Adabiyot 5
1.”Burgut”,”Cho’l burguti”,”To’rg’ay”,”Cho’l to’rg’ayi”asarlar muallifini mos ravishda belgilang.
A)S.Ahmad.O’.Hoshimov,Mirtemir,S.Ahmad B)A.Oripov,O’.Hoshimov,U.Nosir, Mirtemir C)A.Oripov,S.Ahmad,Mirtemir,I.Yusupov D)S.Ahmad,Mirtemir,Mirtemir,I.Yusupov
2. Mirtemir to’plami bilan bir xil nomdagi doston yaratgan ijodkor kim?
A)Oybek B)H. Olimjon C)U.Nosir D)A.Muxtor
3. Quyma, mag‘zi to‘q satrlar bir o‘qishdayoq xotirada o‘rnashib qoladigan qofiyalar,
hamohang tovushli she’rlar yozgan ijodkor...
A)Oybek B)U.Nosir C )Mirtemir D)A.Muxtor E)O’.Hoshimov G)A.Ekzyuperi
4. O'n besh yoshlarida ilk she'rlari gazetada e'lon qilingan adib kim?
A)Oybek B)U.Nosir C )Mirtemir D)A.Muxtor E)O’.Hoshimov G)A.Ekzyuperi
5. “Kichkina shahzoda”da keltirilishicha, osmondagi
yulduzlar kimga (nimaga) oltin bo‘lib ko‘rinadi?
A)sarbon-u sayyohlarga
B)korchalonga
C)olimlarga
D)hech kimga oltin bo‘lib ko‘rinmaydi2
6. ’’Bolaning ko’ngli podsho’’ parchasida qaysi mashhur tarixiy shaxs ismi keltirilgan ?
A)Xudoyorxon B)Musulmonqul C)Navoiy D)Mashrab
7. “Ko‘nglidagi dardlarini daryodek oqin” deya
ta’riflagan ijodkor kim?
A)Oybek B)U.Nosir C )Mirtemir D)A.Muxtor E)O’.Hoshimov G)A.Ekzyuperi
8. Mirtemir bir she’rida uni ‘’kelinlar taqinchog’iga, uzuk ko’zlariga, ko’zmunchoqqa, qizlarning suzilib turgan ko’zlariga’’ qiyoslaydi. U nima?
A)bulut B)soy C)shudring D)suv
9. Qaysi adibning birinchi asari, o`zi sevgan kasbi orqali yozilgan bo`lib, asarini ham shu kasb nomi bilan ataydi?
A)Oybek B)U.Nosir C )Mirtemir D)A.Muxtor E)O’.Hoshimov G)A.Ekzyuperi
10. ...Onalar farzandlari hamisha birga bo‘lishini
istaydilar. Qismat esa ularni qanot chiqarishi bilan har
yoqqa uchirib ketadi. Hayot loaqal shu masalada ham
onalarga shafqat qilmaydi.
Ushbu parcha “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi
hikoyada uchraydi?
A)“Alla” B)“Haqqush”
C)“Gilam paypoq” D)“Iltijo”
11.Lojuvard ufq kimning asarida uchraydi?
A)Oybek B)U.Nosir C )Mirtemir D)A.Muxtor E)O’.Hoshimov G)A.Ekzyuperi
12. Qaysi yozuvchi dorilfununning ijtimoiy fanlar fakultetida tahsil olib, shu yo’nalishda dars ham beradi?
A)Oybek B)U.Nosir C )Mirtemir D)A.Muxtor E)O’.Hoshimov G)A.Ekzyuperi
13.Hayot qozonida qaynagan,yozuvchi sifatida hayotdan bir qadam ham ajramay qalam tebratgan, amaliy va ijodiy ishni teng olib brogan deya ta’riflangan ijodkor kim?
A)Oybek B)U.Nosir C )Mirtemir D)A.Muxtor E)O’.Hoshimov G)A.Ekzyuperi
14. Oybekning buyuk Navoiyga bag’ishlangan qissasi keltirilgan javobni belgilang
A)’’Navoiy’’ B)’’Zulmat ichra nur’’ C)’’Alisherning bolaligi’’ D)’’Astrobod’’
15.Usmon Nosir qaysi she’rida yoshlikni ‘’tinim bilmaydigan sharqiroq suvga ‘’ qiyos etib ‘’Bilasanmi, yoshlik bu- To’ymagan!Tinim bilmas ,go’yo suv-O’ynagan…’’ tarzda ifodalaydi?
A)”Yurganmisiz birga oy bilan” B)”Yo’lchi” C)”Yoshlik” D)”Yur,tog’larga chiqaylik” E)”Gulzor-chaman”
16. Mirtemirning birinchi she’ri va ilk she’riy to’plami keltirilgan javobni belgilang?
A)‘’Shu’lalar qo’ynida’’, ‘’Tanburim ovozi’’ B)’’Tanburim ovozi’’, ‘’Shu’lalar qo’ynida’’
C)’’Zafar’’, ‘’Tong’’ D)’’Qaynashlar’’, ‘’Yodgorlik’’
17. . O`.Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi asarining bosh qahramoni kim?
A)Komila aya B)Sakinaxonim C)Robiya oyi D)Hakima aya
18. Kim o’z asarini bir paytlar yosh bola bo`lgan do`stiga bag`ishlaydi?
A)Oybek B)U.Nosir C )Mirtemir D)A.Muxtor E)O’.Hoshimov G)A.Ekzyuperi
19. 1.’’Muhabbat’’, 2.’’Nur borki, soya bor’’, 3.’’Odamlar nima derkin’’. 4.’’Tushda kechgan umrlar’’, 5.’’To’ylar muborak’’, 6.’’Ikki eshik orasi’’, 7’’Inson sadoqati’’. O’tkir Hoshimovning berilgan ushbu asarlaridan qaysi birlari roman janriga mansub?
A) 1,2,3,5,7 B)2,4,6,7 C)2,4,6 D)2,3,4,6,7
20. A.Muxtorning “Hafta” she`rida Gagarin fazoga uchishi, Farhod GESining ishga tushishi ta`kidlanadi?
A) seshanba B) chorshanba C) juma D) payshanba
21"Avval bobosi qo'lida va eski maktabda tahsil olgan. So'ng Toshkentga kelib, "Almaiy" nomidagi bolalar namuna-ish maktabida tarbiya ko'radi". Gap qaysi adib haqida ketmoqda?
A)Oybek B)U.Nosir C )Mirtemir D)A.Muxtor E)O’.Hoshimov G)A.Ekzyuperi
22. Qaysi ulkan adib, ijodining dastlabki davrini she’rlar yozish bilan boshlagan ?
A)Oybek B)O’.Hoshimov C)Ekzyuperi D)Mirtemir
23. “Dardini bergan xudo davosiniyam beradi” jumlasi uchraydigan asar muallifi?
A)Oybek B)O’.Hoshimov C)Ekzyuperi D)Mirtemir
24.Mirtemir qaysi antik dunyo ijodkori she’riy asarlarini tarjima qildi?
A)Demokrit B)Evripid C)Homer D)Arastu
25. “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyada O‘.Hoshimovlar oilada besh farzand ekanligi aytib o‘tilgan?
A)“Gilam paypoq” B)“Alla”
C)“Haqqush” D)“Iltijo”
26. Yunoniston, Hindiston, Ukraina va Rossiya adabiyotining mashhur namoyondalari asarlarining tarjimoni, o'nlab nasriy, she'riy asarlarning muallifi bo'lgan o'zbek adibi kim?
A)Oybek B)U.Nosir C )Mirtemir D)A.Muxtor E)O’.Hoshimov G)A.Ekzyuperi
27. U.Nosir bu she'rni yozganida endigina 23 yoshga kirgan. Gap qaysi she'r haqida ketmoqda?
A)”Yurganmisiz birga oy bilan” B)”Yo’lchi” C)”Yoshlik” D)”Yur,tog’larga chiqaylik” E)”Gulzor-chaman”
28.Antuan de Sent-Ekzyuperining "Kichkina shahzoda" asarida kichkina shahzoda uchuvchiga nima sovg'a qildi?(yozing)
29. Oybekning "Bolaning ko'ngli podsho" asaridagi "muloyim, shirin so'z, sersoqol keksa" obraz kim?
A)Dadaqo' zi ota B)Musulmonqul C)Musa baqqol D)Sobir baqqol
30. Qaysi shoir ijodida bosh mavzu yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o’z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish, ardoqlash deb aytish mumkin?
A)Oybek B)Usmon Nosir C)Asqad Muxtor D)Mirtemir
31. “Kichkina shahzoda” ertagida asar qahramoni qiyofasida qanday kuch namoyo bo`lgan?
A)yovuzlik B)mangulik C)ezgulik D)shuhratparastlik
32. Mirtemir "Asarlar"i necha jildlik to'plamda nashr etilgan?
A)to'rt B)besh C) olti D)sakkiz
33.U.Nosirning qaysi she’ri boshlanishidagi 2 misra oxirida ham takrorlanadi?
A)”Yurganmisiz birga oy bilan” B)”Yo’lchi” C)”Yoshlik” D)”Yur,tog’larga chiqaylik” E)”Gulzor-chaman”
34. O`.Hoshimovning qissasi berilmagan qator?
A)“Dunyoning ishlari” B)“Shamol esaveradi”
C)“Nur borki, soya bor” D)“Bahor qaytmaydi”
35. Antuan de Sent-Ekzyuperining "Kichkina shahzoda" asari qaysi janrda yozilgan?
A)sarguzasht roman B)fantastik hikoya C)sehrli ertak D)falsafiy ertak
36. Mirtemir o'zining hasbi hol shaklidagi bir she'rida "Momo yur-ti, Bobo yurti,..." deya qayerni tilga oladi?
A)Chambil B)Turkiston C)Iqon D)Jambul
37. Oybekning asarlari necha tomlik bo'Iib nashr etilgan?
A)besh B)o'n C)o'n besh D)yigirma
38. Usmon Nosir hayoti va ijodi qaysi jahon ijodkorlariga qiyoslanadi?
A)Lermontov,Musa Jalil B)Lermontov,Abdulla To’qay C)Pushkin, Lermontov D)Tolstoy,Yesenin
39. O'tkir Hoshimovning "Alia" hikoyasida keltirilgan "kuchala" so'zining ma'nosi keltirilgan qator?
A)bir bo'lak arpa noni B)o'ralib yotmoq C)terak, tolning to'p guli D) bir bo' lak bug' doy noni
40. Quyidagi bildirilgan fikr qaysi shoir ijodi haqida. ‘’… uning uchun tabiat manzaralari sheriy asarni qo’shimcha tashbihlar bilan bezash, go’zallashtirish vositasi emas. U tabiatni go’yo ona anglab, o’zini esa ana shu ona bag’riga talpinuvchi farzand hisoblardi’’ .
A)Mirtemir B)Usmon Nosir C)Asqad Muxtor D)Oybek
41. .”O'tkir Hoshimovning qaysi asari haqida kim "sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o'qiladigan asar" deya ta'rif bergan?
A)Said Ahmad, "Cho’l havosi” B)G'afur G'ulom, "Urushning so'nggi qurboni"
C)Abdulla Qahhor, "Cho'l havosi" D)Erkin Vohidov "Tushda kechgan umrlar"
42. Qaysi shoir umrining oxirlarida ‘’Yodgorlik’’ deb nomlangan she’riy to’plam tayyorlab, o’zidan keyingi avlodlarga o’ziga xos ma’naviy tuhfa qilib qoldirdi?
A)Mirtemir B)Usmon Nosir C)Asqad Muxtor D)Oybek
43. Mirtemir qaysi she’rida ‘’o’t, sut, qut’’ so’zlarini qofiya qilib keltirib, yoqimli ohangdoshlik paydo qilgan?
A)’’Baliq ovi’’ B)’’Shudring’’ C)’’Bulut’’ D)’’Qishlog’im’’
44. She’rda misralarning o’zi ichki bo’linishlar asosida o’ziga xos ohangdorlikni tashkil etishi… deyiladi. A)turoq B)vazn C)qofiya D)hijo
45. Oybekning "Gulnor opa", "Musicha", "Tillatopar", "Singan umid" kabi kichik hikoyalari qanday mavzularda yozilgan?
A)urush yillari voqealari B)bolalik xotiralari
C)jamiyatdagi illatla D)hayot qiyinchiliklari
46.”Kichkina shahzoda” asarida muallif uchun nima sahrodagi pokiza buloq bilan barobar edi?
A)insoniylik B)kulgu C)samimiyat D)feruza guli
47. Qaysi qatorda A.Muxtor pyesalari berilmagan?
A)“Mardlik cho`qqisi” B)“Yaxshilikka yaxshilik”
C)“Samandar”, “Zar qadri” D)“Qoraqalpoq qissasi”
48. Kimning ijodida ‘’ oy va uning nurlari, bahor chog’ida gullagan bodomning oydin kechadagi surati’’ chizilgan she’rni uchratish mumkin?
A)Oybek B)U.Nosir C )Mirtemir D)A.Muxtor E)O’.Hoshimov G)A.Ekzyuperi
49. Antuan de Sent-Ekzyuperi hayotida qaysi hodisa natijasida uning qalbida chuqur o’zgarishlar ro’y berib, ilk bor yashashdan maqsad nima, degan savolga javob axtara boshlaydi?
A)ikkinchi jahon urushi boshlangach; B)akasi Fransua bevaqt vafot etgach; C)otasi vafot etgach; D)arxitektura fakultetiga o’qishga kirgach.
50. Oybekning "Bolaning ko'ngli podsho" hikoyasidagi bola "meni aldamoq uchun gavronday hassasini qo'ldan qo'lga chaqqon olib, xirillagan ovoz bilan qandaydir qiziq ashula aytib beradi", deya kimni ko'zda tutgan?
A)Dadaqo' zi otani B)Musa baqqolni C)Mirahmad otani D)Sobir baqqolni
Do'stlaringiz bilan baham: |