60. Hamma, har, hech, bir, qay, u, bu, shu, о‘sha so‘zlari о‘zidan keyingi yoki oldingi sо‘zdan ajratib yoziladi: hamma vaqt, har kim, hech qaysi, qay kuni, u yerda, shu yoqdan, о‘sha yoqqa kabi. Lekin birpas, biratо‘la, birvarakayiga, birmuncha, buyon sо‘zlari qо‘shib yoziladi. Shuningdek, qay sо‘zi yoq, yer sо‘zlari bilan ishlatilganda bir y tovushi tushsa, bu sо‘zlar qо‘shib yoziladi: qayoqqa, qayerda kabi.
61. Sifat oldidan kelib, belgining ortiq yoki kamligini bildiradigan tо‘q, jiqqa, tim, liq, lang, och kabi sо‘zlar ajratib yoziladi: tо‘q qizil, jiqqa hо‘l, tim qora, liq tо‘la, lang ochiq, och sariq kabi.
62. Murakkab son qismlari ajratib yoziladi: on bir, besh yuz, qirq ming olti yuz bir, bir ming yetti yuz sakson beshinchi kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |