12. Mm harfi moy, muborak, tomon, ilhom kabi sо‘zlarda ovozdor lab-lab burun undoshini ifodalash uchun yoziladi.
13. Dd harfi:
1) dala, odat, bunyod, modda, jiddiy kabi sо‘zlarda til oldi jarangli portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi;
2) odob, savod, marvarid; zavod, pud, sud; badqovoq, badxо‘r kabi sо‘zlarda t aytilsa ham, d yoziladi.
14. Tt harfi tong, tun; butun, o‘tin, о‘t, kut kabi sо‘zlarda til oldi jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
15. Zz harfi:
1) zar, zamon; toza, о‘zbek; yoz, g‘oz kabi so‘zlarda til oldi jarangli sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi;
2) iztirob, izquvar, bо‘zchi, tuzsiz kabi sо‘zlarda jarangsiz undoshdan oldin s aytilsa ham, z yoziladi.
16. Ss harfi sog‘, somon, oson, asos, olmos kabi sо‘zlarda til oldi jarangsiz sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |