D) sistola
5. ……. - bu organizmning miqdoriy jihatdan, ya’ni bo‘yi va og‘irligining ortishi
A) rivojlanish B) o`sish C) xigota D) embrion
6. …….. organizmning zigota davridan boshlab hayoti davomida yangi belgi va xususiyatlarni hosil qilishidan iborat.
A) rivojlanish B) o`sish C) xigota D) embrion
7. Erkaklik jinsiy organlari…….
1. bir juft urug‘donlar, 2. urug'donlar yo‘li, 3. qo‘shimcha bezlar 4. urug‘ pufaklari, 5. prostata bezi 6.jinsiy olatdan
A) barchasi B) 5.6.1 C) 1.5.3.2 D) 3.5
8. …… teri xaltacha - moyak ichida joylashgan.
A) bachadon C) tuxumdon C) urug`don D) qin
9. Ayollarning jinsiy organlari……
1. Tuxumdonlar, 2.bachadon nayi (tuxum yo‘li), 3. bachadon 4. jinsiy qin 5. urug'donlar yo‘li
A) barchasi B) 2.3.4.5 B) 1.2.3.4.5 C) 1.2.3.4
10. Bir juft …….. kichik chanoqning yon devori va bachadon devoriga yopishgan.
A) Tuxumdonlar, B) bachadon nayi (tuxum yo‘li), C) bachadon D) jinsiy qin
11. …… juda ko‘p follikulalar - pufakchalardan iborat.
A) Tuxumdonlar, B) bachadon nayi (tuxum yo‘li), C) bachadon D) jinsiy qin
12. Follikula ichida bittadan …… yetiladi.
A)urug` B) tuxum C) sperma D) chang
13. Yangi tug'ilgan qiz bolada (a) ga yaqin yetilmagan tuxum hujayralar bo‘ladi, ulardan faqat (b) tasi qiz bola hayoti davomida yetilishga ulguradi.
A) a- 400000 b- 350-500
B) a- 40000 b- 350-500
C) a-350-500 b-40000
D) a-4000 b-4000000
14. Nima bachadon naylariga, ya’ni tuxum yo'llariga, ikkala bachadon naylari esa yagona keng bachadonga ochiladi.
A) Folekula B) Naycha C) voronka D) fistula
15. ….. devori shilimshiq parda bilan qoplangan ichi bo‘sh muskulli xaltadan iborat.
A) Tuxumdonlar, B) bachadon nayi (tuxum yo‘li), C) bachadon D) jinsiy qin
16. Urug‘ hujayralar jinsiy qinga tushgandan so‘ng nima tomonga harakat qiladi.
A) Tuxumdonlar, B) bachadon nayi (tuxum yo‘li), C) bachadon D) jinsiy qin
17. Urug‘langan tuxum bachadon nayi bo‘ylab nima tomonga siljiy boshlaydi.
A) Tuxumdonlar, B) bachadon nayi (tuxum yo‘li), C) bachadon D) jinsiy qin
18. Murtak (a) kun o'tgach bachadonga tushadi, (b) kun davomida bachadonda erkin turadi, so'ngra bachadonning shilliq qavatiga botib kirib, unga yopishib oladi.
A) a- 5-6 b- 2 B) a-5 b-3 C) a-3-4 b-4 D) a-6.7 b-3
19. Murtak parda sirtida qon tomirlari bilan ta’minlangan ………. paydo bo'ladi
A) Tuxumdonlar, B) bachadon nayi (tuxum yo‘li),
C) vorsinkalar D) jinsiy qin
20. Nima orqali murtak ona organizmidan kislorod va oziq moddalar olib turadi.
A) Tuxumdonlar, B) bachadon nayi (tuxum yo‘li), C) vorsinkalar D) jinsiy qin
21. Nima murtakni shikastlanishdan himoya qiladi.
A) Tuxumdonlar, B) bachadon nayi (tuxum yo‘li), C) vorsinkalar D) jinsiy qin
22. Nima orqali ona organizmi bilan homila o`tasida gaz va oziq moddalar almashinib turadi.
A) Yo`ldosh kapilarlari B) vorsinka C) tuxum yo`li D) bachadon nayi
23.(a) oylik homilaning barmoqlari bo'ladi.(b) oylik homila (c) sm ga yetadi, uning ko‘rinishi odamga o'xshaydi. (d) oylik homilaning deyarli barcha organlari rivojlangan bo‘ladi. (e) oylik homilaning yuragi ura boshlaydi.
A) a-1 b-2 c-3 d-3 e-3-4 C) a-2 b-2 c-3 d-3 e-4-5
B) a-1 b-2 c-2 d-3 e-4-5 D) a-1 b-2 c-3 d-3 e-4-5
24. Homilaning og‘irligi 5 oylik davrida (a) g, tug‘ilishidan oldin (b) kg ga yetadi
A) a- 500 b- 3-3.5 B) a-450 b-3.3.6 C) a- 600 b-1.5-2 D) a-700 b-5.5
25. Tug`lish …… bezi ishlab chiqaradigan gormon bilan bog‘liq
A) epifiz B) qalqonsimon C) ayrisimon D) gipofiz
26. Nima ta’sirida bachadon devori kuchli qisqarib, to‘lg‘oq boshlanadi.
A) garmon B) qon C) limfa D) nerv
27. Tug‘ilgan chaqaloqning yig'isi uning …….
A) o‘pka bilan nafas ola boshlaganligini bildiradi
B) jinsini bildiradi
C) nutqini bildiradi
D) holatini bildiradi
28. Homiladorlik - bo‘lg‘usi farzandning bachadonda rivojlanish davri bo‘lib, ……… kun davom etadi.
A) 270-280 B) 260-270 C) 250-300 D) 250-260
29. Quyidagilardan xomiladorlikning belgilarini aniqlang
1. Menstruatsiya siklining to‘xtashi, 2.uyqu bosishi, 3.ko‘ngil ay nab turishi, 4.sut bezlarining yiriklashuvi
A) barchasi B) 2.4 C) 3.2 D) 1.2.3
30. Chaqaloq tug‘ilgandan so'ng (a) yoshgacha bolalik, (b) yoshgacha yigitlik yoki navqironlik, (c) yosh yetuklik, (d) yosh keksalik va (e) yoshdan yuqorisi qarilik davri deb ataladi.
a- 16-18 b-15-21 c-22-60 d-60-75 e-75
A) a- 16-18 b-16-21 c-22-65 d-60-75 e-75
B) a- 16-18 b-16-21 c-21-60 d-60-75 e-75
C) a- 16-18 b-15-21 c-22-60 d-60-75 e-75
D) a- 16-18 b-16-21 c-20-60 d-60-75 e-75
31. Bolalik davirlarini to`gri joylashtiring
4. chaqaloqlik, 2.go‘daklik, 5.maktabgacha tarbiya yoshi, 1.kichik maktab yoshi, 3.o'smirlik davrlariga ajratiladi.
A) 4-2-5-1-3 B)4-2-1-5-3 C) 4-2-1-5 D) 2-5-1-4-3
32. Bu davr bola tug‘ilganidan boshlab bir oylik muddatni o‘z ichiga oladi
A) Go‘daklik davri. B) Chaqaloqlik davri..
C) Maktabgacha tarbiya davri.
D) chilla davri
33. Bu davr bir oydan boshlanib, bir yoshgacha davom etadi.
A) Go‘daklik davri. B) Chaqaloqlik davri..
C) Maktabgacha tarbiya davri.
D) chilla davri
34. …. oylik bola chiroqqa, qimirlayotgan narsalarga qaraydi.
A) 1 B)6 C)3 D)5
35. oylikda tovush chiqqati tomonga boshini buradi va kuladi, onasi va o'yinchoq tomonga talpinadi, boshini tik tutadigan bo'ladi.
A) 1 B)6 C)3 D)5
36.Bu oylik bo‘lganida o‘z yaqinlarini taniy boshlaydi, ulami ko‘rganda kuladi va qiyqiradi, o‘yinchoqlari bilan o'ynaydi.
A) 1 B)6 C)3 D)5
37. Bu oylikda bolaning sut tishlari chiqa boshlaydi.
A) 1 B)6 C)7 D)B.C
38…… oylik bola emaklaydi va bemalol o'tiradi.
A) 1 B)6 C)7 D)8
39…. oyligida narsalarga tayanib o‘rnidan turadigan bo'ladi.
A) 1 B)6 C)7 D)8
40…. oylik bola bir necha oddiy so‘zlarni gapira oladi, yetaklaganda yuradi.
A) 11 B)6 C)7 D)8
41.Bu oydagi bola yuradi va 12 ta so‘zlarni gapira oladi.
A) 12 B)6 C)11 D)8
42. Qaysi davrida bola juda tez o‘sadi, tanasining vazni ham tez ortadi va organlari takomillashib boradi.
A) Go‘daklik davri. B) Chaqaloqlik davri..
C) Maktabgacha tarbiya davri.
D) chilla davri
43. Umurtqa pog‘onasi bo‘yin qismidagi egiklik ……
A)tik turganga B) o`tira boshlaganda
C) o`tira boshlaganda D) emaklay boshlaganda
44. ko'krak egriligi ……,
A)tik turganga B) o`tira boshlaganda
C) o`tira boshlaganda D) emaklay boshlaganda
45. bel egikligi ……..
A)tik turganga B) o`tira boshlaganda
C) o`tira boshlaganda D) emaklay boshlaganda
46. Bu davr 1 yoshdan 6-7 yoshgacha davom etadi.
A) Go‘daklik davri. B) Chaqaloqlik davri..
C) Maktabgacha tarbiya davri. D) chilla davri
47. Bu davrda bola jismoniy va ruhiy tez o‘sadi, nutqi rivojlanadi.
A) Go‘daklik davri. B) Chaqaloqlik davri..
C) Maktabgacha tarbiya davri. D) chilla davri
48……. yoshli bola juda serharakat va tinchimas bo‘ladi.
A) 1-2 B) 2-3 C) 3-4 D) 5-6
49………… yoshida suyagining ko‘p qismi yumshoq va egiluvchan tog‘ay dan iborat. Shuning uchun bu davrda bola bir jqyda uzoq tik turib qolmasligi, og‘ir yuk ko‘tarmasligi, to‘g‘ri o‘tirishni bilishi kerak. Aks holda uning umurtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi, chanoq va oyoq suyaklari to‘g‘ri o‘smasdan, qiyshayib qolib, qad-qomati buziladi.
A) Go‘daklik davri. B) Chaqaloqlik davri..
C) Maktabgacha tarbiya davri. D) chilla davri
50. Bolaning nutqi, tafakkuri va harakat faolligi ………… yoshlarda jadal rivojlana boshlaydi.
A) 2-4 B)4-6 C) 2-3 D) 1-4
51. Bu davrda biron sababga ko‘ra bola e’tibordan chetda qolib, tik yurishni va gapirishni o‘rganolmasdan qolsa, u jismoniy va ruhiy rivojlanishdan orqada qoladi.
A) Go‘daklik davri. B) Chaqaloqlik davri..
C) Maktabgacha tarbiya davri. D) chilla davri
52. Bolalikning bu davri 6-7 yoshdan 17-18 yoshgacha davom etadi.
A) Go‘daklik davri. B) Maktab yoshi davri
C) Maktabgacha tarbiya davri. D) chilla davri
53. Bu davrda bolaning hayotida va aqliy rivojlanishida keskin o'zgarishlar yuz beradi.
A) Maktab yoshi davri B) Chaqaloqlik davri..
C) Maktabgacha tarbiya davri. D) chilla davri
54. Bu davrida bola kelgusida va jamiyatda yashash uchun zarur bo'lgan bilim va kasb-hunarni egallay boshlaydi.
A) Go‘daklik davri. B) Maktab yoshi davri
C) Maktabgacha tarbiya davri. D) chilla davri
55. Bu davrda uning ichki sekretsiya bezlari faoliyati kuchayadi, o'sishi tezlashib, ikkilamchi jinsiy belgilari rivojlanadi va balog‘atga yetadi.
A) Go‘daklik davri. B) Chaqaloqlik davri..
C) Maktabgacha tarbiya davri. D) Maktab yoshi davri
56. Qizlarning bo‘yi (a) yoshlarda, o‘g‘il bolalarniki (b) yoshlarda, ayniqsa, tez o‘sadi.
A) a-10-12 b-12-16 B) a-12-16 b-10-12
C) a-10-15 b-11-13 D) a-10-13 b-11-12
57. Yangi tug‘ilgan chaqaloq boshining tana uzunligiga nisbati …….
A) 1:5 B) 1:4 C) 2:4 D) 1:1
58. 25 yoshga yetganida esa ……..nisbatda bo‘ladi.
A) 1:5 B) 1:4 C) 2:4 D) 1:8
59. Jinsiy ko'payishda ...
1)bitta organizm qatnashadi 2)bir xil hujayralar qatnashadi 3)ota-ona organizmi qatnashadi 4)bitta hujayra bo'linadi
A)1 B)2 C)3 D)4
60. Erkaklarning jinsiy organlariga ... kiradi. 1)moyak 2)tuxumdon 3)tuxum yo'li (bachadon nayi) 4)moyak ortig'i 5)urug' yo'li 6)bachadon 7)urug' pufakchasi 8)prostata bezi 9)qin
A)1,4,5,7,8 B)2,3,6,9 C)1,3,5,7,8 D)2,4,5,8,9
61. Ayollarning jinsiy organlariga ... kiradi. 1)moyak 2)tuxumdon 3)tuxum yo'li (bachadon nayi) 4)moyak ortig'i 5)urug' yo'li 6)bachadon 7)urug' pufakchasi 8)prostata bezi 9)qin
A)1,4,5,7,8 B)2,3,6,9 C)2,4,6,9 D)1,3,5,6,8,9
62. Uch oylik bola ... 1)o'ziga yaqinlarini taniy boshlaydi 2)tovush chiqqan tomonga qaray boshlaydi 3)o'yinchoq qimirlagan tomonga ko'z soqqasini harakatlantiradi 4)bemalol o'tiradi
A)1 B)2 C)3 D)4
63.Bir oylik bola ... 1)o'ziga yaqinlarini taniy boshlaydi 2)tovush chiqqan tomonga qaray boshlaydi 3)o'yinchoq qimirlagan tomonga ko'z soqqasini harakatlantiradi 4)bemalol o'tiradi
A)1 B)2 C)3 D)4
64.Besh oylik bola ... 1)o'ziga yaqinlarini taniy boshlaydi, kuladi, qiyqiradi 2)tovush chiqqan tomonga qaray boshlaydi 3)o'yinchoq qimirlagan tomonga ko'z soqqasini harakatlantiradi 4)bemalol o'tiradi
A)1 B)2 C)3 D)4
65.Yetti oylik bola ... 1)o'yinchoq qimirlagan tomonga ko'z soqqasini harakatlantiradi 2)bemalol o'tiradi, emaklaydi 3)buyumlarni ushlab o'rnidan tura boshlaydi 4)oddiy so'zlarni ayta boshlaydi va qo'lidan yetaklasa yura boshlaydi
A)1 B)2 C)3 D)4
66.8 oylik bola ... 1)bemalol o'tiradi, emaklaydi 2)buyumlarni ushlab o'rnidan tura boshlaydi 3)oddiy so'zlarni ayta boshlaydi va qo'lidan yetaklasa yura boshlaydi 4)o'zi yura boshlaydi va 10-12 ta so'zni ayta oladi
A)1 B)2 C)3 D)4
67.11 oylik bola ... 1)bemalol o'tiradi, emaklaydi 2)buyumlarni ushlab o'rnidan tura boshlaydi 3)oddiy so'zlarni ayta boshlaydi va qo'lidan yetaklasa yura boshlaydi 4)o'zi yura boshlaydi va 10-12 ta so'zni ayta oladi
A)1 B)2 C)3 D)4
68.12 oylik bola ... 1)bemalol o'tiradi, emaklaydi 2)buyumlarni ushlab o'rnidan tura boshlaydi 3)oddiy so'zlarni ayta boshlaydi va qo'lidan yetaklasa yura boshlaydi 4)o'zi yura boshlaydi va 10-12 ta so'zni ayta oladi
A)1 B)2 C)3 D)4
69. .Akseleratsiya nima? 1)odamlar yashash sharoitining yaxshilanishi hisobiga jismoniy va fiziologik rivojlanishning sekinlashuvi 2)odamlar yashash sharoitining yaxshilanishi hisobiga jismoniy va fiziologik rivojlanishning tezlashuvi 3)odamlar yashash sharoitining og'irlashuvi hisobiga jismoniy va fiziologik rivojlanishning tezlashuvi 4)atrof muhitning ifloslanishi hisobiga kasalliklarning ko'payishi va o'rtacha umrning qisqarishi
A)1 B)2 C)3 D)4
70.Akseleratsiyaga misol ko'rsating. 1)bo'yning o'rtacha uzunligi so'nggi 100 yil davomida chaqaloqlarda 5 sm, o'smirlarda 10-15 sm, o'rtacha yoshdagi erkaklarda 6-8 sm ga ortgan 2)bo'yning o'rtacha uzunligi so'nggi 100 yil davomida chaqaloqlarda 5 sm, o'smirlarda 10-15 sm, o'rtacha yoshdagi erkaklarda 6-8 sm ga kamaygan 3)bolalarning psixik rivojlanishi sekinlashgan 4)bolalarning psixik rivojlanishi tezlashgan 5)balog'at yoshiga yetish tezlashgan 6)balog'at yoshiga yetish sekinlashgan
A)2,3,6 B)1,4,5 C)1,3,5 D)2,4,6
Do'stlaringiz bilan baham: |