1980-yillar tarjimashunoshlik deb atalgan va tez qanot yoyib borayotgan fan uchun kuchayish davri bo‘ldi



Download 198,99 Kb.
bet33/43
Sana14.09.2021
Hajmi198,99 Kb.
#174298
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
Bog'liq
Shpargalka Tarjima tarixi

Komil Xorazmiy. Polvonniyoz Mirzoboshi bin Abdullo oxun (Komil Xorazmiy) kuchli shoir, xattot, kompozitor, davlat arbobi ham edi. “Xorazm notasi”ni ijod qilgan kishi Komil Xorazmiy bo‘lib, u mavlono Husayn Vo‘iz Koshifiy “Latoifut-tavoif” (Toifalar haqida latifalar) kitobini tarjima qildi. Bu kitob 1300/1882-yil­da ko‘chirilgan, 145 varaqdan iborat. Shu kitobning boshqa bir nomi ham bor, u “Latoif va zaroif” bo‘lib, 1303-yilda tarjimon Komil Xoraz­miy tomonidan ko‘chirilgan. Qo‘lyozma 185 bet. Bu kitobning tarjimasi qiyin bo‘lib, u aforizm, maqol, matal, hikmatli so‘zlar to‘plamidan iborat. Komil Xorazmiy 1303/1888-1889-yilda vafot etdi.

Polvonniyoz Mirzoboshining yana bir tarjimasi “Mahbubul-qulub” (Ko‘ngillarning sevgani) asaridir. Bu kitob Barxudor bin Mahmud turkmani Farahiy (taxallusi “Mumtoz”)ning asaridir. Mumtoz Shohsulton Husayn davrida (1694-1722) yashagan. Bu asarni “Mahfiloro” (Majlislar bezagi) ham deyishadi. Asarning birinchi jildi 334 bet, ikkinchi jildi 142 bet bo‘lib, 1281/1865-yilda tarjima qilingan, 1294-1877-yilda ko‘chirilgan. Ikki jild qo‘shilib 1319 hijriyda ko‘chirilgan bo‘lib, 437 betdir (inv. № 1273-1).

Bayoniy. Matbuotimizda Bayoniy haqida dastlab ilmiy axborot bergan kishilardan biri O‘zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, tarix fanlari doktori M.Y.Yo‘ldoshev bo‘ldi. U o‘zining “Ценный источник по исто­рии Хорезма”48 degan maqolasida Bayoniyning tarixiy kitoblari haqida qimmatli fikrlarni aytadi. 1960-yilda “O‘zbek adabiyoti” xrestomatiyasining birinchi kitobida Bayoniy haqida qisqacha ma’lumot va shoirning g‘azali hamda muhammaslaridan namuna beriladi.

Bayoniy tarjima qilgan asarlar tubandagilar:



1. “Tarjimai tarixi Tabariy”, hijriy 1311-yilda tarjima qilingan, 1331-yilda kotib Muhammad Rasul bin Muhammad Karimbek ko‘chirgan, 685 bet (Har bir beti hozirgi uch betga to‘g‘ri keladi).

2. “Sahoiful-axbor” (Xabar sahifalari). Muallifi mavlono Darvesh, 1- jild, hijriy 1092-yilda yozilgan. 1319-yilda ko‘chiril-gan, 428 bet.

3. “Sahoiful-axbor”, II jild, 1321-yilda ko‘chirilgan, 355 bet.

Bu ikki jild birga qo‘shilib, uchinchi jildning tarjimasi bilan birga katta qo‘lyozma holida Sayd Abdulla va domullo Qalandar ikkovi 1323-1326 hijriyda, ko‘chirganlar, qo‘lyozma hajmi 711 bet.

4. “Ravzatul-ahbob” (Do‘stlar bog‘i), Atoullo bin Fayzullo Husayniy asari bo‘lib, Bayoniy hijriy 1322-yilda tarjima qilgan; 1325 hijriyda ko‘chirilgan, 290 varaq.

5. “Shayboniynoma” Binoiyning asari bo‘lib, uni Bayoniy 1333 hijriyda tarjima qilgan, 106 bet.

Bayoniyning boshqa tarjimalari ham bor49. Yuqorida keltirilgan asarlardan ko‘rinib turibdiki, Bayoniy 250 bosma bet asarni tarjima qilgan. She’riy devoni, tarixiy asarlarini ham qo‘shsak, o‘zi shaxsan chiroyli qilib ko‘chirgan kitoblarni hisobga olsak, Bayoniy ijodining naqadar sermahsul ekanligiga iqror bo‘lamiz.

Download 198,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish