1.2. Amalni nomini tuzilishini o’rnatish va uning
mazmunini texnologik hujjatga yozish
1.2-misol. Seriyali ishlab chiqarish sharoitida ishlab chiqarilishi zarur bo’lgan detalni
konstruktiv elementi ajratilgan detal ishchi chizmasining ko’rinishi keltirilgan (1.3-rasm).
T a l a b e t i l a d i: birlamchi berilganlarni tahlil qilish; konstruktiv elementga ishlab
chiqarish turini hisobga olgan ishlov berish usulini tanlash; metallkesuvchi dastgoh tipini tanlash;
amal nomini o’rnatish; to’la shaklda amal mazmunini yozish; amal mazmuni yozuvini texnologik
o’tuvlari bo’yicha aniq ifoda qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |