1«Falsafa» tushunchasi - yunoncha phileo – sevaman vа sophia – donolik so`zlaridan kelib chiqqan bo`lib, mazkur atamaning dastlabki ma`nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin.Diogen Lncrtskiy(eramizning II asri oxiri — III asrboshlari) so‘zlariga qaraganda, o‘zini birinchi marta faylasuf deb atagan kishi yunon mutafakkiri va olimi Pifagon.iir. Faylasuflaming qanday ckanliklariga ta’rif bcrib, u shunday degan: “Hayot o‘yinga o‘xshaydi: ba’zilar unga musobaqalashgani kelsa, ayrimlar savdolashgani, eng baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar; hayotda ham xuddi shunday, ba’zilar qullar kabi shuhrat va boylikka o‘ch boiib dunyoga keladi, vaholanki, faylasuflar faqat haqiqat uchun keladi.
2 Falsafa bundan 3 ming yil ilgari fan sifatida paydo bo‘ldi. Uning paydo bo‘lishida jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyot muhim rol o‘ynadi. Chunki, falsafa ijtimoiy ongning alohida o‘ziga xos shakli sifatida jamiyatning iqtisodiy va ma’naviy hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni o‘zida aks ettiradi.Falsafa fan sifatida borliqni, ya’ni tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkuri taraqqiyotining eng umumiy muammolarini o‘rganadi. Bundan kelib chiqqan holda falsafiy bilimlar doirasi ham juda keng bo‘lib, ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:a) ontologiya – borliq haqidagi qarashlar;b) sotsiologiya – jamiyat haqidagi qarashlar;c) gnoseologiya – borliqni bilish muammolari;d) logika – inson tafakkuri qonunlari haqidagi qarashlar tizimi.Bundan tashqari ahloqiylik va go‘zallik haqidagi bilimlar tizimini o‘z ichiga olgan etika va estetika ham falsafiy bilimlar qatoriga kiradi.
3 Dunyoqarash – insonning olamni bir-butun yoki turli tuman xolda ko‘rishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, tushunishi hamda unda o‘z o‘rni va mavqeini, munosabatini belgilovchi qarashlar, baholar, tamoyillar majmuasidan iborat murakkab tizimdir.Demak, dunyoqarash insonning nafaqat dunyo va o‘z-o‘zini anglash haqidagi bilimlar yig‘indisigina emas, balki dunyoni ma’lum darajada tushunish bilan birga uni baholash usuli hamdir. Dunyoqarashning tarixiy shakllari insoniyat taraqqiyotining qonuniy natijasi bo‘lib, jamiyat rivojlanishining ma’naviy mezoni sifatida namoyon bo‘lgan. Taraqqiyotning dastlabki bosqichlarida kishilarning tabiatga, o‘zlarining ijtimoiy hayotiga bo‘lgan munosabati turli rivoyat va afsonalarda o‘z ifodasini topgan. Ular shu tariqa mifologik dunyoqarashni shakllantirgan.Mifologik (yunon. miphos – doston, qissa, afsona va logos – ta’limot) dunyoqarash odatda o‘z ifodasini o‘sha qadimgi davr kishilari tomonidan yaratilgan, to‘qilgan naqllarda, rivoyat va afsonalarda topgandir. Diniy dunyoqarash – bu g‘ayritabiiy kuchlarning real mavjudligiga ishonishga asoslangan, voqelikni xayoliy obrazlarda, tasavvurlar va tushunchalarda aks ettiruvchi olamning fantastik manzarasini yaratuvchi ilmiy bo‘lmagan qarashlardan iborat dunyoqarashning o‘ziga xos shaklidir.Diniy dunyoqarashning asosini din tashkil qiladi. Din voqelaikni inson ongidagi fantastik in’ikosidan iborat bo‘lgan ijtimoiy ong shakllaridan biridir.
4 Falsafaning mavzu sohasi “dunyo — inson ’’tizimi hisoblanadi: a) “dunyo”tizimi, b) “inson”tizimi va a) ular o'rtasidagi o'zaro munosabat tizimi. Bu tizimlaming o'zi turli darajada tasawur etilgan. “Dunyo” tushunchasida bir butun dunyo, uning tarkibiy qismlari (megadunyo, makrodunyo, mikrodunyo; anoiganik dunyo, oiganik dunyo, ijtimoiy dunyo va hokazolar), ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik va o'zaro munosabat tushuniladi. “Inson” tushunchasida alohida olingan shaxs, turli darajadagi ijtimoiy jamoalar, bir butun jamiyat tushuniladi.Falsafani “dunyo” va “inson” tizimidagi hamma narsa va “inson”ni “dunyo”ga bo'lgan har qanday munosabati qiziqtiravermaydi. Falsafa, eng awalo, umumiylikka, “dunyo — inson” tizimidagi universal munosabatlargayo'nalgan. Bularga ontologik (borliq haqida), gnoseologik (bilish haqida), aksiologik (qadriyatlar haqida) va praksioJogik munosabatlar kiradi.
5 Falsafa fanining muammolari, o‘z xususiyatlariga ko‘ra, azaliy yoki o‘tkinchi bo‘lishi mumkin. Azaliy muammolar insoniyat paydo bo‘lgan davrdayoq vujudga kelgan bo‘lib, toki odamzod mavjud ekan yashayveradi. CHunki insoniyat taraqqiyotining har bir bosqichida ushbu muammolar yangidan kun tartibiga qo‘yilaveradi. Ularni o‘rganish jarayonida ilm-fan taraqqiy etib boraveradi. Olam va odam munosabatlari, dunyoning mavjudligi, borliqning voqeligi, undagi o‘zaro aloqadorlik va taraqqiy etish, insoniyat hayotidagi adolat va haqiqat, yaxshilik va yomonlik, urush va tinchlik, ularning mazmuni, tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy tamoyilari bilan bog‘liq ko‘pdan-ko‘p masalalar falsafa va falsafiy bilim sohalarining azaliy muammolari qatoriga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |