O'zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo'yich 2017-2021 yillarga mo'ljallangan harakatlar strategiyasi
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni xalq manfaatlari yo‘lida izchil davom ettirish maqsadida 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilingan holda tayyorlandi.
Muhokamalar jarayonida xalqimiz, fuqarolik jamiyati institutlari faollik ko‘rsatib, mingdan ortiq tele- va radiokanallar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirlarda ular bilan bevosita muloqotlar tashkil etildi, fuqarolarimiz bildirgan taklif-tavsiyalar tegishli soha mutaxassislari va ekspertlar ishtirokida chuqur tahlil qilindi.
Xususan, jamoatchilik muhokamasi doirasida uch mingdan ortiq takliflar kelib tushdi, ular asosida Davlat dasturi loyihasiga yuzga yaqin konseptual va tahririy o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Shuningdek, ko‘pchilik takliflar muhokama uchun e’lon qilingan Davlat dasturi loyihasidagi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni amalga oshirish jarayonlarini takomillashtirishni nazarda tutadi.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi, parlament palatalari qo‘shma majlisi va tashkiliy yig‘ilishlarida belgilangan vazifalarni samarali va o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida:
1. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida:
2020-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatida fuqarolarning Internet tarmog‘idagi murojaatlari asosida parlament va deputat so‘rovlarini shakllantirish, saylovchilar bilan bevosita muloqot qilish maqsadida elektron portal va mobil ilovadan foydalanish imkonini beruvchi “Elektron parlament” tizimi joriy etilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida yil yakuniga ko‘ra qabul qilingan har bir qonun xalq tomonidan qanday baholanganini va uning samaradorlik darajasini monitoring qilish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish amaliyoti shakllantirilsin;
2020-yilda Samarqand viloyati xalq deputatlari Kengashining faoliyatini “namunali Kengash” sifatida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tashkiliy chora-tadbirlar ko‘rilsin hamda mahalliy vakillik organlari faoliyatida Kengash so‘rovi instituti joriy qilinsin;
2020-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarida davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining o‘z faoliyati bo‘yicha, shuningdek, Hukumat a’zolari va tarmoqlar rahbarlarining Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarish, ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axborotlarini muntazam ravishda eshitish tartibi amaliyotga tatbiq qilinsin;
2020-yil 1-avgustdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari hisobotini eshitish, shuningdek, aholini tashvishga solayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal qilish maqsadida o‘rganilgan masalalar bo‘yicha bevosita joylarga borib, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida Senat kengashi va qo‘mitalarining sayyor majlislarini o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yilsin;
2020-yil 1-iyulga qadar “Mening fikrim” veb-portalining mobil ilovasini ishga tushirish choralari ko‘rilsin, shuningdek, veb-portalga kelib tushayotgan murojaatlarni deputatlar, mutaxassislar va keng jamoatchilikni jalb qilgan holda ommaviy axborot vositalarida muhokama qilish tashkil etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Vazirlar Mahkamasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu yo‘nalishda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini, shu jumladan parlamentning qonun ijodkorligi va nazorat faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlarni ishlab chiqish bo‘yicha “yo‘l xarita”si, Aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi hamda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategiyasi qabul qilinishini ta’minlash tavsiya etilsin.
Reja;
1.O’zbekiston Respublikasini mustaqillik yillaridagi siyosiy-iqtisodiy axvoli
2. O’zbekiston Respublikasini rivojlanish yo’li
3. O'zbekiston respublikasi prezidenti shavkat mirziyoyevning keng miqyosli iqtisodiy islohotlari va uning mazmuniri
Do'stlaringiz bilan baham: |