Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy-sanitar yordam hajmi
doirasida quyidagi hollarda bepul tibbiy yordam ko‘rsatiladi:
shoshilinch, kechiktirib bo‘lmaydigan tez tibbiy yordam ko‘rsatishda;
sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida va bir qator davolash-
profilaktika muassasalarida, avvalo qishloq joylarida ko‘rsatiladigan
tibbiy xizmatda;
bir qator yuqumli kasalliklarga qarshi aholini emlash va
immunizatsiyalashda;
atrofdagilarga havf tug‘diruvchi va ijtimoiy ahamiyatli kasallarga (sil,
onkologik, ruhiy, narkologik, endokrin va kasb kasalliklari bor shaxslar)
maxsus tibbiy yordam ko‘rsatishda;
bolalarni tekshirish va davolashda (pulli kasalxonalardan tashqari);
chaqiruv komissiyalarining yo‘llanmasiga binoan 15-17 yoshdagi
o‘smirlarni va chaqiruv yoshidagi (18-27 yosh) shaxslarni tekshirish va
davolashda;
Do'stlaringiz bilan baham: |