1–Amaliy mashg‘uloti
Mavzu: Ustyurt okrugini o‘rganish
Ustyurt okrugi O‘zbekistonning eng shimoliy-g‘arbiy qismida joylashib, shimol va g‘arbda Qozog‘iston bilan, janubda Turkmaniston, sharqda esa Quyi Amudaryo okrugi va Orol dengizi bilan chegaradosh. Ustyurt arid-denudotsion plato hisoblanib mutloq balandligi 100-200 m atrofida bo‘lib, atrofi chinklar bilan o‘ralgan. Chinklar atrofga ko‘plab jarliklar bilan parchalangan.
O krug Kaspiy va Orol dengizlari orasida joylashgan Ustyurt platosining janubi-sharqiy qismini o‘z ichiga olib, O‘zbekistonning shimoli-g‘arbini egallaydi. Ustyurt okrugi janubda O‘zboyorti okrugi bilan, janubi-sharqda va sharqda Shimoliy Qoraqum, Quyi Amudaryo okruglari va Orol dengizi bilan, g‘arbida va shimolida Markaziy Qozog‘iston provinsiyasining Ustyurt okrugi bilan chegaralanadi. Ustyurt platosining umumiy maydoni 160 ming km2, shundan 40 ming km2 O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi. Ustyurtning O‘zbekiston hududidagi janubisharqiy qismi Qoraqalpoq Ustyurti deb ham yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |