To'g'ridan-to'g'ri dalillar
O'qish dalillarining bu turi ko'rinadigan, ob'ektiv va moddiydir. Bu o'quvchining nimani o'rganganini va nimani o'rganmaganligini aniq ko'rsatadigan dalillarning bir turi. To'g'ridan-to'g'ri dalillar yordamida siz "Siz nimani bilib oldingiz?" Degan savolga javob berishingiz mumkin.
Ta'kidlanishicha, ushbu turdagi o'quv dalillari o'z mohiyatiga ko'ra "skeptik" sinovdan o'tishi mumkin; ya'ni skeptik ba'zi bir dalil turlariga shubha qilishi mumkin, masalan, yozish qobiliyatini baholash.
Ammo o'sha odam talabaning yozma namunasiga shubha qilishda va aniq, standartlarga asoslangan mezonlarga qarab baho berishda ko'proq muammolarga duch kelishi mumkin edi.
To'g'ridan-to'g'ri dalillar dasturni baholashning kalitidir, chunki u dastur doirasida natijalarga erishish darajasi to'g'risida ma'lumot beradi. Ushbu dalillar odatda institutsional va siyosiy sohalarda statistika sifatida eng ko'p qo'llaniladi.
Bilvosita dalillar
O'qishga oid ushbu dalil o'quvchining ehtimol o'rganayotganiga dalildir, ammo u nimani yoki qancha o'rganayotganini aniq belgilamaydi.
Bilvosita dalillar yordamida siz "Siz nimani o'rgandingiz deb aytasiz?" Degan savolga javob berishingiz mumkin. Ushbu turdagi dalillarga quyidagi darajalar kiradi:
Reaksiya
Talabalarning o'quv tajribasidan mamnunligi.
O'rganish
O'quv tajribasidan nimalarni o'rgandilar.
Transfer
O'rgangan narsalarini boshqa holatlarda ishlatish (kelajakda, boshqa bir narsani o'rganayotganda, jamiyatda va hokazo).
68. Субъект ва объект ҳақида тушунча беринг
OBYEKT (lot. objectum — narsa) — subyektga qarama-qarshi boʻlgan hamda insonning amaliy va bilish faoli-yati qaratilgan obyektiv reallik. O. inson va uning ongidan mustaqil obyektiv reallik boʻlib, uni bilayo-tgan individ uchun jamiyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida hosil qilingan faoliyat, til va ilm tarzida namoyon boʻladi. Obyektni 2 turga: nazariy va empirik Obyektga boʻlish mumkin. Lekin ular faoliyatning har xil sohasi emas. Baʼzida nazariy bilishning predmetlari (mas, ideal gazlar va b.) O. sifatida real mavjud boʻlmay, balki Obyektning empirik bilimda qamrab boʻlmaydigan tomonlarini koʻrsatish usuli hisoblanadi. Mac, atomlar, elementar zarrachalar kabi nazariy Obyektlar ontologik jihatdan, asosan, makrojismlardan farq qilmaydi: hamma hollarda ham nazariy Obyekt haqidagi bilimdan empirik Obyektlarni tushuntirish uchun foydalaniladi. Har qanday holatda ham empirik bilishdan nazariy bilish sari borish muayyan Obyektdan uzoqlashish emas, balki Obyektning empirik yoʻl bilan aniq anglash mumkin boʻlmagan haqiqiy mazmunini chuqur nazariy aks ettirish usulidir.
SUBYEKT — faol faoliyat koʻrsatuvchi, biluvchi, ong va irodaga ega boʻlgan individ yoki ijtimoiy guruh. «Subyekt» tushunchasini yunon faylasuflari substansiya tushunchasi bilan bir xil maʼnoda tushunishgan. Aristotel asarlarida Subyekt tushunchasi substansiya bilan aynanlashtirib, individual borliq sifatida berilgan. 17-a. dan Subyekt tushunchasini gnoseologik maʼnoda talqin etish boshlandi. Yangi davr materialistlari Subyektni obyektiv va azaliy mavjud boʻlgan tashqi voqelikni passiv aks ettirish, idrok qilish, undan nusxa olish bilangina chegaralangan biluvchi materiya sifatida tushuntirishgan. Ular Subyektning mohiyatida yotuvchi gʻaqiqiy faollikni, yaʼni bilish jarayonida aynan shu faollik voqelikni chuqurroq, kengroq, batafsilroq, mukammalroq bilib olishga imkon yaratishini tushunib yeta olishmadi. Chunki u davrda Subyekt faolligining zamirida uning aniq faoliyati yotishi haqidagi gnoseologik tamoyil yaratilmagan edi. Idealistlar obyektning mavjudligi Subyekt faoliyatining natijasi deb talqin etishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |